1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori



Download 27,71 Kb.
bet2/2
Sana29.01.2022
Hajmi27,71 Kb.
#418124
1   2
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
4. Boshqaruv barcha bo„g„inlarining ijro intizomini takomillashtirish va mustahkamlash bo„yicha faoliyatida yagona tizimni va uzluksiz jarayonni ta’minlash maqsadida Hukumat apparatida, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida tarmoq boshqaruv organlarida hamda mahalliy hokimiyat organlarida O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining ijrosini tashkil etish va nazorat qilishning Asosiy qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
41. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish hamda ularning ijro uchun yuborilishini, ular bajarilishining natijalari yuborilishini tashkil etish O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarori va O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to„g„risida” 2017-yil 9-avgustdagi F-5017-son farmoyishiga muvofiq Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 955-
sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma ’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/955/4084-son)
5. Vazirlar, davlat qo„mitalari raislari, idoralar rahbarlari, Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari markaziy apparatlarda, hududiy boshqaruv
organlarida va mahalliy hokimiyat organlarida ijro intizomini mustahkamlash uchun ularning shaxsan javobgar ekanliklari to„g„risida ogohlantirilsin. Buning uchun:
10 kun muddatda — rahbarlarning funksional vazifalari taqsimlanishi qayta ko„rib chiqilsin va tasdiqlansin, bunda ulardan har birining ijroni tashkil etish bilan shaxsan shug„ullanishi, o„zlari rahbarlik qilayotgan tarkibiy bo„linmalarda, tasarruflaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlarning ahvolini tanqidiy tahlil qilishi nazarda tutilsin;
15 kun muddatda — ish yuritishni, hujjatlarni ro„yxatdan o„tkazish, hisobga olish va saqlash tartibini takomillashtirish, ularni hududiy boshqaruv organlariga, joylardagi aniq ijrochilarga tezkorlik bilan yetkazish bo„yicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilsin;
20 kun muddatda — O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining ijrosini tashkil etish va nazorat qilishning Asosiy qoidalari talablarini hisobga olgan holda vazirliklar, idoralarning markaziy apparatlarida, tasarruflaridagi tarmoq boshqaruv organlarida, Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarida Hujjatlarning ijrosini tashkil etish tartibi ishlab chiqilsin va tasdiqlansin;
bir oy muddatda — Respublika Prezidenti farmonlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek vazirliklar, idoralar va hokimliklar o„z qarorlarining ijrosini nazorat qilishni tashkil etish masalalari zimmasiga yuklangan tarkibiy bo„linmalar va xodimlar tarkibi qayta ko„rib chiqilsin, ko„rsatib o„tilgan bo„linmalar to„g„risidagi nizomlar tasdiqlansin, ular kompyuterlar, nusxa ko„chirish va boshqa zarur texnika vositalari bilan ta’minlansin;
1999-yil birinchi choragida — ijro intizomini takomillashtirish va mustahkamlash masalalari bo„yicha amaliy seminarlar o„tkazilsin, bunda: vazirlik — hududiy boshqaruv organi — xo„jalik yurituvchi subyekt; Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — tuman, shahar hokimliklari — korxona, muassasa va tashkilot darajalarida nazorat va ijroni tashkil etishga alohida e’tibor berilsin.
6. O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mansabdor shaxslarning o„z xizmat vazifalarini bajarish yuzasidan javobgarligini kuchaytirish bo„yicha amaldagi qonun hujjatlariga kiritiladigan o„zgartirishlar va qo„shimchalar to„g„risida bir oy muddatda takliflar taqdim etsin.
7. O„zbekiston Respublikasi Prokuraturasiga vazirliklar, idoralar, xo„jalik birlashmalari, Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining Hukumat qarorlarini bajarish bo„yicha faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirishni ta’minlash tavsiya qilinsin. Ijro intizomining buzilishi hollarini o„z vaqtida ko„rib chiqsin va ular yuzasidan qonunda nazarda tutilgan choralar ko„rsin, Prezident farmonlarini, respublika Hukumati qarorlari va topshiriqlarini bajarishga rasmiyatchilik bilan yondashishga yo„l qo„ygan mansabdor shaxslarni jinoiy javobgarlikkacha bo„lgan qattiq shaxsiy javobgarlikka tortsin.
8. O„zbekiston Teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo„nalishlariga doir Hukumat qarorlarining amalga oshirilishini keng yoritsinlar, kamchilik va muammolarni, mansabdor shaxslarning ijro intizomini mustahkamlashdagi roli va mas’uliyatini xolisona ochib bersinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
(9-bandning birmchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — OR QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Bosh vazir O„.T. Sultonov ushbu qarorning bajarilishi to„g„risida 1999-yil iyulda Vazirlar Mahkamasi majlisida axborot bersin.
Download 27,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish