3. Fanni o`zlashtirishga qo`yilgan talablar
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- bolalar jismoniy tarbiyasi fanining maqsadi hamda vazifalari; harakatli o‘yinlar tarixi va qisqacha tushuncha, turkumlari, rivojlanish bosqichlari va pedagogik ahamiyati; harakatli o‘yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash, tahlil qilish va o‘tkazish metodikasi; harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi; sport bayramlarini o‘tkazishda harakatli o‘yinlardan foydalanish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda sportning o‘rni va ahamiyatini bilishi; fanning maqsadi hamda vazifalari; jismoniy tarbiya nazariyasi, gimnastika, yengil atletika, o‘yin qoidalari, kichik, o‘rta va katta guruhdagi bolalar bilan gimnastika va yengil atletika mashg'ulotlarini o‘tkazish haqida bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
- jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari; harakatlarni va jismoniy sifatlarni tarbiyalashdagi qat`iy tartiblashtirilgan mashq uslubi; harakatlarga o‘rgatish jarayonini asoslari; harakatlarga o‘rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari; o‘rgatish bosqichlarining asosiy yo‘nalishi va xususiyati; harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari; maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi; jismoniy tarbiya daqiqalarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari; jismoniy tarbiya daqiqalarida gimnastika va yengil atletika mashqlari bilan bolalar faoliyatini tashkil etish usullari hamda o‘tkazish uslubiyoti haqida ko‘nikmalarga ega bo`lishi kerak.
- bolalarni jismoniy tarbiyalash va uning nazariy asoslari; sport musobaqalari; jismoniy tarbiya vositalari va metodlari; gimnastika va yengil atletika mashqlarini o‘rgatish; jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash; bolalarda yuklamaga umumiy tavsif haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak.
- harakatli o‘yinlarni bolalar yoshiga mos holda tanlash va tahlil qilish; kichik, o‘rta va katta guruhdagi bolalarga beriladigan harakatli o‘yinlarni o‘rgatish; estafetali harakatli o‘yinlar, nutqni rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlar, suvda o‘ynaladigan harakatli o‘yinlar, harakatli o‘yinlar orqali sport o‘yinlari elementlarini, jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlar, sog‘lomlashtiruvchi hamda hordiq chiqaruvchi harakatli o‘yinlarni o‘rgatish haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
- harakatli o‘yinlarni rejalashtirish va nazorat qilish, harakatli o‘yinlar jarayonida sport anjomlari va inshootlaridan foydalanish; sport bayramlari tadbirlarini o‘tkazish jarayonidagi xalq o‘yinlaridan foydalanish haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak.
2-topshiriq. Fanga oid berilgan testlarga javob tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |