1. Turli tarixiy davrlarda jamiyatning qanday tarbiyaviy ideallari kuzatilgan?



Download 198,42 Kb.
bet29/43
Sana16.01.2022
Hajmi198,42 Kb.
#374025
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Bog'liq
YaN variantlari kasbiy ma'naviyat

25-variant

  1. Milliy xususiyat, etniklikning eng “murakkab bo'lgan” hodisa sifatida ta’riflab bering.

Xususiyat — biror narsa va hodisaning boshqa narsa va hodisadan farqini yoki ularning umumiyligini kursatib turuvchi xossalari, jihatlari va belgilari. X. narsalarning uzaro taʼsir va munosabatlari jarayonida uzini namoyon etadi. Xossa X.ni bilishda pogʻona boʻlib xizmat qiladi. X. barcha narsaga tegishli bulib, uziga xos va umumiy, asosiy va asosiy bulmagan, zaruriy va tasodifiy, tabiiy va sunʼiy va sh.k. xossalarga ajratiladi. X. narsalarning ichki mohiyatini belgilab, inson ongiga boglik boʻlmagan holda mavjud. Har qanday X. nisbiydir. Narsa va hodisalar X.larini oʻrganish ularning sifatini bilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Etnik- Kelib chiqish jixatidan biror xalqqa oid, mansub, xos boʻlgan. ◆ Aholi-ning etnik tarkibi. n ◆ Bu xalq va millat-larning oʻztili.. oʻzining etnik xususiyatlari boʻlib, oʻlkamizda yagona doʻstlik va qardoshlik oilasini tashkil etadi.

Milliy xususiyat – bu omma psixologiyasining muhim qismi bo’lib, uning ijtimoiy ongini belgilab beradi. Milliy xususiyatlar muayyan etnik guruhga mansub bo’lgan shaxs yoki guruhning ijtimoiy ongi, e’tiqodi, axloqiy qarashlari bilan bog’liq ravishda uning xulq-atvorida namoyon bo’ladigan real hodisadir. Milliy xususiyatlar shaxsning milliy xarakterini shakllanishiga xizmat qiladi. Milliy xarakter shaxsning etnik mansubligi negizida shakllanuvchi individual psixologik xususiyatdir.

Ma’lumki, har bir millat o‘ziga xosligi, milliy madaniyati, milliy adabiyoti, milliy tili va shu millatning ruhiy (ma’naviy) olami tarzining majmuasida, ya’ni milliy ruhiyatida o‘z ifodasini topadi.

O‘zbek xalqining o‘z ruhiy qiyofasi, milliy xususiyati, milliy xarakteri, milliy his-tuyg‘usi, mijozi (temperament), xulq-atvori, xulqi, didi, ta’bi alohida ajralib turadi. O‘zbek millatining bilish jarayonlari (sezgisi, idroki, tasawuri, xotirasi, tafakkuri, xayoloti) qobiiiyatining aniq yo‘nalishga qaratilganligi, ehtiyoji va qiziqishi, milliy ongi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.

O‘zbek xalqining tarixiy an’analari, urf-odatlari, udumi, rasm-rusumlari, axloq me’yori, turmush tarzi, madaniy qadriyatlari, shaxslararo munosabati, muomala va muloqot maromi va xususiyati boshqa xalqlarnikidan ma’lum darajada tafovutlanadi. Milliy xarakter muayyan millat fazilatlarining o‘ziga xos xususiyatlari majmuasidan iborat bo‘ladi. Milliy xarakter o‘z ichiga irodaviy sifatlarni (mustaqillik, chidamlilik, prinsipiallik, o‘z-o‘zini tuta bilish, o‘ziga buyruq berish, o‘zini qo‘lga olish, qat’iyatlik, matonat kabilarni) va axloqiy xislatlarni (poklik, intizomlilik, samimiylik, haqqoniylik, insonparvarlik va boshqalami) qamrab oladi. Shuningdek, milliy xarakter odamlarga bo‘lgan munosabatlarni (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik), mehnatga bo‘Igan munosabatlarni (mehnatsevarlik yoki yalqovlik, mas’uliyatlilik yoki mas’uliyatsizlik), narsalarga bo‘lgan munosabatlarni (ozodalik, ifloslik, tejamkorlik, isrofgarchilik, ayash yoki ayamaslik) va odamlaming o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini (izzatnafslilik,shuhratparastlik, mag‘rurlik, o‘zini katta olish-dimog‘dorlik, kamtarinlik kabi xususiyatlami) ifodalaydi.

Ontogenetik taraqqiyotning dastlabki davrlarida altruistik ruhdagi milliy xarakterni tarbiyalashda foydalaniladigan maqol, matal va ertaklarni tushuntirish orqali bolada mental kognitiv tajriba shakllanishida muhim o’ringa egadir. O’zbek milliy mental xususiyatidagi tarbiyaning bir jihati natijasida shaxsdagi altruistik xulqning shakllanishi o’ziga xos tarzda kechgan, ya’ni al’turizm qiz bolalarda bu ko’proq “g’amxo’rona yordam berish” ko’rinishda kuzatiladi va bu ularning boshqalarni shaxsiy, hissiy ehtiyojlari haqida qayg’urishi hamda ularga o’z maqsadlariga erishishlariga yordam berishi sifatida namoyon bo’ladi. Og’il bolalarda esa bu “qahramonlik yordami” ko’rinishida bo’lib, g’ayrioddiy va tavakkal harakatlarni bajarish, o’zlarini haqiqiy qahramonlardek tutish holatlarini o’zida mujassam etadi.


  1. O‘qituvchi pedagogik faoliyatning subyekti ekanligini isbotlang.

O‘qituvchi doimo o‘zgarib turuvchi, rivojlanishda bo‘lgan shaxs bilan muloqotda bo‘ladi. Shuning uchun unga bir xilda, shablon tarzdagi tasirlarni qo‘llamaslik kerak. Bu o‘ta murakkab jarayon hisoblanib, pedagogdan doimo ijodiy izlanishda bo‘lishni talab etadi.

Bolaga pedagoglar bilan bir vaqtda uni o‘rab turgan atrof-muhit, stixiyali ta’sir, turli yo‘nalishdagi ko‘p qirrali vositalar ham doimo ta’sir qilib turadi. Shuning uchun ham pedagogik mehnat barcha ta’sirlarni korrektirovka qilib (o‘zgartirib, tuzatib, yangilab) turishni hatto tarbiyalanuvchi hatti-harakatini, faoliyatini maqsadli yo‘naltirib turishni, ya’ni tarbiya, o‘z-o‘zini tarbiyalash, qayta tarbiyalashni tashkil etib turishi talab etiladi.

Umuman olganda, hozirgi zamon pedagogikasi, hamkorlik pedagogikasi ta’lim muassasalarida munosabatlarni demokratlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bolani pedagogik jarayonning ishtirokchisi, yordamchisiga aylantirib, uning faoliyatini faollashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Subyekt: - Tarbiyalanuvchiga ta’sir etuvchilar - pedagog, ota-onalar, jamoa.

Tarbiyalanuvchiga ta’sir qiluvchi asosiy vosita - o‘qituvchi shaxsi, uning bilimi va tajribasi. O‘quvchilar o‘qituvchi shaxsini qabul qilmasa, uning bilimi, xatti-harakatiga tanqidiy qarasa, u holda uning ta’siri yaxshi natija bermaydi.

Agar pedagog shaxsga ahloqiy jihatdan ijobiy ta’sir ko‘rsata olsa, haqiqiy tarbiyachi bo‘la oladi, bunga faqat ahloqiy jihatdan o‘z-o‘zini doimiy takomillashtirib borsagina erishish mumkin.

Tarbiyaning asosiy vositalari-tarbiyalanuvchi ishtirok etadigan turli ko‘rinishdagi faoliyatlar: mehnat, muomala, o‘yin, o‘qish.

Bu masalada ayrim pedagoglar subyekt sifatida jamoa faoliyati ko‘rinishidagi ishlab chiqarish mehnati bolalar hayotini tashkil etishini o‘qitish jarayoni deb tushunsa, boshqa birovlari jamoa ijodiy ishlar orqali jamoani mustahkamlash zarur deb hisoblashadi.

O‘quvchi, tarbiyachi faoliyatidagi eng asosiy masalalardan biridir bu, o‘quvchi, tarbiyalanuvchi obyektini, tarbiya maqsadini amalga oshirishda faol ishtirokchiga, ya’ni o‘zaro ta’sir tizimini yuzaga keltiruvchi subyektga aylantirish bo‘lib qolmog‘i lozim. Bu jarayon, asosan, shaxs kelajak hayotini ijtimoiylashtirish, uning shaxsiy ehtiyojlarini jamiyat ehtiyoji bilan bog‘lay olish, uning mohiyatini anglab yetish orqali amalga oshirish mumkin.

Haqiqiy o‘qituvchi pedagogik faoliyatning asosiy komponentlari (maqsad, vosita, obyekt, subyekt)ni tushuna borib boshqarishni bilishi, maqsadlarni aniqlay olishi, subyektni faollashtirishning zarur vositalarini tanlab olishi kerak. Lekin qanday qilib? Qaysi o‘ziga xos shaxsiy qobiliyatlar, ichki imkoniyatlar hisobiga? O‘z shaxsining nimasiga tayanib aytilganlarni amalga oshiradi?

Biz bu yerda pedagogik mahoratni shaxsiy faoliyat nuqtai na-zaridan tushunishga harakat qilamiz hamda uni kasbiy faoliyatni tashkil etishni yuqori saviyada amalga oshirilishini ta’minlaydigan shaxsiy kompleks xususiyatlar yig‘indisi degan tushuncha nuqtai nazaridan yondashishga harakat qilamiz. Bunday muhim xususiyatlarga faoliyatning insonparvarlik yo‘nalishi, o‘z kasbiy bilimi, pedagogik qobiliyati va pedagogik texnika kiradi. Bu tarifda biz uchun eng muhimi quyidagilardir.

Birinchidan: pedagogik mahorat - shaxs tuzilishida bu o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizim bo‘lib, bu o‘rinda sistema bunyod etuvchi omil bo‘lib insonparvarlik yo‘nalishi hisoblanadi. Chunki uning faoliyati pedagogik jarayonni, ijtimoiy tuzum talabi darajasida yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Ikkinchidan: pedagog kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, uning chuqur, tushunib, anglab etadigan pedagogik bilim muhim hisoblanadi. Yo‘naltirilgan kasbiy bilim, yaxlit o‘z - o‘zini tashkil etuvchi yuqori kasbiy faoliyat asosini tashkil etadi.

Uchinchidan: pedagogik qobiliyat, pedagogik mahoratning tezroq takomillashuvini ta’minlaydigan omildir.

To‘rtinchidan: bilim va qobiliyatga tayanadigan texnika, barcha vositalarni maqsad bilan mustahkam bog‘lashga yordam beradi va bu bilan pedagogik faoliyat strukturasini kengaytiradi.

Shunday qilib, pedagogik mahorat tizimida yuqoridagi barcha elementlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda, uning tashqi ta’sir yordamida o‘sishigina emas, balki o‘z-o‘zini rivojlantirishga ham asos bo‘la oladi. Muvaffaqiyatning muhim sharti qobiliyat yaxlitlik beruvchi vosita: yo‘naltiruvchanlik va natijaning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi pedagogik texnika hisoblanadi.


3. Kasbiy ma’naviyatga ega xodim deganda siz qanday xodimni tushunasiz?

Pedagogikada kasbiy ma’naviyat, pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, O‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o‘rganish jarayonida tarkib topadi. Yosh o‘qituvchilarning, shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi.

Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud.

Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘-e’tiborini oshiradi, o‘quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.

Pedagogning ishida ma’naviyat muomalaning turli bosqichlarida uning emotsional kayfiyati: faoliyatga hozirlik ko‘rish jarayonida, uni amalga oshirish davrida, munosabat amalga oshgandan keyingi his qilanadigan sezgilarda va kechinmalarda muhim rol‘ o‘ynaydi. Shu tariqa biz kasbiy pedagogik munosabatni amalga oshirish uchun juda muhim bo‘lgan pedagogning psixik holatlari va ularni faoliyati hamda munosabati jarayonida boshqarish muommasiga yaqinlashib kelayapmiz. Kasbiy pedagogik munosabat jarayonida ijobiy kayfiyatni boshqarish muammolari nihoyatda muhimdir. Darsaga bo‘lgan psixologik rag‘bat, guruh bilan bo‘ladigan munosabatga rag‘bat, o‘zaro fikr almashish ilhomi degan ilhomning vujudga kelishi va amalga oishirilishi murakkab jarayondir. Dastlab pedagogning mustaqil psi hologik yo‘l tutishi asosida, uning pedagogik ishga munosabati uni jalb qiladigan bo‘lajak faoliyati materialiga munosabati natijasida, talabalar bilan bo‘ladigan munosabatidan qoniqishini oldindan his qilish asosida vujudga keladigan ilhom guruh bilan bevosita o‘zaro hamkorlik qilish paytida huddi ana shu bevosita aloqaga muhtoj bo‘ladi, bevosita muomala asosida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Pedagogning talabalar bilan munosabati ijodiy kayfiyati pedagogning ijodiy individualligining o‘ziga hosligi, talabalar jamoasining hususiyatlari, faoliyat sharoitlari va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p qirrali jarayondir. Pedagogning munosabatidagi kayfiyati pedagogik ta‘sir ko‘rastishning ob‘ektlari – sub‘ektlari bo‘lgan talabalarning ijodiy kayfiyati bilan ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Buning ustiga pedagogning mustaqil psixologik yo‘l tutishi asosida vujudga keladigan ijodiy kayfiyat uning guruh bilan uzviy hamkorligi paytida aynan talabalar bilan bo‘ladigan munosabatga bog‘liqdir. Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o`qituvchilar o`z kasbiy ma’naviyatini oshirish maqsadida o`quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur. Ta`lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o`qituvchi va o`quvchilarning bevosita o`zaro munosabatini ma`lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo`naltiruvchi kuchdir.


Download 198,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish