[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.93.00 Amaliyot. Stajirovkalar]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy gvardiyasining
qarori
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali talabalari tomonidan amaliyot va kasbiy stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 15-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3175]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4166-son “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi qaror qiladi:
1. Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali talabalari tomonidan amaliyot va kasbiy stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri R.
DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-iyul,
5-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-iyul,
58QQ-son
Milliy gvardiya qo‘mondoni B.
TAShMATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-iyul,
17-son
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasining 2019-yil 22-iyuldagi 5, 58QQ, 17-son
qaroriga
ILOVA
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali talabalari tomonidan amaliyot va kasbiy stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4166-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyundagi “Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga o‘qishga qabul qilish tartibi va o‘quv jarayonini tashkil etish to‘g‘risida”gi 490-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetning Ixtisoslashtirilgan filiali (keyingi o‘rinlarda — Filial) talabalarining amaliyot va kasbiy stajirovka o‘tash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Amaliyot va kasbiy stajirovka o‘tashning asosiy maqsadi talabalar tomonidan egallangan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish
va mustahkamlash, kasbiy mahorat hamda amaliy ish ko‘nikmalarini shakllantirish, ta’lim oluvchilarning aholi va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini takomillashtirishdan iborat.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
amaliyot — 1-kurs talabalari tomonidan olingan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, kasbiy faoliyat haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni olish hamda soha mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ko‘nikma va mahorat hosil qilish maqsadida tashkil etiladigan o‘quv
jarayonining bir qismi;