31-variant 1. Ideal siqib chiqaruvchi reaktorlar, ularning xarakteristik tenglamasi, modeli. 2. Gidravlika asoslari. 3. Azotli birikmalar qanday usullar bilan olinadi? 1. Modellash—bu turli ob’ektlarni o‘rganish usullari bo‘lib, unda tadqiqotlar modellarda o‘tkaziladi, natijalar esa original nusxaga o‘tkaziladi. Model bu real ob’ektning aniq qonuniyatlar asosida kichraytirilgan(ba’zida kattalashtirilgan) nusxasidir. Lekin, real obekt haqida taqdim etilgan aniq bir tizim ham model bo‘lishi mumkin, bular: matematik tuzilmasi ko‘rinishida ifodalangan tenglamalar, jadvallar, grafiklar. Bunday modelni ko‘pincha ob’ektning matematik tafsifi yoki matematik modeli deb ataladi.Matematik model — reaktordagi jarayonning birmuncha qisqartirilgan ko‘rinishi bo‘lib, real obektning muhim xususiyatlarini saqlab qolib uni matematik formada uzatadi. Matematik model qo‘yilgan masalaga qarab ob’ektning turli raqamdagi ko‘rinishlarini ifodalaydi.Matematik model jarayonning miqdoriy yozuvini ifoda qiladi. Barcha matematik modellar simvolik va ikonografikka bo‘linadi.Simvolik model (boshqachasiga tahlil) — bu matematik nisbat- larning mujassamligi bo‘lib, sistemaga kiruvchi texnologik oqimlar (X), atrof-muhit parametrlari (V ), texnologik ( D ) va element- laming tuzilishi (konstruktiv) parametri (K) omillariga bog‘liq ravishda sistemadan chiqayotgan texnologik oqimlaming fizik parametrlari holatini aniqlashga imkon beradi.KTTning alohida elementi uchun bu nisbatlar quyidagicha ifodalanishini avval ko‘rgandik:V=f(X,V,A,K) KTT matematik modeli elementlar modeli yig‘indisidan iborat.
2. Gidravlika (gidro... va yun. aulos — naycha) — suyuqliklarning muvozanat va harakat shartlari qonunlarini oʻrganish va shu qonunlardan foydalanib, gidrotexnikaning amaliy masalalarni hal qilish bilan shugʻullanadigan fan. Gidrotexnika inshootlari, gidravlik mashinalar, yerni quritish va sugʻorish, gidroenergetika, gidromexanizatsiya, suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya kabi muhandislik masalalari bilan shugʻullanadi (ilgari G. ning asosiy vazifasi suvning quvurlardagi harakatini oʻrganish boʻlgan). G. gidrostatika va gidrodinamikaga boʻlinadi. Gidrostatika suyuqpiklarning muvozanat shartlarini va ular bilan tutashgan qattiq jismlarga taʼsirini, gidrodinamika esa suyuqliklarning harakat qonunlarini va ular bilan tutashgan qattiq jismlarning oʻzaro taʼsirini oʻrganadi. G. nazariy mexanikaga asoslangan. U 17-asr oxiri va 18-asr boshlarida mustaqil fan sifatida rivojlana boshladi. Bu sohada I. Nyuton, D. Bernulli, M. V. Lomonosov, L. Eylernnpt xizmati katta. Rus olimi N. Ye. Jukovskiy 1899 yilda dunyoga mashhur gidravlik zarba nazariyasini kashf etdi. G.ning asosiy boʻlimlaridan biri filtrlash nazariyasini yaratdi. Texnika va tabiatda koʻp uchraydigan aralashmalar (suyuqlik, gaz va qattiq jism zarrachalari aralashmalari) gidravlikasi ayniqsa rivojlandi.
3. Azotning tabiiy birikmalari ammoniy xlorid va turli nitratlar (selitralar)dan iborat. Oʻrta Osiyoning quruq choʻl iqlimida koʻp miqdorda selitra toʻplanadi. Azot oqsillar, nuklein kislota,xlorofill va fermentlarning ajralmas tarkibiy qismi boʻlganligidan oʻsimliklar hayot faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Oʻsimliklar tuproqdagi azotli moddalarni oʻzlashtirib, ulardan oqsil hosil qiladi. Havodagi erkin azotni azot birik-malariga aylantiruvchi mikroorganizmlar tufayli tuproqda ancha miqdorda azot toʻplanadi. U tuproqda asosan toʻrt xil birikma holida: chirindi (gumus) azoti, ammoniy tuzlari, nitratlar (NO3), oqsil organik azoti (toʻliq parchalanmagan oʻsimlik qoldiqlari) va ularning oʻzgarish mahsulotlari – aminokislotalar, peptidlar, amidlar va aminlar holida mavjud boʻladi.