O’zbekistonning eng yangi tarixidan refarat.
Abdubannobov Abduvaqqos.
Mavzu: Toshkent-islom madaniyat poytaxti.
Reja:
1. Toshkent tarixi.
2 . O’zbekiston musulmonlari idorasi.
3. 2007-yilda bo’lib o’tgan konferensiya mazmuni.
1. Toshkent davlati tashqi kuchlar, ayniqsa, Qoʻqon xonlari tazyiqida boʻlsa-da, 20 yildan ziyod umr koʻrdi.
Toshkent davlati markazlashgan davlat sifatida boʻlib, uning maʼmuriyatini „voliy viloyat“ lavozimi bilan Yunusxoʻja boshqardi. Keyinroq Yunusxoʻja „Xazrati Eshon“ unvonini olib, ayni paytda „xon“ deb ham yuritildi. Yunusxoʻja huzurida tuzilgan „xon kengashi“ga 4 daha mingboshilari, oqsoqollari va boshqalar kiritilgan. Kengashda, asosan, daha va ulus boshqaruvi hamda harbiy masalalar muhokama etilib bir yechimga kelingan. Davlatning ichki va tashqi siyosatini devonbegi, qozi va raislar amalga oshirganlar. Oʻta jiddiy masalalar: oʻgʻirlik, qotillik va b.ni Yunusxoʻjaning oʻzi hal etib, aybdorga tegishli jazo berilgan; qotillarga esa oʻlim jazosi qoʻllanilgan. Xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarni ham Yunusxoʻjaning oʻzi olib borgan.
Anhorning oʻng tarafida xon farmoni bilan baland va qalin devor oʻralgan Oʻrda, yaʼni davlat mahkamasi bino qilingan. Unda Yunusxonning qarorgohi va devonxonadan tashqari zarbxona joylashgan. Oʻrdani qoʻriqlash va muhofaza etish uchun 2 ming kishilik maxsus harbiy qism („qoraqozon“) tashkil etilgan.
Toshkentlik tarixchi Muhammad Solihning maʼlumotiga koʻra, otaliq — devonbegi lavozimiga Rustamtoʻra, parvonachi lavozimiga Odiltoʻra, bosh harbiy amir lavozimiga Sarimsoqtoʻra, qoʻshin boshligʻi lavozimiga Boboxontoʻralar tayinlangan. Davlatning moliya ishlari bilan boshchixoʻja shugʻullangan. U ichki va tashqi savdo ishlarini nazorat qilgan.
Yunusxon shimolida Toshkentga tutashgan Dashti Qipchoq xududini ham tasarrufiga olib, aholisiga ziddiyatli vaqtlarda zaruriy sondagi lashkar toʻplab berish majburiyatini yuklagan. Chimkent va Sayram sh.lari, keyinchalik Turkiston sh. ham Toshkent davlati tarkibiga kiritilgan. Niyozbek, Oltintepa, Krrabuloq, Sarapon, Temir mavzelari va b. oʻnlab qishloklar Toshkentga tobe boʻlgan.
2. O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI – O‘zbekiston musulmonlariga rahbarlik qiluvchi diniy tashkilot. 1943 yil 20 oktyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari qurultoyida ta’sis etilgan. Hazrati Imom majmuasi tarkibiga kiradi. Dastlab Shayx Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon hovlisida ish boshlagan. 1956 yildan Baroqxon madrasasida faoliyat yuritgan. 1992 yildan Movarounnahr musulmonlari idorasi, deb yuritilgan. 1996 yildan hozirgi nomi bilan ataladi. U davlatdan ajralgan mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. Idora O‘zbekistondagi musulmonlar o‘rtasida diniy ishlarni boshqarib turadi, fatvolar beradi, masjidlarga imom-xatiblar tayinlaydi, diniy xodimlar tayyorlaydi. Moddiy jihatdan musulmonlardan masjidlarga tushadigan xayr-ehson, yordamchi xo‘jaliklar va boshqalar hisobiga ta’minlanadi. Idora rahbar organi – Oliy hay’at. Uning raisi muftiy hisoblanadi. Idoraning huquqshunoslik, xalqaro aloqalar, ta’lim va kadrlar tayyorlash, masjidlar va fatvo bo‘limlari bor. Toshkentdagi Imom Buxoriy nomidagi islom institutida (1971) va 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti (shulardan 2 tasi xotin-qizlar bilim yurti)da kadrlar yetishtiriladi. Idora muassisligida «Hidoyat» jurnali va «Islom nuri» gazetasi nashr etiladi. Idora tasarrufidagi «Movarounnahr» nashriyoti diniy adabiyotlar, diniy taqvim va boshqalarni chop etadi. Musulmonlar idorasi xorijiy mamlakatlardagi ko‘pgina diniy tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Har yili 3,5–4 ming kishining haj safarini uyushtirishda faol ishtirok etadi. Idora o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga rioya qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida» 2003 yil 23 avgustdagi 364-son qaroriga asosan idora qoshida maxsus jamg‘arma tashkil etildi. U islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini asrash, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni diniy aqidaparastlik va ekstremizm xataridan himoya qilish, mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim ishlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Xalqaro Islom konferensiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha muassasasi ISESCO (AYSESKO) Toshkentni 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilishi munosabati bilan Hastimomda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan keng ko‘lamda bunyodkorlik ishlari olib borildi, xususan, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi uchun yangi, zamonaviy muhtasham bino qurildi. Uning har bir xonasi eng zamonaviy ish qurollari va kompyuter texnikasi bilan jihozlandi.
Idoraga turli yillarda Eshon Boboxon Abdumajidxon o‘g‘li (1943–57), Ziyovuddinxon Boboxonov (1957–82), Shamsuddinxon Boboxonov (1982–89), Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1989–93), Muxtorjon Abdullayev (Buxoriy) (1993–97), Abdurashidqori Bahromov (1997–2006) raislik qilgan. Hozirgi raisi (2006 yildan) Usmonxon Alimov.
3. TOSHKENT – ISLOM MADANIYATI POYTAXTI» – mamlakatimizda islom madaniyati hamda ma’naviy qadriyatlarni tiklash va saqlab qolish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning xalqaro ko‘lamdagi e’tiroflaridan biri. 2007 yil yanvarda Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi. Toshkent bilan bir qatorda Fes (Marokash), Tripoli (Liviya), Dakar (Senegal) shaharlari ham «Islom madaniyatining poytaxti», deb e’lon qilindi. Prezident Islom Karimov bu e’tirofni «o‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasiga berilgan munosib baho», deb ta’rifladi.
Shu munosabat bilan shaharda bunyodkorlik ishlari yanada avj oldirildi. Jumladan, qisqa muddatlarda Hazrati Imom majmuasi tubdan qayta ta’mirlandi, yangi minora, masjid, xiyobonlar bunyod etilib, unda ko‘plab shaharliklar o‘z beminnat mehnatlari bilan hissa qo‘shdilar. Ko‘kaldosh madrasasi (16-asr), Shayx Zayniddinbobo (13–19-asrlar), Zangiota (14–20-asr), Xo‘ja Alambardor (19-asr), Shayx Xovandi Tohur (15-asr), Yunusxon (15-asr) maqbaralari, Abulqosim madrasasi (19-asr) va boshqalar ta’mirlandi. 2007 yil 14–15 avgustda Toshkent, Samarqand shaharlarida «O‘zbekistonnning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |