Ulik servisli – bu restoranlar keng tanlovli taomlar, yuqori darajadagi oshxonalari bilan ajralib turadi. Bunday restoranlar rasmiy va norasmiy bo‘lishi mumkin. Ularni narxlari, menyusi bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin. Bu restoranlarda asosan fransuzcha va italyancha kulinariya an’analarini qo‘llaydilar.
Ixtisoslashgan – bunga, biron-bir bir tipda, masalan, tez, ommaviy, kundalik xizmat ko‘rsatish yoki milliy taomlar tayyorlashga ixtisoslashgan restoranlar kiradi.
Bitta restoran, ham to‘liq xizmat ko‘rsatuvchi, ham ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin.
Restoranlar quyidagilarga bo‘linadi:
- tez xizmat ko‘rsatuvchi, bular bitta asosiy taomni tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘ladi: (gamburgerlar, pitssa, dengiz mahsulotlari, tovuq, quymoqlar, sendvichlar, Meksika taomlari).
- Oilaviy restoranlar – bular eski kofeen prinsipiga moslashtirib tashkillashtirilgan.
- Milliy oshxona restoranlari – bularni AQSH da etnik oshxonalar deb atashadi. Bunday etnik (yoki etnografik) ovqatlanish korxonalari sayyohlar tomonidan katta qiziqish bilan foydalaniladi.
- Tematik restoranlar – bu biron-bir temani, masalan musiqa eshitish: futbol tomosha qilish imkoniyatini ishlab chiadilar. Bu restoranlar chegaralangan assortimentdagi taomlarni taklif qiladilar. Ularning asosiy maqsadi – muhit yaratish. Tematik ovqatlanish korxonalari nafaqa AQSH da, paydo bo‘lmoqda. Masalan, Isroildagi Tell-Aviv va Iyerusalim yoki Ulik dengizigacha bo‘lgan yo‘l kesishuvida «kafe» joylashgan. Bu kafe Elvis Preslining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. Bu esa sayyohlarning katta e’tiborini qozonib kelmoqda.
Turistlar o‘rtasida restoranlarga talab juda katta ular ikkita katta guruhga bo‘linadi: klassik va tez xizmat ko‘rsatish sohasi. Mashhur klassik restoranlar misolisan’at asaridek ko‘zga tashlanadi. U noyob, hayratomuz, sherik bilan uzoq suhbat qurishga juda ham qulay yoki hechbo‘lmaganda ichki bezak va jihozlari bilan xo‘randalarga zavq-shavq bag‘ishlaydi. Ammo ularning narxi haddan tashqari juda qimmat.
Birinchi klass restoranlarining muhim belgisi individuallikka intilish hisoblanadi. Ularning betakror qiyofasi ichki shinamlik va lazzatli taomlari bilan to‘ldiriladi. «Leynsboro» otelining ana shunday vegetarian restorani Londonda Bukingmen saroyi ro‘parasida noklassik qarorgohda joylashgan.
Angliyaning mashhur kishilari, aktyorlar va rok-n-rolla va duzlari mehmonxonalari davrasida o‘z vaqtni o‘tkazish, xohlagan mashhur leynsboro tansiq taomlaridan tatib ko‘rishda huzur bag‘ishlaydi. Rang-barang va nafis taomnomaga gulsafsar va limonli yalpizdan arman likyorigacha qo‘shilgan xushbo‘y va lazzatli suplar kiritilgan.
Umumiy ovqatlanish korxonalarining boshqa guruhlarini tez xizmat ko‘rsatuvchi restoranlar tashkil qiladi. Ular bizning shiddatli davrimizda keng rasm bo‘layapti. Insonning eng yoqimli fiziologik ehtiyojini tez qondirish usuli boshlovchisi AQSH hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |