Ilg’or ish tajribani ommalashtirish quyidai tizimda amalga oshiriladi:
Maktab miqiyosida ommalashtirish
ilg’or ish tajriba maktab fan metodika birlashmasi tomonidan aniqlanadi, tahlil qilinadi, umumlashtirilib metodika kengashiga tavsiya etiladi, metodik kengash muhokama qilib ommalashtirish uchun maktab pedagogika kengashiga tavsiya etadi. Pedagogik kengashning qarori bilan maktab miqyosida ommalashtiriladi.
tuman miqiyosida ommalashtirish uchun maktab pedagogika kengashi qarori, maktab rahbari taqdimnomasi va o’qituvchining faoliyatiga oid hujjatlar, yaratgan Yangiliklari haqida ma’lumot tayyorlanib, tavsiyalar tuman metodika kabinetiga taqdim etiladi.
Tuman (shahar) miqyosida ommalashtirish
umumta’lim maktablaridan tavsiya etilgan hujjatlar tuman fan uyushmasi a’zolari tomonidan o’rganiladi va taqdimotlari eshitiladi so’ng tuman metodika kabineti kengashiga ommalashtirish uchun tavsiya etiladi. Tuman metodika kabinetining kengash yig’ilishining qarori bilan tuman miqyosida ommalashtiriladi
viloyat miqiyosida ommalashtirish uchun tuman metodika kabinetining qarori, o’qituvchining faoliyatiga oid hujjatlar, tayyorlagan tavsiyalari va tuman metodika kabineti mudirining taqdimnomasi metodika markaziga taqdim etiladi.
Viloyat miqyosida ommalashtirish
tuman metodika kabinetining metodik kengashi qarori asosida viloyat Metodika markazi qoshidagi O’quv-metodika kengashi a’zolari tomonidan faoliyat o’rganiladi, muhokama qilinadi va Metodika markazi kengashiga ommalashtirish uchun tavsiya etiladi. Viloyat metodika markazi kengashi qarori bilan viloyat miqyosida ommalashtiriladi
Respublika miqyosida ommalashtirish uchun Viloyat metodika markazi kengashi qarori, o’qituvchining faoliyatiga oid hujjatlar, ilg’or ish tajribalari haqida ma’lumot, tayyorlagan tavsiyalari va VXTB boshlig’ining taqdimnomasi RTM ga Respublika miqyosida ommalashtirish uchun taqdim etiladi.
Respublika miqyosida ommalashtirish
Respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilg’or ish tajriba Respublika ta’lim markazi fan bo’limlari tomonidan o’rganiladi va fan yo’nalishidagi Ilmiy metodika kengashida muhokama qilinib, Respublika ta’lim markazining metodik kengashiga ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.Respublika ta’lim markazining metodik kengashining qarori bilan Respublika miqyosida ommalashtiriladi
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Qadrilar tayyorlash milliy dasturi”, “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” ni hayotga tatbiq etish, har bir fan yo’nalishida tashabbuskor, ijodkor va ilg’or pedagoglarni aniqlash, ularning ish tajribalarini Respublika miqyosida ommalashtirish va “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichini samarali tashkil etish, barkamol avlodga yuqori saviyada ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish va yuqoridagi ko’rik-tanlovlarini o’tkazish davomida hakamlar hay’ati a’zolari va tanlov ishtirokchilar tomonidan berilgan taklif-mulohazalar asosida ilg’or, tajribali o’qituvchilarni tanlash va ularni rag’batlantirish imkoniyatlarini kengaytirish maksadida Xalq ta’limi vazirligining 2009-yil 14 dekabrdagi 347 sonli buyrug’iga asosan Yangi taxrirdagi “Yilning eng yaxshi fan o’qtuvchisi” ko’rik tanlovining Nizomi chiqdi
«Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi» ko’rik-tanlovi
Do'stlaringiz bilan baham: |