1-Topshirq
1 .”O’zbekistonning eng yangi tarixi’ o’quvfanining nazariy-uslubiy
asoslari.
2.1989-yil Farg’ona voqealari,sabablari va oqibatlari.
3.”Mustaqillik deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi va uning tarixiy
ahamiyati
4.O’zbekiston respublikasida hokimiyatlar bo’linishi tamoyili.
5.Jamiyatning demoklashtiruvida ommaviy axborot vositalarining
tutgan o’rni
6.O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati va uning mazmuni
mohiyati.
7.O’zbekistonda bozor infratuzulmasining shakillanishi.
8.Prezident xalq qabulxonalari – xalq bilan muloqot davlat siyosatini
tarkibiy qismi sifatida.
9.Mustaqillik yillarda buyuk allomalarimiz tarixiy merosining
tiklanishi.
10.O’zbekiston va MDH hamkorlik munosobatlar
Javoblar
1.O’zbekistoning eng yangi tarixi fani,vatanimiz mustaqillika erishgan paytidan boshlab hozirgi kirib kelayotgan zamongacha bo’lgan ma’lumotlarni biz yoshlarga tadbiq etadi.Asosiy vazifasi yoshlarga hozirda olib borilayotgan ma’naviy , ma’rifiy, iqtisodiy ,ijtimoiy malumotlarni yanada chuqurroq ongimizga singdirishimizga yordamberadi.Va shu bilan bir qatorda ,mustaqilligimizning hozirgi kungacha bosibotgan yo’li va bo’layotgan hodisalarini bizga yoritib beradi .Fanning eng foydali tomoni ,biz nimalar bo’lgan va bo’layotganini,shu fannni o’qib bilib olsak bo’ladi.Avval biz internet yahshi rivojlanmagan uyali aloqa kamyob bo’lgan davrlarda, O’zbekiston tarixida nima bo’layotganini faqat televizor gazetalar orqali qisman qaysidir qismini eshtib korardik.Hozirgi kunda Prezidentimiz bizga katta katta qulayliklar maqsadida ana shunday ,manbaaga boy fanni darsligimizga kiritib berdilar.Biz bu fanndan oqilona va etibor bilan chuqur o’rganishimiz lozim.Axir har bir inson uchun,o’z davlati qanday mustaqilligiga erishgani,yurtida bo’lgan fojea va yutuqli onlariyani yangi tarixi qiziqku to’g’rimi?Shuning uchun biz bu fanni astoydil organib, unga hissa qoshishimiz kerak.Va bizdan keyngi avlodlarga,yangi tariximizning ildizini orgatib ularga meros qilib qoldirishimiz kerak.O’zbekistonning yangi tarixi fani boyicha mening fikrim ana shunday.
2.1989 yil Farg’ona shahrida may oylarida o’zbeklar va mesxeti turklar ortasida ommaviy toqnashuv yuz berdi.Bu to’qnashuv kucli fojeaga aylandi va bir necha ming insonlarning qirilib ketishiga uy-joylarning vayron bo’lishiga sabab bo’ldi.Butun farg’ona olov va qo’rquv ichda qoldi.Va bular ichda Islom Karimov respublika raxbari etib saylandi.Islom Karimov saylovdan so’ng zudlik bilan Farg’onaga yetib bordi va o’zining puxta o’ylagan siyosati,harakati bilan tohtatib qola oldi.Shu tariqa voqeaning sababiga kelsak aslsababihozirgi kungacha ham nomalumligicha qolgan.Ma’lumtlarga qaraganda hozirgi kunda bu voqeadan ikki taraf ham afsusda.Guvohlarning so’zlariga qaraganda,to’qnashuv birdaniga boshlandi.Uylarga o’t qo’yilib mesxeti turklarning kaltaklanishi qon to’kilishi korinar edi.Bunday voqeani faqat tushdagina ko’rish mumkin deydi, guvoh Javid Aliev.Uning malumot berishiga qaraganda ,o’zbeklar va turklar o’rtasidagi nizo 1989 yil 23-mayda boshlangan 3-iyunga kelib fojeaga aylangan.Eng qiziqarli malumotlardan biri ,1989 yil OZKOMPARTIYA birinchi kotibi Rafiq Nishanov bozordagi voqea ziddiyat sababi deb malum qldi.Xaridor mesxeti turklaridan biri o’zbek sotuvchidan,qulupnayni juda qimmatga olganini aytdi. Ozbeklar qarshi chqadi va janjal yuzaga keladi.SHuningdek bu ishlar orqasida qandaydir kuchlar turgani haqida ko’plab variantlar bor.Marg’ilonda qurollanganlar mesxeti-turklarni tekshirishni boshlashgan.Guvohlarning aytishicha bu mojaroda boshqa kimlarningdir qo’li bor aks holda ikki millat ortasida to’satan bunday nizo kelib chiqmagan bo’lardi.Aytishlaricha mesxeti-turklar ketgan kun,boshaqa millat vakillari ham tark etishgan.Fojeadan so’ng mesxeti-turklari ,Rossiyaga ko’chirilgan.Hozirda ular Rossiya,Ozarbayjon,Aqsh va turkiyada yashaydi.
