5. ISHLATING –
6. FOYDALI VA ZARARLI TOMONLARINI ANIQLANG-
O’quvchilar ( masalan: ilm , kitob haqida ) o’z fikrlarini bildiradilar. Oqituvchi shu mavzuga mos buyuk allomalarning fikrlari yozilgan varaqni o’quvchilarga topshiradi yoki ekranda ko’rsatadi. O’quvchilar talab so’zlariga mosini tanlab,shu asosda fikr bildiradilar .
Pandu nasihatlar berish.
Masalan: 7-sinfda “Inson va tabiat “ mavzusini o’tish jarayonida .
Ajdodlarimiz o’z farzandlariga oila davrasidagi pandu nasihat va turli suhbatlarda quyidagilarni alohida uqtirganlar :suvni iflos qilma, barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi; rizq-ro’zingni isrof qilma , gunohkor bo’lasan; pishib etilmagan uzumni uzma , agar uzsang - katta gunoh ish bo’ladi, chunki unda ahli mo’minning nasibasi bor.
“Suvga tupursang , gunohkor bo’lasan” degan naql otalarimizdan meros bo’lib qolgan. Islomda azaldan ichimlik suvi bilan ekin sug’orish man etilganligini o’quvchilarga anglatib borish lozim .
Bu usul o’quvchilarda go’zal insoniy fazilatlarni kamol toptirishda katta ahamiyatga ega.
(Bunday darslar shunchaki va’zxonlikka aylanmasligi lozim….)
Rivoyatlar va hikmatlar asosida ishlash. Darslar jarayonida o’quvchi tomoshabin emas ,balki ishtirokchi bo’lsin .Mavzuga mos rivoyatlar topish va ular asosida sahna ko’rinishi tayyorlash guruhlarga topshiriq sifatida beriladi.Guruhlar tayyorlagan sahna ko’rinishlari asosida savollar bilan boshqa guruhlarga murojaat etishadi.Bu usul mustaqil ,ijodiy fikralsh ko’nikmalarini shaklantirishiga xizmat qiladi.
“Ajdodlarimizni bilasizmi?”
To’rtburchak qog’ozga tarixiy shaxslar, vatanparvar ajdodlarimiz yoki allomalarning nomlari yoziladi.
O’qituvchi qog’ozlarni teskari qilib qo’yadi va xoxlagan 4-5yoki undan ortiq o’quvchilarni chaqirib ,qog’ozlarni tortishni so’raydi,qog’ozda yozilgan alloma haqida to’liq ma’lumot berilishi kerak .
Qaysi o’quvchi buyuk alloma haqida to’liq ma’lumot bersa shu o’quvchi g’olib hisoblanadi.
“ Xazinani toping ” usuli
Sandiqcha ichida qog’ozlarga qadimiy bayramlarimiz, urf-odatlar, marosimlar, milliy o’yinlar nomi yozilgan. O’quvchi sandiqchadan olingan qog’ozda yozilgan urf- odat , bayram,marosimlarimiz haqida fikr bildiradi.Shu haqida ko’p ma’lumotlar bergan o’quvchi g’olib sanaladi.
Bu usul o’quvchilarni milliy qadriyatlar haqida boy ma’lumotga ega qiladi.
“Kataklarni to’ldiring ” usuli.
Bu usulni ko’proq 5, 6- sinflarda “Vatan tuyg’usi “ fannini o’rganish jarayonida qo’llash mumkin.
Masalan : Yevropa universitetlarida olti asr davomida darslik sifatida o’qitilgan mashhur asar nomi ?
yulduzning o’rni , harakatini tasvirlab bergan davlat arbobi, ajdodimiz nomi?
Bu usul dars jarayonida o’quvchilarning qiziqishini ortirishga ,darsga befarq bo’lmaslikka o’rgatadi.
“Internet olamiga sayyohat”
Internet orqali o’quvchilar ma’naviy merosimiz ,buyuk mutafakkirlarning hayotiga oid ma’lumotlar to’playdilar . Dars davomida mana shu ma’lumotlardan foydalaniladi.
“Aqliy hujum” usuli
Bu usuldan ko’pincha takrorlash darslarida foydalanish mumkin. O’qituvchi ajdodlar hayoti,asarlari yoki milliy qadriyatlar haqida qisqa va aniq savollar tuzib chiqadi. O’quvchilar savolga tez javob berishlari kerak.
Masalan:
Yurtimizda yaratilgan eng qadimgi ma’lumotlar berilgan asar nomi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |