2-savolga javob Sentrifuga (rus. sentr — markaz va lot. fuga — qochish) — bir jinsli boʻlmagan birikmalar — suspenziyalar,emulsiyalar,shlamlar (kukunsimon togʻ jinslari) va boshqalarni markazdan qochma kuch taʼsirida tarkibiy qismlarga ajratuvchi apparat.Asosiy qismi oʻz oʻqi atrofida katta tezlikda aylanib turuvchi rotor(baraban) hisoblanadi.Ish prinsipiga koʻra, sentrifuga tindiruvchi va suzuvchi(filtrlovchi) turlarga boʻlinadi.Tindiruvchi sentrifuga suyultirilgan suspenziyalardagi suyuq fazani tindirish va konsentratsiyalangan suspenziyalardagi qattiq fazani choʻktirish uchun ishlatiladi. Suzuvchi sentrifuga tarkibida suyuq fazasi kam boʻlgan suspenziyalar va shlamlardan qattiq fazani suzib (ajratib) olish uchun ishlatiladi. Tuzilishiga koʻra,sentrifuganing yaxlit rotorli va teshik-teshik (perforatsiyalangan) rotorli turlari boʻladi.Keyingisiga suzuvchi material qoplanadi.Sentrifuga yana uzluksiz ishlay-digan va davriy ishlaydigan xillarga ham boʻlinadi.Yuqori dispersli sistemalar va yuqori molekulyar birikmalar (oqsillar) ni tadqiq qilishda ultratsentrifugalash apparatlaridan foydalaniladi.
3-savolga javob Gazlarni tozalash - sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan gazlarni ortiqcha (qattiq, suyuq va gaz holidagi) aralashmalardan xoli qilish jarayoni. Ishlab chiqarish jarayonlarida hosil boʻladigan gazlar tarkibida har xil qoʻshimcha moddalar boʻlishi tabiiy. Gazlarni tozalsh natijasida qimmatbaho mahsulotlar ushlab qolinadi, keyingi qayta ishlash jarayoniga yomon taʼsir qiladigan yoki apparatlarni yemiradigan zararli moddalar ajratiladi, tashqi havoga chiqadigan iflosliklar kamaytiriladi. Gazlarni tozalashda gazlardagi qoʻshimcha moddalarni suyuqliklarga yuttirish (adsorbsiya); elektrostatik kuchlar taʼsirida yoki ogʻirlik kuchi taʼsirida choʻktirish; suv bilan tozalash; filtrlash usullaridan biri; absorber, adsorber va boshqa apparatlar ishlatiladi. Sanaot korxonalari chiqarayotgan zaharli kimyoviy gazlar tarkibiga qarab bir necha xil bo’lishi mumkin. Sanoat chiqindi gazlarni tarkibidagi zararli qo’shimchalar ikki guruhga bo’linadi:1)mayda zarrachalar (aerozollar), changlar, tutun va tuman;2)gaz va bug’ holidagi birikmalar;Birinchi guruh organik yoki anorganik xususiyatga ega bo’lgan qattiq hamda suyuq zarrachalardan iborat bo’lib, ular havoga gazlar hamda ventilyatsion sistema chiqindilari bilan birga chiqadi. Ikkinchi guruhga gaz hamda bug’ holidagi qo’shimchlar birmuncha ko’p bo’lib, ularga asosan kislotalar, kolloidlar va kolloidli hosilalar hamda gaz holatidagi oksidlar aldegidlar, ketonlar, spirtlar, uglevodorodlar, aminlar, piridinlar kiradi.