Uning fikricha, pul inson organizmidagi yog'ga o'xshaydi, chunki yog'ning
ortig'i ham,
kami ham ziyondir, ya'ni uning me'yorda bo'lgani yaxshi (uning
vrachligini eslang).
V.Petti davlatning iqtisodiyotga aralashuviga ham e'tibor berdi, bu
aralashuv rivojlanishga yordam berishi kerak, lekin boshqa paytda davlat
iqtisodiyotdan uzoq bo'lishi kerak. Uning fikricha, vrach kasalni davolaganda iloji
boricha sun'iy dorilardan kamroq foydalangani, ko'proq ob'ektiv
omillarni
ishlatgani ma'qul (davlat aralashuvi zarur holda va me'yorda bo'lgani yaxshi).
3.V.Petti o'zining tabiiy baho to'g'risidagi ta'limotida
qiymatning mehnat
nazariyasiga
asos soldi. Bu klassik maktabning asosiy nishonasi (belgisi) sifatida
qaraladi. U vaqt va tasodifiy omillar ta'sirida o'zgarib turuvchi bozor bahosi
(«siyosiy baho») ga tabiiy bahoni (qiymat deb bilgan) qarama-qarshi qo'ydi. Tabiiy
baho ichki bozor bahosiga teng bo'lishi kerak. Chunki u mehnat miqdori bilan
o'lchanadi. U non bahosi bilan kumushni solishtiradi va ularning bahosi sarflangan
mehnat miqdori bilan tenglashtiriladi. Bu misolda, ya'ni
non kumushga
almashtirilganda almashuv proporsiyasi asosida shu mahsulotlarni ishlab
chiqarishga sarflangan mehnat yotadi, demak qiymat mehnat bilan aniqlanadi.
Undan tashqari, tovarning qiymati kumushni
qazib olishdagi mehnat
unumdorligiga to'g'ri proporsionaldir, sarf-xarajat usuli qo'llaniladi. Shunday qilib,
V.Petti iqtisodiyot tarixida qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini ta'rifladi. Bu
olimning katta ilmiy xizmatidir. Ammo Petti qiymatni almashuv qiymati bilan
qorishtirib yuboradi va almashuv qiymatini almashuv jarayonida qanday shaklda
bo'lsa, shunday, ya'ni pul shaklida ifoda qiladi. U qiymatning bevosita manbai
sifatida faqat konkret mehnatning aniq bir ko'rinishini, oltin va kumush qazishdagi
mehnat (ya'ni pul materiali)ni ko'rgan, xolos.
Uningcha
,
tarmoqlardagi ishlab
chiqarilgan mehnat mahsulotlarining qiymati shu mahsulotlarni nodir metallarga
almashuvi natijasida aniqlanadi. Olimning merkantilistik qarashlari bu erda ham
saqlangan (kamchiligi). U abstrakt mehnat bilan konkret mehnatni farqlamaydi.
Unda qiymat bilan iste'mol qiymati tushunchalari o'rtasida aniq farq ko'rinmaydi,
ayrim holda ular qorishtirib yuboriladi. Konkret mehnat iste'mol qiymatini yaratsa,
abstrakt mehnat umumiy qiymatni yaratadi.
Petti merkantilistlardan farqli ravishda boylik bu pul haqida qimmatbaho
metall
va toifalardangina iborat emas, balki mamlakatdagi erlar, uylar, kemalar,
tovarlar hatto uy jihozlarini ham boylik deb hisoblaydi.
Mamlakat boyligini oshirish uchun odamlarni qamqxonalarga tashlash
emas, pullik jarimalar kiritish kerak deydi. Yirik o'g'rilarni esa «qullik»ka sotib,
ishlatish zarur. Shu bilan birga pulning jamiyatdagi roli to'g'ri talqin etilmagan
(savdogarlarni qisqartirish taklif etiladi).
«
Do'stlaringiz bilan baham: