8-variant
1.8. Ikkita nuqtaviy zaryad potensial elektrostatik energiyasining ular oralig‘iga bog‘lanish grafigi intervalda har 2 sm oraliqda qilib chizilsin. Zaryadlar Grafik ikki hol uchun chizilsin: 1) zaryadlar bir xil ishorali, 2) zaryadlar turli xil ishorali.
2.58. A va V nuqtalar orasidagi potensiallar ayirmasi 9 V ga teng. Qarshiliklari 5 va 3 Om bo‘lgan ikkita o‘tkazgich berilgan. O‘tkazgichlar A va V nuqtalar orasiga 1) ketma-ket va 2) parallel ulanganda har bir o‘tkazgichdan 1 sekundda ajraladigan issiqlik miqdori topilsin.
3.24. Doiraviy sim o‘ram markazida, o‘ram uchlaridagi potensiallar ayirmasi U bo‘lganda, N magnit maydoni hosil bo‘ladi. SHu simdan radiusi ikki marta katta qilib yasalgan o‘ram markazida xuddi shunday magnit maydoni kuchlanganligini olish uchun potensiallar ayirmasini qanday o‘zgartirish kerak?
9-variant
1.9.Ikkita nuqtaviy zaryad o‘rtasida yotgan nuqtadagi elektr maydon kuchlanganligi topilsin. Zaryadlar oraligi r = 0.1 m; .
2.60. K kalorimetr qarshiliga R1=60 Om li spiralga ega. qarshilik zanjirga 38-rasmda ko‘rsatilgandek ulangan. Ampermetr 6 A ni ko‘rsatsa, kalorimetrdagi 480 V suv 5 min davomida necha gradusga isiydi? Qarshilik R2 30 Om. Generator va ampermetr qarshiliklari hamda issiqlik isrofi hisobga olinmasin.
3.25. Muntazam ko‘pburchak shaklidagi sim ramkadan I=2 A tok o‘tayotir. SHunda ramka markazida kuchlanganligi N=33 a/m bo‘lgan magnit maydoni hosil bo‘ladi. Ramka yasalgan simning uzunligi topilsin.
10-variant
1.10. Har bir uchida 2.33 10-9Kl zaryad turgan kvadratning markaziga manfiy zaryad joylashtirilgan. Agar har zaryadga ta’sir etuvchi natijaviy kuch nolga teng bo‘lsa, markazdagi zaryadning miqdori qancha?
2.72. O‘ramlarining qarshiligi 16 Om bo‘lgan elektr choynakda 9°S li 600 sm3 suv bo‘lib, uni tokdan uzib qo‘yish unutilgan. Qancha vaqtdan keyin suv bug‘lanib ketadi? Tarmoqning kuchlanishi 120 V, choynakning f. i. k. 60%.
3.26. Cheksiz uzun o‘tkazgich o‘ziga urinma holda doiraviy sirtmoq hosil qiladi. O‘tkazgich bo‘ylab 5 A tok o‘tmoqda. Sirtmoq markazida magnit maydoni kuchlanganligi 41 A/m bo‘lganda sirtmoq radiusi qancha bo‘ladi?
11-variant
1.11. Muntazam oltiburchakning uchlariga uchta musbat va uchta manfiy zaryad joylashtirilgan. Har bir zaryadning miqdori q == 1,5 10-9Kl Oltiburchakning tomoni 3 sm. Bu zaryadlarni turli kombinatsiyalarda joylashtirib, oltiburchak markazidagi elektr maydoni kuchlanganligi topilsin.
2.73. Simobli diffuzion nasosda har minutda 100 g simob bug‘lanadi. Agar nasos isitgichi 127 V kuchlanishli tarmoqa ulansa, isitgichning qarshiligi qanchaga teng bo‘lishi kerak? Simobning bug‘ga aylanish issiqligini 2,96 X 105 J/kg ga teng deb olinsin.
3.27. 30 sm uzunlikdagi g‘altak 1000 o‘ramdan iborat. G‘altakdan o‘tayotgan tok 2 A ga teng bo‘lsa, g‘altak ichidagi magnit maydonining kuchlanganligi topilsin. G‘altak diametrini uning uzunligiga nisbatan kichik deb hisoblansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |