1. Turkiyada Yosh turklar tashkiloti va uning faoliyati. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Arab davlatlari



Download 88 Kb.
Sana20.02.2021
Hajmi88 Kb.
#59493
Bog'liq
9-ВАРИАНТ


9-ВАРИАНТ

1.Turkiyada Yosh turklar tashkiloti va uning faoliyati.

2. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Arab davlatlari.

3. XX asr boshlarida Janubiy Afrika

1.Yosh turklar — 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Usmonli turk imperiyasidagi inqilobiy harakat qatnashchilari, "Ittihod va taraqqiy" partiyasi aʼzolari. Yosh turklar (ular dastlab oʻzlarini Yangi usmonlilar deb atashgan)ning asosiy maqsadi sulton Abdulhamid II (1842— 1918)ning istibdodini konstitutsion tuzum bilan almashtirish, Turkiyada ajnabiylar hukmronligiga qarshi kurash va demokratik jamiyat qurish boʻlgan. Ziyo Goʻkalp (1876—1924) Yosh

turklarning asosiy mafkurachisi edi. Yosh turklar mamlakatda norozilik mitinglari va namoyishlarni doimiy ravishda oʻtkazib turgan. Abdulhamid II ularga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1908 yil sultonlikka qarashli Makedoniyada Yosh turklarning taʼsiri nihoyatda kuchaydi, ularning tashkilotiga 15000 kishi aʼzo boʻldi. Bu paytda Makedoniyada ijtimoiy-siyosiy va etnik vaziyat ham ancha keskinlashgan edi. 1908 yil 3 iyulda Resne sh.da leytenant Ahmad Niyoziy rahbarligida partizan otryadlari, 6 iyulda mayor Anvarbey (qarang Anvar Posho) boshchiligida askarlar sulton zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi. Oradan koʻp oʻtmay bu inqilobga

Makedoniyadagi turk harbiy qismlari qoʻshildi. Yosh turklarning Salonikidagi "Ittihod va taraqqiy" qoʻmitasi unga rahbarlik qildi. 23 iyulda Yosh turklarning inqilobchi otryadlari Makedoniyaning Saloniki, Monastir va boshqalar shaharlariga tantanali ravishda kirib keldi. Inqilob tez orada mamlakatning Sinop, Trabzon, Diyorbakr, Badlis, Izmir kabi markaziy shaharlariga ham tarqaldi. 24 iyul kechqurun sulton Abdulhamid II Turkiyada 1876 yildagi Konstitutsiyani qayta tiklash va parlamentga saylov oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmonni imzolashga majbur boʻldi. Mamlakatda Yosh turklar inqilobi gʻalaba qozondi. Turkiyada demokratik erkinliklar

oʻrnatildi, 40000 siyosiy mahbus ozod qilindi, siyosiy muhojirlarga oʻz vataniga qaytish uchun ruxsat berildi. Saltanatdagi barcha fuqarolar teng huquqli usmonlilar deb eʼlon etildi, koʻplab gazeta va jurnallar chiqarildi. Biroq 1909 yil aprelda Abdulhamid II Gʻarb davlatlarining yordamiga tayanib, istibdod siyosatini qayta oʻrnatdi. Makedoniyadan chaqirilgan armiya yordamida aksilinqilob tez orada bostirildi. Ammo 27 aprelda Abdulhamid II taxtdan tushirilib, Yosh turklar Muhammad V Rashidni (hukmronligi: 1909—18) sulton deb eʼlon qildilar. Hokimiyatda asosiy oʻrinni Yosh turklarning yoʻlboshchilari Talʼat Posho, Anvar Posho, Jamol Posho

egallay boshladi. ItaliyaTurkiya urushi (1911 —12)da Turkiya yengilgach, 1911 yilda ittihodchilardan ajralib chiqqan muxolifatdagi "Hurriyat va iʼtilof" jamiyati bundan foydalanib, 1912 yil hokimiyatni egalladi. Lekin 1913 yil yanvarda boʻlgan harbiy toʻntarish natijasida Turkiyada yana Yosh turklar hokimiyati toʻliq oʻrnatildi. Talʼat Posho, Anvar Posho, Jamol Poshodan iborat triumvirat (uchlik) hokimiyatni boshqara boshladi. Ular turkchilik va islomchilik siyosatini izchil davom ettirib, tashqi faoliyatda Germaniyaga yaqinlashdilar. Turkiya Germaniya tomonida turib Birinchi jahon urushtz. tortildi. Turkiya Iroq, Hijoz va Misrda Angliyaga qarshi, Kavkaz va

Eronda Rossiyaga qarshi jang harakatlarini olib bordi. Turkiya urushda yengilgach, Yosh turklar hukumati isteʼfoga chiqdi. Jamol Posho va Anvar Posho keyinchalik Turkistonga kelishdi. Yosh turklar faoliyati taqiklandi. Yosh turklar

Yosh turklar — 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Usmonli turk imperiyasidagi inqilobiy harakat qatnashchilari, "Ittihod va taraqqiy" partiyasi aʼzolari. Yosh turklar (ular dastlab oʻzlarini Yangi usmonlilar deb atashgan)ning asosiy maqsadi sulton Abdulhamid II (1842— 1918)ning istibdodini konstitutsion tuzum bilan almashtirish, Turkiyada ajnabiylar hukmronligiga qarshi kurash va demokratik jamiyat qurish boʻlgan. Ziyo Goʻkalp (1876—1924) Yosh

turklarning asosiy mafkurachisi edi. Yosh turklar mamlakatda norozilik mitinglari va namoyishlarni doimiy ravishda oʻtkazib turgan. Abdulhamid II ularga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1908 yil sultonlikka qarashli Makedoniyada Yosh turklarning taʼsiri nihoyatda kuchaydi, ularning tashkilotiga 15000 kishi aʼzo boʻldi. Bu paytda Makedoniyada ijtimoiysiyosiy va etnik vaziyat ham ancha keskinlashgan edi. 1908 yil 3 iyulda Resne sh.da leytenant Ahmad Niyoziy rahbarligida partizan otryadlari, 6 iyulda mayor Anvarbey (qarang Anvar Posho) boshchiligida askarlar sulton zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi. Oradan koʻp oʻtmay bu inqilobga

Makedoniyadagi turk harbiy qismlari qoʻshildi. Yosh turklarning Salonikidagi "Ittihod va taraqqiy" qoʻmitasi unga rahbarlik qildi. 23 iyulda Yosh turklarning inqilobchi otryadlari Makedoniyaning Saloniki, Monastir va boshqalar shaharlariga tantanali ravishda kirib keldi. Inqilob tez orada mamlakatning Sinop, Trabzon, Diyorbakr, Badlis, Izmir kabi markaziy shaharlariga ham tarqaldi. 24 iyul kechqurun sulton Abdulhamid II Turkiyada 1876 yildagi Konstitutsiyani qayta tiklash va parlamentga saylov oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmonni imzolashga majbur boʻldi. Mamlakatda Yosh turklar inqilobi gʻalaba qozondi. Turkiyada demokratik erkinliklar

oʻrnatildi, 40000 siyosiy mahbus ozod qilindi, siyosiy muhojirlarga oʻz vataniga qaytish uchun ruxsat berildi. Saltanatdagi barcha fuqarolar teng huquqli usmonlilar deb eʼlon etildi, koʻplab gazeta va jurnallar chiqarildi. Biroq 1909 yil aprelda Abdulhamid II Gʻarb davlatlarining yordamiga tayanib, istibdod siyosatini qayta oʻrnatdi. Makedoniyadan chaqirilgan armiya yordamida aksilinqilob tez orada bostirildi. Ammo 27 aprelda Abdulhamid II taxtdan tushirilib, Yosh turklar Muhammad V Rashidni (hukmronligi: 1909—18) sulton deb eʼlon qildilar. Hokimiyatda asosiy oʻrinni Yosh turklarning yoʻlboshchilari Talʼat Posho, Anvar Posho, Jamol Posho

egallay boshladi. ItaliyaTurkiya urushi (1911 —12)da Turkiya yengilgach, 1911 yilda ittihodchilardan ajralib chiqqan muxolifatdagi "Hurriyat va iʼtilof" jamiyati bundan foydalanib, 1912 yil hokimiyatni egalladi. Lekin 1913 yil yanvarda boʻlgan harbiy toʻntarish natijasida Turkiyada yana Yosh turklar hokimiyati toʻliq oʻrnatildi. Talʼat Posho, Anvar Posho, Jamol Poshodan iborat triumvirat (uchlik) hokimiyatni boshqara boshladi. Ular turkchilik va islomchilik siyosatini izchil davom ettirib, tashqi faoliyatda Germaniyaga yaqinlashdilar. Turkiya Germaniya tomonida turib Birinchi jahon urushtz. tortildi. Turkiya Iroq, Hijoz va Misrda Angliyaga qarshi, Kavkaz va

Eronda Rossiyaga qarshi jang harakatlarini olib bordi. Turkiya urushda yengilgach, Yosh turklar hukumati isteʼfoga chiqdi. Jamol Posho va Anvar Posho keyinchalik Turkistonga kelishdi. Yosh turklar faoliyati taqiqlandi.

2. Arab davlatlari uyushmasi – 1945 yilda arab davlatlari siyosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish, ular mustaqilligi va suverenitetini himoya qilish, iqtisodiy, ijtimoiy hamda ma-daniy aloqa sohalarida hamkorligini rivojlantirish maqsadida tuzilgan mintaqaviy tashkilot. Arab davlatlari uyushmasi u.ga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning mustaqil arab mamlakatlari uyushgan. Arab davlatlari uyushmasi u. tashki-lotchilari – Misr, Suriya, Iroq, Iorda-niya, Livan, Saudiya Arabistoni va Yaman Respublikasidir. Keyinroq Arab davlatlari uyushmasiga Jazoir, Bahrayn, Jibuti, Quvayt, Liviya, Mavritaniya, Marokash, Qatar, Somali, Sudan, Tunis, Birlashgan Arab Amirli-klari, Yaman Xalq Demokratik Respubli-kasi, shuningdek Falastin Ozodlik Tash-kiloti a’zo bo‘ldi.Arab davlatlari uyushmasi u.ning rahbar organi – Kengash (Majlis) hisoblanadi, uning tarkibiga har a’zo mamlakatdan bitta vakil kiri-tiladi. Kengash o‘z majlislarini bir yilda ikki marta o‘tkazadi. Hamma a’zolar uchun majburiy qarorlar faqat yakdil ovoz bilan qabul qilinadi. Ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilingan qarorlar bularni qo‘llabquvvatlab ovoz bergan mamla-katlar uchungina majburiydir. Kengash huzurida bir necha doimiy ishchi qo‘mita va qator ixtisoslashgan tashkilotlar tuzilgan, ular iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik masalalari bilan shug‘ullanadi, umumiy loyiha va dasturlar ustida ish-laydi. Arab davlatlari uyushmasi u. Kotibiyatini Bosh kotib boshqaradi. Arab davlatlari uyushmasi uboshqaruv idorasi Qohira (Misr)da joylashgan. Arab davlatlari uyushmasi u. BMT huzuridagi kuzatuvchi tashkilot mavqeiga ega. 1960–70 yillarda Arab davlatlari uyushmasi u. a’zolarining soni ko‘paydi, ularni iqtisodiy qudrati mustahkamlanib, umumiqtisodiy va siyosiy manfaatlari kuchaydi. Shu tu-fayli Arab davlatlari uyushmasi u. doirasida arab davlatlari hamkorligi kengaydi. Uyushmaning umu-marab bozori, Arab Taraqqiyot banki, arablararo o‘quv yurtlari, Narkotiklarga qarshi kurash olib boruvchi arab byurosi va "Arab press" axborot byurosini tu-zish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqildi.

3. Janubiy Afrika Respublikasi aholisining qad. va oʻrta asrlarga oid tarixi kam oʻrganilgan. Janubiy Afrika Respublikasining qad. aholisi gottentot (koykoin)lar, bushmen (san)lar va keyinchalik bu yerga kelib oʻrnashgan bantu xalqlaridir. Arxeologik qazishlar (topilgan oltin va boshqa buyumlar)dan maʼlum boʻlishicha, Transvaal hududi (milodiy 1-ming yillik)da madaniyat Tarixi

yuqori boʻlgan, temir, mis va boshqa metallar eritilgan.

17-asr 50-yillarida Gollandiyaning OstIndiya kompaniyasi Janubiy Afrika Respublikasida Kap manzilgohini tuzdi. Manzilgoh hududi sekin-asta kengaya bordi. Golland va fransuz kelgindilari — burlar (keyinchalik oʻzlarini afrikanerlar deb atashgan) mahalliy aholini boʻsh yerlarga siqib chiqarib, quldorlik xoʻjaliklarini tuzdi. Bu xoʻjaliklarda mahalliy aholi va Gʻarbiy Afrika, Madagaskar, Osiyoning turli davlatlaridan keltirilgan qullar mehnat qildi. Janubiy Afrika Respublikasi mahalliy aholisining mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashi

17-asrdayoq boshlanib, 1870—80 yillarda kuchaydi. 1838, 1879 va 1906 yillardagi zulu xalqining urushi va qoʻzgʻolonlari, basutolarning 1880 yilgacha davom etgan qurolli harakatlari Afrika xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashida eng muhim tarixiy voqealardan hisoblanadi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Buyuk Britaniya Kap manzilgohini bosib oldi. Ingliz xukumatining zulmi burlarni Kap manzilgohidan shimolga — kosa, zulu, basuto, botsvan va boshqa bantu xalqlari yerlariga kirib borishga majbur qildi. 19asr 50-yillarida bur respublikalari — Janubiy Afrika Respublikasi (Transvaal) va Ozod Oranj davlati tuzildi.

19-asr 60-yillari oxiri va 80-yillari oʻrtalarida Janubiy Afrikada olmos konlari topilgach, inglizlar bantu xalqlarining mustaqil qududlarini shafqatsizlik bilan tortib ola boshladi. 1899—1902 yillardagi inglizburlar urushidan keyin bur respublikalari Angliya qoʻl ostiga oʻtdi. 1910 yilda esa Britaniya imperiyasining dominioni boʻlgan Janubiy Afrika Ittifoqi (JAI) tuzildi.

Janubiy Afrikada olmos va oltin konlarining ochilishi bilan jamiyatning ijtimoiy tarkibi keskin oʻzgardi: ishchilar va sotsialistik harakatlar paydo boʻldi. 19asrning 40—50-yillarida kasaba uyushmalarining birinchi tashkilotlari

tuzildi. 80-yillarga kelib, ular yevropalik ishchilarning yirik kasaba uyushmalariga aylandi.

1912 yil hukumatning aparteid siyosatiga qarshi Afrika milliy kongressi (Sahroi Kabirdan janubda yashovchi afrikaliklarning eng yirik tashkiloti) tuzildi. 1-jaort-Shepeto HIND OKEANI hon urushida JAI Buyuk Britaniya tomonida ishtirok etdi. Urushdan soʻng Germaniya Janub-Gʻarbiy Afrika (Namibiya)ni boshqarish uchun Millatlar Ittifoqi mandatini oldi.

JAIda ishchi va milliy ozodlik harakati avj oldi. Oq tanli ishchilar va afrikaliklarning yirik ish tashlashlari boshlandi. 1920 yil

boshlarida afrikalik konchilarning birinchi umumiy ish tashlashi (70 mingdan oshiq kishi), 1922 yil martda oq tanli konchilarning qurolli qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi.

Ikkinchi jahon urushida JAI gitlerchilarga qarshi koalitsiya tomonida qatnashdi, ammo afrikanerlarning ashaddiy millatchilari fashist Germaniyasi bilan hamkorlik qilishdi.

Urushdan soʻng Janubiy Afrika Respublikasining Yevropadagi davlatlar bilan aloqasi kuchaydi. Hokimiyat Millat partiyasi qoʻliga oʻtgach (1948), mamlakatda reaksiya kuchaydi. Bu partiya rahbarlaridan D. F. Malan (1948

54), I. G. Streydom (1954-58), X. F . Fervurd (1958—66), B. Forster (1966—79) va P. Bota (1980—89) davrida terror va irqiy kamsitish kuchaydi. Partiyaning aparteid siyosati tufayli afrikaliklar, metislar, indeyslar hayoti yanada ogʻirlashdi. 1961 yil 31 mayda JAI hukumati „oq tanli“lar oʻrtasida referendum oʻtkazib, mamlakatni Janubiy Afrika Respublikasi deb eʼlon qildi.



Aparteid siyosatiga qarshi kurash 1980yillarda ayniqsa kuchaydi. Hukmron Millat partiyasi hukumati irqchilik qonunlarini bekor qilishga majbur boʻldi, siyosiy partiyalarning, shu jumladan Afrikaliklar Milliy Kongressi faoliyatiga

ruxsat berildi. 1991 yilda parlament turar joylarda va yer egaligida irqiy ayrimachilikni bekor qildi. 1994 yilda muvaqqat konstitutsiya kuchga kirdi. Shu yil aprelda Milliy assambleyaga koʻp irqli saylov boʻldi. Afrikaliklar Milliy Konfessi raisi N. Mandela Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti etib saylandi. 1999 yildan prezident T. Mbeki. Janubiy Afrika Respublikasi — 1945 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27 aprel — Ozodlik kuni (1994). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 12 avgustda oʻrnatgan
Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish