1-variant
1. Stafilodermiyalarga qaysi kasallik kiradi?
Ektima;
Flintema;
Furunkul;
Psoriaz.
2. So’zak kasalligini qo’zg’atuvchisini aniqlang.
Viruslar;
Neysser gonokokki;
Xlamidiya;
Zamburug’lar.
3. Ko’rish o’tkirligida to’r pardaning qaysi sohasi ishtirok etadi?
Markaz sohasidagi sariq dog’ sohasi;
Ko’ruv nerv diski sohasi;
Periferik sohasi;
To’r parda sohasi.
4. Yoritishga moslasha olish hususiyati- adaptatsiya davomiyligini aniqlang.
1 daqiqa;
2 daqiqa;
3 daqiqa;
4 daqiqa.
5. Meningial belgilarga qaysi belgilar kiradi?
Brudzinskiy, Kernig, ensa мushaklari rigidligi;
Kernig, Jekson, Romberg;
Ensa мushaklari rigidligi, Romberg, Knapp;
Rossolimo, Bexterov, Alsgeymer.
6. Subaroxnoidal gematoma – bu….
Miyaga qon quyilishi;
Miya pardalari orasiga qon quyilishi;
Miya to’qimalariga qon quyilishi;
Miya pardalari va suyak orasiga qon quyilishi.
7. Puls ritmining buzilishi qanday ataladi?
Aritmiya;
Tаxiaritmiya;
Bradikardiya;
Bradistigmiya.
8. OIV yuqishi oldini olishda shpris qanday zararsizlantiriladi?
5% xloraminda 10 daqiqa bo’ktiriladi;
Sovunli suvda chayiladi, quritiladi;
0,5 %li xloraminda bo’ktiriladi;
Qaynatiladi va bug’lanadi.
9. Hamshira vazifasiga nima kirmaydi?
Moddiy yordam ko’rsatish;
Ichki infeksiyaga qarshi kurashish;
Kasallikning oldini olish;
Vaksinatsiya ishlarini olib boorish.
10. Halqaro hamshiralar kuni qachon nishonlanadi?
12 May;
1 Dekabr;
7 Aprel;
16 Noyabr.
11. Qaysi yoshdagilar qarilik davriga kiradi?
50-59 yosh;
60-74 yosh;
75-89 yosh;
90-100 yosh.
12. Gereotrik moddalar nima maqsadda ishlatiladi?
Erta qarilik oldini olish;
Homiladorlikning oldini olish;
Avitaminozning oldini olish;
Organizmning himoya funksiyasini oshirish.
13. Mushaklarni yetarli darajada ishlamasligi qanday nomlanadi?
Gipodinamiya;
Gipokineziya;
Gipotoniya;
Gipotrofiya.
14. Sog’lom turmush tarziga nima kirmaydi?
Unumli mehnat qilish;
To’g’ri ovqatlanish;
Organizimni chiniqtirish;
Jismoniy va ruhiy zo’riqish.
15. Asosiy oziq-ovqat moddalarining tarkibiga nimalar kiradi?
Oqsil, yog’, uglevod, vitamin, suv;
Vitamin, yog’, oqsil, uglevod, mineral elementlar, suv;
Mineral elementlar, suv, vitamin, yog’, uglevod;
Uglevod, oqsil, yog’, vitamin, mineral elementlar.
16. Terminal holatning darajalarini aniqlang.
Agoniya, klinik o’lim;
Predagoniya, agoniya, klinik o’lim;
Klinik o’lim, miya o’limi;
Predagoniya, agoniya.
17. Koma tushunchasini aniqlang.
Chuqur uhlash yoki chuqur hushini yo’qotish;
Organizmning tashqi ta’sirlariga javobi;
Talvasa holati;
Stupor holati.
18. Agoniyaning simptomlarini aniqlang.
Hushi o’zida, terisi oqargan, akrotsianoz, pulsi tezlashgan, ipsimon, A/B 40 sim. ust.ga teng , ko’z qorachig’lari kengaygan;
Es-hushi o’zida emas, tanasi sovigan, yurak tonlari eshitilmayapti, pulsi uyqu arteriyasida zo’rg’a aniqlanyapti;
Asistoliya, apnoe, pulsini aniqlab bo’lmaydi, ko’z qorachig’lari kengaygan, yorug’likka reaksiyasi yo’qolgan;
Yurak va nafas olishi to’xtagan,tomir urishi to’xtagan.
19. Katta liqildoq qaysi suyaklar orasida joylashgan?
Peshona va tepa suyaklari;
Tepa va ensa suyaklari;
Chakka va tepa suyaklari;
Ensa va chakka suyaklari.
20. Chaqaloqlarning qaysi sohasida puls sonini hisoblab bo’lmaydi?
Bilak arteriyasi;
Uyqu arteriyasi;
Chov arteriyasi;
Chakka arteriyasi.
21. Muddatida tug’ilgan chaqaloq Apgar shkalasi bo’yicha necha baho oladi?
3-4 ball;
1-4 ball;
7-10 ball;
0-2 ball.
22. Muddatidan ilgari tug’ilish sabablarini aniqlang.
Homilador ayolning to’g’ri ovqatlanishi;
Kun tartibiga rioya qilish;
Yo’ldoshning vaqtidan ilgari ko’chishi;
Sog’lom turmush tarsi.
23. Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash choralari bola necha yoshidan boshlanadi?
1-yoshidan;
Tug’ilgan zahoti;
6-oyligidan;
9-oyligidan.
24. Quyidagi belgilarning qaysi biri to’liq tug’ilgan bola uchun hos?
Og’irligi 3300 gr, bo’yi 50 sm;
Shartsiz reflekslari yo’q;
Homilalik davrining 280 kunini o’tamagan;
Tug’ilgan zahoti yig’lamaydi.
25. Ko’k yo’tal kasalligining oldini olish uchun bola qaysi vaksina bilan emlanadi?
BSJ;
OPV;
VG”B;”
AKDS.
26. Muddatidan ilgari tug’ilgan chaqaloqlarni ovqatlantirishda nimalarga e`tibor beriladi?
Chalalik darajalariga;
Umumiy ahvoliga;
So’rish va yutish reflekslarining bor yoki yo’qligiga;
Onasining suti ko’p yoki kamligiga.
27. Gipertermiya bu -
Tana haroratining ko’tarilishi;
Arterial bosimning ko’tarilishi;
Tana haroratining tushishi;
Tana vaznining ortishi.
28. Chaqaloqlar asfiksiyasida 1-yordamni ko’rsating?
Muzli haltacha qo’yish;
Isituvchi kompress qo’yish;
Grelka qo’yish;
Namlangan kislorod berish.
29. Kindik chuqurchasining yallig’lanishi nima deb ataladi?
Dermatit;
Omfalit;
Psevdofurunkulyoz;
Piyodermiya.
30. Spazmofiliya kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablarini aniqlang.
Giperkalsemiya;
Gipokalsemiya;
Gipervitaminoz D;
Giperkapniya.
31. Raxitning spesifik profilatikasida qo’llaniladigan preparatni aniqlang.
Tiamin;
Sianokobalamin;
Ergokalsiferol;
Tokoferol.
32. Rinit bu -
Burun shilliq pardasining yallig’lanishi;
Halqum shilliq pardasining yallig’lanishi;
Hiqildoq shilliq pardasining yallig’lanishi;
Bodomcha bezlarining yallig’lanishi.
33. Zotiljam bu -
Plevraning yallig’lanishi;
O’pka to’qimasining yallig’lanishi;
Bronxlarning yallig’lanishi;
Traxeyaning yallig’lanishi.
34. Otit kasalligida qaysi organ yallig’lanadi?
Tashqi quloq;
Quloq suprasi;
O’rta quloq;
Yevstaxiev nayi.
35. Bronxit kasalligiga hos bo’lgan simptomni aniqlang.
Ovozi bo’g’ilib, dag’al yo’tal;
Tumov, tez-tez yo’tal;
Tomog’i qichishib, qizarishi;
Quruq yo’tal, keyinchalik nam yo’tal.
36. Epid. parotitning yuqish yo’li qanday?
Fekal –oral yo’l;
Havo- tomchi yo’l;
Transmissiv yo’l;
Parenteral yo’l;
37. Yotoq yaralarining paydo bo’lish xavfi qaysi shkala bo’yicha aniqlanadi?
Glazko shkalasi;
Apgar shkalasi;
Brenden, Vaterley shkalasi;
Solo shkalasi.
38.Butun dunyoda hamshiralik ishining asoschisi kim?
V.Xenderson;
E.Bakunina;
F.Naytingeyl;
D.Sevastopolskaya.
39. Muloqotning noverbal turiga qaysilar kiradi?
Imo – ishora, mimik harakatlar, yozma muloqot;
Og’zaki muloqot;
O’zaro muloqot;
Jamoatchilik muloqoti.
40. Dezinfeksiya – bu:
Infeksiya manbai bo’lgan mikroorganizmlarni yo’qotish;
Infeksiya manbai bo’lgan mikroorganizm va uning sporalarini yo’qotish;
Infeksiya manbai bo’lgan hashoratlarni yo’qotish;
Infeksiya manbai bo’lgan kemiruvchilarni yo’qotish.
41. Kasalxonada yakuniy dezinfeksiya qachon amalga oshiriladi?
Bemor gospitalizatsiya qilingandan so’ng;
Bemor kasalxonadan chiqarilgandan so’ng;
Bemor kasalxonada 1 hafta yotganidan so’ng;
Bemor kasalxonada 10 kun yotganidan so’ng.
42. Zamonaviy antipedikulyoz vositalarga kiradi:
6% sirka eritmasi;
“K” sovuni;
“Nittifor” shampuni, “Dipol” shampuni;
5% spirt eritmasi.
43. Muolaja xonasini joriy tozalash qachon amalga oshiriladi ?
1 kunda 1 marta;
1 kunda 2 marta;
1 haftada 1 marta;
Har bir muolajadan so’ng.
44. Antropometriya – bu:
O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash;
Bemor haroratini o’lchash;
Muskullar kuchini o’lchash;
Bemorni og’irligi, bo’yi va ko’krak aylanasini o’lchash.
45. Qabulxonada umurtqa pog’onasi shikastlangan bemorni bo’limga qanday transportirovka qilinadi?
Aravachada;
Zambil aravada;
Qo’lda ko’tarib chiqiladi;
Nogironlar aravachasida.
46. Og’ir bemorlarni va og’ir apparatlarni ko’tarishda hamshira qaysi qoidaga rioya qilish kerak?
Tana biomexanikasi qoidasiga;
Muvozanatni saqlash qoidasiga;
Tananing biologik holatiga;
O’ng qo’l qoidasiga.
47. Yotoq yara hosil bo’lishining tashqi sabablariga qaysilar kiradi?
Kiyim va oqliklarda burma hosil bo’lishi;
Darmonsizlik;
Qarilik davri;
Oyoq – qo’llarning falaji.
48. Yotoq yara hosil bo’lishining ichki omillarini aniqlang:
Oqlik va kiyimlarda burmalarni hosil bo’lishi;
Krovatning noqulayligi;
Oqliklarda non ushoqlari bo’lishi;
Qarilik davri.
49. Quloqni yuvishda ishlatiladigan parvarish buyum nomini aniqlang:
Rekord shpritsi;
Jane shpritsi;
Lyuer shpritsi;
Gortan shpritsi.
50. Parhez asosida davolash qanday ataladi?
Oksigenoterapiya;
Girudoterapiya;
Gidroterapiya;
Dietoterapiya;
51. 3 – sonli parhez stoli qachon tavsiya etiladi?
Sil kasalligida;
Yog’ bosishda;
Yurak – tomir tizimi kasalliklarida;
Qabziyat va surunkali ichak kasalliklarida.
52. Zuluk tez tishlashi uchun nima qo’llaniladi?
Tuzli eritma;
5% glyukoza eritmasi;
70 % li etil spirti eritmasi;
5% yodning spirtli eritmasi.
53. Bo’g’ilish huruji bilan o’tadigan allergik kasallikni aniqlang.
Bronxit;
Pnevmoniya;
Bronxial astma;
Plevrit.
54. Pnevmoniyada tashxis qo’yish usulini ko’rsating:
Spirometriya;
Qonning umumiy tahlili;
Balg’am tahlili;
Ko’krak qafasining rentgenografiyasi.
55. Tuberkulyozni yuqish yo’llari qanday?
Havo- tomchi;
Qon orqali;
Shilliq pardalar orqali;
So’lak bezlari orqali.
56. Qattiq - tarang puls kuzatiladi:
Gipertonik krizda;
Hushdan ketganda;
Kollapsda;
Kardiogen shokda.
57. Kollaps - bu o’tkir:
Koronar yetishmovchiligi;
Tomirlar yetishmovchiligi;
O’pka yetishmovchiligi;
Jigar yetishmovchiligi.
58. Me’dadan qon ketishining asosiy belgisi:
Ko’pikli qon aralash balg’am ajralishi;
Ishtahaning yomonlashuvi;
“Kofe quyqasi” singari qusish;
Tana haroratining ko’tarilishi.
59. Surunkali xoletsistitni davolashda qo’llaniladi:
Balg’am ko’chiruvchi dorilar;
O’t haydovchi dorilar;
Yurak glikozdlari;
Siydik haydovchi vositalar.
60. Pielonefrit - bu:
Buyrak koptokchalarining yallig’lanishi;
Siydik pufagining yallig’lanishi;
Buyrak to’qimasi, buyrak jomlari va kosachalarining yallig’lanishi;
Buyrak usti bezining yallig’lanishi.
61. Gemmorragik diatezga qaysi kasallik kiradi:
Gemofiliya;
Temir tanqisligi anemiyasi;
O’tkir leykoz;
Septik endokardit.
62. Qariyalarning ovqat tarkibi qanday bo’lishi kerak?
Ovqat tarkibida yog’lar ko’p;
Go’shtsiz (vegaterian) ovqatlar;
Oqsil va vitaminlarga boy ovqatlar;
Uglevodlarga boy ovqatlar.
63. Gerontologiya nimani o’rganadi?
Organizmning qarish sabablarini;
Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablarni;
Kasallikning klinik belgilarni;
Ekologik omillarni organizmga ta’sirini.
64. Qariyalarning hazm a’zolarida yoshga bog’liq qanday o’zgarishlar yuz beradi?
Me’da shirasi va pensin aktivligining kamayishi;
Me’da shirasining ko’payishi;
Kislotalik muhitining oshishi;
Me’da motorikasining ko’payishi.
65. Yotoq tartibidagi keksa bemorlarda nima ahamiyatga ega?
Bemorni to’gri parvarishlash;
Kasalxonadagi davo;
Kasallikning oldini olish;
Bemorning ruhiy xolati.
66. Qariyalarda dori moddalarini qo’llashning xususiyatlari?
Dori moddalarni kichik dozalarda qo’llash;
Dori intoksikatsiyasining rivojlanishi;
Ikki xil ta’sirga ega dorilarni qo’llash;
Dori moddalarini katta dozalarda qo’llash.
67. Qariyalardagi kasalliklarni o’rganadigan fan.
Geriatriya;
Terapiya;
Pediatriya;
Ftiziatriya.
68. Qariyalarda tayanch-harakat sistemasidagi ko’p uchraydigan kasallikni aniqlang.
Osteoparoz, artroz;
Podagra;
Revmatoid artrit;
Infeksion artrit.
69. Qariyalarda yurak yetishmovchiligida qaysi dori ehtiyotkorlik bilan buyuriladi?
Gipotiazid;
Yurak glikozidlari;
APF ingibitorlari;
Beta-blakatorlar.
70. Aseptika nima?
Organizmdagi mikroblarni yo’qotish;
Zararli mikroblarni yo’qotish;
Viruslarni yo’qotish;
Jarohatga mikroblar tushishining oldini olishga qaratilgan chora - tadbirlar.
71. Qonni uzil-kesil to’xtatishning mehanik usuli qanday?
Bo’g’imdan maksimal bukish;
Jgut qo’yish;
Tomirni tikish;
Muzli haltachani qo’llash.
72. Chiqishning klinik belgisini aniqlang.
Prujinali fiksatsiya;
Krepitatsiya;
Gematoma;
Qon ketishi.
73. Ter bezining yallig’lanishi:
Furunkul;
Karbunkul;
Gidradenit;
Limfadenit.
74. Chuvalchangsimon o’simtaning o’tkir yallig’lanishi:
O’tkir xoletsistit;
O’tkir appenditsit;
O’tkir pankreatit;
O’tkir ichak tutilishi.
75. “Kofe quyqasi” ko’rinishida qusish qaysi kasallikka xos?
Appenditsit;
O’tkir ichak tutilishi;
Peritonit;
Me’da yarasidan qon ketishi.
76. OIV dan kasbiy zararlanishning oldini olish uchun o’tkazilishi shart bo’lmagan tadbirni aniqlang.
Rezina qo’lqop kiyish;
O’latga qarshi himoya kiyimida ishlash;
Jarohatlarni leykoplastir bilan berkitish;
Tig’li tibbiyot asboblari bilan ehtiyot bo’lib ishlash.
77. Quyidagi simptomlar o’latning qaysi shaklida uchraydi: gemorragik toshmalar,
gematuriya, qon aralash takroran qusish, yuqori harorat?
Bubonli shakli;
Ichak shakli;
Septik shakli;
O’pka shakli.
78. Xiqildoq stenozi bu –
Xiqildoq torayishi;
Xiqildoq kengayishi;
Xiqildoq yallig’lanishi;
Konikotomiya.
79. Erkaklar tovush boylamining uzunligi?
20-22 mm;
19-20 mm;
18-20 mm;
20-25 mm.
80. Ayollar ichki jinsiy a’zolariga kiradi:
Vulva, qin daxlizi, bachadon, tuxumdon,bachadon naylari;
Qin, qin daxlizi,bachadon, tuxumdon;
Tuxumdon, bachadon, bachadon naylari, klitor, qin daxlizi katta bezlari(Bartolin bezlari);
Qin, bachadon, bachadon naylari, tuxumdon.
81. Hayz qonining ko’p miqdorda kelishi – bu……..
Yuvenil qon ketish;
Gipomenstrual sindrom;
Gipermenoreya;
Metrorragiya.
82. Kolpit – bu……..
Bachadon yallig’lanishi;
Bachadon bo’ynining yallig’lanishi;
Qin devorlarining yalliglanishi;
Tuhumdon yallig’lanishi.
83. Ko’zgular yordamida tekshirganda qaysi jinsiy azolarni ko’zdan kechiriladi?
Tashqi jinsiy a’zolar;
Bachadon;
Qin devorlari va bachadon bo’yni;
Qizlik pardasi va qin dahlizi.
84. Chilla davri qancha davom etadi?
2 hafta;
1 oy;
6-8 hafta;
10 kun.
85. Qog`onoq suvining o`z vaqtida ketishi qachon ro’y beradi?
Bachadon bo`ynining 6 sm ochilganda;
Homiladorlik vaqtida;
Tug`uruqning 1-davri boshida;
Bachadon bo`yni to`liq ochilganida.
86. Qayta tug`uvchi ayollarda tug’ruqning I-chi davri o`rtacha qancha davom etadi?
5-8 soat;
6-9 soat;
9-12 soat;
15-18 soat.
87. Implantatsiya- {payvandlanish} bu:
Bachadon naylarida tuxum hujayraning harakatlanishi;
Urug’langan tuxum hujayraning bachadonga yopishishi;
Urug’langan tuxum hujayraga bo’linishi;
Tuxum hujayraning spermatozoid bilan qo’shilishi.
88. Homilaning normal yurak urushi soni qancha?
100 ta 1 daqiqada;
110 ta 1 daqiqada;
140 ta 1 daqiqada;
160 ta 1 daqiqada.
89. Agar oxirgi hayz 7.12.07 yilda bo`lsa , taxminiy tug`ish vaqti qachon bo’ladi?
1 sentyabr 2008 yil;
14 sentyabr 2008 yil;
20 sentyabr 2008 yil;
1 noyabr 2008 yil.
90. Homiladorlik va tug`ruq bo`yicha ta`til beriladi:
Homiladorlikning 36 haftasida;
Homiladorlikning 32 haftasida;
Homiladorlikning 24 haftasida;
Homiladorlikning 30 haftasida.
91. Normada gemoglobin miqdori qanchaga teng?
A-120-140 g/l E-130-160 g/l;
A-100-120 g/l E-110-130 g/l;
A-90-110 g/l E-100-120 g/l;
F130-160 g/l E-160-180 g/l.
92. Siydikning patologik tarkibiy qismalarini aniqlang.
Ammiak, mochevina;
Oqsil, qand, o’t pigmentlari;
Mochevina, glyukoza, kreatinin;
Bilirubin, oqsil.
93. Epileptik status nima?
Bemor es- hushi o’zida bo’lmasligi bilan ketma-ket kechuvchi talvasalar;
Bemor es- hushi o’zida bo’lishi bilan kechuvchi talvasa;
Yuqori harorat bilan kechuvchi bolalardagi talvasalar;
Bemor es- hushi o’zida bo’lishi bilan kechuvchi silliq mushaklar talvasasi.
94. Epileptik xuruj davosida qo’llaniladigan dori preparitini aniqlang.
Atsetil salitsilat kislotasi;
Seduksin;
Efedrin gidroxlorid;
Kamfora yog’i.
95. Epilepsiya xurujida qaysi muolaja qo’llanilmaydi?
Bemorni tekis, yumshoq joyga yotqizish;
Og’iz kergich va til ushlagichdan foydalanish;
Uy sharoitida qoshiq bilan og’izni ochish va tilni ushlash;
Bemor yuziga suv sepish.
96. Surunkali alkogolizm davosida qo’llanilmaydigan usulni aniqlang.
Mehnat bilan davolash;
Gipnoz bilan davolash;
Ochlik parhezi bilan davolash;
Dori- darmonlar bilan davolash.
97. Shizofreniyaga hos bo’lmagan simptomni aniqlang.
Emotsiyaning buzilishi;
Hotiraning buzilishi;
Irodaning buzilishi;
Tafakkurning buzilishi.
98. Ruhiy bemorlar bilan ishlovchi hamshira qaysi fazilatga ega bo’lishi kerak emas?
Sezgir, hushyor;
Og’ir, vazmin;
Shoshqaloq, vahimachi;
Irodali, matonatli.
99. Maniakal depressiv psihozida bemor ovqatlanishdan qat’iy bosh tortganda qanday ovqatlantiriladi?
Qoshiq bilan ovqatlantiriladi;
Stoma orqali ovqatlantiriladi;
Suvdon orqali ovqatlantirish;
Zond orqali ovqatlantiriladi.
100. Bemorning abstinentsiya holatiga tushish sababini aniqlang.
Gormonal preparatlar bilan davolashni keskin to’xtatish;
Parhezning to’satdan buzilishi;
Narkotik moddalarni ko’p miqdorda iste’mol qilish;
Narkotik modda iste’mol qilishning to’xtab qolishi.
2-variant
1. Kontakt dermatitini aniqlovchi sinamani aniqlang.
Viruslar;
Ta’sirlovchi moddalarning mahalliy ta’siri;
Oziq-ovqat;
Bakteriyalar.
2. OITS yuqish yo’lini aniqlang.
Qon orqali;
Suv orqali;
Buyumlar orqali;
Havo-tomchi yo’li bilan.
3. Pay reflekslariga kiruvchi reflekslarni aniqlang.
Yutqun, tanglay, anal, axill;
Patellyar, yutqun, anal;
Bitseps, triseps, patellyar, axill;
Qorin, corneal, yutqun.
4. Necha juft bosh miya nervlari mavjud?
32 juft;
14 juft;
12 juft;
8 juft.
5. Yuqori qovoqning osilib qolishi nima deyiladi?
Endoftalm;
Egzoftalm;
Katarakta;
Ptoz.
6. Blefarit nima?
Kiprik ildizining yallig’lanishi;
Qovoq qirralarinng yallig’lanishi;
Ko’z shilliq qavatining yallig’lanishi;
Shox pardaning yallig’lanishi.
7. Vitamin yetishmovchiligi nima deb ataladi?
Gipovitaminoz;
Avitaminoz;
Gipervitaminoz;
Vitaminoterapiya.
8. “Harakat salomatlik mezonidir” deb kim aytgan?
Abu-Bakir Ar-roziy;
Abu Ali ibn Sino;
N. Pirogov;
Anri Dyunan.
9. Jismoniy mashqlar turini aniqlang.
Uqalash;
Gidroterapiya;
Chiniqtirish;
Aeroterapiya.
10. Harakatning a’zo va tizimlarga ta’siri qanday?
Barcha organ sistemalarda moddalar, qon almashinuvini yaxshilaydi;
Organizmni chiniqtiradi;
Himoya kuchini oshiradi;
Nutqni ravon qiladi.
11. Oila bu –
Jamiyatning ajralmas qismi;
Jamiyatning madaniy bo’lagi;
Erkak bilan ayolning shaxsiy va mulkiy munosabatlari;
Erkak bilan ayolning birgalikda yashash tarixi.
12 Salomatlikka ta’sir etuvchi omillarga nima kirmaydi ?
Gipodinamiya;
Zararli odatlar;
To’g’ri ovqatlanish;
Ruhiy va emotsional zo’riqish.
13 Tibbiy reabilitatsiya bu –
Sanator kurortlarda davolanish;
Bemorni ruhiy depressiya holatidan chiqarish;
Jamoada va oila davrasidagi hayotini tiklash;
Mehnatga layoqatliligini tiklash.
14. Aholini dispanser ko’rigidan qayerda o’tkaziladi?.
Shifoxonada;
Dispanserda;
Oromgohda;
Profilaktoriyada.
15. Davolovchi parhezning asosi nima hisoblanadi ?
Muvozanatlashtirilgan ovqat ratsioni;
Ovqatning energetik qiymati;
Ovqatning tarkibi;
Ovqatlanish ratsioni.
16. Shoklarda uchraydigan o’zgarishlarni aniqlang.
Qon ketishi;
Qon aylanishi va nafas olishi buziladi;
Yurak urishi to’xtashi;
Nafas olish to’xtashi.
17. Yopiq massaj o’tkazganda ichraydigan asoratlarni aniqlang.
O’mrovning sinishi;
Qovurg’aning sinishi;
Traxeyaning jarohati;
Umurtqaning sinishi.
18. Terminal holat bu –
Hayot bilan o’lim o’rtasidagi chegara holat;
Yurak, tomir yetishmovchiligi sindromi;
Organizm hayot faoliyatining butunlay to’htashi;
Organizmning tashqi va ichki ta’sirlarga javob reaksiyasi.
19. Meteorizm nima?
Qorinning dam bo’lishi;
Ichning suyuq kelishi;
Ichning qon aralash kelishi;
Ichning shilimshiq aralash kelishi.
20. Glomerulonefritda uchraydigan asosiy klinik belgilarni aniqlang.
Ko’ngil aynishi, qusish, ich ketishi;
Bosh og’rig’i, behollik, ko’ngil aynishi, qayt qilish;
Ko’ngil aynishi, bosh og’rig’i, tana haroratining oshishi;
Yuz, qovoqlarda shishlar, A/B ning ko’tarilishi, proteinuriya.
21. Muddatidan ilgari tug’ilish sabablarini aniqlang.
Homilador ayolning to’g’ri ovqatlanishi;
Kun tartibiga rioya qilish;
Yo’ldoshning vaqtidan ilgari ko’chishi;
Sog’lom turmush tarzi.
22. BSJ vaksinasini yangi tug’ilgan chaqaloqlarda qaysi sohaga yuboriladi?
Chap elkaning yuqori tashqi tomoniga;
Dumbaning yuqorigi tashqi kvadratiga;
Bilakning 1\3 qismining o’rtasiga;
Kurakning ostiga.
23. Chin krupda shoshilinch yordam maqsadida qaysi dori vositasi ishlatiladi?
Difteriyaga qarshi zardob;
Yurak glikozidlari;
Antigistamin preparatlar;
Gormonal preparatlar.
24. Dizenteriyada asosan qaysi ichak zararlanadi.
Ko’richak;
Ko’ndalang chambar ichak;
S-simon ichak;
Pastga tushuvchi yo’g’on ichak.
25. Stomatit bu –
Burun shilliq pardasining yallig’lanishi;
Og’iz shilliq pardasining yallig’lanishi;
Ko’z shilliq pardasining yallig’lanishi;
O’rta quloqning yallig’lanishi.
26. Piyelonefritda buyrakning qaysi qismi zaralanadi?
Buyrak oraliq to’qimasi, buyrak jomlari;
Buyrak tomirlari, buyrak to’qimasi;
Buyrak jomi, buyrak koptokchasi;
Siydik yo’llari, siydik qopchasi.
27. Dizenteriyada najas ko’rinishini aniqlang.
Suvsimon, ko’pikli, sariq rangda, o’tkir hidli;
“Tupik” ko’rinishida, yiring, shilimshiq, qon ipchalaridan iborat;
Ko’p miqdorda yashil rangda, suyuq, badbo’y hidli;
Najasli bo’tqasimon, sariq rangda.
28. Meningokokkli nazofaringitda olinadigan yuqumli material nima?
Orqa miya suyuqligi;
Qon;
Tomoqdan surtma;
Peshob.
29. Piyelonefritda siydikda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
Siydik hira, ko’p miqdorda leykotsitlar aniqlanadi;
Siydik qizil, tiniq bo’ladi;
Siydik sariq, o’t pigmentlar bo’ladi;
Siydikda qand paydo bo’ladi, hira.
30. Burundan qon ketganda qanday yordam qo’llaniladi?
Burunga ingalyasiya qilish;
Burunga protorgol tomizish;
Burun bo’shlig’ini pilikcha bilan tozalash;
Burun sohasiga sovuq kompress qo’yish.
31. Qandli diabetda qaysi bezning funksiyasi buziladi?
Buyrak usti bezi;
Ayrisimon bez;
Me`da osti bezi;
Qalqonsimon bez.
32. Qandli diabetga hos simptomlarni aniqlang.
Dizuriya, proteinuriya;
Diareya, gipertermiya;
Poliuriya, polidipsiya;
Gipertermiya, anuriya.
33. Anafilaktik shokning rivojlanish sababini aniqlang.
Organizmga mikroblar tushganda;
Organizmga allergen tushganda;
Organizmga yot jism tushganda;
Biologik ko’p suyuqlik yo’qotganda.
34. Birinchi Mantu sinamasi necha yoshda qo’yiladi?
10 yoshda;
5 yoshda;
3 yoshda;
1 yoshda.
35. Silning spesifik profilaktikasini aniqlang.
Bemorni ajratish;
Muloqotda bo’lganlarni kuzatish;
Dezinfeksiya tadbirlari;
BSJ yuborish.
36. Revmatizmning birlamchi profilaktikasiga nimalar kiradi?
Surunkali o’choqlarni sanatsiya qilish, dispanser kuzatuvini olib borish;
Bahor va kuzda bisillin-5 bilan davolash;
Statsionarga bemorlarni yotqizib kompleks davolash;
Yil davomida vitaminoterapiya olib borish.
37. Teri turgori nima?
Teri qavarishi;
Teri qizarishi;
Teri tarangligi;
Suvsizlanish.
38. Muloqotning verbal turiga qaysilar kiradi?
Imo – ishora bilan muloqot;
Yozma muloqot;
Og’zaki muloqot;
Ichki shaxsiy muloqot.
39. Hamshiralik jarayonida qo’llaniladigan modellar ichida 14 tarkibiy qismdan tashkil topgan model?
N.Rouper, V.Logan modeli;
A.Tayerni, D.Jonson modeli;
K.Roy, D.Orem modeli;
V.Xenderson modeli.
40. Kasalxonaning san.epid tartibi S.S.V ning nechanchi buyrug’iga asosan amalga oshiriladi?
530-sonli;
600-sonli;
173-sonli;
500-sonli.
41. Tibbiy termometr qanday dezinfeksiya qilinadi?
1% li xlor saqlovchi eritmada 30 daqiqa bo’ktiriladi;
0,5% xloromin eritmasida 10 daqiqa bo’ktiriladi,chayib quritiladi;
Sovunlab suvda yuvib, chayiladi, sochiqqa artiladi;
70% li etil spirti bilan artiladi.
42. Kasalxonada yakuniy dezinfeksiya qachon amalga oshiriladi?
Bemor gospitalizatsiya qilingandan so’ng;
Bemor kasalxonadan chiqarilgandan so’ng;
Bemor kasalxonada 1 hafta yotganidan so’ng;
Bemor kasalxonada 10 kun yotganidan so’ng.
43. Dekontaminirlangan chiqindilar – bu:
Biologik suyuqliklar bilan ifloslangan qo’lqoplar;
Biologik suyuqliklar bilan ifloslangan bog’lov materiallari;
Qon bilan ifloslangan bir martalik shpritslar;
Bir martalik sistemaning paketi (qopchasi).
44. Pedikulyoz aniqlanganda qabulxona hamshirasi qanday chora ko’radi ?
Dezinfeksiyalash choralarini;
Dezinseksiyalash choralarini;
Deratizatsiyalash choralarini;
Sterilizatsiyalash choralarini.
45. Antropometriya – bu:
O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash;
Bemor haroratini o’lchash;
Muskullar kuchini o’lchash;
Bemorning og’irligi, bo’yi va ko’krak aylanasini o’lchash.
46. Puls normada bir daqiqada necha marotaba uradi?
60-80;
80-100;
30-60;
50-80.
47. Yotoq yara hosil bo’lishining ichki omillarini aniqlang:
Oqlik va kiyimlarda burmalarning hosil bo’lishi;
Krovatning noqulayligi;
Oqliklarda non ushoqlari bo’lishi;
Qarilik davri.
48. Teridagi burmali sohalarning qizarib yallig’lanishi nima deyiladi?
Yotoq yara;
Nekroz;
Absses;
Bichilish.
49. Quloqni yuvishda ishlatiladigan parvarish buyum nomini aniqlang:
Rekord shpritsi;
Jane shpritsi;
Lyuer shpritsi;
Gortan shpritsi.
50. Parhez asosida davolash qanday ataladi?
Oksigenoterapiya;
Ggirudoterapiya;
Gidroterapiya;
Dietoterapiya.
51. Zuluk tez tishlashi uchun nima qo’llaniladi?
Tuzli eritma;
5% glyukoza eritmasi;
70 % li etil spirti eritmasi;
5% yodning spirtli eritmasi.
52. O’tkir bronxit diagnostikasida qaysi tekshiruv qo’llanilmaydi?
Balg’amning bakteriolagik tekshiruvi;
Rentgenologik tekshiruv;
Balg’amning umumiy tahlili;
Ezofagogastroskopiya.
53. O’pka silining qo’zg’atuvchisi nima?
Stafilokokk;
Pnevmokokk;
Streptokokk;
Kox batsillasi.
54. Gipertoniya kasalligining asoratini aniqlang.
Insult;
O’pka infarkti;
Rak;
Me’dadan qon ketishi.
55. Stenokardiya sababini aniqlang.
Revmatizm;
Toj arteriyalar aterosklerozi;
Miokardli distrofiya;
Yyurak nuqsonlari.
56. Qaysi shok o’tkir miokard infarkti asorati hisoblanadi:
Kuyish;
Travmatik (jarohat);
Kardiogen;
Anafilaktik.
57. Me’da yara kasalligining asoratini aniqlang.
Surunkali gepatit;
Me’dadan qon ketishi;
Surunkali holetsistit;
Jigar serrozi.
58. 7 - parhez stoli qaysi kasallikda qo’llaniladi?
Surunkali gepatit;
Me’da yara kasalligi;
Surunkali holetsistit;
Buyrak kasalliklari.
59. Temir tanqisligi anemiyasiga xos klinik belgini aniqlang.
A/B ning ko’tarilishi;
Terining qizarishi;
Tirnoq mo’rtligi, sochlarning to’kilishi;
Ko’ngil aynashi.
60. Giperglikemik koma sababini aniqlang.
Insulinni kam yuborish;
Dori-darmon qabul qilish;
Infeksiya:
Ovqat ratsiyonida uglevodlarni yetarli miqdorda bermaslik.
61. Qariyalarda “Hamshiralik jarayoni” necha bosqichdan iborat?
2 bosqichdan;
5 bosqichdan;
3 bosqichdan;
1 bosqichdan.
62. Qariyalarda “Pnevmoniya” kasalligining kechish xususiyaini aniqlang.
Kasallikning o’tkir boshlanishi;
Yuqori harorat;
Kasallikning uzoq davom etishi;
O’pka to’qimasining ikki tomonlama yallig’lanishi.
63. Qariyalarda yurak ishemik kasalligiga xos sababini aniqlang..
Gipertoniya kasalligi;
Surunkali pankreatit;
Surunkali bronxit;
Surunkali kolit.
64. Qariyalarda dori moddalarni qo’llash xususiyati qanday?
Dori moddalarni kichik dozalarda qo’llash;
Dori intoksikatsiyasining rivojlanish;
Ikki xil ta’sirga ega dorilarni qo’llash;
Dori moddalarni katta dozalarda qo’llash.
65. Uqalash (massaj) ni qaysi turi qariyalarda ko’proq qo’llaniladi?
Vibratsion uqalash;
Suv yordamida uqalash;
Qo’l bilan (klassik) uqalash;
Bankali uqalash.
66. Alsgeymerning asosiy klinik belgisi nima?
Xotira pasayishi;
Qon bosimining ko’tarilishi;
Boshda kuchli og’riq;
Hansirash.
67. Quyidagilardan qaysi biri “Parkinsonizm” simptomiga kiradi?
“Qo’g’irchoqsimon yurish” simptomi;
“Pasternatskiy” simptomi;
“Schyotkin- Blyumberg” simptomi;
“Melyus” simptomi.
68. Qariyalarda gipertonik krizda qo’llaniladigan dori moddasini aniqlang.
Korinfar;
Rezerpin;
Digoksin;
Mezaton.
69. Antiseptika nima?
Jarohat va butun organizmdagi mikroblarni yo’qotishga qaratilgan tadbirlar;
Zararli mikroblarni yo’qotish;
Viruslarni yo’qotish;
Jarohatga mikroblarning tushishini oldini olish.
70. Arterial qon ketish belgilarini aniqlang.
Qon och qizil rangda, pul'satsiyalovchi;
Qon to’q qizil rangda, bir tekis oqadi;
Tomchilab oqadi;
Butun jarohat yuzasi qonaydi.
71. Sinish nima?
Bo’g’im yuzalarining joyidan siljishi;
Suyak butunligining buzilishi;
Suyak po’stlog’ining qalinlashishi;
Suyakning mo’rtlashishi.
72. Limfa tugunlarining yallig’lanishi nima deyiladi?
Furunkul;
Karbunkul;
Gidroadenit;
Limfoadenit.
73. Me’da osti bezining o’tkir yallig’lanishi nima deyiladi?
O’tkir xoletsistit;
O’tkir appenditsit;
O’tkir pankreatit;
O’tkir ichak tutilishi.
74. Me’da yarasining teshilishi nima deyiladi?
Penentratsiya;
Malignizatsiya;
Perforatsiya;
Stenoz.
75. Rektal tupik ko’rinishidagi najas ta’rifini aniqlang.
Suyuq, suvsimon, botqoqsimon najas;
Shilimshiq, yiring aralash, o’tkir hidli, suvsimon najas;
Guruch qaynatmasi ko’rinishidagi shilimshiq aralash najas;
Shilimshiq, yiringdan iborat, qon aralash, kam miqdordagi najas.
76. Quyidagi simptomlar yig’indisi o’latning qaysi shakliga hos: kuchli intoksikatsiya, qorinda og’riq, qon aralash ich ketish va qusish:
Bubonli shakli;
O’pka shakli;
Ichak shakli;
Septik shakli.
77. Quloqni tekshirish usullarini ko’rsating?
Olfanometriya;
Dermografiya;
Otoskopiya;
Tomografiya.
78. O’tkir mastoidit bilan og’rigan bemor shikoyatlarini aniqlang:
Og’riq, shovqin;
Tana haroratining ko’tarilishi,og’riq;
Tana haroratining ko’tarilishi, ko’ngil aynish;
Og’riq, qusish.
79. Homiladorlikning aniq belgilariga nima kiradi?
Pigment dog’lari va homiladorlik striyalari paydo bo’lishi;
Ko’ngil aynashi, ertalab qayt qilish, t`am va hid bilishning o’zgarishi;
Bachadon kattalashihi, uning konfiguratsiyasining o’zgarishi, sezuvchanligining ortishi;
Homilaning qimirlashi, homila bo’laklarining paypaslanishi qorinning oldingi devoridan, homilaning yurak urushining eshitilishi.
80. Homila tug’ilgandan keyin bachadon tubi balandligi qayerda joylashadi?
3 barmoq kindikdan yuqorida;
Kindik bilan teng;
2 barmoq kindikdan pastda;
1 barmoq kindikdan pastda.
81. Chanoq qaysi suyaklardan tashkil topgan?
2 ta nomsiz suyak, dumg’aza, dum suyaklardan;
Son, boldir, dumg’aza suyaklardan;
Dumg’aza, simfiz, dum suyaklardan;
Nomsiz suyak.
82. Katta liqildoq formasini aniqlang.
Uchburchak;
To’rtburchak;
Rombsimon;
Oval.
83. Birinchi marta tug’uvchi ayolning bachadon bo’ynini ochilish davri o’rtacha qancha davom etadi?
6 soat;
9-12 soat;
12 -14 soat;
20 soat.
84. Tug’ruq qachon tugaydi?
Homilaning tug’ilishi bilan;
Bachadon bo’yni va oraliqni ko’rilgandan keyin;
Homila va yo’ldosh tug’ilgandan keyin;
Tug’riq yo’llaridagi yirtilishlar tikilgandan so’ng.
85. Amenoreya - bu ……..
Hayz siklining to’xtashi;
Bachadondan qon ketishi;
Yuvenil qon ketish;
Hayzning og’riq bilan kechishi.
86. Ginekologik bemorlarning asosiy shikoyatlarini aniqlang.
Bosh og’rig’i va ichak funksiyasining buzilishi;
Ichak funksiyasining buzilishi va hayzning buzilishi;
Hayzning buzilishi, qorinning pastki qismida og’riq, qindan oqchil kelishi;
Siydik chiqarish a’zolarining og’rishi.
87. Tashqi akusherlik tekshiruvini II amalida nima aniqlanadi?
Homilaning oldinda yo’tgan qismini kichik chanoqqa kirish tekisligiga nisbatan yotishi;
Homilaning pozitsiyasi va turlari;
Homilaning oldinda yotgan turi;
Bachadon tubining balandligi.
88. Bachadon naylari qanday bo’limlardan iborat?
Interstitsial, ampulyar;
Shilliq, mushak va seroz;
Interstitsial, istmik, ampullyar;
Mushak, shilliq.
89. Kichik chanoq tekisligi bo’linadi:
Kirish va chiqish tekisligi;
Kichik chanoq bo’shlig’i, kengaygan tekisligi, toraygan tekisligi va chiqish tekisligi;
Kirish tekisligi, keng qismi tekisligi, tor qismi tekisligi va chiqish tekisligi;
Katta va kichik chanoq.
90. ”Xalqaro Hamshiralar kuni” qachon nishonlanadi?
1 iyun;
7 aprel;
12 may;
16 iyun.
91. Siydikdagi oqsil miqdorini aniqlash usulini ko’rsating.
20% li sulfasalitsil kislota eritmasi bilan;
Lenge sinamasi yordamida aniqlash;
Gaynes reaktivi yordamida;
Nechiporenko sinamasi yordamida aniqlanadi.
92. Qon zardobida glyukoza miqdori qanchaga teng?
4,2 – 7,0 mmol/l;
3,3 – 6,6 mmol/l;
2,5 – 5,0 mmol/l;
5,0 – 7,8 mmol/l.
93. Oq alahlash qaysi kasallikda kuzatiladi?
Narkomaniya;
Shizofreniya;
Alkogol psixozi;
Epilepsiya.
94. Isteriya talvasasi nima?
Yuqori harorat bilan kechuvchi bolalardagi talvasa;
Bemor es- hushining saqlanishi bilan kechuvchi talvasalar;
Bemor es- hushi o’zida bo’lmasligi bilan kechuvchi davomiy talvasalar;
Bemor es- hushi o’zida bo’lishi bilan kechuvchi silliq mushaklar talvasasi.
95. Abstinentsiya holatida kuzatilmaydigan simptomni aniqlang.
Qo’l- oyoqning titrashi;
Ko’ruv galyutsinatsiyalari;
Qorinda og’riq;
Alg’ov-dalg’ov tush ko’rish.
96. Ruhiy kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni davolash sharoitiga nima kirmaydi?
Shinam xonalar;
Uy sharoitiga yaqinlashtirilgan holat;
G’amxo’r mehribon munosabat;
Bemalol kirib chiqish.
97. Shizofreniya davosida qo’llanilmaydigan usulni aniqlang.
Gipnozli davo;
Dori-darmonli davo;
Davolovchi mehnat;
Davomiy uyquli davo;
98. Isteriya talvasasida qo’llaniladigan asosiy davolash usulini aniqlang.
Psixoterapiya;
Parhez bilan davolash;
Mehnat bilan davolash;
Davomiy uyquli davo.
99. Epileptik xuruj davosida qo’llaniladigan dori preparitini aniqlang.
Atsetil salitsilat kislotasi;
Seduksen;
Efedrin gidroxlorid;
Kamfora yog’i.
100. Epilepsiya xurujida qaysi muolaja qo’llanilmaydi?
Bemorni tekis, yumshoq joyga yotqizish;
Og’iz kеrgich va til ushlagichdan foydalanish;
Uuy sharoitida qoshiq bilan og’izni ochish va tilni ushlash;
Bemor yuziga suv sepish.
Do'stlaringiz bilan baham: |