O’zbekistonda axborot kommunikatsiya sohasini rivojlantirishdagiu asosiy yo’nalishlari amaldagi qonunlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Vazirlar mahkamasining qarorlari
Reja:
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori
2. Ijroni nazorat qilish va tekshirish
3. Bosh vazir o„rinbosarlari amalga oshirilgan ishlar to„g„risida
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to„g„risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalari (keyingi o„rinlarda — Markazlar) tashkil etilganligi va ularning asosiy vazifalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Markazlarning asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda:
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining funksiyalari etib quyidagilar belgilansin:
elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini amalga oshirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash, shu jumladan loyihaviy-texnik hujjatlarni kompleks ekspertizadan o„tkazish;
axborot texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi va elektron davlat xizmatlarini joriy etishni tahlil qilish orqali davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yo„nalishlarini ishlab chiqish;
raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo„yicha davlat organlari va tashkilotlarga uslubiy-amaliy yordam ko„rsatish;
davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining idoralararo yagona elektron tizimini, idoralararo axborot tizimlarini, manbalar va boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etish;
elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni samarali amalga oshirish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo„yicha takliflar tayyorlash;
elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida axborot texnologiyalarining joriy etilishini monitoring qilish va baholash;
elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo„yicha maqsadli indikatorlar va samaradorlik ko„rsatkichlarini ishlab chiqish;
elektron hukumat infratuzilmasini yanada rivojlantirishni ta’minlash, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari va boshqa elektron hukumat axborot tizimlari xizmatlarini ko„rsatganlik uchun to„langan davlat boji va yig„imlar miqdorini hisobga olishning yagona billing tizimini rivojlantirish;
b) “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining funksiyalari etib quyidagilar belgilansin:
har tomonlama tahliliy va amaliy tadqiqotlar asosida raqamlashtirish jarayonlarining ishlab chiqarish va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini baholash hamda kelgusida mamlakat iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasini kengaytirish bo„yicha takliflar ishlab chiqish;
davlat organlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatida raqamli iqtisodiyotni keng joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni o„rganish, tahlil qilish va ularning yechimlari bo„yicha har tomonlama asoslangan takliflar tayyorlash;
ekspertlar hamjamiyati bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohalaridagi yangi yo„nalish va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o„rganish orqali keng joriy etish bo„yicha takliflar ishlab chiqish;
raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanganlik darajasi bo„yicha yetakchi mamlakatlar tajribasini o„rganish hamda ularni davlat organlari, tashkilotlar va iqtiso diyot tarmoqlariga tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
“aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek iqtisodiyotning turli sohalarida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilishning konseptual va uslubiy asoslarini shakllantirish;
raqamli texnologiyalarni joriy etishning ustuvor yo„nalishlari bo„yicha ilmiy-texnik va tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga asoslangan elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini ishlab chiqish.
Quyidagilar:
O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O„zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga Markazlarning tuzilmalariga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o„zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
. O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” (keyingi o„rinlarda — Direksiya) tashkil etilsin.
Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o„rinlarda — Vazirlik) va uning tizimidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlariga buyurtmachi vazifasini bajarish;
Vazirlik va uning tarkibidagi tashkilotlarning bino va inshootlaridan foydalanish va ularga xizmat ko„rsatish;
Vazirlik va uning tarkibidagi tashkilotlarni transport xizmati bilan ta’minlash hamda ularning moddiy-texnik ta’minotini tashkil qilish.
. Quyidagilar:
Markazlarning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg„armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo„yicha maxsus hisob raqamiga tushgan mablag„lar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) Direksiyaning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg„armasi hamda Vazirlik tizimidagi tashkilotlar mablag„lari;
xo„jalik faoliyatidan olingan mablag„lar;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilansinki, Markazlar va Direksiya xodimlarining mehnatini moddiy rag„batlantirish, Vazirlik bilan kelishilgan holda, Markazlar va Direksiya tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlarga muvofiq xarajatlar smetalari doirasida amalga oshiriladi.
Bunda, Markazlar va Direksiya xodimlarining mehnatini rag„batlantirish to„g„risidagi nizomlarda ularning lavozim maoshlariga 100 foiz qo„shimcha oylik ustama qo„llanilishi nazarda tutiladi.
Vazirlik:
bir oy muddatda Markazlarning va Direksiyaning ustavlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek ularning belgilangan tartibda davlat ro„yxatidan o„tkazilishini ta’minlasin;
Markazlarni va Direksiyani zarur mutaxassislikka ega tajribali kadrlar bilan to„ldirish, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasini shakllantirish choralarini ko„rsin.
. Vazirlik va O„zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko„chasi, 22, 22a va 24-uy manzillarida joylashgan binolarni (Liter 0001 va Liter 0003 to„liq, Liter 0002 ning yerto„la hamda 1-qavati) tegishlicha “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalariga operativ bo shqaruv huquqi asosida tekin berish to„g„risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori (O„zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg„armasi to„g„risidagi nizom 5-bandining “b” kichik bandiga quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi xatboshi qo„shilsin:
“elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish maqsadida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalarining joriy ta’minoti, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning xodimlari mehnatini
qo„shimcha moddiy rag„batlantirish bo„yicha ajratiladigan xarajatlar hamda “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish”.
Vazirlik boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o„zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig„i O.M. Umarov hamda O„zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Respublika komissiyasi o„tkazgan tekshirishda ijro intizomi pastligining ko„plab hollari, respublika boshqaruv organlari, mahalliy hokimiyat organlari hamda xo„jalik birlashmalarining tashkilotchilik va nazorat faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari o„z apparati, tasarrufidagi vazirliklar, idoralar va korxonalar ishlarini muntazam va qattiq nazorat qilmayaptilar, boshqaruv va hokimliklar tarmoq organlari faoliyatini sust muvofiqlashtirmoqdalar, Hukumat qarorlarini amalga oshirishga rasmiyatchilik bilan yondashish hollariga qat’iy baho bermayaptilar.
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarini bajarish bo„yicha amaliy ishlar o„rniga ba’zan ko„plab kengashlar va majlislar o„tkazmoqdalar, turli ma’lumotnomalar, axborotlar va statistika ma’lumotlari to„plamoqdalar, hay’atlarning yangi qarorlarini va hokimlar farmoyishlarini qabul qilmoqdalar. Ayni paytda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammoli masalalarni ro„yobga chiqarish hamda pirovard natijada, belgilangan maqsadlarga erishish ta’minlanmayapti.
Ijroni nazorat qilish va tekshirish ko„pincha qisqa muddatli bo„lib, ahyon-ahyonda o„tkazilmokda, joylardagi, ayniqsa quyi tarkibiy bo„linmalardagi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi ishlarning haqiqiy ahvoli juda kam o„rganilmoqda.
Boshqaruv apparati barcha bo„g„inlarining tashkilotchilik, ijro va nazorat faoliyatini takomillashtirish, rahbarlar va mutaxassislarning ijro intizomini mustahkamlash, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining hamda Hukumat qarorlarining o„z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining ijro intizomini mustahkamlash, respublika Hukumati qarorlari va topshiriqlarining bajarilishini tashkil qilish bo„yicha ishlari qoniqarsiz deb e’tirof etilsin.
Respublika komissiyasining ijro intizomi ahvolini tekshirish bo„yicha ma’lumotnomasi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir qat’iy chora-tadbirlar ko„rish uchun Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralarga, Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga yuborilsin.
2. Bosh vazir O„. T. Sultonovning va shaxsan Vazirlar Mahkamasi Komplekslari rahbarlarining e’tibori nazorat va ijroni tekshirishning apparatlar xodimlarining tarmoq boshqaruv organlari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining qonunlarning, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlarining so„zsiz, o„z vaqtida va to„liq hajmda bajarilishi yuzasidan yuqori darajada shaxsiy javobgarligini ta’minlaydigan ta’sirchan tizimini yaratish zarurligiga qaratilsin. Shu maqsadlarda:
15 kun muddatda — vazirliklar, idoralar, tarmoq va mahalliy boshqaruv organlari rahbarlarining Hukumat ayrim qarorlarini bajarishga rasmiy munosabatda bo„lishining har bir holati ko„rib chiqilsin va ularga qat’iy baho berilsin;
bir oy muddatda — Vazirlar Mahkamasining 1998-yilda qabul qilingan qarorlari va farmoyishlarining bajarilishi puxta tahlil qilinsin, erishilgan natijalar tanqidiy baholansin, kamchiliklarni bartaraf etish va echilmagan muammolarni hal qilish uchun ta’sirchan chora-tadbirlar ko„rilsin;
har chorakda — Vazirlar Mahkamasi Komplekslari majlislarida ilgari qabul qilingan Hukumat qarorlari bajarilishining ahvoli ijroni nazorat qilish tartibida ko„rib chiqilsin, ijro intizomining pastligi hollariga va vazirliklar, idoralar, xo„jaliklar birlashmalari hamda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yo„l qo„yilgan
kamchiliklarga qat’iy baho berilsin. Zarurat bo„lganda ularga nisbatan egallab turgan lavozimidan bo„shatishgacha bo„lgan qattiq intizomiy javobgarlik choralari qo„llansin.
Bosh vazir O„.T. Sultonov, Bosh vazir o„rinbosarlari amalga oshirilgan ishlar to„g„risida 1998-yil va 1999-yil birinchi yarim yillik yakunlari bo„yicha Vazirlar Mahkamasi majlislarida axborot bersinlar.