1. Turli tarixiy davrlarda jamiyatning qanday tarbiyaviy ideallari kuzatilgan?



Download 198,42 Kb.
bet38/43
Sana16.01.2022
Hajmi198,42 Kb.
#374025
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
YaN variantlari kasbiy ma'naviyat

34-variant

  1. Turli xalq, millatlar madaniyatining o‘zaro ta’siri qanday sodir bo‘ladi?

Madaniyatlar o‘zaro ta’sirining turli darajalari farqlanadi. O‘zaro ta’sirning etnik darajasi mahalliy xalqlar, tarixiy-etnografik, etnokonfessial va boshqa hamjamiyatlar o‘rtasidagi munosabatlarga xosdir. O‘zaro ta’sirning milliy darajasida boshqaruv vazifalari ko‘proq davlatning siyosiy strukturalari tomonidan bajariladi. O‘zaro ta’sirning sivilizatsiya darajasi o‘z-o‘zidan yuz

beradigan tarixiy shakllarga ega bo‘ladi; biroq mazkur darajada ilgari bo‘lgani kabi hozirda ham ma’naviy, badiiy va ilmiy yutuqlarni almashish natijalari ko‘proq ahamiyat kasb etadi.Dunyo mamlakatlari va xalqlarining kundalik muloqot amaliyotida ko‘pincha har uchchala darajaga ham xos bo‘lgan jarayonlar va munosabatlarning kesishishi kuzatiladi. Madaniyatlararo aloqalarda, ayniqsa, ko‘pmillatli davlatlar ichida bir paytning o‘zida etnik tarkibni boshqaradigan ma’muriy-davlat shakllariga ega bo‘lgan va bunday shakllarga ega bo‘lmagan katta va mayda millatlar ishtirok etadi. Bunda son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etadigan va madaniy jihatdan shakllangan xalqlar mayda millatlarga nisbatan o‘zaro aloqa

jarayoniga ko‘proq ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shunga ko‘ra, tadqiqotchilar donor-madaniyat (ko‘proq berib, kamroq oladigan) va retsipiyentmadaniyat (asosan qabul qiladigan madaniyat)ga ajratishadi. Tarixiy davrlarning

muayyan bosqichida mazkur rollar o‘zgarishi mumkin. Madaniyatlarning o‘zaro ta’sirida uning strukturasi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zaro ta’sirning qadimiy va keng tarqalgan shakllaridan biri xo‘jalik texnologiyalari, mutaxassislar almashinuvidir; o‘zaro ta’sirning barqaror shakli davlatlararo munosabatlar, siyosiy va huquqiy aloqalar hisoblanadi. Madaniyatlarning o‘zaro ta’siri natijasida o‘zaro aloqadagi xalqlarning tilida, badiiy yoki diniy amaliyotida, shuningdek, urf-odatlarida o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Madaniyatlar o‘zaro ta’sirining shakllari va tamoyillari farqlanadi. Tarixan

o‘zaro ta’sirning do‘stona, ixtiyoriy (bunday holatlarda o‘zaro aloqa teng hamkorlikka asoslanadi) hamda zo‘rlash, mustamlakaga aylantirish, harbiy yo‘l bilan bosib olishga (bunday holatlarda o‘zaro aloqa bir tomonlama manfaatga asoslanadi) asoslangan shakllari ma’lum. Xalqaro aloqalar amaliyoti alohida ahamiyat kasb etadi. Turli mamlakatlar

orasidagi madaniyatlararo aloqalarni boshqaradigan siyosiy shaklning faoliyatijarayonida maxsus tashkilotlar va uyushmalar (masalan: BMT, YUNESKO) tomonidan maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yiladi. Madaniyatlararo muloqot mohiyatan maxsus vaziyatdagi shaxslararo kommunikatsiya bo‘lib, u bir ishtirokchi boshqa ishtirokchining madaniy farqini sezganda yuzaga chiqadi. Bunday muloqot turli madaniyatlardagi har qanday insonga xos bo‘lgan farqli umidlar va ishonchlar bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Madaniyatlararo muloqot madaniyat farqlari ko‘rinib turgan individlar va guruhlar orasidagi ramziy o‘zaro munosabat jarayoniga asoslanadi. Ushbu farqlarning qabul qilinishi va ularga munosabat bildirilishi muloqotning ko‘rinishi, shakli va natijasiga ta’sir ko‘rsatadi. Madaniyatlararo muloqot jarayoniga madaniyat farqlari bilan birga, muloqotchilarning yoshi, jinsi, kasbi, va ijtimoiy maqomi, shuningdek, uning sabr-bardoshi, uddaburonligi va shaxsiy tajribasi ham ta’sir ko‘rsatadi. Demak, madaniyatlararo muloqot turli madaniyat vakillari orasidagi o‘zaro aloqa, muloqotdir. Madaniyatlararo muloqot kommunikativ aktning farqli madaniyatlarga tegishli bo‘lgan ikki ishtirokchisining o‘zaro bir-birini tushunishidir.


2. Shaxsning intellektual rivojlanishida turli xil muloqot turlari qanday rol o‘ynaydi?

Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.

«Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.

Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.

Insonning nutq faoliyati inson ongining barcha qirralari bilan chambarchas bog‘langan. Nutq – inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining qudratli omilidir. Nutq ta’siri ostida qarashlar, e’tiqodlar, intellektual, ma’naviy va estetik hissiyotlar tarkib topadi, iroda va fe’l-atvor shakllanadi. Nutq yordamida barcha bilishga oid psixik jarayonlar erkin va boshqariladigan tus oladi. SHunday ekan, nutq – bilishga oid psixik jarayon bo‘lib, inson tomonidan talaffuz qilinayotgan va eshitib turilgan tovushlar uyg‘unligidan iborat, ayni vaqtda shu tovushlarga mos yozuv belgilari tizimi orqali ifodalangan ma’no va mazmunga ega.

Til – shartli belgilar tizimi bo‘lib, ularning yordamida odamlar uchun muayyan ma’noga va mazmunga ega bo‘lgan tovushlar yig‘indisi uzatiladi.

Nutqda alohida insonning ruhiyati ifoda topadi. Nutq xususiy jihatdan alohida shaxsga xos bo‘lib, unda alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa hamma uchun bittadir.

Nutq orqali bildirilgan ishoralar yordamida muayyan predmet, harakat, holat va h.k. ifodalanadi. So‘z esa, predmet yoki hodisa to‘g‘risidagi tasavvur bilan bog‘liq.

Umumlashtirish funksiyasi har bir so‘z umumlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan bog‘liq, bu esa tafakkurning yuzaga chiqishiga imkon yaratadi. Fikr almashuv, ya’ni muloqot muayyan ma’lumotlarni, fikrlarni, tuyg‘ularni odamlar bir-birlariga etkazib berishdan iborat bo‘lgan jarayondir.

Inson nutqining aniqligi cheklangan miqdordagi nutqiy belgilar – turli murakkablikdagi tarkibiy qismlar (tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar va gaplar) yordamida insonning cheksiz-chegarasiz turli-tuman fikrlarini, maqsadlarini va tuyg‘ularini ifodalash imkonini beradi.

Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir.

Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin.

Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘payadi. Ularga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, ahloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi.

Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi.

Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi.

Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi.

Muloqotning kommunikativ-axborotli tomoni tasavvurlar, g‘oyalar, qiziqishlar, hissiyotlar, mayllar va sh.o‘.lari turlicha bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi almashinuvdan iborat.

Muloqotning emotiv tomoni sheriklarning shaxsiy aloqalaridagi his-tuyg‘ular, kayfiyatning vazifa bajarishlari bilan bog‘liq.

Muloqotning konativ (hulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga etkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari sifatida ta’riflash mumkin.

3. Ijtimoiy ongni manipulyatsiya qilish, milliy-ma’naviy qadriyatlarni yemirish, mentalitetga mutlaqo yot bo‘lgan madaniyatlarni targ‘ib etish.

Inson psixologiyasi nihoyatda murakkab, uning muhim qismini xayolot olami tashkil qiladi. Shunday ekan odam bir vaqting o‘zida ikki parallel olamda yashaydi: real hayotda va tasavvurlar dunyosida. Shunisi qiziqki, insonning aynan xayoliy dunyosiga tashqaridan osonlikcha ta'sir ko‘rsatish mumkin. Muhimi shundaki, bu ta'sir doim yashirin xarakterga ega bo‘lib, insonning o‘zi buni ko‘pincha payqamaydi. Bu jarayonni manipulyatsiya mexanizmi boshqaradi.

Buni hayotiy misollar yordamida izohlashga harakat qilamiz. Agar ko‘cha-ko‘yda kimdir bizdan “A” obektga borish yo‘lini so‘rasayu, biz unga “V” obektga bo‘lgan yo‘lni ko‘rsatib yuborsak, bu manipulyatsiya hisoblanmaydi, bu shunchaki yolg‘on ma'lumot berish bo‘ladi. Bu holat manipulyatsiya hisoblanishi uchun, biz o‘sha odamning ongostiga qandaydir yashirin yo‘llar bilan ta'sir ko‘rsatib, uning o‘z xohishi bilan “V” obektga borishiga erishishimiz kerak. Zotan, manipulyatsiya bu ong ustidan hukmronlik o‘rnatish bo‘lib, unda inson ruhiyati, hatti-harakatlari va dunyoqarashiga ta'sir ko‘rsatiladi. Ommaviy axborot vositalari faoliyatida qo‘llanilishi nuqtai nazaridan, manipulyatsiyani inson tafakkuri ustidan nazorat o‘rnatish deya baholash mumkin.

Manipulyatsiya mexanizmi ishga tushishi uchun soxta reallik yaratiladi, mana shu nuqtada manipulyatorga ommaviy axborot vositalari yordamga kelishi mumkin. Gap shundaki, ommaviy axborot vositalari auditoriyaga ma'lumot shaklidagi tayyor xulosalarni uzatadi, keyinchalik esa bu qarashlar odamlar tomonidan shaxsiy xulosalari sifatida o‘zlashtiriladi. Odamlar manipulyator tomonidan da'vat etilgan o‘sha hatti-harakatlarni amalga oshirganda buni hatto payqamaydi ham, negaki bularning barchasini o‘z xohish-irodalari bilan bajarayotganlik tasavvuri ularga allaqachon singdirilgan bo‘ladi.

Manipulyatsiya - bu shaxsga zulmdir, inson o'zi qo'lga kiritmoqchi bo'lgan narsaga (bilim, tajriba, moddiy boylik) ishonmoqchi bo'lganligi sababli, zulmga "o'zlari ishonmoqchi bo'lgan yolg'on" orqali erishish mumkin.

Bugungi dunyo voqeliklari – manipulyatsiyaning yaqqol ko‘rinishidir, biroq bu alohida shaxslar ongiga ta'sir ko‘rsatish emas, butun bir millatlar, jamiyatlar ongiga ta'sir ko‘rsatishdir. Odamlarga ularning qadriyatlari va qarashlariga mohiyatan zid bo‘lgan soxta maqsadlar osonlikcha singdirilmoqda. Muammo shundaki, auditoriyaning aksar qismi o‘zi qabul qilayotgan axborot oqimini tahlil qilish, juda bo‘lmaganda, o‘sha ma'lumotlarning to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini tekshirib ko‘rishni istamaydi. Axir axborotni shunchaki qabul qilish unga baho berish, tanqidiy nazar solishdan ancha osonroqdir. Bu – ma'lumotlarning muvaffaqiyat qozonishini ta'minlab turadigan asosiy jihatdir.

Manipulyatsiya jarayonida ikkita qarama-qarshi tomon ishtirok etadi: manipulyatsiyani amalga oshiruvchi – manipulyatsiyaning sub'yekti hamda manipulyatsiya qaratilgan shaxs – manipulyatsiyaning obekti. Manipulyatsiyaning sub'yekti manipulyator deb ham yuritiladi. Manipulyatsiyaning obekti esa individ yoki omma ongi bo‘ladi. Aksariyat rus olimlari, S.Kara-Murzaning manipulyatsiya haqidagi qarashlarini qo‘llab-quvvatlagan holda G‘arb, xususan Amerika OAVni “ongni zaharlovchi mashina”, “ruhiy terror vositasi” kabi ta'riflar bilan yonma-yon qo‘yadi, auditoriyani esa axborotni passiv qabul qiluvchi kishilar uyushmasidan iborat, deb hisoblaydi: “Muvaffaqiyatli manipulyatsiyaning birinchi (ehtimol asosiy) sharti shundaki, ko‘p hollarda fuqarolarning aksariyati xabarlarning to‘g‘riligidan shunchaki shubhalanish uchun na ruhiy va aqliy quvvati, na vaqtini sarflagisi keladi. Chunki, passiv ravishda axborot “oqimi” bilan birga “suzish”, har bir signalni tanqidiy nuqtai nazardan qabul qilishga qaraganda ancha oson”.

Mushtarak aytganda, ommaviy axborot vositalari yordamida jamoatchilik fikri ustidan doimiy ravishda nazorat o‘rnatib borish mumkin. Bu jarayonlar avvaldan mavjud bo‘lib kelgan. Biroq bugungi globallashuv davrida OAVning manipulyator sifatidagi imkoniyatlari yanada kengaydi. Manipulyativ mexanizmlar axborot urushlarining ajralmas qismiga aylanib ulgurgani har bir rivojlangan mamlakatda bu mavzuga oid ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilishini taqozo qilmoqda.

Milliy ma’naviyat, avvalo tarixiy hodisadir. Ushbu kunda bir yilda balki hatto bir asrda ham mukammal shakllanmaydi. Markaziy Osiyo xalqlari tarixining ibtidosi asrlar qa’riga singib ketgan bo’lib, ularning necha ming yillik ma’naviy kamolot pilla-poyalarini bosib o’tganligini aniqlash bugun uchun murakkab muammodir. Ammo milliy ma’naviyat tarixi bilan siyosiy –ijtimoiy, hatto madaniy hayot tarixi orasida muhim farqli jihatlar mavjud. Avvalo milliy ma’naviyat tarixi millatning ma’naviy takomil jarayoni bilan bog’liq. Unda ba’zan asrlar kunlarga va aksincha, kunlar asrlarga teng bo’lishi mumkin. Milliy ma’naviyat kamolot zamonda, ya’ni millatning butun tarixi davomida yuz beradi, ammo u ba’zan muddat bilan yuksalib borsa, ba’zan esa ma’lum darajada tanazzulga yuz tutishi ham mumkin. Bir narsa ayonki, tarix hodisalari, shaxslar, voqealar o’tib ketadi.

Moddiy madaniyat unsurlari yemiriladi: ma’naviyat esa yuksalib, boyib, tobora kengroq ko’lam va teranroq mazmun kasb etib boraveradi. Millatning aksariyati ma’naviy tanazzulga yuz tutgan fojeiy sharoitlarda ham milliy ma’naviyat yo’qolmaydi, ko’lam va mazmunda o’zi yetishgan kamolot bosqichini yo’qotmaydi.

Bugungi globallashuv davrida Internet tizimi orqali mentalitetimizga mutlaqo yot mafkura va dunyoqarashni yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirishga urinayotganlar borligi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, xatarlidir. Zero, mafkuraviy xurujlar, avvalo, yoshlarning ongini zaharlashga qaratilgan bo‘lib, «ommaviy madaniyat» deb atalayotgan illat xalqimizning ma’naviy boyligi bo‘lgan odob-axloq, ibo, or-nomus, iroda, sharm-hayo, iffat-andisha kabi fazilatlarimizni nursizlantirib, ko‘p ming yillik milliy qadriyatlarimizga putur yetkazmoqda. O‘zbekiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan yutuqlarning negizida turgan asosiy omil insondir. Buyuk ma’rifatparvar «Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir» degan so‘zlari» bir asr avval millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarblik kasb etgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.

Axborot globallashuvi jarayonida milliy axborot makonini shakllantirish, himoya qilish va uni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish har bir davlatning strategik manfaatlari bilan hamohang bo‘lgan ustuvor vazifalari sirasiga kiradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanish sur’atining yanada oshirilishi esa axborot almashinuvi sohasida cheksiz imkoniyatlar yaratadi. Bu, o‘z navbatida, dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonning ham ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biriga aylangan.


Download 198,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish