Xalqaro huquqning funksiyalari - uning ijtimoiy vazifalari
bilan belgilanuvchi, muhitga ta’sir etish yo‘nalishlaridir.
Xalqaro huquqning asosiy ijtimoiy funksiyasi xalqaro munosabatlaming
mayjud tizimini mustahkamlashdir. Uning asosiy yuridik
funksiyasi esa davlatlararo munosabatlami huquqiy tartibga solishdan
iboratdir. Har ikkala funksiya ham tizimdagi ma’lum tartibni qo‘llabquwatlashga
qaratilganligi uchtm barqarorlashtiruvchi va muhofaza
qiluvchi xususiyatga egadir.
Xalqaro huquq uning maqsad va prinsiplariga zid bo'lgan yangi
munosabat va institutlaming paydo bo'lishi va mayjudligiga qarshilik
ko'rsatish funksiyasini ham bajaradi.
Davlatiar o'rtasidagi o'zaro aloqani kengaytirish va chuqurlashtirishdan
iborat bo'lgan baynalmilallashtirish funksiyasi ham muhimdir.
Axborot-tarbiyaviy funksiya davlatlaming to'g'ri axloqiy tajribalarini
yetkazish, xalqaro huquqni qo'llash imkoniyatlarini yoritish,
huquq va u muhofaza qiluvchi manfaat va qadriyatlarga hurmat ruhini
tarbiyalashni xalqaro huquq subyektlariga singdirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |