1. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanishi bosqichlari


Xalqaro valyuta tizimining rivojlanishi bosqichlari



Download 0,58 Mb.
bet3/6
Sana11.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#774428
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xalqaro moliya

2.Xalqaro valyuta tizimining rivojlanishi bosqichlari.
Valyuta tizimi o'zining zamonaviy shakliga kelguncha uzoq tarixiy davrni bosib o'tgan. Birinchi jahon valyuta tizimi sifatida sanoat inqilobidan so'ng oltin monometalizmi asosida oltin-tanga standarti shaklida shakllangan. Yuridik jihatdan esa mazkur tizim 1867 yil Parij shahrida bo'lib o'tgan konferensiyada, davlatlararo kelishuv sifatida rasmiylashtirilgan. Ushbu jahon valyuta tizimi jahon pulining yagona shakli sifatida oltinni rasmiy tan olgan edi.
XIX asrda xalqaro savdoning rivojlanishi bilan ko'pchilik davlatlar o'zlarida "oltin standarti"ni kiritdilar, ya'ni shu davrdan boshlab mazkur davlatlar valyutalarining kursi va qiymati shu valyutalar zaminida yotgan oltin miqdorining qiymati bilan belgilanadigan bo'ldi. Davlatlarning markaziy (milliy) banklari o'z navbatida milliy qog’oz pullarni taalluqli oltin miqdoriga (baho masshtabiga asosan) almashtirishga majbur edilar.Masalan, Buyuk Britaniyaning 1 funt sterlingi (soverenign) 1821 yilda 7,322385 gramm, Germaniyaning 1 markasi 1873 yilda 0,385422 gramm, Rossiyaning 1 rubli 1887 yilda 0,774234 gramm sof oltin qiymatini ifoda etar edi.7 Valyutalarning bir biriga nisbatan kursini aniqlash uchun ularning zaminida yotgan oltin miqdorlari o'zaro solishtirilar edi. Yuqoridagi keltirilgan ma'lumotlarga asosan Buyuk Britaniyaning 1 funt sterlingi 18,9984 Germaniya markasiga (7,322385/0,385422) yoki 9,4576 Rossiya rubliga (7,322385/0,774234) teng edi. Milliy valyutalar zaminidagi oltin miqdorlari 1914 yilgacha o'zgarmagan va tabiiyki, ular o'zgarmaguncha ularning bir-biriganisbatan kurslari ham barqaror edi. Shu sababli "oltin standarti" - bu, qat'iy yoki barqaror valyuta kurslari tizimi edi, desak mubolag’a bo'lmaydi. Bu tizim bir qator ijobiy tomonlarga ega. Xususan boshqa metallarga qaraganda oltin tabiatda kam uchraydigan va noyob metall bo'lganligi sababli davlatlar tomonidan uning miqdorini ko'paytirish nihoyatda mushkul. Bundan chiqdi, davlatlar va markaziy (milliy) banklar o'z xohishlari bilan oddiygina pul muomalasi hajmini o'stirishga va inflyatsiyani rag’batlantirish imkoniga ega emas edilar.Birinchi jahon urushigacha dunyoning yetakchi davlatlarida inflyatsiyaning nisbatan past bo'lish holatlari va yetakchi valyutalar kurslarining keskin tebranishi kuzatilmagan. Bunday holat o'sha yillarda pul sarmoyalari va ishchi kuchi resurslari bir mamlakatdan boshqa mamlakatga erkin hech qanday to'siqsiz oqib o'tishi mumkinligi bilan asoslangan. 1880 yildan to 1913 yilgacha "oltin standarti" tizimi davlatlarga o'z xarajatlarini inflyatsiya hisobiga moliyalashtirish imkonini bermaganligi sababli barcha davlatlarda ijtimoiy mahsulotning hajmi tez sur'atlar bilan o'sdi. Birinchi jahon urushining tugashi bilan ko'pchilik davlatlar o'zlarida yana qaytadan "oltin standartini" kiritishga urindilar. Biroq ularning bunday harakatlari zoe ketdi, chunki mavjud sharoitda "oltin standarti"ni kiritish uchun zarur omillar yo'q edi.
Birinchi jahon urushi oqibatida jahon bozorida davlatlararo munosabatlarda paydo bo'lgan valyuta tartibsizligi uzoqqa cho'zilmadi va valyuta munosabatlarining "oltin standarti" o'rniga maydonga oltinga hamda yetakchi kapitalistik davlatlar valyutalariga asoslangan "oltin-deviz standarti" chiqadi. Bunda xorijiy valyutadagi davlatlararo hisob-kitoblar uchun mo’ljallangan to'lov vositalari devizlar deb atala boshlandi.
Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlari orasidagi jahon valyuta tizimini "oltin-deviz standarti" tizimi deb atasa bo'ladi. Bu davr ayniqsa davlatning iqtisodiyotga kuchli aralashuvi bilan xususiyatlidir. Deyarli barcha davlatlarda bojxona to'siqlari kiritilib, oqibatda kapitalga, ishchi resurslariga bo'lgan talab va taklifning erkin aloqasi jahon bozorida chegaralandi.
Ikkinchi Jahon valyuta tizimi 1922 yilda Genuya shahrida bo'lib o'tgan konferensiyada davlatlararo kelishuv sifatida yuridik jihatdan shakllangan edi. Mazkur xalqaro konferensiya arafasida jahonning 30dan ziyod davlatlarining pul tizimlari oltin-deviz standartiga asoslangan edi. Davlatlarning milliy kredit pullari xalqaro to'lov va zahira vositalari sifatida ishlatila boshlandi. Biroq Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlari orasidagi davrda zahira valyutasi maqomi rasmiy ravishda biror-bir valyutaga hali biriktirilmagan edi.
Davlatlarning "oltin standarti" tizimidan qaytishi oqibatida devizli banklar va davlatlar qog’oz pullar muomalasini kengaytirish imkoniga ega bo'ldilar. Birinchi jahon urushidan so'ng ba'zi davlatlarda qog’oz pullar emissiyasining hajmi qar qanday tarixiy chegaralardan oshib ketdi va bu o'z navbatida inflyatsion jarayonlarning gurkirab o'sishiga olib keldi. Inflyatsiya jarayonlarining kuchayishi pul xo’jaligidagi barcha zaruriy hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun kerak bo'lgan barcha ma'lumotlarning buzib ko'rsatilishiga olib keldi. Bir davlat bozoridan boshqa davlatlar bozorlariga valyutalar oqimining hajmi va sur'ati keskin kuchaydi. Londonning dunyoning yetakchi valyuta bozori sifatidagi mavqei pasaydi. Maydonga N'yu-York va Parij singari yangi yetakchi valyuta bozorlari chiqib, London dunyo bankiri vazifasini uzil-kesil yo'qotdi.
1925 yilda Angliya banki avvalgi kurs asosida "oltin standarti"ni kiritdi. Ammo u mavjud bozordagi sharoitlarga muvofiq emas edi. Amerika va Fransiya banklari esa 1931 yilda Buyuk Britaniya funt sterlingidagi zahiralarini ko'paytirgan holda "oltin standarti" tizimini qabul qilmadilar.
AQSh o'z to'lov balansini aktiv bo'lishini istagan holda xorijiy hamkorlariga uzoq muddatli kreditlarni berib, iqtisodiy depressiya davrida o'z iqtisodiy mavqeini saqlab qolishga muvvafaq bo'ldi. Fransiya davlati esa funt sterlinglaridagi aktivlarini oltinga almashtirish huquqiga ega ekanligini ta'kidlab, Buyuk Britaniyaniga o'z qarorida qat'iyligini bildirdi. Ammo Buyuk Britaniya o'z majburiyatlari bo'yicha javob bera olmay qoldi va 1931 yilning yozida qog’oz pullarini oltinga almashtirilishini bekor qildi.
Bretton-Vuds valyuta tizimi ma'lum bir davr mobaynida o'ziga yuklatilgan funksiyalarni yaxshi bajarib keldi. Biroq bu mazkur valyuta tizimining nuqsonsiz ekanligidan dalolat emas albatta.
Bretton-Vuds valyuta tizimi, boshidanoq AQSh, AQSh dollari manfaatlari uchun xizmat qilishga mo’ljallangan valyuta tizimi edi. Bu tizim AQSh dollarini boshqa davlatlar valyutalari ustidan hukmronligini ta'minlagan. Ammo jahon valyuta bozoridagi bunday ahvol, AQShning jahon iqtisodiyotidagi ulushini qisqarib borishi va Yevropa Iqtisodiy hamjamiyati davlatlari hamda Yaponiya rolining o'sib borishi jarayonida saqlanib qolishi amri mahol edi.
1970-yillarning boshida, Bretton-Vuds valyuta tizimi va jahon iqtisodiyotida kechayotgan o'zgarishlar realligi orasidagi ziddiyatning keskin kuchayishi valyuta munosabatlari borasida bir qator islohot rejalarining hayotga kirib kelishiga sabab bo'ldi.
Shu bilan birgalikda Yamayka valyuta tizimi sharoitida valyutalar kurslarining rejimi erkin suzuvchi bo'lib, AQSh dollari standarti o'rniga ko'p valyutali standart qabul qilindi.
Yangi valyuta tizimida eski valyuta tizimining ayrim jihatlari meros sifatida saqlanib qolinganligi yuqoridagi tamoyillardan ko'rinib turibdi. Ushbu qonuniyat Yamayka va Bretton-Vuds valyuta tizimlarining o'zaro solishtirilishida yaqqol o'z aksini topadi. SDR standarti ortida "dollar standarti" yashiringan. Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish jarayonlari kuchaygani bilan AQSh dollari hamon xalqaro to'lov va zahira vositasi sifatida qolmoqda, oltin yuridik jihatdan to'la demonetizatsiya qilindi. Ammo demonetizatsiya qilingan bo'lsada, u o'zgargan shaklda hamon o'zida valyuta tovari rolini saqlab qolmoqda. Davlatlararo valyuta muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi XVF Bretton-Vuds valyuta tizimidan meros sifatida qoldi. Ta'sischilarning o'ylashicha, Yamayka valyuta tizimi o'zidan avvalgi valyuta tizimiga nisbatan to'lov balanslari va valyuta kurslarining muvozanatsizlik sharoitiga moslashuvchanroq bo'lmoqi lozim edi. Biroq Yamayka valyuta tizimi muntazam tarzda inqiroziy holatlarga duch klmoqda. Shu sababli asosiy valyuta muammolarini hal etish maqsadida ushbu tizimni takomillashtirish yo'llari qidirilmoqda.
SDR muammosi. SDRning 1970 yildan boshlab to hozirgi kungacha bo'lgan muomalasiga nazar tashlansa, ushbu valyuta (pul) birligi jahon puli bo'lishidan hali yiroqligi bevosita ko'zga tashlanadi. Bundan tashqari mazkur davr mobaynida quyidagi bir qator muammolar paydo bo'ldi: 1)emissiya va taqsimot; 2)ta'minot; 3)kursni aniqlash uslubi; 4)SDRdan foydalanish jarayonlari.
SDR emissiyasining xarakteri moslashuvchan bo'lmay, xalqaro hisobkitoblarning aniq ehtiyojlari bilan mutlaq bog’liq emas. Ijro Kengashi a'zolari ovozlarining 85 foizi mavjudligi holatida a'zo mamlakatlar qaroriga asosan XVF SDRning oldindan belgilangan summalarini ma'lum bir muddatga muomalaga chiqaradi. SDRning dastlabki emissiyasi 1970-1972 yillarda 9,3 mlrd. SDRga, ikkinchisi 1979-1981 yillarda 12,1 mlrd. SDRga amalga oshirilgan. SDRning 21,4 mlrd. (34 mlrd. AQSh dollari) hajmidagi umumiy summasidan a'zomamlakatlar hisobvaraqlariga 20,6 mlrd., XVF hisobvarag'iga esa 0,8 mlrd. SDR olingan.
SDRdan SDR, XVF tizimining a'zo mamlakatlari va ayrim Xalqaro tashkilotlarning hisobvaraqlari bo'yicha buxgalteriya kitoblarida yozuvlarni amalga oshirish orqali naqd pulsiz o'tkazmalar shaklida foydalaniladi. SDRdagi hisobvaraq mamlakatga XVF orqali erkin muomalada yuradigan valyutalarni qarzga olish imkonini beradi. SDR emissiyasining hajmi unchalik katta bo'lmaganligi sababli rivojlanib borayotgan mamlakatlar bir qator rivojlangan mamlakatlarning ko'magi bilan har yili SDRning qo'shimcha emissiyasi to’g’risidagi masalasini ko'taradilar. 1997 yilda XVF Ustaviga qo'shimcha 21,4 mlrd. SDRni chiqarish huquqini beruvchi o'zgartirish kiritildi. Muomalaga chiqarilgan SDRlarni mamlakatlar orasida ularning XVF kapitaliga qo'shgan ulushiga qarab taqsimlash tamoyiliga muvofiq qo'shimcha chiqarilgan SDRlarning 2/3 qismi rivojlangan davlatlar zimmasiga, shu jumladan "yettilik" a'zolariga ushbu ulushning yarmidan ko'pi, AQSh zimmasiga esa mazkur emissiyaning 23 foizga yaqini to’g’ri keladi. Holbuki, barcha rivojlanib borayotgan davlatlarning zikr etilgan emissiyadagi ulushi 23 foizni tashkil etadi. Tabiiyki, bunday holat rivojlanib borayotgan davlatlarning e'tirozini keltirib chiqaradi.
Shu sababli rivojlanib borayotgan va ba'zi rivojlangan davlatlar SDR taqsimotini yordam ko'rsatish hamda rivojlanishni moliyalashtirishga bog’langan tamoyillar asosida o'tkazishni tavsiya etmoqdalar.
SDRning muhim muammosi bo'lib uning ta'minoti hisoblanadi. Chunki SDR oltindan farqli ularoq o'z qiymatiga ega emas. Dastlab, boshida (1970 yildan) bir birlik SDR 0,888671 gramm oltinga teng edi. Bu esa o'sha davrdagi AQSh dollarining oltin sig’imiga teng bo'lgan. Shunga ko'ra dastlab SDRlarni "qog’oz oltin"lar deb atashgan. Shu sababli SDR shartli qiymatining o'zgarishi oltin qiymatining o'zgarishiga bog’liq bo'lgan. 1974 yilning 1 iyulidan boshlab valyutalarning erkin suzadigan kurslariga o'tilishi munosabati bilan SDRning oltin sig’imi bekor qilindi. Chunki oltin haqiqiy bo'lmagan, past, rasmiy bahoda baholanganligi sababli SDRni oltinga bog’lab qo'yilishi ulardan banklararo hisob-kitoblarda foydalanishni qiyinlashtirar edi. 1974 yilning 1 iyulidan boshlab SDR kursi valyuta savati asosida, dastlab ulushi jahon savdosida 1 foizdan kam qissani tashkil etgan mamlakatlarning 16 valyutasini o'rtacha tortilgan kursi asosida aniqlanadigan bo'ldi. 1978 yilning 1 iyulidan boshlab valyuta savatining tarkibi neft qazib chiqaruvchi davlatlar (OPEK) valyutalarining kuchayishini hisobga olgan holda muvofiqlashtirildi. 1981 yilning yanvaridan boshlab ushbu valyuta savatining tarkibi SDR shartli qiymati hisob-kitob formulasini soddalashtirish maqsadida 5 valyutagacha qisqartirildi. Ularning tarkibida AQSh dollari, Germaniya markasi, Yaponiya ienasi, Fransiya franki, Buyuk Britaniya funt sterlingi mavjud. 1999 yildan boshlab Germaniya markasi va Fransiya franki Yevro bilan almashtirildi. Ushbu valyutalar XVFga a'zo mamlakatlarning tovar hamda xizmatlar eksportida eng katta hajm va rasmiy zahiralarida sezilarli ulushga ega mamlakatlar valyutalaridir. SDR savatidagi valyutalar tarkibi va ularning ulushi qar 5 yilda o'zgarib turadi. XVF kunlik asosda SDR kursini AQSh dollarida uning kursi o'zgarishini hisobga olgan holda hisoblaydi.
Valyuta savati SDRga milliy valyutalardan farqli o'laroq barqarorlikka erishish imkonini berdi. Ammo shu bilan birgalikda uning oldiga qo'yilgan maqsadga erishish imkoni bo'lmadi, ya'ni SDR qiymat etaloni asosiy Xalqaro zahira va to'lov vositasi bo'la olmadi. SDRlardan foydalanish amaliyoti ularning XVFning 1978 yilda o'zgartirilgan Ustavida qayd etilgan maqsadga mos emas.
1998 yilning may oyida SDRga 4 valyuta biriktirilgan, holbuki 1980 yilda ularning soni 15ta edi. SDR asosan XVFning operatsiyalarida milliy valyutalar qayta hisob-kitob koeffitsienti, valyutalarni solishtirish masshtabi sifatida ishlatiladi. Kvotalar, kreditlar, daromadlar va xarajatlar ushbu valyuta hisobkitob birligida ifodalangan.
XVFdan tashqarida SDR cheklangan jarayonlarda ishlatiladi:
1) masalan, Puankare franki va jerminal franki o'rniga turli xalqaro konvensiyalarda;
2) jahon ssuda kapitallari bozorida ayrim hisobvaraqlar, obligatsiyalar, sindikatsiyalashgan kreditlarning nominali SDRlarda ifodalangan;
3) o'ndan ziyod xalqaro tashkilot SDRlarda hisobvaraq ochish huquqiga ega bo'ldi; 80-yillarda ushbu cheklovlar "svop", muddatli shartnomalar, kreditlar, kafolatlar, sovqalar taqdim etilishi kabi operatsiyalar amalga oshayotgan hisobvaraqlar bo'yicha bekor qilindi. SDRlar rasman banklar, korxonalar, xususiy shaxslar tomonidan ishlatilishi mumkin.
Shu sababli o'ta muvaffaqiyatli bo'lmasa-da EKYUdan, 1999 yildan boshlab esa Yevrodan farqli o'laroq xususiy SDRlar rivojlanib bormoqda. Xususiy SDRlar bozori asosan bank depozitlari, qisman depozit sertifikatlari va Xalqaro obligatsiyalar shaklida o'nlab milliard dollarlar hajmida baholanadi.
SDR valyuta zahiralarining xalqaro jamqarish vositasi sifatida kam ishlatiladi. Jahon valyuta zahiralaridagi ularning ulushi 1971 yilda 9,2%, 1992 yilda 3,4% va 1998 yilda 2,1%ni tashkil etgan.
Xalqaro to'lov vositasi sifatida SDR davlatlararo operatsiyalarning cheklangan doirasida ishlatiladi. SDRning asosiy maqsadiga erishilmadi: ular to'lov balansi kamomadini qoplash maqsadida erkin ayirboshlanadigan valyuta sotib olishga ko'proq yo'naltirilmay (umumiy muomala hajmining 26% yaqini), balki mamlakatlarning XVF kreditlari bo'yicha qarzdorliklarini qoplashga yo'naltirildi. SDRlarning yirik hajmdagi summalari fondga (olingan xorijiy valyutaga haq to'lash va milliy valyutani qaytib sotib olish orqali) qaytmoqda va fond hisobvaraqlarida asosan rivojlangan davlatlar foydasiga aktiv to'lov balansi bilan tez sur'atlarda yig’ilib bormoqda. SDRlardagi jamg’arma rasman manfaatlidir, chunki ular milliy valyutalarga nisbatan barqarorroq va xalqaro kafolatlarga egadir. Bundan tashqari XVF mamlakatlarga ajratilgan me'yorlardan ortiq hajmdagi jamg’armalarni SDRlarda saqlanganligi (foydalanganligi) uchun foiz stavkalar to'laydi. SDRlarda jamg’armalar saqlashning jozibadorligini oshirish maqsadida hisobvaraqlar bo'yicha foiz stavkalari 1970 yildagi 1%dan 1974 yildan boshlab besh mamlakatning o'rtacha tortilgan bozor stavkalarigacha ko'tarilgan edi.
Hisobvaraqlar qoldig’iga qarab hisob raqamlar bo'yicha foizlarni XVF (badallar qarzlardan ortiq bo'lsa) yoki qarz oluvchi mamlakat to'laydi. To'langan va olingan foizlar qoldig’i nolga teng bo'lganligi sababli XVF xarajat qilmaydi.
Dastlab mamlakatlar sarflangan SDRlar summasini ularga ajratilgan ulushning 30 foizigacha hajmda tiklashi lozim edi (1979 yilning yanvaridan 1981 yilning apreliga qadar 18 foizdan kam bo'lmagan hajmda). 1981 yilning may oyidan boshlab ushbu qoida bekor qilindi va SDRlarda qarz oluvchi mamlakatlar ularga ajratilgan limitning barcha summasini ishlatishlari mumkin. SDRlardagi operatsiyalar hajmi unchalik katta emas (1970 yildan 1998 yilning may oyigacha 342,4 mlrd. birlik yoki 455 mlrd. AQSh dollari). SDRning hisobkitob pul birligi sifatidagi roli EKYUga nisbatan birmuncha pastroq bo'lib ko'zga tashlanadi. SDRlar ko'p valyutali shartlashuvlar zamini sifatida foydalanish imkonini beruvchi bir qator ijobiy xislatlarni o'zida mujassam etishiga qaramasdan mamlakatlar orasida mutlaq xalqaro hisob-kitob pul birligi bo'la olmayapti, taqqoslashlar ekvivalentligini ta'minlay olmayapti va to'lov balansi qoldiqini muvofiqlashtira olmayapti. SDRdan xalqaro zahira aktivi sifatida foydalanish va ularni to'laqonli jahon valyutasiga aylanishining ehtimoli juda kam. 1990 yillarga kelib SDR standartining konsepsiyasi o'z ahamiyatini yo'qotdi va ushbu Yamayka valyuta tizimi tarkibiy tuzilish tamoyilining o'zgarishi kutilmoqda.
AQSh dollari tomonidan monopol rolning yo'qotilishi. To'lov balansining joriy operatsiyalar bo'yicha muttasil kamomadi, qisqa muddatli tashqi qarzning ko'payishi, mamlakat rasmiy oltin zahiralarining kamayib borishi, inflyatsiya, o'tkazilgan ikki devalvatsiya 70-yillarda dollarning zahira valyutasi sifatidagi monopol holatiga putur yetkazdi. Yamayka valyuta islohoti natijasida ushbu maqomdan rasman ayrilgan holda AQSh dollari hamon yetakchi Xalqaro to'lov va zahira vositasi bo'lib qolmoqda. Bunday holat AQShning boshqa davlatlarga nisbatan kuchliroq bo'lgan iqtisodiy, ilmiy-texnik va harbiy salohiyati hamda nihoyatda yirik xorijiy investitsiyalari bilan izohlanadi. AQSh monopoliyalarining xorijdagi korxonalari har qanday G’arbiy Yevropa mamlakati yoki Yaponiyadan ko'p miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi. Bu esa AQShning xalqaro iqtisodiy, shu jumladan, valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlardagi hukmron o'rnini belgilab beradi.
Birinchidan, dollarning zahira valyutasi sifatidagi imtiyozli holatidan foydalangan holda AQSh o'z to'lov balansi kamomadini milliy valyuta bilan, ya'ni o'z tashqi qisqa muddatli qarzdorliklar hajmini o'stirgan holda qoplaydi.
Ikkinchidan, AQSh jahondagi eng yirik oltin zahirasiga (33,5 ming tonnadan 8,138 ming tonna) ega bo'lsada, u Yevrodollarlar yordamida muddatsiz kredit uchun haq to'lamaydigan qarzdorga aylandi. Jahon muomalasiga dollarni Yevrovalyuta shaklida singdirilishi dollarning xalqaro mavqeini ko'tarish uchun ishlatildi.
Uchinchidan, AQSh dollar kursi va foiz stavkalaridan o'z iqtisodiyotini G’arbiy Yevropa va Yaponiya hisobiga qo'llab-quvvatlash maqsadida foydalangan.

Dollarning kursi muvozanatsiz bo'lib, dam ko'tarilib, dam pasayib turadi. 70-yillar uchun xususiyatli bo'lgan dollarning muntazam kuchsizligi uning kursini
1980 yilning avgustidan 1985 yilning martigacha bir qator omillar ta'sirida 70 foizgacha keskin ko'tarilishi bilan almashdi. Ularning tarkibida:
iqtisodiy rivojlanishdagi AQShning boshqa mamlakatlarga nisbatan ustunligi;
AQShda inflyatsiya sur'atining 15 foizdan 3,6 foizgacha pasayishi;
nisbatan yuqori foiz stavkalari siyosati;
xorijiy kapitallarni yirik hajmda AQShga oqib kelishi;
oltinga bo'lgan bahoning pasayishi (1980 yilning yanvarida bir unsiya uchun 850 dollardan 1984 yilda 400-300 dollargacha). Ushbular dollarli hisobvaraqlar bo'yicha yuqori foiz stavkalari sharoitida dollarga investitsiya qilishning jozibadorligini oshirdi. AQSh dollar kursining ko'tarilishi, tovarlar importining arzonlashishi va inflyatsiyaning jilovlanishidan iloji boricha foydalandi (dollar kursini har 10 foizga ko'tarilishiga iste'mol tovarlari ichki baholarining 2 yillik davr uchun pasayishi mos ravishda 1,5 foizli punktni tashkil etdi). Umuman olganda bu yutuqlar Amerika eksportining qimmatlashishi va ishsizlikni, ayniqsa eksport tarmoqlarida ortishi bilan bog’liq zararlardan hajm jihatidan oshdi. Nisbatan yuqori ko'rsatilgan dollar kursining G’arbiy Yevropa va Yaponiya mamlakatlari iqtisodiyotiga bo'lgan salbiy ta'siri ular importining qimmatlashishi, inflyatsiyaning rag’batlantirilishi, kapitallarni mamlakatdan chiqib ketishi hamda ishshizlikni kuchayishida o'z aksini topdi. Ushbu oqibatlar ularni milliy eksportni rag’batlantirish va dollarga nisbatan qadrsizlangan, milliy valyutada ifodalangan tashqi qarzining haqiqiy summasini kamaytirishdan kutayotgan samaradan ancha oshib ketdi.
Valyuta kursi tushunchasi. Oltin-deviz standarti sharoitida valyuta kursi. Tovarlar va xizmatlar bilan xalqaro savdoning kengayishi ko’pchilik davlatlar chegaralarini geografik xaritadagi shartli chiziqlarga aylantirib yubordi. Biroq ushbu davlatlarning valyutalari mustaqil bo’lib, ularning iqtisodiyotlarini tarkibiy ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi. Valyutalari erkin konvertatsiya qilinadigan iqtisodiy tizimlarda valyuta kurslarining ayirboshlanish darajasi milliy eksport tarmoqlarining muvaffaqiyatini va boshqa mamlakatlardan import qilinadigan tovar hamda xizmatlar baholari darajasining hal qiluvchi omili bo’lib hisoblanadi. Valyuta kurslarining muvozanatsizligi sharoitida banklar va tadbirkorlar ushbu muvozanatsizlik bilan bog’liq xavf-xatarlarni boshqarishda katta qiyinchiliklarni o’z boshidan kechiradi. Valyuta savdosi bilan bog’liq bazis operatsiyalarni quyida ko’rib chiqish va ularni to’g’ri tushunish uchun ba'zi bir tushunchalarni o’rganib olishimiz lozim. Valyuta sifatida banklarning xorijda xorijiy valyutada joylashtirilgan aktivlari hamda xorijda to’lovi amalga oshiriladigan xorijiy valyutadagi cheklar va veksellar tushuniladi. Bunda gap faqat naqdsiz pullar haqida boradi. Valyutaning qiymati tovarlar bilan savdodagi singari talab va taklifga bog’liq bo’lgan bahoda ifodalanadi. Ma'lum bir miqdordagi valyutaning bahosi boshqa bir valyutaning nisbiy birliklarida belgilanadi (milliy yoki xorijiy). Xorijiy valyutaning bahosi valyuta kursi deb ataladi. Valyuta kursi - bu, bir valyutani boshqa bir valyutadagi ifodasi yoki bahosidir. Masalan, 1 AQSh dollari = 970 O’zbekiston Respublikasining so’mi yoki

Shu tarzda 1993 yilning dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi uch turdagi pul birligi muomalada bo’ldi: so’m-kuponlar, sobiq SSRI Davlat bankining qiymati 100 rublgacha bo’lgan kupyuralari va Rossiya Davlat bankining 1993 yil namunasidagi kupyuralari.


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 aprelda qabul qilingan "Pul muomalasini mustahkamlash va so’m-kupon harid qobiliyatini oshirishning kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori pul muomalasini barqarorlashtirish, so’mning harid qobiliyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda muhim tadbir bo’ldi. Ushbu qarorga muvofiq 1994 yil 15 apreldan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida Rossiya banki banknotlarining muomalada bo’lishi hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularni turli to’lovlarga qabul qilinishi taqiqlab qo’yildi.
Respublika hukumati tomonidan ko’rilgan choralar natijasida pul muomalasi va iste'mol bozoridagi salbiy jarayonlar to’xtatildi, to’liq qimmatli milliy valyutani joriy etish uchun sharoitlar yaratildi.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish