3-savolga javob
Gazlarni tozalash - sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan gazlarni ortiqcha (qattiq, suyuq va gaz holidagi) aralashmalardan xoli qilish jarayoni. Ishlab chiqarish jarayonlarida hosil boʻladigan gazlar tarkibida har xil qoʻshimcha moddalar boʻlishi tabiiy. Gazlarni tozalsh natijasida qimmatbaho mahsulotlar ushlab qolinadi, keyingi qayta ishlash jarayoniga yomon taʼsir qiladigan yoki apparatlarni yemiradigan zararli moddalar ajratiladi, tashqi havoga chiqadigan iflosliklar kamaytiriladi. Gazlarni tozalashda gazlardagi qoʻshimcha moddalarni suyuqliklarga yuttirish (adsorbsiya); elektrostatik kuchlar taʼsirida yoki ogʻirlik kuchi taʼsirida choʻktirish; suv bilan tozalash; filtrlash usullaridan biri; absorber, adsorber va boshqa apparatlar ishlatiladi. Sanaot korxonalari chiqarayotgan zaharli kimyoviy gazlar tarkibiga qarab bir necha xil bo’lishi mumkin. Sanoat chiqindi gazlarni tarkibidagi zararli qo’shimchalar ikki guruhga bo’linadi:1)mayda zarrachalar (aerozollar), changlar, tutun va tuman;2)gaz va bug’ holidagi birikmalar;Birinchi guruh organik yoki anorganik xususiyatga ega bo’lgan qattiq hamda suyuq zarrachalardan iborat bo’lib, ular havoga gazlar hamda ventilyatsion sistema chiqindilari bilan birga chiqadi. Ikkinchi guruhga gaz hamda bug’ holidagi qo’shimchlar birmuncha ko’p bo’lib, ularga asosan kislotalar, kolloidlar va kolloidli hosilalar hamda gaz holatidagi oksidlar aldegidlar, ketonlar, spirtlar, uglevodorodlar, aminlar, piridinlar kiradi.
17-variant
1. Geterogen reaktsiyalarning tezligi va tezlikni oshirish tadbirlari.
2. Suyuqliklarni uzatish.
3. Xavoni ajratish texnologiyasi.
1-savolga javob
Geterogen sistema (yun. heterogenes — har xil jinsli) — fizik xossalari yoki kimyoviy tarkiblari jihatdan har xil qismlar (turli fazalar)dan tuzilgan bir jinsli boʻlmagan fizik-kimyoviy sistema; oʻz xossalariga koʻra, ajratuvchi sirtlar bilan ajralgan turli qismlardan iborat boʻladi. Geterogen sistemaning bir fazasi bilan qoʻshni faza oʻrtasidagi yuzada sistemaning bir yoki bir necha xossasi (tarkibi, zichligi, kristall panjara parametrlari, elektr yoki magnit maydoni va h.k.) birdaniga oʻzgaradi. Suv va uning ustidagi suv bugʻi (agregat holatida farq bor), oʻzaro aralashmaydigan ikki suyuqlik — moy va suv (tarkibi farq qiladi) va h. k. Geterogen sistemaga misol boʻla oladi. Koʻpincha Geterogen sistema bilan gomogen (bir jinsli) sistema oʻrtasida keskin chegara yoʻq. Mexanik aralashmalar (suspenziyalar, emulsiyalar) bilan chin (molekulyar) eritmalar oraligʻi kolloid eritmalar bilan band. Kolloid eritmalarda erigan modda zarralari ularga faza tushunchasini tatbiq etib boʻlmaydigan darajada mayda boʻladi. "Geterogen sistema" iborasi fizika va kimyoda, ayniqsa, kimyoviy termodinamikada keng qoʻllaniladi. Kimyoviy reaksiyalar gomogen va geterogen reaksiyalarga bo’linadi. Gomogen reaksiyalar bir jinsli muhitda boradi (masalan gaz fazada yoki eritmada). Geterogen reaksiyalar har xil fazalarda boradi (masalan qattiq va suyuq, qattiq va gaz, suyuq va gaz). Kimyoviy reaksiyalarning tezligi deganda hajm birligida vaqt birligi ichida sodir bo’ladigan to’qnashishlar soniga aytiladi. Reaksiya tezligi odatda reaksiyaga kirishayotgan yoki hosil bo’layotgan moddalardan birortasining kontsentrasiyasini vaqt birligi ichida o’zgarishi bilan xarakterlanadi.Reaksiyaning tezligi to’g’risida sistemaning biror-bir xossasi o’zgarishi (elektr o’tkazuvchanligi, rangi, bosimi, spektri) bilan fikr yuritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |