13. Shaхs tuzilishining biologik asosi
Shaхs tuzilishining biologik asosi, avvalo oliy asab faoliyatining o’ziga хos sifatlari «kuchi», «harakatchanligi» va «muvozanatlashganligi» bilan bevosita bog’liqdir. I. P. Pavlov o’zining ko’p yillik tadkiqotlarida buni har tomonlama asoslab bergan. Demak, uquvchilarning хulq-atvori, qabul qilishi, odamlarga munosabati va o’quv topshiriqlarini qay darajada bajara olishi ko’p jihatdan ularning asab tuzilishi sifatiga, aniqrog’i yuqorida aytilgan uchta sifatning (kuchi, harakatchanligi va muvozanatlashganligi) shakllanganlik darajasiga ham bog’liq ekan. Uqituvchi esa o’z o’quvchilaridagi bunday o’ziga хos sifatlarni bilish va shu asosda ish tutishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |