1. Turizm – iqtisodiy taraqqiyot omili Qashqadaryo viloyatining geografik o’rni



Download 51,46 Kb.
bet1/4
Sana04.03.2022
Hajmi51,46 Kb.
#482597
  1   2   3   4
Bog'liq
Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirishning xududiy jihatlari 2


Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirishning xududiy jihatlari
Mundarija:
Kirish
Asosiy qism
1. Turizm – iqtisodiy taraqqiyot omili
2. Qashqadaryo viloyatining geografik o’rni
3. Hududlаrdа turizmni innоvаtsiоn rivоjlаntirishdа klаstеrlаrning аhаmiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimizda turizm industriyasini yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni, Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 
Mazkur hujjatlar ijrosiga Qashqadaryo viloyatida ham alohida e’tibor qaratilib, hududda turizmni yanada rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini ishlab chiqish, hududlarda yangi turizm mahsulotlari yaratish va uni jahon bozorida targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Soha rivojida xalqaro tajribadan keng foydalanish, hududlarda yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etish va ularni pasportlashtirish, ichki va tashqi turizm bo‘yicha milliy va hududiy dasturlar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. 
– Viloyatimizda turizmni rivojlantirish uchun yuksak salohiyat mavjud, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati vakolatli vakili Otabek Olimjonov. – Boy madaniy merosga ega hududda muqaddas qadamjolar, qadimiy obidalar va ekoturizmni rivojlantirish uchun qulay manzillar ko‘p. Viloyatda hududiy turistik mahsulotlarni xorij bozoriga chiqarish, tabiiy va tarixiy-madaniy manzillar bo‘yicha yangi sayyohlik yo‘nalishlari ishlab chiqish, turistik xizmatlar sifatini yanada yaxshilash doimiy e’tiborda. 
Shahrisabz shahrining tarixiy markazida barpo etilgan zamonaviy uy-joylar hunarmandlar va tadbirkorlarga uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida berilmoqda. Ikki qavatli bunday uy-joylarning birinchi qavatida hunarmandlik mahsulotlari sotiladigan savdo majmualari, ikkinchi qavatida uy-mehmonxonalari tashkil etilayotir. 
Turizmni yanada rivojlantirish uchun ko‘plab istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. "Shahrisabz vino-aroq” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Kitob tumani tokzorlarida oliy navli uzum mahsuloti bo‘lgan vino degustatsiyasini tashkil qilish orqali agroturizmni rivojlantirish, ekstremal turizm sohasida Muborak tumanidagi cho‘llarda kvadrotsikllarda safar uyushtirish, tarixiy-madaniy turizm bo‘yicha Shahrisabz shahri markazida “Zafarli yurish” va “Shoh bazmi” teatrlashtirilgan tomoshalarini muntazam tashkil etish, uloq-ko‘pkari musobaqalarini Kitob tumanining Qaynar qishlog‘ida yil davomida muntazam o‘tkazish loyihalari shular jumlasidandir. 2017-yilning avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Hunarmandlar festivali” ham viloyatda turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Ekoturizmni rivojlantirishda Shahrisabz tumanida qurilayotgan “Village Eco Park” majmuasi muhim ahamiyatga ega. Mazkur loyiha mehmonxona, restoran, kafe, sport maydonchalari va attraksionlarni o‘z ichiga oladi. Majmua 2018-yilda foydalanishga topshiriladi. 
Viloyatda turistik resurslardan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini ko‘paytirish va sifatini zamon talablariga moslashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar tufayli Qashqadaryoda 30 mehmonxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Yildan-yilga ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamon talablari darajasida yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyati kengaymoqda. 
Qashqadaryo viloyati turizm sohasini 2017-2018-yillarda kompleks rivojlantirish dasturi asosida 2018-yilda viloyatdagi mehmonxonalar sonini 45 taga yetkazish rejalashtirilgan. Jumladan, Qarshi shahrida 8 yangi zamonaviy mehmonxona, Shahrisabz shahrida 5 uy-mehmonxonasi va 2 yangi zamonaviy mehmonxona faoliyat boshlaydi. 
Bularning barchasi viloyatga keluvchi sayyohlar sonining ortishi, eng muhimi, aholi bandligini ta’minlash va kelajakda Qashqadaryo viloyatini sayyohlar, tarixchi olimlar va ziyoratchilar ko‘p keladigan sevimli maskanga aylantirishga xizmat qiladi. 
Qashqadaryo viloyati (maydoni 28,6 ming kv.km) subtropik mintaqaning shimoliy qismida, O‘zbekistonning janubida, O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasining markazidan janubroqda 370 58 bilan 390 32 sh.k. va 640 23 bilan 670 42 sh.u. orasida joylashgan.
O’zbekiston mustaqil davlat bo’lib, jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi respublikada ta‘lim, avvalo o’rta umumiy ta‘lim maktabini tubdan qayta qurishni, yoshlarga ta‘lim va tarbiya berishni milliylashtirishni kun tartibiga qo’ydi. Shu sababli O’zbekiston xalqlarining, birinchi galda respublikaga nom bergan o’zbek xalqining, minglab yillar davomida sayqal topgan, keyingi yuz yilda deyarli unitilayozgan g’oyat muhim an‘analarini yoshlar ongiga singdirish vazifasi ta‘lim va tarbiyaning tub mo hiyatini tashkil etadi. Xalqning tarixi, tili, adabiyoti, madaniyati, urf-odatlari, muomilasi shu xalqni o’rab turgan tabiiy muhitga bog’liq ravishda shakllanishi aniq. Respublika xududi iqliminingkeskin kontinental bo’lishi xalqimizni sug’orma dehqonchilik va yaylov chorvachiligi ustasi sifatida ma‘lum va mashhur bo’lishiga olib kelgan.
Ajdodlarimizning yerga, suvga, o’simliklarga va shunga o’xshash tabiat manbalariga bo’lgan munosabatidagi ijobiy xususiyatlarning deyarli unutilishi tufayli bugungi kunda tabiatga loqaydlik, bepisandlik kayfiyatini shakllanishiga olib keldi, tabiatda noxush jarayonlar va hodisalar sodir bo’la boshladi. Inson hayoti va mehnat faoliyatining moddiy va ma‘naviy asosi bo’lgan tabiatning imkoniyatlarini hisobga ola bilmasligimiz tufayli moddiy va ma‘naviy qashshoqlasha boshladik, boshqalarning doniga, go’shtiga, shakariga , yog’ochiga va boshqa shunga o’xshash qator mahsulotlarga ko’z tikish kayfiyati pado bo’la boshladi. Holbuki, bular o’zimizda qadimdan yetishtirib kelinganini, tabiatimiz saxiylik bilan o’zimizni ta‘minlab kelganligini sal bo’lmasa unita yozdik. Shu sababli bugungi kunda yer-suv, iqlim va umuman tabiiy muhit moddiy va ma‘naviy boyliklar manbai bo’lishi uchun doimo g’amxo’rlikka, mehrga, parvarishga muhtoj ekanligini, har bir odam tushinib yetmog’i lozim. Tabiat oldidagi bunday ma‘suliyat tabiatni chuqur o’rganish, uning qonunlarini bilish orqali amalga oshiriladi. Har bir inson, ayniqsa voyaga yetayotgan avlo, o’zi yashaydigan xududning tuproqlari, iqlimi, havosi, suvlari, o’simlik va hayvonot olamini yaxshi bilishi, ularning xususiyatlari va imkoniyatlarini his etmog’i zarur. Qolaversa o’z o’lkamizda nimalar yetishtiriladi-yu, qaysilari boshqa joylardan keltirilishidagi iqtisodiy aloqalar va munosabatlarni anglash yurtsevarlik, millatparvarlik, baynalminallik g’oyalarini shakllantiribgina qolmay, ona tabiatga mehr ko’zi bilan qarashga ham o’rgatadi. Respublikamiz, viloyatimiz, shaharimiz, tumanimizning tabiiy va iqtisodiy geografiyasini chuqurroq bilish zarurati yuqoridagi vazifalardan kelib chiqadi. Shu nuqtai nazardan har bir viloyatning muayyan tabiiy va iqtisodiy geografik ta‘rifi jamlangan adabiyoti bo’lishi hozirgi kun talabi. Hozir maktab dasturida o’z viloyati geografiyasini o’rganishga 10-12 soatlik vaqt ajratish ko’zda tutilgan. Tabiiy, xududiy va iqtisodiy ko’rsatkichlari jihatidan o’rtacha va o’rtachadan sal kichikroq davlatlarga teng keladigan Qashqadaryo viloyati geografiyasini o’rganish uchun bu juda kamlik qiladi. Buning ustiga viloyat haqidagi tabiiy va iqtisodiy ma‘lumotlar geografiya kursining har bir mavzuida o’lkashunoslik materiallari sifatida qo’l keladi. Umum ta‘lim maktablarining geografiya muallimlari, o’quvchilar va talabalarning shu mazmundagi o’quv qo’llanmasiga bo’lgan ehtiyojni hisobga olib Qarshi Davlat dorulfununini geografiya va geoekologiya kafedrasi jamoasi “Qashqadaryo viloyati geografiyasi” qo’llanmasini yozdilar. Birinchi marta tuzilgan mazkur qo’llanmada viloyat tabiati va iqtisodiyotining to’liq majmuali ta‘rifi boshqa ixtisosdagi o’qituvchilar, maktab rahbarlari, maktabdan tashqari muassasalarning xodimlari, o’lkashunoslar, sayyohlar kabi madaniy-ma‘rifiy sohada ishlovchilar va umuman Qashqadaryo viloyati geografiyasi bilan qiziquvchilar uchun foydali bo’ladi deb o’ylaymiz.
Viloyat 1943 yil 20 yanvarda tashkil qilingan. Uning tarkibiga hozirgi vaqtda 13 qishloq tumanlari (Mirishkor, Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog’, Qamashi, Qarshi va G’uzor) kiradi. Maydoni 28,6 ming km² bo’lib, u iqtisodiy rayon xududining 58,7, O’zbekiston Respublikasining 6,4 % ga barobar.
Aholisi 2018 yil ma‘lumotlariga ko’ra 2895,0 ming kishi. Viloyatda mamlakat aholisining 9,0 %ga yaqini, iqtisodiy rayonning esa 55,5 % yashaydi. Ma‘muriy markazi Qarshi shahri (250,4). (Qarshi h-221,5).
Qashqadaryo viloyati respublika mehnat taqismotida eng avvalo neft va tabiiy gaz qazib olish, gaz-kimyo, yengil sanoat tarmoqlari hamda paxta, g’alla va chorva mahsulotlari yetishtirish bilan ajralib turadi. Uning zimmasiga O’zbekistonning 6,4 % yalpi ichki mahsuloti, 8,3% sanoat va 7,2% qishloq xo’jalik mahsulotlari to’g’ri keladi. To’g’ri, bu raqamlar unga yuqori emas, biroq viloyat o’z iqtisodiy qudratini yanada oshirish uchun katta imkoniyalarga ega. Bundan unga ajratilayotgan investitsiya hajmi ham dalolat beradi.
Qashqadaryo viloyati mustaqil O’zbekiston Respublikasi tarkibiagi Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta viloyatining biridir.
Qashqadaryo viloyati 1920 yilning sentyabr oyiga qadar Buxoro amirligi tarkibida bo’lgan. 1920 yilda Buxoro Respublikasi tashkil topgach, Qashqadaryo alohida viloyat sifatida uning tarkibiga kiritiladi. 1924 yilda markazi Qarshi shahri bo’lgan alohida viloyati maqomiga ega bo’ldi. Ammo 1927 yilda Qashqadaryo okrug sifatida yana Buxoro viloyati tashkil etilgachuning tarkibiga kiritildi va 1943 yilda alohida viloyat sifatida tiklandi.
Ma‘muriy-xududiy bo’linishidagi mavjud tabiiy iqlim va mehnat resurslarini hisobga olmaslik oqibatidagi xatolar natijasida 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo o’z xududidan kichik Surxandaryo viloyatiga birlashtirildi. Sug’orma dehqonchilikka yaroqli katta yer fondiga ega bo’lishi, yer osti boyliklari va juda katta mehnat resurslari kabi imkoniyatlar viloyatni qayta tiklashni kun tartibiga qo’ydi. O’zbekiston hukumati buni hisobga olib, 1964 yil 7 fevralda Qashqadaryo viloyatini avvalgi chegaralarida qayta tashkil etdi.
Qashqadaryo viloyati O’zbekistonning janubida, shu nomli daryo havzasida joylashgan bo’lib, O’rta Osiyo deb yuritiluvchi yirik tabiiy geografik o’lkaning markazidan sal janubroqda 37 gr 58 bilan 39 gr 32 sh.k. va 64 gr 23 bilan 67 gr 42 shular orasidagi xududni ishg’ol etadi.
U shimoli-g’arbda Buxoro, shimolda Samarqand va qisqaroq masofada Navoiy viloyatlari, janub va janubi-sharqda Surxondaryo viloyati bilan chegaradosh. Geosiyosiy mavqei, shuningdek, g’arb va janubi-g’arbda Turkmaniston, sharqda Tojikiston Respublikasi bilan ham tavsiflanadi.
Viloyat Qashqdaaryo havzasida va Pomir Oloy tog’larining g’arbiy chekkasida joylashgan. Xududining ko’pchilik qismi tekislik, shimoli-sharqida Kitob-SHahrisabz tekisligi, Qashqadaryoning g’arbida G’uzor tekisligi, shimoli-g’arbda Qarshi cho’li, janubda Nishon cho’li va janubi-g’arbda Sandiqli qum cho’lidan iborat.
Tekislik shimoli-sharqqa tomon ko’tarma borib, tog’lar orasidagi Kitob-SHahrisabz botig’ini hosil qiladi. Shimoli-sharq va janubi-sharqdan cho’llarni Zarafshon (Qoratepa, Chaqilkalon tog’lari)va Hisor tizmalarining tarmoqlari (Osmontarosh, Shertog’, Yakkabog’, Eshakmaydon, Ko’kbuloq, Chaqchar, Qorasirt, Dehqonobod tog’lari o’rab turadi).
Viloyatning shimoli-sharqida Kitob-Qamashi tekisligi joylashgan, shimolda Zarafshon va janubi-sharqda Hisor tizmalarining adirlari o’rab turadi. Viloyatning tog’liq va tog’ oldi rayonlarida turli xil foydali qazilmalar topilgan.
Qashqadaryo viloyati mustaqil O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta viloyatning biridir.
Hozirgi Qashqadaryo viloyati xududida bir necha bekliklar bo’lib, ular 1920 yil sentyabr oyiga qadar Buxoro amirligi tarkibida edi. Buxoro respublikasi tuzilgach, hozirgi Qashqadaryo xududi alohida viloyat maqomida shu respublika tarkibiga kirdi. 1924 yil 12 iyulda “O’rta Osiyo respublikalarida milliy chegaralanish to’g’risida” gi qaroriga asosan shu yilning birinchi noyabrida O’zbekiston tarkibida markazi Qarshi shahri bo’lgan Qashqadaryo viloyati tashkil topdi. 1927 yilda Qashqadaryo viloyati okrug sifatida Buxoro viloyati tarkibiga kirdi. 1943 yil 22 yanvarda alohida viloyat sifatida tiklandi. Ma‘muriy xududiy bo’linishdagi mavjud tabiiy iqlim va mehnat resurslarini hisobga olmaslik oqibatidagi xatolar natijasida 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo o’z xududidan kichik Surxandaryo viloyatiga birlashtirildi. Sug’orma dehqonchilikka yaroqli katta yer fondiga ega bo’lishi, yer osti boyliklari va juda katta mehnat resurslari kabi imkoniyatlar viloyatni qayta tiklashni kun tartibiga qo’ydi. O’zbekiston hukumati buni hisobga olib, 1964 yil 7 fevralda Qashqadaryo viloyatini avvalgi chegaralarida qayta tashkil etdi. Viloyat markazi-Qarshi. Viloyatda 12 ta shahar, 108 ta qishloq kengashi va 1300 ga yaqin qishloq bor. Aholisi 2895,5 ming kishi.
Qashqadaryo viloyati O’zbekistonning janubida shu nomli daryo havzasida joylashgan bo’lib, O’rta Osiyo deb yuritiluvchi yirik tabiiy geografik o’lkaning markazidan sal janubroqda 37 gr.58’ bilan 39 gr. 32’ sh.k. va 64 gr.23’ bilan 67 gr. 42’ sh.u.lar orasidagi xududni ishg’ol etadi.
Geografik o’rni jihatidan Qashqadaryo viloyati xududi Turkmaniston Respublikasining Atrek-Sumbar vodiysi, Ozarbayjonning Lenkoran pasttekisligi, Armaniston Respublikasi hamda Turkiya, Gretsiya, Italiya va Ispaniyaning o’rta mintaqasi, Amerika Qo’shma shtatlari va Yaponiyaning o’rta qismlari bilan bir xil geografik kenglikda yotadi. Viloyat xududi butun O’zbekiston kabi to’rtinchi soat mintaqasida joylashgan bo’lib, Tokiodan 5, Pekindan 4, Olma-otadan 1 soat keyin, Moskva va Anqaradan 2, Berlin, Parij va Madriddan 3, Londondan 4, Nyu-York, Vashington va Ottavadan 8 hamda San-Frantsisko va Sietl shaharlaridan 12 soat oldin sutka boshlanadi.
Qashqadaryo viloyatining maydoni 28,6 ming kv.km bo’lib, xududining kattaligi bo’yicha O’zbekistonda Qoraqalpog’iston Respublikasi (164,9 ming kv.km), Navoiy (110,8) va Buxoro (39,4) viloyatlardan keyin to’rtinchi o’rinda turadi. O’zbekiston Respublikasi maydonining atigi 7% ini egallagan holda Qashqadaryo viloyati maydoniga ko’ra Albaniya (28,7 minglari yoki Armaniston (29,8), Qrim (26,0) Respublikalari kv.km), Belgiya (30,5), Niderlandiya (32,4) kabi Yevropa davlat maydoni bilan tenglasha oladi.
Qashqadaryo viloyati 795 km uzunlikdagi chegaraga ega, shundan 405 km tog’lar, 390 km tekisliklar orqali o’tadi. G’arbdan sharqqa 293 km, shimoldan janubga 195 km masofaga cho’zilgan. Shimolda Qashqadaryo viloyatining Samarqand viloyati bilan chegarasi Zarafshon tizmasining Chaqilkalon, Qoratepa, Ziyovuddin-Zirabiloq tog’lari va ular orasidagi Jom va Qarnob cho’lining to’lqinsimon tekisliklari orqali o’tadi. Sharqda Tojikiston Respublikasining Xo’jand viloyati bilan Hisor tizmasi orqali chegaradosh. Sharqda shuningdek Surxondaryo viloyati bilan ham chegaradosh bo’lib, sarhad chizig’i respublikaning eng baland tog’i Hisor tizmasining qirrasi, uning tarmoqlari Chaqchar va Boysuntog’ suvayirg’ichi, so’ngra janubi-g’arbda Sho’rob botig’i, Suvsiztog’ va Qo’hitangning qirrasi bo’ylab o’tadi. Qashqadaryo viloyati Turkmaniston Respublikasi bilan eng uzun chegaraga ega. Ko’xitangning g’arbdagi davomi bo’lgan Deqonobod past tog’lari, janubda Nishon adirlari-Saksondara, Oloviddintog’ va Qarshi qiya tekisligi, Sandiqli qum cho’li, Qashqadaryo va Chorjev viloyatlari sarhadlarini bir-biri bilan tutashtiradi. Qarshi dashtining Dengizko’l, Jarqoq, Setalantepa qirlari va Qarnob cho’li kabi g’arbdagi yerlari Buxoro va so’ng navoiy viloyatlariga kirib boradi.
Qarshi cho’lini o’zlashtirishda start maydonchasi vazifasini o’tash maqsadida barpo etilgan Talimarjon shahrining nomi asli Turkmanistondagi temir yo’l bekatining nomidir. Qarshi bosh kanali va uning asosiy ob‘ektlari shu qo’shni respublika xududida joylashgan. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari respublikaning janubiy xududi deb yuritiladi. Qarshi shahridagi neft va gaz konlarini qidiruvchi va ishga tushuruvchi idora butun respublika xududidagi shunday ishlarning bosh mutasaddisidir. Bundan 2000 yil oldin qazilgan Manas (Eski Anhor, Moskva nomli) arig’i Samarqand viloyatidagi Darg’om anhorining janubdagi tarmog’idir.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, Qashqadaryo viloyatining geografik o’rni bu xududda faqat O’zbekiston va O’rta osiyoga xos tabiat majmualarinigina emas, balki Markaziy Osiyo, Sibir, sharqiy Yevropa, Kavkazorti, Kichik Osiyo, O’rtadengiz bo’yi, Eron, Afg’oniston, Hindistonga xos o’simlik va hayvonot vakillarini tarqalishiga ham sabab bo’lgan.
Butunjаhоn turistik tаshkilоti (BTT) 1993 yildа O’zbеkistоnni а’zоligigа qаbul qilingаn. Prеzidеntimiz Sаmаrqаnd shаhridа BTT kоtibi bilаn bo’lib o’tgаn uchrаshuvidа kоtib tа’kidlаdiki, O’zbеkistоndа turizmni rivоjlаntirishning 4 tа аsоsiy yo’nаlishi istiqbоlli dеb hisоblаydi. Bu istiqbоlli yo’nаlishlаr imkоniyatlаrdаn sаmаrаli fоydаlаnishning аsоsiy mехаnizmi sifаtidа bizningchа hududlаr turizm klаstеrini yarаtish dоlzаrb vаzifаlаrdаn biridir.
Binоbаrin, jаhоn turizmidа YAIM 9%, jаmi 11 ish o’rinlаridаn 1 tаsi, ekspоrtdа 1,3 trln АQSH dоllаri, jаhоn ekspоrtining 6% оrtig’ini tаshkil etmоqdа. Butunjаhоn turistik tаshkilоtining 2016 yilgi хisоbоti mа’lumоtlаri shuni ko’rsаtаdiki, Хаlqаrо turistik tаshrif 1186 mln kishi, dаrоmаd esа 1260 mlrd АQSH dоllаrni, 2012 yildа esа 1035 mln kishi, dаrоmаd esа 1075 mlrd АQSH dоllаrni tаshkil etgаn. Dеmаk, хаlqаrо turizmning o’sish sur’аti shiddаt bilаn оshib bоrаyotgаnligidаn dаlоlаt bеrаdi. Bundа O’zbеkistоn o’z o’rnini tоpishi uchun bаrchа imkоniyatlаrdаn fоydаlаnishi shаrtdir.

Download 51,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish