Ushbu amaliyotning maqsadi: Nazariy bilimlarni amaliy ko’nikmalar bilan mustahkamlash.
Ushbu amaliyotning vazifalari: Moliya bo’limi faoliyati haqida bilimlarni egallash va ishlab chiqarish amaliyotida tashkiliy va ichki ishlash tizimini o’rganish.
Moliya –markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. Moliya qtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati bo’lib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari Moliya resurslari yoki Moliya obyektidir. Moliya subyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turlixoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. Moliya daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon moliyasi yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona moliya fondlarini tashkil etadi, Ishlovchilar ishhaqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi.
Davlat byudjeti –davlatning muayyan vaqt uchun mo’ljallangan pul daromadlari va xarajatlar majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh bo’g’ini hisoblanadi . Davlat buyudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) va mahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va boshqalar koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, soliqdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jonboshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining sonigabogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Davlat byudjeti odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini hukumat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.
Moliya bo’limi davlatning byudjet tashkiloti hisoblanadi, bo’limning asosiy vazifasi davlat byudjetidan sarflanayotgan pul fondlarini tashkilotlar turli xil davlat muassasalari va boshqalar orasida to’g’ri taqsimlanishini nazorat qilishdir. Moliya organlariga Respublika miqyosida Moliya vazirligi, viloyat miqyosida Moliya boshqarmasi va tuman(shahar) miqyosida Moliya bo’limlari kiradi. Moliya organlarining asosiy vazifasi davlat byudjetining to’g’ri taqsimlanishini ta’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |