1. Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali talabalari tomonidan amaliyot va kasbiy stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 37,38 Kb.
bet2/2
Sana17.04.2022
Hajmi37,38 Kb.
#558865
1   2
Bog'liq
3175 15.08.2019 (1)

kasbiy stajirovka (keyingi o‘rinlarda — stajirovka) — 2-kurs talabalari tomonidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalari faoliyati bilan yaqindan tanishish, kasbiy mahoratni yanada rivojlantirish, nazorat hujjatlarini yozish ko‘nikmalarini shakllantirish, xalq bilan muloqot madaniyatini oshirish va o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining bir qismi;
qabul qiluvchi tashkilot — talabalar tomonidan amaliyot o‘talayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organ, advokatlik tuzilmasi, xo‘jalik boshqaruvi organi, moliya-bank va boshqa muassasalarning yuridik xizmati;
qabul qiluvchi maxsus tashkilot — talabalar tomonidan stajirovka o‘talayotgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi;
Filialdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbari — o‘quv yuklamasiga amaliyot (stajirovka) rahbarligi kiritilgan Filial professor-o‘qituvchisi;
qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbari — talabalarni amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish va Filialdagi amaliyot (stajirovka) rahbari bilan birgalikda egallangan bilimlarni baholash mas’uliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi.
3. Amaliyot (stajirovka) uzluksiz hamda nazariy bilimlar navbatlanish yo‘li orqali amalga oshirilishi mumkin.
Amaliyot (stajirovka)ni o‘tash Filial tomonidan o‘quv rejalariga muvofiq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturi asosida amalga oshiriladi.
4. Amaliyot qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotning amaliy faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lish hamda birlamchi kasbiy mahorat va ko‘nikmalarini egallash, ish hujjatlarini o‘rganishni nazarda tutadi.
5. Stajirovka qabul qiluvchi (maxsus) tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirish, soha mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy mahorat hamda amaliy ish ko‘nikmalarini o‘rganish, aholi bilan uzviy bog‘liq holda ishlay olish ko‘nikmalarini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini takomillashtirishni nazarda tutadi.
Stajirovka o‘quv rejasiga asosan, qoida tariqasida, talabalarning asosiy yashash joylari bo‘yicha Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari tomonidan tanlangan ichki ishlar organlarida yohud Milliy gvardiya tomonidan belgilangan Milliy gvardiya bo‘linmalarida tashkil qilinadi.
6. Amaliyot (stajirovka) o‘quv rejasida nazarda tutilgan muddatlarda o‘tkaziladi. Amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturida amaliyot (stajirovka)ning o‘tash muddati va joyi belgilanadi.
Talabalarni amaliyot (stajirovka)ni o‘tashdan ozod qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Amaliyot (stajirovka) o‘tash yakunlangach, talaba tomonidan amaliyot (stajirovka) davrida bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot tayyorlanadi hamda Tayyorlash kurslari dekanatiga topshiriladi.
Amaliyot (stajirovka) o‘tash to‘g‘risidagi hisobotda bajarilgan ish, o‘rganilgan huquqni qo‘llash amaliyoti, shuningdek olingan bilim va ko‘nikmalar aks ettiriladi. Hisobot talaba tomonidan imzolanadi hamda qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi.
8. Amaliyot (stajirovka) o‘tashning normal kunlik davomiyligi 6 (olti) soatni tashkil etadi.
9. Qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbari hisobotga talabaning ijobiy va salbiy fazilatlarini, uning o‘zlashtiruvchanlik qobiliyati va boshqa ma’lumotlarni yorituvchi yozuvlarni kiritish huquqiga ega.
10. Qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotlar talabani amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturida ko‘zda tutilmagan vazifalarni bajarishga jalb qilishi, shuningdek Filialni habardor qilmagan holda amaliyot (stajirovka) joyini o‘zgartirishi man qilinadi.
2-bob. Amaliyot (stajirovka)ni o‘tashning bosqichlari
11. Amaliyot (stajirovka) uch bosqichga bo‘linadi:
tayyorlov;
asosiy;
amaliyot (stajirovka) bo‘yicha imtihon.
12. Tayyorlov bosqichida o‘quv rejasiga asosan amaliyot (stajirovka)ni o‘tashning birinchi kunida Filialdan va qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbarlari tomonidan yig‘ilish o‘tkaziladi. Yig‘ilishda talabalar ushbu Nizom qoidalari bilan hamda amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturi bilan tanishadilar, uning maqsad va vazifalariga taalluqli ko‘rsatmalar, ularni bajarish bo‘yicha qo‘llanmalarni oladilar, amaliyot (stajirovka) o‘tash hamda amaliyot (stajirovka) o‘tash to‘g‘risida hisobot tuzish tartibi haqida xabardor qilinadi.
Amaliyot (stajirovka)ni o‘tashning boshida talabalar qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotning tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari, o‘ziga xosligi bilan tanishadilar hamda Filialdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbari va qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbari bilan birgalikda amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturini bajarish reja-jadvalini tuzadilar.
13. Amaliyot (stajirovka)ni o‘tashning asosiy bosqichida talaba bevosita qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotda amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturini bajarish reja-jadvalida ko‘rsatib o‘tilgan ishni bajaradi.
14. Amaliyot (stajirovka) bo‘yicha imtihon amaliyot (stajirovka)ning yakuniy bosqichi hisoblanib, unda talabalar tomonidan amaliyot (stajirovka) o‘tash jarayonida bajarilgan ishlarning natijalari tahlil qilinadi va baholanadi. Amaliyot (stajirovka) bo‘yicha imtihon Filial vakillari orasidan tuzilgan komissiya tomonidan yozma ravishda o‘tkaziladi.
Qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotning vakili amaliyot (stajirovka) bo‘yicha imtihonda Filialdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbari bilan birgalikda qatnashishi mumkin.
15. Talabalarning amaliyot (stajirovka) bo‘yicha imtihoni quyidagi baholash mezonlariga asosan amalga oshiriladi:
nazariy va amaliy bilimlari darajasini aniqlash;
berilgan savollarni to‘g‘ri tahlil qila olish;
talaba tomonidan amaliyot va stajirovka davomida to‘plangan materiallarning tuzilishi, darajasi va sifati hamda amaliyot (stajirovka) davomida o‘rganilgan masalalarning keng yoritib berilishi.
3-bob. Amaliyot (stajirovka)ni o‘tashda talabaga qo‘yiladigan talablar
16. Talaba:
amaliyot (stajirovka) bo‘yicha uslubiy va ko‘rsatma materiallar bilan tanishishi va Filialdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbarining tegishli ko‘rsatmalarini olishi;
amaliyot (stajirovka)ni tashkil etish va o‘tashni nazorat qilish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etishi;
amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to‘liq hajmda va sifatli bajarishi;
Filialdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbarining talabi bilan ko‘rib chiqish uchun amaliyot (stajirovka) o‘tash to‘g‘risidagi hisobotini o‘z vaqtida taqdim qilishi;
keyingi o‘quv va amaliy faoliyatda foydalana olishi mumkin bo‘lgan materiallar to‘plamini yuritishi;
ichki mehnat tartib qoidalari va qabul qiluvchi (maxsus) tashkilot xodimlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarga rioya qilishi shart.
17. Amaliyot (stajirovka) tugaganidan keyin talaba amaliyot (stajirovka) bo‘yicha imtihonni o‘tkazish kunida Filialdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbariga o‘talgan amaliyot (stajirovka) to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
18. Talaba amaliyot (stajirovka)ni o‘tagandan so‘ng Filialda amaliyot (stajirovka) bo‘yicha imtihon topshirishga majbur.
19. Talaba amaliyot (stajirovka) o‘tash jarayonida Filialdan biriktirilgan yoki qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbarining faoliyatidan norozi bo‘lib, asosli sabablar mavjud bo‘lganda bu haqda Filialning Tayyorlash kurslari dekaniga murojaat qilishi mumkin.
4-bob. Amaliyot (stajirovka)ni tashkillashtirishning shartlari
20. Amaliyot (stajirovka)ni barcha bosqichlarda tashkil etish talabalar tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni ta’minlashga yo‘naltirilishi lozim.
21. Professor-o‘qituvchilarning amaliyot (stajirovka)dagi o‘quv yuklamasi o‘quv rejada ko‘rsatilgan o‘quv pedagogik soatlar (haftalar)dan va amaliyot (stajirovka)ni o‘tash turidan kelib chiqib aniqlanadi.
22. Amaliyot (stajirovka)ni tashkil etish uchun oldindan Filial direktori tomonidan amaliyot yoki stajirovka muddati va uni o‘tash joyi, moddiy ta’minot, Filialdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbarlarini turar joy bilan ta’minlash, mas’ul shaxslar va jo‘natilayotgan talabalarning, Filialdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbarlarining tarkibiy ro‘yxati bo‘yicha belgilangan buyruq qabul qilinadi.
23. Talabalarni amaliyot (stajirovka) o‘tashga tayyorlash va joy-joyiga taqsimlanishini ta’minlash hamda natijasini muvofiqlashtirish Filialning Tayyorlash kurslari dekanati tomonidan amalga oshiriladi.
24. Filialdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbari:
amaliyot (stajirovka)ga ketayotgan talabalarga amaliyot (stajirovka) o‘tash bo‘yicha zarur yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi;
talabalarning amaliyot (stajirovka) o‘tash joyiga yetib kelishini nazorat qiladi;
qabul qiluvchi (maxsus) tashkilot rahbari hamda biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbari bilan aloqalar o‘rnatadi;
talabalarga amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi;
amaliyot (stajirovka)ning butun davri uchun talabalarga individual reja tuzadi, qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilaydi;
amaliyot (stajirovka)ni o‘tash joylariga talabalarni taqsimlashda ishtirok etadi;
amaliyot (stajirovka) muddatlariga va uning tarkibiga rioya qilinishi, shuningdek amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturi bajarilishining talabalarni amaliyot (stajirovka) o‘tash joylariga borish yo‘li bilan nazorat qiladi;
amaliyot (stajirovka) o‘tayotgan talabaning asosli e’tirozi yuzasidan qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotdan biriktirilgan rahbarni o‘zgartirishni so‘rab Filial rahbariyatiga bildirgi kiritadi;
amaliyot (stajirovka) bo‘yicha imtihonda ishtirok etadi.
25. Qabul qiluvchi (maxsus) tashkilot rahbari:
Filial bilan amaliyot (stajirovka)ni tashkil etish va o‘tkazish haqida shartnoma tuzadi;
qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotda amaliyot (stajirovka)ni tashkil etish to‘g‘risida buyruqlar chiqaradi;
malakali va tajribali mutaxassislar orasidan qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotda amaliyot (stajirovka) o‘tash uchun mas’ul shaxslarni tayinlaydi, shuningdek amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturida belgilangan tadbirlarni bajarishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;
amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturiga muvofiq amaliyot (stajirovka) o‘tash uchun sharoitlar yaratadi;
Filial tomonidan qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbarini o‘zgartirishni so‘rab qilingan murojaatni o‘rganib chiqib, tegishli qarorlar qabul qiladi.
26. Qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbari:
talabalarga texnika xavfsizligi bo‘yicha, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha, shuningdek qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotning ichki tartib qoidalari va faoliyatini tartibga soluvchi boshqa lokal hujjatlari hamda ish rejimining xususiyatlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beradi;
qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotning belgilangan obyektlari bo‘yicha talabalarni taqsimlaydi, uning tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari va o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi;
talabalarga amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturiga taalluqli materiallardan foydalanish imkoniyatini yaratadi;
talabalar tomonidan amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturining bajarilishi uchun zarur sharoitlar yaratadi;
talabalarga tizim faoliyati va boshqa masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi;
bajarilayotgan ish ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
talaba ish kunining belgilangan davomiyligiga rioya etilishini ta’minlaydi;
talaba ish vaqtidan samarali foydalanishini ta’minlaydi;
amaliyot va stajirovka o‘tash to‘g‘risida hisobotni tasdiqlaydi;
Filialdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbarini talaba tomonidan amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturi bajarilmayotganligi hamda mehnat intizomining buzilish holatlari haqida xabardor qiladi;
Filialdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbari bilan doimiy aloqani ushlab turadi.
Qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbari talabaga amaliyot (stajirovka)ni o‘tash dasturi bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalarni bajarish topshirig‘ini berishi taqiqlanadi.
27. Amaliyot (stajirovka)ning o‘tash joyini belgilash Filial bilan qabul qiluvchi (maxsus) tashkilot o‘rtasidagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Filial va qabul qiluvchi (maxsus) tashkilot amaliyot (stajirovka)ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha shartnomada shartnoma predmetini, taraflarning huquq va majburiyatlarini, amaliyot (stajirovka)ni tashkil etish tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini, shartnomani bekor qilish asoslarini, shuningdek taraflarning javobgarligini kelishib oladi.
28. Amaliyot (stajirovka) boshlanishi vaqtidan boshlab talabalarga qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotda belgilangan tartibda tanishtirilishi shart bo‘lgan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalari hamda qabul qiluvchi (maxsus) tashkilotda amalda bo‘lgan boshqa hujjatlar tatbiq qilinadi.
29. Amaliyot (stajirovka) bo‘yicha qo‘yilayotgan baho ta’lim bo‘yicha baholarga tenglashtiriladi va talabalar umumiy o‘zlashtirishining yakunlarini chiqarishda inobatga olinadi.
30. Amaliyot (stajirovka) yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho olinishi talabani akademik qarzdor sifatida tegishli o‘quv kursida qoldirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Uzrli sabablarsiz amaliyot (stajirovka)ga kelmaslik o‘quv intizomini buzish sifatida talabani belgilangan tartibda Filial talabalari safidan chetlashtirilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
5-bob. Moddiy ta’minot
31. Amaliyot va stajirovkani o‘tash davrida talabalarda stipendiya olish huquqi saqlanib qoladi.
32. Filialdan biriktirilgan amaliyot (stajirovka) rahbarlarining Filial joylashgan joydan amaliyot (stajirovka)ni o‘tash joyigacha borish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat safarlari xarajatlari, shu jumladan yashash va sutkalik xarajatlar, o‘rnatilgan tartibda Filialning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
6-bob. Yakuniy qoida
33. Mazkur Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishildi.
Adliya vaziri o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. KANYaZOV
2019-yil 19-iyul


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2019-y., 10/19/3175/3561-son)

Download 37,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish