obodonlashtirish obyektlari — ko‘chalar, aylanma ko‘chalar, yo‘llar, markaziy maydonlar, yo‘lkalar, ko‘priklar, tunnellar, yo‘lovchilar o‘tadigan yer osti yo‘llari, favvoralar, ariqlar, kanallar, daryolar, ko‘llar va boshqa suv havzalarining qirg‘oqlari, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun foydalaniladigan obyektlar (madaniyat va istirohat bog‘lari, o‘rmon massivlari, bog‘lar, bulvarlar, xiyobonlar), tashqi yoritish, reklama pannolari, yo‘l ko‘rsatkichlari, portallar, peshlavhalar, drenaj (drenajning vertikal, yopiq va ochiq gorizontal, yopiq kollektori), irrigatsiya novlari tarmoqlari, tashqi yoritish tarmoqlari;
aholi punktlarining umumiy foydalaniladigan yerlari:
maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmoqlari, ariq bo‘ylari;
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, parklar, bulvarlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari yerlari);
kommunal-maishiy maqsaddagi yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va utilizatsiya qilish joylari);
aholi punktlaridagi suv havzalarining qirg‘oq polosalari;
shaharning umumiy markazlari, rejalashtirilayotgan hududlar markazlari, turar joy hududlarining markazlari, mahalliy xizmat ko‘rsatish markazlari, shaharlar va tumanlar markazlaridagi dastlabki turar joy markazlari;
obodonlashtirish hududlari — bino yoki inshootga tutash yer uchastkasi, obodonlashtirish obyektining hududi joylashgan yerlar;
turar joylar oralig‘idagi hududlar — ikki va undan ko‘p aholi punktlari oralig‘idagi aholi punktlari chegaralari tashqarisidagi hududlar;
shaharsozlik — ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish, texnik, arxitektura-badiiy va sanitariya-gigiyena yechimlari kompleksini ta’minlaydigan aholi punktlarini, turar joylar oralig‘idagi hududlarni rejalashtirish hamda qurish nazariyasi va amaliyoti;
shaharsozlik faoliyati — davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish, fuqarolar, jamoatchilik va davlat manfaatlarini, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan hududlar va aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish sohasidagi faoliyati;
Do'stlaringiz bilan baham: |