Jаdvаl: Samarqand viloyati Madaniy meros ob’ektlarini muxofaza qilish va ulardan foydalanish Davlat inspeksiyasining ma’lumotiga asosida mualliflar tomonidan tuzildi Darhaqiqat, Samarqand viloyati o‘zining ulkan turistik salohiyati bilan jahonga mashhurdir. Ammo viloyatning tumanlaridagi turistik salohiyatidan samarali foydalanish uchun imkoniyatlar yuqori bo‘lishiga qaramasdan ulardan samarali foydalanilmayapti. Buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rin mumkin[3].
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, viloyatning aksariyat tumanlarida turistik ob’ektlar mavjud. Ammo mavjud imkoniyatlardan barcha tumanlar ham foydalana olmayapti. Chunki, turizmning innovatsion imkoniyatlari hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish, qo‘shimcha daromad manbai sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga turtki beradi.
Innovatsiya - foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. SHu jihatdan turmahsulot qay darajada yangi bo‘lishi, turistik tovar va xizmatlarning hudud sharoitidan kelib chiqqan holda yaratilishi turistik innovatsiyani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Nazarimizda biz uchun odatiy xolatga aylanib qolgan tur ob’ekt, ekolandshaft, obidalar, aynan boshqa hududdan kelgan turist uchun qiziqarli innovatsion turistik mahsulot hisoblanishini nazardan chetda qoldirmaslik lozimdir. SHuning uchun turistik mahsulotning naqadar jozibadorligi turistik innovatsion loyihalarni yaratish, jumladan geografik tadqiqotlar darajasida izlanishlar olib borishni taqozo etadi.
Xulosa vа tаkliflаr Hududlar turizm imkoniyatini innovatsion rivojlantirish avvalo kalsterlarni hududiy tashkil etish va rivojlantirish orqali majmuali yondoshuv geografik tadqiqotlar olib boorish lizimdir.
Hududning geografik o‘rni va joylashuvidan kelib chiqqan holda turizm sohasiga klaster yondoshish;
tabiiy sharoit va o‘ziga xos iqlim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanishuv, rekreatsiya va dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarini kartalashtirish va turist qabul qilish yukini geografik va ekologik baholash;
turizm klasterlari keng rivojlangan mintaqalarda “erkin turistik zonalar” tashkil etish;
turistik mahsulotlar turini yanada ko‘paytirish;
turizm moddiy texnik bazasini yanada kuchaytirish;
sog‘lomlashtirish va dam olish, kurortlar tizimiga xorijiy sayyohlarni jalb qilish orqali rekreatsiya turizmiga e’tiborni kuchaytirish;
turizmga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish;
turistik tadqiqotlar olib borish, shu bilan birga ushbu yo‘nalishda innovatsion va investitsion hamkorlikni yanada kuchaytirish va xorij tajribasidan foydalanish lozimdir.
Xulosa Kurs ishimning mazmuni shundan iboratki Tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan kelib chiqqan holda mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasida keskin tafovutlarga yo‘l qo‘ymaslik, ular iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va tarkibiy qayta qurish muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Mintaqalarda takror ishlab chiqarish vazifalarini to‘liq amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning zaruriy shartidir. Bu yerda birinchi o‘ringa turli mintaqalarni maqsadli majmuali rivojlantirish masalasi chiqadi. Mintaqalar yaxlitligi va yagonaligini ta’minlash uchun tabiiy resurslar salohiyatidan oqilona foydalanish, turli tarmoqlarning mutanosibligini ta’minlash, ichki va hududlararo ishlab chiqarish va texnologik aloqalarni barqarorlashtirish lozim. Majmuaviy rivojlanish tushunchasi mintaqadagi ishlab chiqarish kuchlarini barqaror, muvozanatli, mutanosib va mos ravishda rivojlantirishni nazarda tutadi.Ko‘pincha majmuali rivojlantirish deganda mintaqada turli iqtisodiy tarmoqlarni mutanosib rivojlantirish e’tiborga olinadi. Biroq bu tushuncha nafaqat iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishni, balki iqtisodiy rivojlanish bilan bir vaqtda ijtimoiy infratuzilmani barpo etishni, demografik jarayonlarni tartibga solishni, ishchi kuchidan oqilona foydalanishni, ekologik muammolarning yechimini topish kabi masalalarni muvozanatli va mos ravishda olib borilishini nazarda tutadi. Mintaqani majmuali rivojlantirish – bu keng ma’noda ijtimoiy-iqtisodiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zaro bog‘lashdir. Bunday yondashuv asosida har bir mintaqa uchun alohida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi zarur.Strategiyaning mohiyati – mintaqalarni rivojlantirishning maqsadli va aniq muammolari tizimini aniqlash, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun bir-biriga o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish, turli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.Mintaqani majmuali rivojlantirish strategiyasi asosida aholi turmush farovonligini oshirish hamda iqtisodiyotning raqobatbar-doshligini o‘stirish muammosi turadi.