34. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (EKOSOS).
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (EKOSOS) Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy organlaridan biri boʻlib, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalarining iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi hamkorligini muvofiqlashtiradi.
EKOSOS xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni muhokama qilish va aʼzo davlatlar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimiga qaratilgan siyosat boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish uchun markaziy forum boʻlib xizmat qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo 54 davlatning aylanma a'zolaridan tashqari, 1600 dan ortiq nodavlat tashkilotlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti ishida ishtirok etish uchun Kengash huzurida maslahatchi maqomga ega.
EKOSOS har yili iyul oyida to'rt haftalik bir sessiyani o'tkazadi va 1998 yildan beri aprel oyida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg'armasining (XVJ) asosiy qo'mitalariga raislik qiluvchi moliya vazirlari bilan yillik uchrashuvlar o'tkazadi. Bundan tashqari, har iyul oyida Kengash shafeligida 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirishda erishilgan yutuqlarni ko'rib chiqish uchun Oliy darajadagi siyosiy forum (HLPF) chaqiriladi.
35. Xalqaro sud.
Xalqaro sud - BMTning asosiy sudlov organi. 1945-yil tashkil topgan. Davlatlar oʻrtasidagi yuridik nizolarni ularning roziligi bilan hal qiladi va huquqiy masalalar boʻyicha tavsiyaviy xulosalar beradi. 15 nafar sudya lardan iborat, ular BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi tomonidan 9 yilga saylanadi. BMT Ustavining ajralmas qismi hisoblanadigan Statut asosida ish olib boradi. Xalqaro sudi Gaaga shahrida joylashgan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng tashkil topgan ushbu sud davlatlar o‘rtasidagi munozarali masalalarni hal etish maqsadida shakllantirilgan. U shu paytga qadar 200 ta ana shunday masalani hal etgan. Ayni damda 11 ta munozara ustida ish olib bormoqda.
Shulardan 121ta sud qarori va 50ga yaqin buyrug‘i davlatlarga taqdim etildi. Bundan tashqari, sud BMTga 27 masalada maslahat bergan.
BMTning Xalqaro sudi Gaagada joylashgan. U 1946 yilda Millatlar Ligasi qoshida 1920 yilda ish boshlagan Doimiy xalqaro odil sudlov o‘rnida tashkil topgan. Sud BMTning oltita bosh organidan biri bo‘lib, faqat ugina Nyu-Yorkda joylashmagan. Sud tashkil topgan rasmiy sana etib 1946 yilning 18 apreli belgilangan. O‘shanda sudning birinchi tantanali yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Bu yilgi tantanali yig‘ilish 20 aprel sanasida, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun va Niderlandiya qiroli Villem-Aleksander ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Tashkilot byudjyeti 26 mln dollar bo‘lib, unda 115 kishi faoliyat yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |