32-variant 1. Ideal siqib chiqaruvchi reaktorlar, ularning modeli, reaktorning moddiy balansi, xarakteristik tenglamasi, differentsial hajm. 2. Ishlab chiqarishda gazlarni tozalash. 3. O’ta sovutish jarayonini tushuntiring. 1. Modellash—bu turli ob’ektlarni o‘rganish usullari bo‘lib, unda tadqiqotlar modellarda o‘tkaziladi, natijalar esa original nusxaga o‘tkaziladi. Model bu real ob’ektning aniq qonuniyatlar asosida kichraytirilgan(ba’zida kattalashtirilgan) nusxasidir. Lekin, real obekt haqida taqdim etilgan aniq bir tizim ham model bo‘lishi mumkin, bular: matematik tuzilmasi ko‘rinishida ifodalangan tenglamalar, jadvallar, grafiklar. Bunday modelni ko‘pincha ob’ektning matematik tafsifi yoki matematik modeli deb ataladi.Matematik model — reaktordagi jarayonning birmuncha qisqartirilgan ko‘rinishi bo‘lib, real obektning muhim xususiyatlarini saqlab qolib uni matematik formada uzatadi. Matematik model qo‘yilgan masalaga qarab ob’ektning turli raqamdagi ko‘rinishlarini ifodalaydi.Matematik model jarayonning miqdoriy yozuvini ifoda qiladi. Barcha matematik modellar simvolik va ikonografikka bo‘linadi.Simvolik model (boshqachasiga tahlil) — bu matematik nisbat- larning mujassamligi bo‘lib, sistemaga kiruvchi texnologik oqimlar (X), atrof-muhit parametrlari (V ), texnologik ( D ) va element-laming tuzilishi (konstruktiv) parametri (K) omillariga bog‘liq ravishda sistemadan chiqayotgan texnologik oqimlaming fizik parametrlari holatini aniqlashga imkon beradi.KTTning alohida elementi uchun bu nisbatlar quyidagicha ifodalanishini avval ko‘rgandik:V=f(X,V,A,K) KTT matematik modeli elementlar modeli yig‘indisidan iborat. Bundan tashqari, elementlar o‘rtasidagi aloqalar tenglamalarini ham o‘z ichiga oladi:Ishlab chigarishda qaysidir bir texnologik parametr bo‘yicha cheklanish bo‘ladi va u matematik modelda hisobga olinadi:Ikonografik matematik model — KTT faoliyati matematik modelin- ing grafik ko‘rinishi bo‘lib, sistema miqdoriy xarakteristikasini aniqlaydi- gan sifat xossalarini ifodalaydi yoki parametrlar va o‘zgaruvchilar funk- sional matematik nisbatlarini (simvolik modelga kiruvchi) yoki simvolik matematik model tenglamalari va axborot o‘zgaruvchilari o‘rtasidagi mantiqiy funksional aloqalami ifodalaydi.
2. Gazlarni tozalash - sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan gazlarni ortiqcha (qattiq, suyuq va gaz holidagi) aralashmalardan xoli qilish jarayoni. I. ch. jarayonlarida hosil boʻladigan gazlar tarkibida har xil qoʻshimcha moddalar boʻlishi tabiiy. G. t. natijasida qimmatbaho mahsulotlar ushlab qolinadi, keyingi qayta ishlash jarayoniga yomon taʼsir qiladigan yoki apparatlarni yemiradigan zararli moddalar ajratiladi, tashqi havoga chiqadigan iflosliklar kamaytiriladi. G. t.da gazlardagi qoʻshimcha moddalarni suyuqliklarga yuttirish (adsorbsiya); elektrostatik kuchlar taʼsirida yoki ogʻirlik kuchi taʼsirida choʻktirish; suv bilan tozalash; filtrlash usullaridan biri; absorber, adsorber va b. apparatlar ishlatiladi. Markazdan qochma kuch ta’sirida chang zarralari tashqi silindming ichki devoriga urilib, so‘ngra ostiga yig‘iladi. Bunday siklonlar diametri 6 mkm dan katta bo‘lgan chang zarralarini yaxshi ushlab qoladi.gazlami filtrlash orqali chang ushlash usulida changlangan gazlar gazlama filtridan o‘tkaziladi. Filtr materiali sifatida paxtajun, sintetik, tola, shisha tola, asbest yoki ular asosida tayyorlangan gazlama hamda g‘ovak keramik va metalokeramik buyumlar ishlatiladi. Bu usulda to‘liq chuqur tozalash imkoniyati tug‘iladi. Bu usulning ustunlik tomoni shundaki, qurilmalarni arzon yuqori darajada tozalaydi. Yuqori haroratli gazni ham agressiv gazlami ham tozalash mumkin. Uning kamchiligi shundaki filtr gaz oqimiga katta gidravlik qarshilik ko‘rsatadi va filtr yuzasi tez chang zarralari bilan bitib qoladi. Shuning uchun ham bu usul tozalashning so‘nggi bosqichida qo'llaniladi.ho‘l holatda tozalash usuli katta yuzali fazalar kontaktiga gazni suv bilan yuvishga hamda tozalaniladigan gazni suv bilan intensiv aralashtirishga asoslangandir. Bu usul chang, kul zarrachalarini hamda suyuqlikning har qanday kattalikdagi tomchilarini ushlab qolish uchun qo'llaniladi. Bu gazni tozalashning yakuniy bosqichida qo'llaniladigan mexanik tozalashning eng ishonchli usulidir. Ho‘l holatda tozalash konstruksiyaning oddiyligi va ishlatish osonligi bilan ajralib turuvchi maxsus nasadkali minoralarda olib boriladi.
3. Mazkur “Ammiakli sovutish qurilmalarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-y., 7-son, 64-modda) muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, tashkiliy-huquqiy hamda mulkchilik shaklidan qat’i nazar sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat olib borayotgan va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazoratida bo‘lgan barcha korxona va tashkilotlar uchun majburiydir.
Qoidalar sovutish agenti sifatida ammiak qo‘llaniladigan yopiq sikl bo‘yicha ishlaydigan statsionar kompressorli sovutish qurilmalaridan (sovuq bilan ta’minlash tizimlaridan) foydalanilganda xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashuvchi tashkiliy, texnik va texnologik talablarni o‘z ichiga oladi, ularga amal qilinganda sanoat xavfsizligi ta’minlanishiga oid talablarni belgilab beradi va ammiakli sovutish qurilmalaridagi avariya, ishlab chiqarishda travmatizm holatlarining oldini olishga yo‘naltirilgan.