3.O’zbekistonning xalqaro moliya tashkilotlari bilan istiqboldagi hamkorlikni rivojlantirish yo’nalishlari
Hozirgi zamon tez oʼzgarib borayotgan jamiyatida mamlakat taraqqiyoti xalqaro aloqalarga koʼp jihatdan bogʼliqdir. Xalqaro tashkilotlar mamlakat rivojida eng samarali vositadir. Nima uchun xalqaro iqtisodiy tashkilotlar haqida chuqurroq bilishimiz kerak? Chunki dunyo hamjihatligiga, iqtisodiy hamkorlik rivojini taʼminlashga, integratsion jarayonlarga bir tomondan davlatlararo munosabatlar bilan chiqilsa, ikkinchi tomondan, aynan shu tashkilotlar faoliyatida qatnashish orqali erishiladi. Jahon hamjihatligida boʼlish, unda muhim oʼrin egallash davlat mavqeini mustahkamlab, xalq farovonligini taʼminlovchi katta omil boʼlib kelgan.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yangi davr darajasiga koʼtarish, eksportga yoʼnaltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borishda xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni va ularning resurslaridan foydalanishni taqozo etadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan koʼrishimiz mumkinki, iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash uchun mavjud ichki resurslardan tashqari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar resurslaridan foydalanish ham asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar oʼz investitsiyalarini rivojlanayotgan va xom ashyo hamda mehnat resurslari koʼp boʼlgan mamlakatlarga joylashtirish istagini bildirmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin o’zining mustaqil tashqi siyosatini, shu jumladan, tashqi iqtisodiy siyosatini yurita boshladi. Mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosati eng avvalo, milliy iqtisodiy manfaatlarni himoya qilgan holda xalqaro moliya munosabatlarida faol ishtirok etishga qaratilgan.
Respublikamizda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror o’sishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqargan holda jahon bozorlarida mustahkam o’rin egallash, pirovardida aholi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan strategiya izchil amalga oshirilar ekan, bu maqsadlarga erishishda tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirishga alohida e'tibor berilmoqda.
Xalqaro Institutsional Jamiyatlarning inson manfaatlari ustunligini taʼminlashdagi rolini oshirishga Xalqaro Iqtisodiy Tashkilotlar bilan hamkorlikning taʼsiri.
Xalqaro institutlar rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlanayotgan mamlakatlarga turli xil yordam va rivojlanish yordamini ko'rsatish uchun tashkil etilgan nodavlat institutlardir.
Nodavlat tashkilotlari (NDTlar) kelib chiqishi mamlakati hukumati tomonidan moliyalashtiriladi, ammo ular tomonidan boshqarilmaydi va tartibga solinmaydi. Xalqaro valyuta jamg'armasi, Xalqaro Qizil Xoch va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ushbu xalqaro institutlarning yaqqol misolidir.
Xalqaro valuta jamg'armasi va Jahon banki kabi nodavlat tashkilotlari tarixi rivojlanayotgan mamlakatlarda muammolarni yaxshilashga qiziqqan NNTlar daromad olishdan manfaatdor ekanligini ko'rsatadi. Ko'plab NNTlar o'zlarining falsafalari, rejalari va xatti-harakatlari to'g'risida juda ko'p tanqidlarga duch kelishdi va bu tanqid NNTlarning diqqat markazlari va usullarini takomillashtirishga olib keldi.
Tanqidning muhim nuqtasi shundan iboratki, NNTni rivojlantirish loyihalari sog'liqni saqlash, iqtisodiyot, inson huquqlari va barqaror ekologik rivojlanishning o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Ekologik tanazzul nodavlat notijorat tashkilotlarining yangi paydo bo'lgan muammolaridan biridir. Mobil neft quvurining (hozirgi Exxon Mobil) Nigeriyadagi tarixi NNT tomonidan moliyalashtiriladigan rivojlanish loyihalari, bu holda Jahon banki jiddiy muammolarga olib kelishi mumkinligining yaxshi namunasidir.
NNT tomonidan moliyalashtirilgan ekinlarni, masalan paxta rivojlangan davlatlarga hosilni eksport qilish orqali rivojlanayotgan mamlakatning milliy daromadini ko'paytirishni maqsad qilgan holda, NNT tomonidan amalga oshirilayotgan ba'zi muammolar hal qilinmaganligi va shu bilan birga yangi qiyinchiliklar paydo bo'lishi misolida.
Naqd pul ekishga katta e'tibor qashshoqlik bilan bog'liq ocharchilikka qarshi kurash strategiyasi edi.
Naqd ekinlarni ekish milliy daromadni ko'paytirdi va qashshoqlikni kamaytirdi, ammo naqd ekinlar cheklangan qishloq xo'jalik erlarini monopollashtirilishini ta'kidladi.
Naqd pul etishtirish strategiyasining umumiy natijasi kam ta'minlangan odamlarni ocharchilikda ushlab turishdir, chunki mayda va kambag'al dehqonlarning hosillari oziq-ovqat ekinlarini dehqonlarga, ularning oilalariga va qo'shnilariga to'ydiradigan oziq-ovqat mahsulotlarini almashtiradi. Shunday qilib, er tanazzulining yangi muammosi paydo bo'lganda ochlik muammosi hal qilinmadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O’zbekiston Respublikasi davlat idoralarining, yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali hamkorlik o'rnatishga, bunday ham korlikni rivojlantirishga qaratilgan jami amaliy harakatlari tushuniladi.
Mazkur ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslari yaratildi. Bular jumlasiga, O’zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g‘risida»gi, «Valutani tartibga solish to’g‘risida»gi, «Chet el investitsiyalari to’g‘risida»gi, «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g‘risida»gi, «Boj tarifi to’g‘risida»gi, «Eksport nazorati to"g‘risida»gi Qonunlarni hamda «Chet el investitsiyalari bilan loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida»gi, «Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g‘risida»gi, «To’g‘ridan to’g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarini kiritish mumkin.
O’zbekistofi Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
barcha davlatlar, chet el yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o’zaro manfaatliligi;
tomonlarning tengligi;
-tashqi iqtisodiy aloqalar bo’yicha sheriklarning ichki ishlariga aralashmaslik;
— xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan bitimlar bo'yicha qabul qilingan majburiyatlarni halol va aniq bajarish prinsiplari;
hamma tomonidan e'tirof etilgan boshqa xalqaro normalar, qoidalar va shartlarga rioya etish.
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning obyektlari bo’lib, hamma turdagi resurslar, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari va sohalarida yaratiladigan tovarlar hamda ko’rsatiladigan xizmat, qimmatbaho qog'ozlar, fan-texnika mahsulotlari, intellektual va boshqa boyliklar hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanish man etiladigan obyektlar bundan mustasnodir.
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchilari sifatida ro’yxatga olinib, respublika hududida yoki uning tashqarisida ish olib borayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining subyektlari bo’lishi mumkin.7
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari:
O’zbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan qonun normalari va normalarga, hamma tomonidan e’tirof etilgan xalqaro normalar va qoidalarga rioya etishi;
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchisi sifatida ro’yxatdan o’tishi hamda buxgalteriya va statistika hisobotlarini taqdim etishi;
xalqaro hamkorlik doiralarida bajarilayotgan ishlar, qidiruv ishlari va loyihalarning sanitariya-gigiyena, ekologiya talablari va boshqa talablarga muvofiqligi haqida ekspertiza xulosasini olishi;
ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tashqi iqtisodiy faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo’lishi shart.
Mulkchilikning shakllari va tashqi iqtisodiy faoliyatining turlaridan qat’i nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyatni arnalga oshirishda teng huquqlarga ega bo’ladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning har bir subyekti amal qilib turgan qonunlar doirasida tashqi iqtisodiy aloqalardagi o’z ishtirokining turlari, shakllari va yo’nalishlarini mustaqil belgilashi, o’z xohishiga qarab tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda shartnoma asosida yoki boshqacha tarzda haq to’lab yoxud to’lamasdan jalb etishi mumkin.8
Tashqi iqtisodiy faoliyatining har bir subyekti O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatning natijalariga, shu jumladan chet el valutasidagi daromadga egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqlidir. Uning qaroriga ko’ra tashqi iqtisodiy faoliyatning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqlari qonunlarda belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga o’tkazilishi yoxud ularga ishonib topshirilishi mumkin. Huquqlar ana shu tarzda o’zgaga o’tkaziladigan taqdirda tomonlar o’zaro munosabatlarni shartnomalar (bitimlar) asosida tartibga soladilar.
Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish;
tabaqalashtirilgan soliqlar va imtiyozlar sistemasi, shu jumladan valuta bo’yicha ham belgilanish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni axborot bilan ta’minlashning davlat tizimini yaratish;
ayrim mintaqalar, tarmoqlar va korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va rivojlantirishi uchun dotatsiyalar, subsidiyalar, subvensiyalar, budjetdan qarz berish tarzida moliyaviy yordam ko’rsatish, tavakkalchilikni sug‘urta qilish;
respublika tashqi iqtisodiy aloqalarining turli shakllarini rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish, pul bilan ta’minlash va ekspertiza qilish;
O’zbekiston Respublikasiga olib kelinadigan va O’zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan tovarlar va boshqa molmulklarni hujjatlashtirish;mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilish tartibini belgilash;
valuta va boshqa fondlar mablaglarini vujudga keltirish va ulardan foydalanish.
Keyingi yillarda O’zbekistonning xalqaro hamjamiyatda hamda iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei oshib bormoqda. Bunda davlatimiz hukumati tomonidan mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish yo’llarining aniq va to’g‘ri ko’rsatib berilganligi bu yo’ldagi yutuq hamda marralarning salmoqli bo’lishiga imkoniyat yaratmoqda.
Ma'lumki, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. U mamlakatning jahon hamjamiyatiga boigan aloqasini ifodalab, uning istiqbolini belgilab beradi. Eksport salohiyatini oshirish orqali mamlakat ichida ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishning rivojlanishiga erishiladi. Mamlakat eksporti hamda importining qiymati o’rtasidagi farq, ya'ni saldo tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligining muhim iqtisodiy ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich milliy daromad darajasiga ko’p tomonlama ta’sir etadi. Sababi, import va eksport hajmidagi sezilarli o’zgarish ham mamlakatdagi daromad, bandlik va narx darajalarida muayyan tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Keyingi yillarda mamlakatimizda keskin raqobatlashuv sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo’lishi va mustahkam o’rin egallashi uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda importning o'rnini qoplash va eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. Mazkur dasturning maqsadi, mavjud resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan imkon boricha to’liq va sarnarali foydalanish hamda uni rivojlantirish asosida eksport hajmining barqaror o’sishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun xorijiy sarmoyalarni ustuvor yo’nalishlarga keng jalb qilish, ularga kafolat va imkoniyatlar berish, litsenziyalar, nou-xaular sotib olishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmoqda.9
Tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirishda quyidagilarni ustuvor yo’nalishlar sifatida keltirish mumkin:
Respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;
eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozorlariga kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xomashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalarni rivojlantirish zarur. Eksportni kengaytirishga qaratilgan strategiyani faol qo’llash bilan bir qatorda importning salmog‘ini qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o’tkazish, o’zimiz ishlab chiqarishimiz mumkin bo’lgan tovarlar va mahsulotlarning chetdan keltirilishini oqilona darajada kamaytirib borish talab qilinadi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo’jalik ishlarini yurituvchi subyektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o'rnatishda, o’z mahsulotini chet ellarda sotishda ko'proq erkinliklar berish, tovarlani eksport va import qilishda birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko’zlab siyosat o’tkazish;
xorijiy investitsiyalar jalb qilish orqali amalga oshirilayotgan sanoat loyihalarning bir-biriga bog'liqligini ta’minlash, ular o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy va ishlab chiqarish hamkorlik va infratuzilmani rivojlantirish va bu orqali import o’rnini bosuvchi va eksportga mo'ljallangan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirishga erishish;
olib borilayotgan islohotlarda hududiy diversifikatsiya siyosatini yanada kuchaytirish, nafaqat markaziy hududlarda, balki chekka tumanlarda ham yirik sanoat obyektlari qurishni keng yo’lga qo’yish;
tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari majmuini ixtisoslashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug‘urta firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlari va shartlariga mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimlarini vujudga keltirish;
xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, hisob-kitob va statistik hisob sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning mazkur yo’nalishlarini izchil tarzda amalga oshirish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiy hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga imkon beradi.10
O’zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish bo'yicha yaqin kelajakka mo’ljallangan strategiyasining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, eksportni rag‘batlantirish uchun avvalo, barqaror makroiqtisodiy sharoit yaratish, inflyatsiya sur’atini prognoz darajasida ushlab turish, valuta almashtirish kurslarining keskin tebranishlariga yo’l qo’ymaslik;
ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi subyektlarning mulk shaklidan qat’i nazar, import qilinayotgan ishlab chiqarish vositalarini olish uchun bir xil imkoniyatga ega bo’lishlarini ta’minlash;
uchinchidan, yetuk mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasidagi islohotlarni davom ettirish;
to’rtinchidan, eksport salohiyatini rag'batlantirish maqsadida ishlab chiqarish tarmoqlarida yuqori texnologiyalardan foydalanish ko’lamini kengaytirish;
beshinchidan, mamlakatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirish asosida eksport salohiyatini oshirish.
Mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni tubdan isloh qilish va uni barqarorlashtirishda,respublikada mavjud korxonalarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlashda va ularni modernizatsiyalashda, jahon talablari darajasidagi raqobatbardosh milliy mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etishda, mamlakat ichki bozorini sifatli tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish hamda uning eksport salohiyatini oshirishda, mamlakatda ishsizlik, pulning qadrsizlanishi darajalarini pasaytirishda, iqtisodiyotning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talablarini qondirishda xalqaro moliya institutlarining roli va ahamiyati kattadir;
Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini ta’minlash investitsiya faoliyati yuritilishining zaruriy investitsion muhitini yaratishni va uni tobora qulaylashtirib borishni talab etadi, investitsiya loyihasining amalga oshirilish hajmi, miqdori va dinamikasiga qarab mamlakatning iqtisodiy o‘sish darajasi hamda holatini baholash mumkin va o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning bajarilish holati belgilangan maqsadlarni ta’minlanishiga qanchalik mos kelayotganligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.
XULOSA
Ushbu kurs ishi mavzusi bo’yicha yoritib o’tilgan fikr va mulohazalarga asoslanib, quyidagi xulosalarni chiqarishimiz mumkin:
Xalqaro moliya – xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Xalqaro moliya doimiy o’zgaruvchan xalqaro pul tizimlarining holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to’lov balansining o’zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi.
Xalqaro moliya tizimining asosiy ishtirokchilar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy qarzdorlar.
Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo’lib mamlakatlar o’rtasida amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy oqimlar, jumladan, pul oqimlari – import qilingan mahsulot va xizmatlarning to’lovlari hamda mahsulot va xizmatlar eksportidan kelgan valyuta tushumlari, ushbu oqimlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini ifodalashi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo’ladi, shu boisdan mamlakatlar o’rtasidagi pul oqimlari xarakatini namoyon etadi.
Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisobkitoblar banki, Osiyo, Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo’jaligining barqarorligiga erishishga hamda valuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi. Eng avvalo, bunga bo'lgan zaruriyat davlatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar ko’lamining ortib borishi, shuningdek, ularning o'zgaruvchan xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek, ular mamlakatlar va davlatlar o’rtasida hamkorlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizmat qilishga ham yo’naltirilgan.
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning obyektlari bo’lib, hamma turdagi resurslar, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari va sohalarida yaratiladigan tovarlar hamda ko’rsatiladigan xizmat, qimmatbaho qog'ozlar, fan-texnika mahsulotlari, intellektual va boshqa boyliklar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |