O'rindoshlik tamoyili shundan iboratki, bunda ko'chmas mulkning eng yuqori bahosi, o‘xshash foydalilikka ega boshqa obyekt sotib olinadigan eng kam summa bilan belgilanadi. 0‘ziga xos, tadbirkor xaridor mahalliy bozorda bir xil foyda keltiruvchi o‘xshash obyekt qiymatidan ko‘proq pulni obyekt uchun toiamaydi. Bunday xaridor yangi obyekt qurilishi qiymatidan ko‘proq mablag‘ni mulk uchun sarflamaydi.
Kutish tamoyili bolajak foydalarga va ulaming hozirgi qiymatiga nisbatan foydalanuvchining nuqtayi nazarini belgilaydi. Kelgusi foydalarni kutish ularning miqdorini va o‘ziga xos tomonlarining o‘zgarishi ehtimoli bilan bogiangan boiib, bu o‘z navbatida, mulkning haqiqiy qiymatiga ta’sir etishi mumkin. Kutish tamoyillarining asosida vaqt mobaynida pul qiymatining o'zgarishi nazariyasi yotadi.
Mulk qismlarining o‘zaro munosabatiarini aks ettiruvchi pozitsiya asosida quyidagi tamoyillar yotadi:
— qo‘shimcha mahsuldorlik tamoyili;
— hissa tamoyili;
— o‘suvchi va kamayuvchi samaradorlik tamoyili;
— balanslilik (proporsionallik) tamoyili;
— optimal miqdorlar tamoyili;
— iqtisodiy bo‘linish tamoyili.
Qo‘shimcha mahsuldorlik mehnat, mablag' va boshqa xarajatlar qoplangandan keyin, yerga taalluqli sof daromad bilan belgilanadi. Mazkur tamoyil tovarlami ishlab chiqarish yoki xizmatlar uchun ishlab chiqarishning to‘rtta omili mavjudligi va zarurligi to‘g‘risidagi mumtoz iqtisodiy nazariya qoidasini aks ettiradi.
Bular yer, mehnat, mablag' va boshqaruv omillaridir. Shu mavjud omillardan lozim darajada foydalanganda daromad olish va ularga sarflangan xarajatlar qoplanganidan keyin qolishi mumkin boigan qo'shimcha qiymat yerga taalluqlidir. Qo'shimcha mahsuldorlik shuning natijasida hosil boiadiki, yer sotuvlaridan keladigan foydani ko'paytirish, xarajatlami kamaytirish yoki alohida ehtiyojlarni qondirish hisobiga qo'shimcha daromadlar olish imkonini beradi.
Masalan, bozor avj olgan joydagi do‘konda, shunga o'xshash shahar chekkasida joylashgan do'konga nisbatan tovarlar ko'proq sotiladi. Iste’molchilarninggeografik markazlarida joylashgan ulguiji savdo ombori transportga ketadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Hissa — ishlab chiqarish omillarining biror bir tarkibiy qismining mavjudligi yoki yo'qligi tufayli mulk qiymati o ‘zgaradigan summa. Boshqacha aytganda, hissa — ishlab-chiqarish omillarining muayyan tarkibiy qismlarining mavjudligi natijasi bo'lgan mulk qiymatiga qilingan qo‘shimchadir. Bunda hissa miqdori, odatda, ко‘rib chiqilayotgan tarkibiy qismning aniq qiymatiga mos kelmaydi. Hissa tamoyili, odatda, eng yaxshi va samarali mulkdan foydalanish tahlil etilganda ortiqcha yoki yetishmagan yaxshilanishlarni aniqlash uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |