Qo’l to’pi himoya texnikasi
Himoyachilar hujumchilarga qarshi turadi va ularning ko’p sonli va xilma xil usullariga qarshilik qiladi va qarshi turadi himoyachi harakatlari to’p bilan bo’lgan va to’psiz bo’lgan o’yinchiga qarshilik qiladigan usullardan iborat. To’psiz hujumchi ochilishiga, faol pozitsiyaga chiqishga urinadi. Himoyachi harakatlari hisobiga bu chiqishlarga qarshilik qiladi, to’pni olib qo’yishi yoki o’yinchini ta’qib qilishga qulay o’rin egallashga urinadi. To’psiz o’yinchiga qarshilik to’g’ri turishni tanlashdan boshlanadi va turli usullarda harkatlanish, burilish va sakrashlarni o’z ichiga olinadi. Harakatlanish (ko’chib yurish) himoyani asosini tashkil etadi. Himoyada turishda tez harakatlana olish, yugurish va sakrash to’p bilpn bo’lgan o’yinchiga qarshi harakatlar muvoffaqiyatligi garovi ham Unga qarshi to’pni olib qo’yish, ilib olish olib yurganda urib yuborish va otishni blakirovkalash (to’sish) qo’llaniladi.
Turishlar barcha himoyaviy harakatlarni dastlabki holati hisoblanadi . Turishda himoyachi oyoqlari biroz egilgan, muvozanatni saqlagan va istalgan tomonga hujumchi harakatini nazorat qilish imkonini beradigan tezlikda harakatlana ollishga tayyor bo’ladi. Oyoqlar paralel yoki bittasi oldinroqqa qo’yilgan bo’ladi. Oyoqlar paralel turganda himoyachi istalgan tomonga harakat boshlay oladi. Oldinga bir oyoqni qo’yib turishni himoyachiga tezda yaqinlashish, to’pni olib qo’yish yoki blakirovkaga chiqish, himoyadan hujumga tez o’tish imkonini beradi. Himoyachi harakatlanishining o’ziga xosligi uning orqaga qarab yugurishi, burilishi va tez yugurishlar bilan almashinishidir. Burilishlar texnikasi, har xil yugurish va to’xtash, hujumchi o’yinchini siljish texnikasida ko’rilib o’tiladi.
Himoyaviy harakatlar to’pni olib, ilib olish va otishni to’sishdan iborat. Yana ham murakkabi to’pni hujumchi qo’lidan yulib olish sanaladi.
To`pni ilib olish himoyachinig hujumchi orqasidan yoki yonidan chiqishi bilan bajarilishi mumkin. Bular tupni kundalang uzatish chog’ida yoki harakatlanayotib tup uzatilganda ilib olishga tayyor va xujimchi harakatini oldindan kura bilish hisobiga bajariladi. Himoyachilarning faol harakatlari to’p uzatishlarni qiyinlashtirib, to’pni ilib olish imkonini yaratadi. O’z vaqtida tez yugurib chiqish hisobiga himoyachi hujumchidan ildamlab ketishi va harakatlanayotib uzatilgan to’pni ilib olish mumkin.
To’pni olib qo’yish yoki urib yuborish to’pni olib yurgan o’yinchiga yaqin qo’l bilan olib yurish paytida bajariladi. To’p yerdan sakraganda uni pastroq nuqtada kutib olish hisobiga to’p kaft bilan yopiladi, olib qo’yiladi yoki urib yuboriladi. Harakatlar yashirin va kutilmagan bo’lishi himoyachi muvoffaqiyatini hal qiluvchi omildir.
To’pni hujumchi qo’lidan yulib olish sakrab otgan paytda bajariladi himoyachi sakrash paytida to’pga qo’lini qo’yyadi va otishga to’sqinlik qiladi. Usul himoyachi hujumchi bilan bir paytda sakraganda bajarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |