15-variant
1.17. Radiusi va og‘irligi bir xil bo‘lgan zaryadlangan ikkita sharchani bir xil uzunlikdagi iplarga osib, zichligi va dielektrik kirituvchanligi bo‘lgan suyuq dielektrikka tushiriladi. Havoda va dielektrikda iplarning bir-biridan uzoqlashish burchagi bir xil bo‘lishi uchun sharchalar materialining zichligi qancha bo‘lishi kerak?
3.31. G‘altak markazidagi magnit maydoni kuchlanganligini cheksiz uzun solenoidning maydon kuchlanganligi formulasi bo‘yicha topish mumkin bo‘lishi uchun, g‘altak uzunligining uning diametriga bo‘lgan nisbati qanchaga teng bo‘lishi kerak? Hisoblashda qilingan xato 5% dan ortmasligi kerak.
K o‘ r s a t m a. Qilingan xato bunda N2— cheksiz uzun g‘altak ichidagi magnit, maydonining kuchlanganligi va H2— chekli uzunlikdagi g‘altak ichidagi maydon kuchlanganligi.
18-rasm
2.20. Voltmetrning qarshiligini cheksiz katta deb hisoblab, 18- rasmdagi sxemada ampermetr va voltmetrning ko‘rsatishi bo‘yicha reostat qarshiligi R aniqlanadi. Haqiqatda voltmetr qarshiligi Rv ga teng bo‘lganda topilgan qarshilikning nisbiy xatoligi aniqlansin. Masalani Rv = 1000 Om va R quyidagilarga teng bo‘lgandagi hol uchun echilsin: 1) 10 Om 2) 100 Om, 3) 1000 Om.
Do'stlaringiz bilan baham: |