1. Umumta’lim maktablarida bayram va tadbirlarni tashkil qilish



Download 36,5 Kb.
Sana20.02.2022
Hajmi36,5 Kb.
#460348
Bog'liq
kurs ishi


Reja:
1. Umumta’lim maktablarida bayram va tadbirlarni tashkil qilish.
2. Umumta’lim maktablarida musiqiy bayram va tadbirlarni o’tkazishning samardorlik usullari.
3. Maktablarda bayram tadbirlarining shakliy tuzilishi.

Umumta’lim maktablarida bayram tadbirlarining o’quvchi yoshlar hayotidagi o’rni shundan iboratki, o’quvchilarning aqliy salohiyatini oshirish, estetik didini rivojlantirish, musiqaga va san’atga qiziqishini oshirish kabi bir qator ijobiy hislatlarni o’z ichiga oladi. Maktablardagi ijodiy kechalarni tashkillashtirish orqali yoshlarda eshitish, tomosha qilish madaniyati ham rivojlantiriladi. Shu bilan birga Vatan bo’lgan muhabbat ruhidagi bayram tadbirlari yoshlarda o’z Vataniga bo’lgan sadoqatini oshishiga xizmat qiladi. Hamda bayram tadbirlarida o’quvchilar o’z tengdoshlarining chiqishlaridan o’zlariga kerakli bo’lgan xulosani oladilar.


Hozirgi kunda tadbirlardagi salbiy jihatlardan biri bu tomoshabinlarning eshitish, tomosha qilish madaniyatiga e’tibor qilmasliklaridadir. Buni oldini olish uchun albatta tadbir tashkil qiluvchi o’qituvchi mas’ul. Buning uchun Musiqa o’qituvchisi tadbirni aniq bir ssenariy asosida olib borishi zarur.
Tadbirlar oldindan tuzilgan o’quv rejasi asosida tomoshabinlarga havola qilinadi. Ssenariyni yozishda esa tadbirning mavzusi hamda auditoriyaga katta e’tibor qaratish lozim. Tadbir shunday tashkil qilinishi kerakki tomoshabin zerikib qolmasligi va asosiysi tadbirdan ma’naviy hamda ilmiy ozuqa olishi zarur. Buning uchun o’qituvchida yuqori darajadagi bilim va kreativ fikrlash qobilyati bo’lishi lozim. Musiqiy tadbirlarni tashkil etishda ayniqsa o’qituvchidan kuchli iqtidor talab qilinadi. Hozirgi kundagi qo’yilayotgan talablar esa o’qituvchining o’z ustida ishlashiga yanada turtki bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi qaroriga muvofiq musiqa o’qituvchising kamida 3ta milliy musiqa asbobini, o’quvchilarning esa 1ta milliy musiqa asbobini chalishni bilishi majburiy etib belgilandi. Buning natijasida kelgusida o’tkaziladigan tadbirlarning rang barangligi yanada ortadi. Endilikda o’tkaziladigan tadbirlarda qo’shiq va raqslardan tashqari iqtidorli o’quvchilar ijrosida milliy cholg’ularda asarlar ijro etiladi. Bu orqali kelajak avlodning milliy kuylarimizga bo’lgan qiziqishi yanada ortadi.
Tadbirlarni mazmunli tashkil etishda o’qituvchi avvaldan puxta tayyorgarlik ko’rishi lozim. Tadbirda qatnashuvchi har bir o’quvchi bilan alohida shug’illanish talab etiladi. Tadbirda qo’shiq aytib qatnashuvchi o’quvchining ovozi ustida mukammal ishlanadi va sayqallanadi. Qo’shiqni xor jamoasi shaklida ijro etish yanada maqsadga muvofiq. Bunda ham o’quvchilar bilan ovoz mashqlaridan foydalanib ularning ovozlari bir maromga keltiriladi. Shundan so’ng tadbirning mazmun mohiyatini inobatga olgan holda qo’shiqlar tanlanadi. Misol uchun “Mustaqillik” bayramlarida Vatanni madh etuvchi qo’shiqlardan foydalangan ma’qul.
Barcha tadbirlar avvalida O’zbekiston madhiyasi albatta ijro etilishi kerak. Buning uchun har bir sinfda musiqa o’qituvchisi o’quvchilarga Vatanimiz madhiyasini mukammal tarzda o’rgatishi lozim. Shundagina maktabdagi tadbirlarda madhiyamizni sof pardalarda ijro etilishiga erishish mumkin. Tadbirlarni madhiyamiz bilan boshlashimiz o’quvchilarda o’z yurtiga sadoqatni hamda mehr muhabbatni uyg’otadi.
Tadbirlarni tashkil etishda muhim omillardan biri bu sahna tayyorgarligi. Sahnaning o’ziga yarasha salobati bor. Sahnaga birinchi bor chiqqan o’quvchini hayajon bosishi tabiiy hol. O’quvchi hayajonlanmasligi uchun tadbir oldi tayyorgarliklari maktab konsert zalida olib borilishi kerak. Bu bilan o’quvchi sahnada o’zini erkin his qilishni o’rganadi.
Sahna dekoratsiyasi ham tadbirning esda qolarli bo’lishini ta’minlaydi. Sahnani tadbir mavzusiga mos ravishda turli xil bezaklar hamda fosterlar yordamida bezatish mumkin. Bahor, kuz mavsumlarida bayram tadbirlarini ochiq havoda o’tkazish ham ko’zlangan natijani berishi mumkin. Ochiq havoda o’tkaziladigan tadbirlarning afzalliklari ko’p. Ba’zi maktablarda konsert zallarining kichikligi tufayli zalda tomoshabin o’rindiqlari cheklangan miqdorda bo’ladi. Ochiq havoda esa tomoshabinlarning cheklanmagan miqdori qatnashishi mumkinligi tufayli butun bir maktab o’qituvchi va o’quvchilarini bayram tadbirlariga tashrif buyurishini ta’minlash mumkin. Tadbir qatnashchilari uchun esa sahnaning kengligi bir qancha erkinliklar beradi.
Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish