Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-V guruh talabasi O'rozmatova Mohiraning Ona tili fanidan taqdimot ishi
Test
1.Unli va lab-lab undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘zni toping.
A) ommabop B) vafoli
C) basavlat D) pishiq
2. Zaynab o‘zining xatosini angladi va gapirolmay g‘uldurab javob berdi.
Ushbu gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang.
A) 3 ta B) 5 ta C) 1 ta D) 4 ta
3.Terimchilarga so‘zining yasalish asosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. ter B. terim
C. terimchi D. terimchilar
4.Salim aka bu yerlarga ekin ekib, uni unumdor yerga aylantirish istagida. Ushbu gapda qo‘llangan so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini toping.
A. 1 ta B. 2 ta C. 3 ta D. 4 ta
5.Qaysi so‘zlar tarkibida bir tovushdan iborat so‘z yasovchilar mavjud? 1.kurak; 2.sanoqsiz; 3.sabotli; 4.achchiq; 5.badavlat; 6.unumli 7.bo‘yoqsiz 8.qoraymoq.
A. 1, 3, 4, 5, 7 B. 2, 3, 4, 7, 8 C. 3, 4, 5, 6, 8 D. 1, 2, 4, 7, 8
6.Men uning bu uyda qiynalib yashaganligini angladim. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang.
A. 1 ta B. 2 ta C. 3 ta D. 4 ta
7.Yasama so‘zni belgilang.
A. o‘chirmoq B. pishirmoq C. ichirmoq D.gapirmoq
8.Qaysi qatordagi so‘zlar tarkibida faqat shakl yasovchi qo’shimchalar qo‘llangan?
A)ochiq, tomoq, yoyish B)qo‘zichoq, bolalar, kelinchak C)toshqin, bog‘da, gullar D) o‘tni, o’roq, ishga
9.Birdan ortiq mustaqil ma’noli so‘zlarning birikuvidan hosil bo‘lgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) g‘uborsiz, sharsimon, ishchan B)do‘stlik, gulzor, qalamdon C)sadarayhon, sotib olmoq, tuyaqush D) ishla, ko‘kar, bo‘sha
10.Qaysi qatorda yasama so‘z bor?
A) dasturxonimizda B)o‘ynatmoq
C) tushuntirmoq D) maqtanmoq
11.Tub so‘z berilgan qatorni ko‘rsating.
A)tiniq B) og‘riq C) yamoq D) loyiq
12.To‘y sizsiz o‘tmaydi. Bu to‘yning rahbari sizsiz . Ostiga chizilgan –siz qo‘shimchasini ta’riflang.
A) 1- so‘zda so‘z yasovchi, 2-so‘zda lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha
B)1-so‘zda lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha , 2-so‘zda so‘z yasovchi
C) har ikkalasida ham so‘z yasovchi
D) 1- so‘zda so‘z yasovchi, 2-so‘zda sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha
13.O‘zak ma’nosiga ta’sir etmaydigan qo‘shimchali so‘zlarni toping.
A)qalamim, onamiz, hovlida, o‘qiding B)kitob, suv, xonadon, etikdo‘z
C) ko‘chatlar, kitobxon, havo, qizil D) kuchli, chiroyli, mevali, gulli
14.So‘z yasalishi haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar ba’zan shakl yasovchi qo‘shimchalardan keyin qo‘shilishi mumkin B)qo‘shma so‘zlardan yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi so‘z yasash mumkin C) juft va takroriy so‘zlardan yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi so‘z yasash mumkin
D) barcha hukmlar to‘g‘ri
15.Namgarchiliklarda so‘zi nechta ma’noli qismga ajraladi?
A)2 B)3 C)4 D)5
1-mashq.
Affiksatsiya usuli orqali yasalgan yasama so'zlarni aniqlang.
Klayd esa Gilbert aytgan gaplarni yaxshi eslardi. U shu chog'gacha Gilbertning gaplariga amal qilib kelar, o'zini qizlarga beparvo ko'rsatib, birortasiga ham qayrilib qaramas,endi esa Roberta fabrikada paydo bo'lganidan beri, u beixtiyor ravishda tez-tez qizning stoliga yaqin kelib, chaqqon va ildam ishlashini kuzatardi. Qiz Klayd o'ylaganday yaxshi va kallali chiqdi, tez orada birovning maslahati va ko'rsatmasisiz ishninv hamma yo'l va usullarini bilib olib, boshqalardan qolishmay, haftasiga o'n besh dollardan tushira boshladi.
(Teodor Drayzer "Amerika fojeasi")
2-mashq
Matnni o'qing. Unda berilgan yasama so'zlarning qaysi so'z yasalish usuliga kirishini toping.
Quyosh har kuni uyg'ongan zahoti jilmayib boqadi-yu unsiz xitob qiladi: "Bir kiprik qoqgulik qisqagina umringizda tinch-totuv yashasalaring bo'lmaydimi? Goh non talashasizlar, goh shon! Goh makon talashasizlar, goh imon? Axir hammangiz insonsiz-ku. Hammangiz mening bolalarimsiz-ku, men sizlarning otangizman-ku. Bir-birlaring bilan qirpichoq bo'laverishlaringni ko'rib charchab ketdim-ku! Yetar axir, yetar, bolajonlarim! O'z onangizni-Yer kurrasini adoyi tamom qilib tinchimoqchimisiz? Onangiz shu umidda tuqqanmidi sizni? Shu niyatda ko'tarib yuribdimi ko'ksida!"
Do'stlaringiz bilan baham: |