1. Xalqaro moliya tashkilotlarining jahon iqtisodiyotidagi tutgan o’rni


O’zbekistonning xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari tahlili



Download 302,5 Kb.
bet3/5
Sana30.06.2022
Hajmi302,5 Kb.
#720680
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbekistonning xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik yo’nalishlari

2.O’zbekistonning xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari tahlili.
Mamlakatimizda iqtisodiyotdagi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bu moliya bozorini rivojlantirish va xalqaro moliyaviy munosabatlarni yo'lga qo'yishdir. Moliya bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotlarni oshirish, kapital jalb qilish, investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qilishini ko'rishimiz mumkin. Jamiyat taraqqiyotida moliyaviy munosabatlarning o'rni esa beqiyosdir, zero, ular moliyaviy resurslarining harakati shakllanishi, taqsimlanishi va xalqaro moliya bozori institutlari hamda moliyaviy institutlar va tashkilotlar tomonidan ishlatilishiga asoslangan tarkib bo'yicha murakkab bo'lgan munosabatlar tizimidir. Shu sababli, hozirgi vaqtda kelib, O'zbekiston bilan ko'plab moliya tashkilotlar iqtisodiy munosabatlar keng yo'lga qo'yilib va samarali hamkorlik aloqalarini o'rnatib kelmoqda. Bu xalqaro moliya tashkilotlari O'zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy sohalariga bir qator investitsiyalar kiritgan. Investitsion loyihalar soni ko'p va hamkorlik aloqalarini mustamkamlash doimiy ravishda e'tibor qaratilishi lozim. Sababi shundaki, xalqaro bozorga chiqish, davlatning eksport salohiyatini oshirish, aholining ijtimoiy qo'llab quvvatlash, hamda ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatish infratuzilmasini yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarini bilan aloqalarni rivojlantirish vazifalardan biri hisoblanadi.Mamlakatimizda iqtisodiyotdagi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bu moliya bozorini rivojlantirish va xalqaro moliyaviy munosabatlarni yo'lga qo'yishdir. Moliya bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotlarni oshirish, kapital jalb qilish, investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qilishini ko'rishimiz mumkin. Jamiyat taraqqiyotida moliyaviy munosabatlarning o'rni esa beqiyosdir, zero, ular moliyaviy resurslarining harakati shakllanishi, taqsimlanishi va xalqaro moliya bozori institutlari hamda moliyaviy institutlar va tashkilotlar tomonidan ishlatilishiga asoslangan tarkib bo'yicha murakkab bo'lgan munosabatlar tizimidir. Shu sababli, hozirgi vaqtda kelib, O'zbekiston bilan ko'plab moliya tashkilotlar iqtisodiy munosabatlar keng yo'lga qo'yilib va samarali hamkorlik aloqalarini o'rnatib kelmoqda. Bu xalqaro moliya tashkilotlari O'zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy sohalariga bir qator investitsiyalar kiritgan. Investitsion loyihalar soni ko'p va hamkorlik aloqalarini mustamkamlash doimiy ravishda e'tibor qaratilishi lozim. Sababi shundaki, xalqaro bozorga chiqish, davlatning eksport salohiyatini oshirish, aholining ijtimoiy qo'llab quvvatlash, hamda ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatish infratuzilmasini yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarini bilan aloqalarni rivojlantirish vazifalardan biri hisoblanadi.
Xalqaro valuta-kredit va moliya munosabatlarining tashkiliy tuzilmasi o’ziga ko’plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba'zilari ko'pgina vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo’lgan holda xalqaro valuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etadi. Boshqalari esa hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil etish hamda valuta-kredit va moliya siyosati bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.5
Xalqaro moliya tashkilotlari o’zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo’jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo’ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi hamkorligini rivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada tartibga solishda muhim rol o'ynamoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to’g‘ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so’ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970-yillardagi iqtisodiy o’zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi hamda integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko’rsatish mumkin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo’lgan talab yanada ortib bordi.
Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisobkitoblar banki, Osiyo, Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo’jaligining barqarorligiga erishishga hamda valuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi. Eng avvalo, bunga bo'lgan zaruriyat davlatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar ko’lamining ortib borishi, shuningdek, ularning o'zgaruvchan xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek, ular mamlakatlar va davlatlar o’rtasida hamkorlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizmat qilishga ham yo’naltirilgan.
Bundan tashqari, jahon xo’jaligining muhim muammolari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlanish tendensiyalari to’g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil etish hamda o'rganish sohasida xalqaro valuta-moliya tashkilotlarining ahamiyati ortib bormoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatgan:6
— xo'jalik hayoti baynalminallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklarning tashkil topishi;
—jahon xo'jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo’lgan ehtiyojning kuchayishi;
—jahon valuta tizimi, xalqaro valuta-kredit, qimmatbaho qog'ozlar va oltin bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish zaruriyatining ortib borishi.
Xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:

  1. Axborot funksiyasi.

Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xo’jaligi rivojlanishining umumiy tendensiyalari hamda biror-bir davlatning iqtisodiy holati to’g‘risida ma’lumotlar olish mumkin bo’lgan axborot markazi rolini bajaradi. Xalqaro valuta-kredit tashkilotlari o’tkazilgan xalqaro konferensiyalar, yig‘ilishlar, tadqiqotlar natijalari bo’yicha stalistik materiallarni nashr etib boradi.

  1. Maslahatchi funksiyasi.

Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning hukumatlariga valuta-kredit va moliya siyosatini o’tkazish bo’yicha maslahatlar berib boradi.

  1. Tartibga solish funksiyasi.

Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solish funksiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF to’lov balansida muammolarga ega bo’lgan mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy yordam ko’rsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valuta kursini bir maromda saqlash uchun ham bir necha bor vaqtinchalik yordam ko’rsatgan.

  1. Bashorat qilish funksiyasi.

Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishining bashoratini amalga oshiradi. Xalqaro moliya tashkilotlari universallik darajasi va maqsadlariga bog‘liq holda jahon ahamiyatiga ega bo’lgan, mintaqaviy, shuningdek, faoliyati jahon xo’jaligining ma’lum bir sohasini qamrab oluvchi tashkilotlarga ajratiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlarni tashkil etish g‘oyasi 1929—1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi ta'siri natijasida yuzaga keldi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarining muhim ko'rinishlaridan beri bu xalqaro iqtisodiy hamkorlikdir. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotida iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati jahon xo'jaligining rivojlanib, globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi bilan ortib boradi. Uning asosiy sub'yektlari — davlatlar, transmilliy kompaniyalar, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. XX asrning 80-yillaridan e'tiboran, xalqaro iqtisodiy hamkorlik doirasi kengayib, iqtisodiy munosabatlarni keng ko'lamda qamrab oldi. Tashqi va xalqaro savdo, kredit munosabatlari, valyuta va to'lov — hisob kitob sohasi, mintaqaviy integratsiya, migratsiya va kapital chiqarish, transmilliy kompaniyalarni tashkil etish va kredit moliya instutlarini shakllantirish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib, ilmiytexnika va ishlab chiqarish sohalarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan PF-4947-sonli Farmonidan ham ushbu masalalarga alohida to'xtalib o'tilib, unda kapitalni jalb qilish va korxonalar, moliyaviy tashkilotlar va xalqaro munosabatlarni tashkil etuvchi moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi moliya bozorini o'rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishi belgilab qo'yilgan.Chunki xalqaro iqtisodiy hamkorlik uning sub'yektlari iqtisodiy manfaatlarini milliy chegaralardan tashqarida ro'yobga chiqarishning eng maqbul yo'li hisoblanadi. Iqtisodiy hamkorlik va iqtisodiy integratsiyani har qanday shaklda amalga oshiradigan mintaqaviy tashkilotlar muhim ahamiyatga ega. Mintaqaviy fondlar va banklar ularga ma'lum darajada yordam beradi. Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashda, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini shakllantirishda, ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirishda va odamlarning hayotini yaxshilashda yordam berishdir.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotini rivojlantirish sohasidagi muayyan masalalarni hal etish uchun a’zo mamlakatlarning moliyaviy resurslarini birlashtirish orqali tashkil etiladi. Ushbu masalalar quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
— xalqaro savdoni rag‘batlantirish va qo’llab-quvvat!ash, jahon iqtisodiyotini tartibga solish hamda barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valuta va fond bozoridagi operatsiyalar;
— budjet taqchilligini moliyalashtirish va davlat loyihalarini amalga oshirishga kreditlar —davlatlararo kreditlar;
— xalqaro biznesga ijobiy ta'sir ko’rsatishga (masalan, infratuzilma loyihalari, informatsion texnologiyalar sohasidagi loyihalar, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va boshq.) ichki loyihalar (bitta mamlakatning yoki rezidentning tijorat tashkiloti manfaatlariga bevosita daxldor bo’lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;

  • fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va hayriya faoliyati (xalqaro yordam dasturlarini moliyalashtirish).

Xalqaro moliya tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko’zlagan holda faoliyat yuritadi:
—jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;

  • valuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga oshirish;

—jahon valuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va taktikasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
Xalqaro moliya tashkilotlarida qatnashish darajasi va alohida mamlakatlarning ta’siri ularning kapitaldagi bo’nagining miqdori bilan aniqlanadi.
Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatining samaradorligi muayyan darajada a’zo mamlakatlarning hukumati va davlat tashkilotlari bilan bo’ladigan o’zaro munosabatga bog‘liq bo'ladi. Shunday ekan, xalqaro moliya tashkilotlarining investitsion faoliyati ko’p hollarda yirik xalqaro loyihalar bo'yicha risklarni boshqarish va sug‘urtalashni amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni talab etadi. Shu o'rinda Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yo'nalishda hamkorlikni sezilarli tarzda o'sib, rivojlanib borayotganini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Jumladan, Davlat statistika qo'mitasi O'zbekistonning 2020 yil 9 oyi davomidagi tashqi savdo aylanmasi bo'yicha statistik ma'lumotlarni e'lon qildi. Unga ko'ra, joriy yilning o'tgan 9 oyi davomida O'zbekistonning eng ko'p tashqi savdo aylanmasi Xitoy bilan bo'lgan - 4,6 mlrd, bunda eksport - 1,4 mlrd, import 3,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. Keyingi o'rinda Rossiya turibdi - 4,1 mlrd, eksport - 1,1 mlrd, import 3 mlrd AQSh dollari. Yuqori uchlikni Qozog'iston yakunlab beradi - 2 mlrd., eksport - 646,2 mln, import 1,3 mlrd AQSh dollari. Shuningdek, O'zbekistonning quyidagi davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi yuqori bo'lgan. Koreya - 1 mlrd 599,6 mln, eksport - 34,1 mln, import 1 mlrd 565,5 mln AQSh dollari. Turkiya - 1 mlrd 434,1 mln, eksport - 650,9 mln., import 783,2 mln AQSh dollari. Qirg'iziston - 660,7 mln, eksport - 561,1 mln, import 99,6 mln AQSh dollari. Germaniya -574 mln, eksport - 51,3 mln, import 522,8 mln AQSh dollari. Afg'oniston - 542,9 mln, eksport - 541,3 mln, import 1,7 mln AQSh dollari. Tojikiston - 358,8 mln, eksport - 289,1 mln, import 69,7 mln AQSh dollari. Turkmaniston - 323,6 mln, eksport - 97,8 mln, import 225,9 mln AQSh dollari.[6] Dunyoning yetakchi davlatlari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi rivojlangan mamlakatlar, xususan, Koreya Respublikasi va Yaponiya, Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi, arab-musulmon hamda turkiy tilli davlatlar bilan o'zaro manfaatli, samarali va ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Asosan, bugungi kunda O'zbekiston moliyaviy tashkilotlarini xalqaro moliya tashkilotlari o'rtasida o'zaro moliyaviy munosabatlar o'rnatish mamlakat iqtisodiyotidagi eng muhim masaladir. Milliy va Xalqaro molyaviy munosabatlarni rivojlantirish masalari bugungi kunda jadallashmoqda. Bu munosabat nafaqat puxta o'ylangan, balki bir vaqtning o'zida ildam va qulay bo'lishi hamda hozirgi tez o'zgaruvchan, dunyoda yuzaga kelishini oldindan aytib bo'lmaydigan yangi muammo va tahlikalarga o'z vaqtida va munosib javob berishi kerak. O'zbekiston xalqaro moliya tashkilotlari bilan moliyaviy munosabatlarini shakllantirishida va rivojlanishidagi asosiy omili:
• jahon bozorlarida o'zining o'rniga ega bo'lishi, ayniqsa tovar bozorlarida;
• Mamlakat iqtisodiy aloqalarning baynalminallashuvi va globallashuvi.
• Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi.
• Mamlakatning ilmiy-texnika taraqqiyotiga qo'shgan hissasi
• Xalqaro moliya munosabatlarining ko'p tomonlama va manfaatli tartibga solish tizimini takomillashtirilishi.
• Mamlakatda transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatinini nazorat qilish va kengaytirilishi
Agar quyidagi omillar iqtisodiyot va xalqaro moliyaviy munosabatlarda o'z aksini topsa, mamlakating moliyaviy rivojlanish koeffisiyentga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Xulosa o'rnida aytish joizki, O'zbekiston va Xalqaro moliya tashkilotlar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishda, iqtisodiy-moliyaviy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, yuqorida aytilgandik, puxta o'ylangan, vazmin, balki bir vaqtning o'zida ildam va qulay bo'lishi hamda hozirgi tez o'zgaruvchan, dunyoda yuzaga kelishini oldindan aytib bo'lmaydigan yangi muammo va tahlikalarga o'z vaqtida va munosib javob bera oladigan darajada bo'lishi kerak.



Download 302,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish