3. Koks gazini ajratish asosiy jarayoni va texnologiyasi.
1-savolga javob.
Kataliz katalizator, deb ataluvchi modda vositasida kimyoviy reaksiya tezligining oʻzgarishidir. Reaksiyada ishtirok etayotgan reagentlardan farqli oʻlaroq, katalizator reaksiyaga kirishmaydi. Reaksiyani tezlatuvchi katalizatorlar musbat katalizator, sekinlatuvchilari esa ingibitor deyiladi. Katalizator faolligini oshiruvchi moddalar promouter, kamaytiruvchi moddalar esa katalitik zahar, deb ataladi. Katalizator reaksiyaga kirishuvchi modda (reagent)lar bilan bir qancha oraliq birikmalar hosil qilib, reaksiya nihoyasida miqdori va tarkibi oʻzgarmasdan ajralib chiqadi. Kataliz (yun. katalysis — buzilish, parchalanish) — kimyoviy reaksiyalar tezligining baʼzi moddalar (katalizatorlar) taʼsirida oʻzgarishi. Katalizator reaksiyaga kirishuvchi modda (reagent)lar bilan bir qancha oraliq birikmalar hosil qilib, reaksiya nihoyasida miqdori va tarkibi oʻzgarmasdan ajralib chiqadi. Katalizator sifatida turli xil moddalar (gaz, suyuqliklar va qattiq moddalar) ishlatilishi mumkin. Reagentlar va katalizatorlarning fazaviy holatiga qarab katalitik jarayonlar, asosan, gomogen va geterogen K.ga boʻlinadi. Bundan tashqari, mikrogeterogen, fermentativ katalitik jarayonlar ham mavjud. Gomogen K.da reagentlar bilan katalizator bir jinsli aralashma hosil qiladi. Reaksiya gaz yoki suyuq fazada boradi. Katalizator sifatida atomlar, ionlar, molekulalar ishtirok etishi mumkin. Bunday katalitik jarayon mexanizmini sharxlash uchun oraliq moddalar nazariyasi ishlab chiqilgan. Bu nazariyaga asosan, reagentlar katalizator bilan beqaror oraliq moddalar hosil qiladi. Soʻngra bu moddalar parchalanib katalizator qayta tiklanadi (regeneratsiya). Geterogen K.da katalizator sifatida qattiq moddalar ishlatiladi. Ularning sharsimon, granulasimon, spiralsimon va b. turlari maʼlum. Shuningdek, bu katalizatorlar tarkibiga koʻra, bir, ikki yoki koʻp komponentli, holatiga qarab oksidsimon, metallsimon boʻladi.
2-savolga javob.
Суюқлик қайнаш ҳароратигача қиздирилганда девор якинидаги чегара катлам бўзилади, натижада буғ пуфакчалари ҳосил бўлади. Бу пуфакчаларнинг шакли ва уларнинг сони берилаётган иссиқлик миқдорига, иситиш юзасининг тозалигига ва ғадир-будирлигига, суюқликнинг иситиш юзасини намлаш кобилиятига боғлиқ. Суюқликнинг қайнаши икки хил режимда бориши мумкин (пуфакли қайнаш, суюқликларнинг катлам билан қайнаш). Пуфакли қайнаш пайтида иссиқлик бериш тезлиги анча юқори бўлади. Ҳароратлар фарқи t (t = tД - tк; ) 45 бу ерда ; tД -иситиш юзасининг ҳарорати, tк -суюқликнинг қайнаш ҳарорати) ортиб борган сари буғланиш марказлари шундай кўпайиб кетадики, окибатда пуфакчаларнинг ўзаро кушилиб кетиши натижасида иситиш юзасининг усти қиздирилган буғнинг суюқликларнинг катлами билан копланади. Бу катлам иссиқликни ёмон утказганлиги сабабли нинг қиймати камайиб кетади. Бундай ҳолат суюқликларнинг катлам билан қайнаш деб юритилади. Bugʻlatiladigan eritma isitish kamerasining tepasidan quyiladi. Kamera suv bugʻi (birlamchi bugʻ) bilan isitiladi. Eritma ustidagi bugʻ bosimi qurilmaning ish hajmidagi bosimga teng boʻlgandagina erituvchi bugʻlanadi. Eritma kamera naylari ichida qaynab, isitish kamerasining yuqori qismiga koʻtariladi, ikkilamchi bugʻ (erituvchining bugʻi)dan ajralgach, markaziy sirkulyatsiya nayiga tushadi. Quyultirilgan eritma qurilmaning pastki qismidan, ikkilamchi bugʻ esa qurilmaning yuqorigi qismidan chiqadi.Bugʻlatish eritmalarni quyultirish va eritmalarda erigan moddalarni ajratib olishdan tashqari, toza erituvchilar olishda, sovuq hosil qilish va boshqalarda ham qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |