Siyosiy arifmetika
» asari to'la ravishda uning vafotidan keyin
bosilib chiqdi (kitob uning o'g'li lord Shelbern tomonidan nashr etilgan). Buning
sababi shuki, unda Angliya va Fransiyani chog'ishtiruvchi ma'lumotlar bor edi. Bu
asar yangi fan - statistikaga asos soldi. Bu davrda hali bu tushunchaning o'zi yo'q
edi («statistika» so'zi XVIII asr oxirida paydo bo'ldi).
4.V.Petti birinchilardan bo'lib davlat statistika xizmati tuzish zarurligi
masalasini ko'tardi va ma'lumot to'plashning ayrim yo'nalishlarini belgilab berdi.
Uningcha, mamlakatdagi aholining umumiy soni, joylashuvi, yoshi va kasbi hamda
boshqa ma'lumotlar muhimdir. Iqtisodiy ko'rsatkichlardan asosiy tovarlarning
ishlab chiqilishi va iste'moli,
aholi daromadi
, boylik taqsimoti haqidagi
ma'lumotlar kerakli hisoblangan. Pettining kuzatishlaricha, mamlakatda faqat soliq
va tashki savdo bo'yicha ayrim ma'lumotlar bor edi, xolos. Biror masala haqida gap
ochilar ekan, Petti «
avval hisoblab ko'rish kerak
» degan fikrni aytishni yaxshi
ko'rar edi. Statistika bilan shug'ullanganligi tufayli ma'lum ma'noda
«rejalashtirish» masalalari ham ko'tarilgan. Masalan, u «ishchilar kuchi balansi»
bilan shug'ullanib, mamlakatga shuncha vrach va advokat kerak, demak, oliy o'quv
yurtlariga yiligi shuncha talaba qabul qilish kerak, degan hisob-kitoblarni keltirar
edi. Odatda u Angliya va Fransiyaning iqtisodiy ahvolini solishtirib, qaysi davlat
boyroq ekanligini aniq faktlar bilan ko'rsatishga intilgan.
«Siyosiy arifmetika» kitobining mukaddimasida u o'z uslubining yangi
ekanligini
ta'kidlab,
qiyosiy
(ozroq,
ko'proq,
yaxshiroq,
yomonroq)
ko'rsatkichlardan aniq statistik raqamlar - son, og'irlik bilan boshqa o'lchovlar tiliga
o'tish kerakligini aytadi. U milliy daromad, milliy boylik haqida gapiradi va
Angliyaning milliy boyligini hisoblab chiqadi (ma'lumki, bu ko'rsatkichlar hozirgi
kunda juda muhim ko'rsatkich hisoblanadi). Masalan, u Angliyaning moddiy
boyligini 250 million funt sterling deb baholaydi, ammo aholining 417 million funt
sterling pulini ham shunga qo'shish kerak, deydi.
V.Pettining iqtisodiy ta'limoti aholining soni va tarkibidan boshlanishi
nihoyatda muhimdir. Uning g'oyasi o'zidan keyingi Maltusdan keskin farq qiladi,
agar Pettining fikri bo'yicha «
aholi - boylikning asosi
» bo'lsa, Maltusda aholining
tez o'sishi kambag'allikning asosidir. V.Petti Angliyaning milliy daromadini ham
hisoblab chiqdi. Uning hisobiga ko'ra, Angliyaning pul shaklidagi boyligi barcha
boylikning faqat 3% teng ekan. Xuddi shundan hozirgi davrning milliy
hisob
schetlari yuzaga keldi
, unga qarab ishlab chiqarish hajmini, bu boylikning aholi
o'rtasida taqsimotini (iste'mol, jamg'arma, eksport, aholi, asosiy sinflar, guruhlar
daromadi) va boshqalarni bilib olish mumkin. Albatta, hozirgi davr bilan
solishtirganda bu hisob-kitoblarda jiddiy uslubiy xatoliklar bor edi. Masalan, u
milliy daromadni aholining iste'mol sarflari yig'indisi deb bilgan, ya'ni jamg'arma,
bino, qurilish, asbob-uskuna, erni yaxshilashga ketgan kapital qo'yilmalar hisobga
olinmasa ham bo'laveradi, deb noto'g'ri o'ylagan. Ammo XVII asrdagi Angliya
uchun bunday yo'l ancha realistik edi, chunki jamg'arma normasi past bo'lgan,
Angliyaning moddiy boyligi nisbatan sekin o'sayotgan edi. Sal keyinroq
V.Pettining bu xatolari uning izdoshi Gregori King tomonidan to'g'rilandi va XVII
asr oxiridagi Angliya milliy daromadi nihoyatda to'g'ri hisoblab chiqildi.
E'tibor berib qaraydigan bo'lsak, V.Pettining so'nggi asarlari ko'proq aholi,
uning o'sishi, joylashuvi va ish bilan bandligi masalalariga bag'ishlangan. V.Petti
zamondoshi va do'sti, mayda savdogar Jon Graund bilan birgalikda demografik
statistika faniga asos soldi. 1662 yildan boshlab Angliya aholi sonining umumiy
soni, tug'ilish, o'lim va tabiiy o'sish masalalari bo'yicha kitoblar yuzaga kela
boshladi.
Foydalanilgan adabiyot
lar:
Razzoqov A. va boshqa, Iqtisodiy taʼlimotlartarixi, T., 1997;
Mayburd Ye. I., Vvedeniye v istoriyu ekonomicheskoy misli, M., 1996;
Yadgarov Ya. S, Istoriya ekonomicheskix ucheniy, M., 1999.
Abduxalil Razzoqov, Neʼmat Xolmatov.
Do'stlaringiz bilan baham: |