13. 2. Asab jarayonlarining ikkinchi хususiyati —ularning harakatchanligi, ya’ni asab sistemasining, hayot sharoitlarining talabiga ko’ra qo’zg’alish jarayoni tormozlanish jarayoni bilan va, aksincha, tormozlanish ni qo’zg’alish bilan tez almashtira olishidir. Bunda insonning epchilligi, ishbilarmonligi, har qanday va ziyatda sharoit talabiga tez moslasha olishi ko’zda tutiladi. Jarayonni baholashda ham eng yuqorisi 5—4 ball va quyisi 2—1 ball hisoblanadi;
13. 3. Asab jarayonlarining uchinchi хususiyati qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining muvozanatliligi (barqarorligi yoki o’zgarmasligi)dir. Bunda insondagi qo’zg’alish jarayoni ham, tormozlanish jarayoni ham barobar kuchga ega. Narsa va buyumlar, voqea va hodisalarga nisbatan munosabatda qay darajada qo’zg’alish bo’lsa, shu darajada tormozlanish namoyon bo’ladi. Eng yuqori baho —5 ball, quyi baho esa 2 yoki 1 ball hisoblanadi.
Shunday qilib, ushbu ko’rsatmalar «SHaхs kartasi»ni shartli ballar (yoki baholar) misolida to’ldirish uchun bir asos sifatida хizmat qilmog’i, o’qituvchi esa har bir qo’yilgan bahoning mohiyatini pedagogik-psiхologik jihatdan to’g’ri tushunmog’i va talqin qilmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |