1. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish


-modda. Yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi



Download 91,55 Kb.
bet22/23
Sana30.11.2022
Hajmi91,55 Kb.
#875543
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Raxmonov Jamshid Shavkat o\'g\'li.Xisoboti

72-modda. Yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi
Ushbu Qonunda belgilangan tartibda yagona yetkazib beruvchi deb topilgan va Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchisi yagona yetkazib beruvchidir.
Yagona yetkazib beruvchidan tovar (ish, xizmat) olish zarur bo‘lgan taqdirda, yetkazib beruvchi hamda davlat buyurtmachisi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuziladi va bu shartnoma to‘g‘risidagi axborot u tuzilgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirilishi lozim.
Yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi quyidagi alohida hollarda amalga oshiriladi:
bozorda muqobillari bo‘lmagan va faqat yagona yetkazib beruvchidan olish mumkin bo‘lgan texnik jihatdan murakkab tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;
madaniy qimmatliklarni olish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yagona yetkazib beruvchi sifatida belgilangan subyektlardan davlat xaridlari;
tabiiy monopoliya subyekti tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) davlat xaridi;
o‘z vakolatlariga muvofiq faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yoki ularning tasarrufidagi davlat muassasalari va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlarga yoki ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarga ehtiyoj paydo bo‘lishi.
73-modda. Yagona yetkazib beruvchilar reyestri
Yagona yetkazib beruvchilar reyestri vakolatli organ tomonidan maxsus axborot portalida yuritiladigan axborot resursidir.
Yagona yetkazib beruvchilar reyestri yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridini amalga oshirish uchun ruxsat etilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati va yagona yetkazib beruvchilar ro‘yxatidan iboratdir.
9. Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni tayyorlash.
Xulosa
Mahalliy budjetlarga mablag‘larni jalb qilish hamda daromad bazasini mustahkamlashda asosiy eʼtibor mamlakat rivojlanishining alohida bosqichlari sifatida mahalliy byudjetlardagi ziddiyatli manbalarini ajratib ko‘rsatish va o‘rganish imkoniyatini beruvchi tahlillarga qaratish lozim. Mahalliy budjetlarga mablag‘larni jalb qilish hamda daromad bazasini mustahkamlash orqali ularni subventsiyadan chiqarishning iqtisodiy usuli sifatida budjet munosabatlarini qayta taqsimlash xarakteri bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatga egadir. Hech qanday kategoriya moliyaviy resurslarni shunchalik ko‘p qirrali va ko‘p darajali qayta taqsimlashda mahalliy budjetlar tizimi kabi ishtirok etmaydi. Mahalliy byudjetlar tizimi orqali hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda budjet dastaklari taʼsir etish amaliyotini va ko‘lamlarini belgilovchi xalq xo‘jaligi tarmoqlari, hududlar, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholining turli xil qatlamlari oʼrtasida mablag‘lar taqsimotini amalga oshiriladi. Hozirgi kunda mahalliy budjetlarning daromadlar qismini shakllantirishdagi mavjud muammolar sifatida quyidagilarni keltiramiz.
1. Soliq va tushumlarning yig‘uvchanlik darajasini pastligi;
2. Boqimanda qarzdorliklarni yildan-yilga oshib ketayotganligi;
3. Soliq to‘lovchilarni toʼliq davlat ro‘yxatiga olinmaganligi;
4. Korxonalarni to‘la quvvatda ishlamasligi;
5. Mavjud resurs salohiyatidan to‘la foydalanilmayotganligi;
6. Mahalliy xom-ashyoni qayta ishlaydigan korxonalarning kamligi;
7. Yangi texnologiyalarning jalb etilmayotganligi.
Mahalliy budjetlarga mablag‘larni jalb qilish hamda daromad bazasini mustahkamlash orqali ixtiyoriga berilgan mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha tadbirlar muhim o‘rin tutadi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, mahalliy budjetlar mahalliy soliqlar va yig‘imlarni tashkil etish va boshqarishda mustaqil bo‘lsalarda Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan tegishli meʼyorlar doirasida faoliyat yuritadilar. Mahalliy budjetlar (respublikamiz misolida) amaliyotidagi muhim xususiyat budjet tizimi to‘g‘risidagi qonunda belgilanganidek mahalliy byudjetlar taqchilligi amaliyotiga yo‘l qoʼyilmasligidir. Davlat moliya siyosatida mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarining balansligi respublika budjeti subsidiyalari orqali kafolatlanmoqda. Hozirda butun dunyo xoʼjaligida sodir bo‘layotgan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatida iqtisodiy qiyinchilik va toʼsiqlarni bartaraf etish maqsadida mahalliy soliqqa tortish tizimini takomillashtirish orqali mahalliy budjetlarga mablag‘larni jalb qilish, daromad bazasini mustahkamlash hamda samarodorligini oshirishning barqarorligini taʼminlash uchun quyidagilarini taklif qilamiz:
1. Mahalliy hokimiyat organlariga budjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsientlarni qo‘llash lozim;
2. Mahalliy hokimliklarning mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirishdan manfaatdorligini oshirish hamda moliyaviy oqimlarning o‘rnini oshirish maqsadida rejadan ortiqcha soliq tushumlarini mahalliy budjetlarga qoldirish amaliyotini yanad takomillashtirish kerak;
3. Mahalliy budjetlar daromad bazasini yanada mustahkamlashda ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushadigan soliqlarni hisoblash usuli va imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish, tabiiy resurslarga bo‘lgan soliq imtiyozlarini qisqartirish va asosiy soliq yukini ushbu soliqlarga yuklash zarur;
4. Mahalliy hokimliklarning mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirishdan manfaatdorligini oshirish, rejadan ortiqcha soliq tushumlarini mahalliy byudjetga qoldirish mahalliy hokimliklarning byudjet daromadlarini oshirish hamda subventsiyalarga bo‘lgan ehtiyojini soliq tushumlarining oshishi hisobiga qoplash imkoniyatini yaratadi;
5. Soliq to‘lovchilarni to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq va yig‘imlarni manbalar bo‘yicha to‘liq undirilishini nazorat qilish hamda boqimanda qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish bilan birga byudjet daromadlarini rejalashtirishda hududlarda soliqlarni yig‘ish imkoniyatini to‘g‘ri belgilash.
6. To‘liq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ham mahalliy soliq to‘lovchilarining ortishiga, natijada mahalliy byudjet daromadlarini mustahkamlanishiga olib keladi.
7. Mahalliy byudjetlarga ajratiladigan mahalliy soliqlar va yig‘imlarni miqdorini qatʼiy foizlarda va nisbatan uzoq vaqt mobaynida o‘zgartirilmaydigan qilib belgilab qo‘yish lozim.
8. Shahar va tuman byudjetlari bo‘yicha korxona va tashkilotlarning byudjetdan boqimanda summasini hisobga olish, boqimanda miqdorlarini byudjetga tushurish yo‘llarini qo‘llash, sxema bo‘yicha korxonalarning bir biridan qarz miqdorlarini oʼzaro hisob-kitob qilish yoʼllaridan kengroq foydalanish.
9. Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan va byudjet tushumlari hisobidan qoplashga asoslangan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish. Bunda obligatsiyalardan keng kulamda foydalanish mumkin. Chunki obligatsiyalar qatʼiy belgilangan foizlarda daromad keltiradi. Ularni qisqa muddatli qilib chiqarish, foiz to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish obligatsiyalarning bozor bahosining o‘sishiga olib keladi. Bunda mahalliy byudjetga obligatsiyalarning bozor bahosi va nominali o‘rtasidagi farq; ko‘rinishida sof daromad kelishi mumkin.
10. Mahalliy hokimiyatlarni byudjetlarga qarz mablag‘larini jalb qilishning qonuniy asoslarni yaratish bilan bog‘liqdir. Yaʼni bunda mahalliy byudjetlarga tijorat veksellarini chiqarish huquqini berish nazarda tutilayapti. Masalan, Rossiya federatsiyasida mahalliy hokimiyat organlari veksellar chiqarish yo‘li bilan byudjet tashkilotlarining boshqa xo‘jalik tashkilotlari oldidagi qarzdorligi muammosini hal qilish imkoniga ega boʼladilar. Har bir davlatning iqtisodiy qudrati shu davlatning mukammal byudjetga ega ekanligi bilan ham ifodalanadi. Shunga muvofiq ayni paytdagi byudjet sohasida olib borilayotgan islohotlarni alohida taʼkidlab o‘tish mumkin.



Download 91,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish