3-savol Nazariy metod nima va u qanday hollarda tadbiq etiladi?
Ona tili o'qitish metodikasi ham amaliy fanlar sirasiga kiradi. Har qanday amaliy xulosalar ishonarli bo'lishi, yuqori ilmiy darajada, ya’ni puxta va asosli bo'lishi lozim. M etodika tavsiyalarining ilmiy darajasi, nazariy tasdiqlanishi yuqori saviyada bo'lishi tekshirish metodlarining puxtaligiga ham bog'liq.Tekshirish m etodlari 2 xil:nazariy va emperik
Nazariy tekshirish metodlari. U quyidagi hollarda tatbiq etiladi:a) biror hodisaning m etodik asosini, unga bog'liq boshqa fanlarni o'rganish, qo'yilgan gipotezani asoslash, izlanishning asosiy yo'nalishini belgilashda;b) masala tarixi, xorijiy m aktab tajribalari va mavzuga doir adabiyotlarni o'rganish, tajribani tahlil qilish, m asalaning isbotlanmagan va hal qilinmagan o 'rinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba bilan hozirgi ahvolni taqqoslash, hozirgi kun talabi bilan baholashdad) bir-biriga yaqin fanlar (psixologiya, lingvistika, sotsiologiya) ning tekshirish metodlarini, olimlarning tekshirish ishlari tajribasini o'rganish, qulay metodlarni tanlash, o'zining yangi eksperimental metodikasini yaratish, materiallarni tayyorlash maqsadida;e) empirik tajriba yo'li bilan olingan materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish, o'qituvchilarning ish tajribasini o'rganish, eksperim ent natijasini tahlil qilish, amaliy tavsiyanomalarni shakllantirishda
Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
zamonaviy didaktikaning yetakchi g’oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari;
o’rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o’ziga xosligi;
xususiy fanlar metodikasining o’ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo’yiluvchi talablarning o’zaro aloqadorligi;
muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;
u yoki bu mavzuni o’rganishga ajratilgan vaqt;
o’quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;
o’quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi;
o’quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko’rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;
o’qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;
o’quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o’rnatilganligi.
O’qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og’zaki, ko’rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshharish metodlarini nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |