Mavzu: Oilada estetik va ahloqiy tarbiya. Reja: Kirish. Oilada estetik tarbiya. Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari



Download 22,59 Kb.
bet1/2
Sana18.01.2022
Hajmi22,59 Kb.
#386508
  1   2
Bog'liq
psixologiya Tolib


MAVZU:Oilada estetik va ahloqiy tarbiya.

Reja:

Kirish.

1.Oilada estetik tarbiya.

2.Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari.

3.

4.

5.

Xulosa.

Adabiyotlar.

Kirish

Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda.
Oilada estetik tarbiya.

Umuman, oilada tarbiya, jumladan, estetik tarbiya, ya’ni nafosat tarbiyasi masalasi dolzarb, ayni chog‘da o‘ziga xos va ko‘p qirrali muammodir. Shuni aytish kerakki, o‘zbek oilasida estetik tarbiyaning hamma oilalar uchun mushtarak asoslari, qoidalari,xususiyatlari bor.Uzluksiz ta’limning yagona tizimi oilani ham qamrab oladi. Modomiki, shunday ekan, oila, birinchidan, uzluksiz ta’lim yagona tizimining bir tarkibiy bo‘g‘inidir. Ikkinchidan, oilada estetik tarbiya, alohida va to‘liq mustaqil amaliyot sifatida emas, balki tarbiyaning bir tarkibiy qismi tariqasida ro‘yobga chiqariladi. Uchinchidan, nafosat tarbiyasini amalga oshirar ekan, oila, maktab va jamoatchilik bilan hamjihatlikda ish olib boradi, ya’ni ular bilan bir umumiy maqsad yo‘lida mushtarak ijtimoiy-tarbiyaviy vazifani bajaradi. To‘rtinchidan, oilada nafosat tarbiyasi yakkamayakka tartibda ish olib borishga asoslanadi.Estetik tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri estetik idrok etishni shakllantirish va o‘stirishdir.Estetik idrok etish bilish nazariyasida muhim o‘rinni egallaydi. Idrok etish ixtiyoriy jarayondir. U shaxsning faolligidan dalolat beradi. Bola murg‘ak estetik ongining shakllanishi atrof-muhitni, dunyoni nafosatdor bilishdan boshlanadi.Bolada dastlabki nafosatdor tuyg‘ularning tug‘ilishida ota-ona qiyofasi bosh estetik andoza vazifasini o‘taydi. Olimlardan biri bu xususda shunday deb yozadi: “Bolada erkak va ayollarning faqat bitta andozasi bor, bu ham bo‘lsa, uning otasi va onasidir. Farzandlarimizning ko‘zlari butun hayot davomida, har doim bizning qalblarimizga termuladilar”. Boshqa bir olim ham ota-onaga, xususan, onaning bola tarbiyasidagi o‘rniga yuksak baho beradi. “Lekin, deydi u, birorta ham jamiyat tashkiloti va jamoat mahkamalari bola uchun ona o‘rnini va uning muhabbatini bosa olmaydi. Bolalar oilaning oliy g‘oyasi ekanligiga imonim komil”.

Ota-onaning, xususan, onaning bolani estetik tarbiyalashdagi beqiyos o‘rnini faylasuflar allaqachonlar juda chiroyli ta’riflab berganlar, ijtimoiy-estetik ideal ro‘yobini oilada nafosat tarbiyasi bilan bog‘liq holda ko‘rganlar, “yosh avlod yangi idealni o‘z joni va taniga ona suti bilan birga singdirgandagina bu yangi ideal g‘alaba qozonadi”, deganlar.Bu mulohazalar va misollardan ko‘rinib turibdiki, oilada nafosat tarbiyasi nihoyatda muhimdir.Shu nuqtai nazardan aytganda, estetik idrok bir vaqtning o‘zida biron-bir xabarni qayta ishlash natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. U kishining mustaqil harakatiga turtki beradi, bu bilan o‘zining passiv emasligini ko‘rsatadi.Shuni ham qayd etib o‘tish lozimki, dunyoda idrok etilmaydigan narsa yo‘q. Obyektiv dunyodagi barcha narsa va hodisalar dialektik munosabatlarda ham go‘zal, ham xunuk tarzda idrok etiladi.

Estetik obyekt yoki narsani idrok etish estetik zavqni keltirib chiqaradi.Estetik zavq kishi ma’naviyatini, estetik qobiliyatini o‘stiradi. Masalan, yashnab turgan gulzorni yoki huzurbaxsh shabada esib turgan ko‘kalamzorni ko‘rib, ko‘nglimiz zavq-shavqqa to‘ladi, jonajon o‘lkamiz chiroyini hayajon bilan kuzatamiz, bu bilan uni yaxshiroq bilib olamiz. Vatanimiz tabiati haqidagi tushunchamiz yanada yorqinlashadi. Bunday zavqlanish estetik idrok qilish qobiliyatimizda namoyon bo‘ladi. Zavqlanish go‘zallikka bo‘lgan didimizni shakllantiradi va o‘stiradi. U bizni go‘zallik qonunlari asosida mehnat qilishga undaydi.Estetik tuyg‘u va did kishining borliqqa va o‘zining shaxsiy faoliyatiga bo‘lgan o‘ziga xos kechinmasidir. Bunday kechinma ma’naviy va bilish faoliyati bilan bog‘liqdir.Estetik didda zehn, ongli munosabat kuchliroq va aniqroq mujassam topadi. Zero, u o‘zida borliqqa, kishilarga va turli hodisalarga bo‘lgan munosabatni aks ettiradi.

Estetik did kishi ma’naviyati bilan bog‘liq. Shunday ekan, estetik didning darajasi u yoki bu shaxsning ma’naviy boy yoki qashshoqligidan dalolat beradi. Yaxshi rivojlangan estetik did go‘zallik va xunuklikni to‘g‘ri idrok etish imkonini beradi.Shunday qilib, estetik hissiyot, idrok etish, did bizning borliqqa bo‘lgan munosabatimizning buzil-mas birligini tashkil etadi. Ana shu birlikning natijasi o‘laroq, og‘zaki va yozma shaklda ifodalanadigan mulohaza paydo bo‘ladi.Estetik mulohaza yuritish deganda, narsa yoki hodisani tasdiqlash va inkor etishni tushunamiz. Estetik mulohaza yuritish natijasida esa estetik baholash kelib chiqadi.Estetik baholashda idrok etiladigan narsa va hodisalarga munosabatimiz aks etadi. Estetik baholash ko‘pincha idrokning, ayniqsa chuqur kechinmalarning bevosita natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.Biroq uni hayratlanish, ajablanish, maftun bo‘lish, zavqlanish, g‘amginlik, g‘azab va boshqa shu kabi his-tuyg‘ulardan farqlay bilish kerak. Estetik baholashni anglab yetishning natijasi, deb qarash lozim. Biz ko‘p eshitib turadigan, odatdagi “menga yoqadi” yoki “menga yoqmaydi” kabi so‘zlar ham to‘liq bo‘lmasa-da, baholash hisoblanadi.


Download 22,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish