5-mashq. Mavzu: «Mashq sovg’a»
Hamma qatnashuvchilar doira bo’lib o’tiradilar. So’ngra har bir qatnashchi qo’l harakatlari va mimika bilan navbatma-navbat uni o’rtog’iga sovga qiladi. Qo’shnisi esa so’zsiz berilgan sovgani qabul qilib olishi shart. Hamma sovgasini berib bo’lgandan so’ng, trening o’tkazuvchi har bir qatnashchidan nima olganini, so’ngra qo’shnisidan nima berganini so’rab chiqiladi. Bu mashq jamoaning kayfiyatini juda ham ko’taradi.
6-mashq. «Psixologik portret»
Aytingchi , sizning do’stingiz kim? Har bir qatnashuvchi 3-4 minut davomida kimningdir portretini aytib berishi kerak. Kishi harakterini asoslab berishi kerak. Kishi harakterini asoslab beruvchi 10-12 ta xususiyatlar aytiladi va bu kishi kim ekanligini topish lozim va topgan odam esa aynan nima uchun ekanligini izoxlab beradi.
Psixologik portret tuzgan avtor aytilayotgan javoblarning to’g’ri va noto’g’riligiga ham tezda iqror bo’lmay hamma qatnashchilarni javobini tinglashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |