10-variant 1. Kimyoviy muvozanat. Le-Shatele prinsipi. 2. Texnikaviy gidravlika asoslari. 3. Gazlarni tozalash qanday usullarda olib boriladi? 1-savolga javob Kimyoviy muvozanat – toʻgʻri va teskari reaksiyalar tezligi tenglashgan holat. Masalan: N2+3H2=2NH3 reaksiyasida azotning vodorod bilan birikish (toʻgʻri reaksiya) tezligi ammiakning azot va vodorodga parchalanish (teskari reaksiya) tezligiga teng . Kimyoviy muvozanat. sodir boʻlganda reaksiya goʻyoki toʻxtab qolgandek koʻrinadi, aslida ikkala reaksiya ham davom etadi, biroq bu reaksiyalarning biri ikkinchisining natijasini yoʻqqa chiqaradi. Mohiyatiga koʻra, Kimyoviy muvozanat. dinamik muvozanatdir. Oʻzgarmas muhit (kislotali yoki asosli) va sharoitda (temperatura, bosim) reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyasining oʻzgarmasligi Kimyoviy muvozanatning muhim belgisidir. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, temperatura va bosim (gazlardagi reaksiyalarda) o'zgarganda kimyoviy muvozanatning siljish yo'nalishi umumiy qoida bilan aniqlanadi, bu qoida siljuvchan muvozanat prinsipiyokiLe Shatelye prinsipideyiladi:agar muvozanatdagi sistemaga biror tashqi ta’sir o‘tkaziIsa (konsentrasiya, temperatura, bosim o‘zgartirilsa) u ikki qarama- qarshi reaksiyadan shu ta’sirni kamaytiradigan reaksiyaning borishiga yordam beradi. Barcha kimyoviy reaksiyalarni ikkiga qaytar va qaytmas reaksiyalarga bo’lish mumkin. Faqat bir yo’nalishda boradigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi. Reaksiya natijasida ko’p miqdorda issiqlik ajralib chiqsa, gaz modda, cho’kma yoki oz dissotsilanadigan moddalar hosil bo’lsa, bunday reaksiyalar amalda qaytmas bo’ladi: Bir vaqtning o’zida ikki qarama-qarshi yo’nalishda boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi.
2-savolga javob Gidravlika (gidro... va yun. aulos — naycha) — suyuqliklarning muvozanat va harakat shartlari qonunlarini oʻrganish va shu qonunlardan foydalanib, gidrotexnikaning amaliy masalalarni hal qilish bilan shugʻullanadigan fan. Gidrotexnika inshootlari, gidravlik mashinalar, yerni quritish va sugʻorish, gidroenergetika, gidromexanizatsiya, suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya kabi muhandislik masalalari bilan shugʻullanadi (ilgari Gidravlika ning asosiy vazifasi suvning quvurlardagi harakatini oʻrganish boʻlgan). Gidravlika gidrostatika va gidrodinamikaga boʻlinadi. Gidrostatika suyuqpiklarning muvozanat shartlarini va ular bilan tutashgan qattiq jismlarga taʼsirini, gidrodinamika esa suyuqliklarning harakat qonunlarini va ular bilan tutashgan qattiq jismlarning oʻzaro taʼsirini oʻrganadi. Gidravlika nazariy mexanikaga asoslangan. U 17-asr oxiri va 18-asr boshlarida mustaqil fan sifatida rivojlana boshladi. Bu sohada I. Nyuton, D. Bernulli, M. V. Lomonosov, L. Eylernnpt xizmati katta. Rus olimi N. Ye. Jukovskiy 1899 yilda dunyoga mashhur gidravlik zarba nazariyasini kashf etdi. Gidravlikaning asosiy boʻlimlaridan biri filtrlash nazariyasini yaratdi. Texnika va tabiatda koʻp uchraydigan aralashmalar (suyuqlik, gaz va qattiq jism zarrachalari aralashmalari) gidravlikasi ayniqsa rivojlandi. Bu sohaga rus olimi F. I. Frankel va oʻzbek olimi X. A. Raxmatulinlar asos soldi. Koʻp fazali aralashmalar gidravlikasi sohasida Toshkent ilmiy maktabi bunyodga keldi. Oʻzbek olimi J. F. Fayzullayev quvurlarda harakatlanuvchi aralashmalar masalalari bilan shugʻullandi, aralashmalar harakatiga oid bir qancha masalalarni nazariy va amaliy jihatdan hal qiddi. Fanga Raxmatulin-Fayzullayev modeli tushunchasi kiritildi. Umuman suv mexanikasi masalalarini hal qilish bilan Gidravlikadan tashqari gidromexanika ham shugʻullanadi. Gidromexanika, asosan, qagiy matematik usullarga asoslangan boʻlib, aniq matematik yechim olish uchun oqim harakati va turini, hatto suyuqliklarning fizik xossalarini ham soddalashtirib qaraydi. Gidravlika nazariy mexanika qonunlariga va tajribadan olingan sodda formulalarga amal qilib, texnika masalalarini aniq hal qilishga intiladi. Gidromexanika (gidro... va mexanika) —mexanika boʻlimi; suyuqpik va gazsimon muhitlarning muvozanati va harakatini, shuningdek suyuqlikning unga botirilgan yoki suyukliqda harakatlanayotgan jism bilan oʻzaro taʼsiri qonuniyatlarini oʻrganadi; gidrodinamika va gidrostatikata boʻlinadi. G. amaliyot bilan uzviy bogʻlangan holda rivojlandi