3.”Mustaqillik deklaratsiyasi”O’zbekiston sovet sotsialistik Respublikasi Oliy Sovetining 1990-yil 20-iyunda ikkinchi sessiyada qabul qlingan.O‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari,har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi,har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda,O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda,xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib,O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi.
O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqillig respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir.
O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi mumkin emas.
O‘zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo‘linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir.
SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlanganidan keyingina O‘zbekiston SSR hududida kuchga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
6. O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi.
7. O‘zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o‘zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi.
8. O‘zbekiston SSR o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o‘zi ta’sis etadi.
9. Qoraqalpog‘iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitutsiyasi ta’min etadi. O‘zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog‘iston MSSR manfaatlarini himoya qiladi.
10. O‘zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O‘zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qonunlarni ishlab chiqadi. O‘zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi.
11. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O‘zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.
12. Ushbu Deklaratsiya O‘zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida belgilangan muhim konstitutsiyaviy prinsip – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.Mazkur prinsip mustaqil, samarali va mas’uliyatli ijro etuvchi hokimiyat faoliyatini nazarda tutadi. Shu nuqtai nazaridan ushbu prinsipni to‘laqonli ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobi bevosita Vazirlar Mahkamasiga bag‘ishlandi. Ta’kidlash lozimki, ushbu bob 25 yil mustaqil taraqqiyot yo‘lida izchil takomillashtirib borildi. Xususan, 1993-2017 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 9 marotaba (1993, 2003, 2007, 2008, 2011 yilda 2 marotaba, 2014, va 2017 yilda 2 marotaba) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, ulardan 4 tasi aynan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga ham qaratilgan edi. Xususan, Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasi faoliyati va huquqiy maqomiga bag‘ishlangan 98-moddasi uch marotaba – 2003, 2011 va 2014 yillarda yangi tahrirda bayon etilganligi ham konstitutsiyaviy islohotlar tizimida Vazirlar Mahkamasining naqadar ko‘p marotaba modernizatsiya qilinganligidan dalolat beradi.Qisqacha qilib aytganda, Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag‘ishlangan 98-moddasining 1992 yilgi tahriri 6 qismdan iborat bo‘lib, unda Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarlik qilishi ruhi sezilib turardi. 2003 yildagi yangi tahririda ushbu 6 qism jiddiy o‘zgarishlarsiz saqlab qolindi, shu bilan birga yangi 4 ta qism bilan to‘ldirildi (jami 9 ta qism, 1993 yilgi tahrirdagi ayrim qismlar birlashgan). 2003 yilda 98-moddada ilk marotaba Bosh vazirning roli mustahkamlanib, u konstitutsiyaviy-huquqiy maqomga ega bo‘ldi. 98-moddaning 2003 yilgi yangi tahriri Vazirlar Mahkamasining huquqiy maqomini (ijro hokimiyatini amalga oshirishi, tarkibiga kimlar kirishi belgilandi), Bosh vazirning huquqiy maqomini (Bosh vazir nomzodi Prezident taqdimiga binoan Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi) va vakolatlarini (Vazirlar Mahkamasining a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tasdiqlash uchun taqdim etish; Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etishi va unga rahbarlik qilishi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘lishi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qilishi, uning qarorlarini imzolashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘rishi) belgilab berdi, shuningdek, eng muhimi Bosh vazir va Prezident o‘rtasida ijro hokimiyatini amalga oshirishdagi vakolatlar taqsimotini (Prezident Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli ekanligi) mustahamladi. Muxtasar qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga asoslangan holda ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirib, mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohada samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha huquqiy maqomini belgilab berdi hamda mamlakatimizda ijro hokimiyati tizimini izchil isloh etish va yanada demokratlashtirish va modernizatsiya etishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
5.Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo’lib o’tgan qo’shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» ma’ruzasida jamiyatimizni rivojlantirishning muhim yo’nalishlarini, shu jumladan, axborot sohasi hamda so’z va axborot erkinligini ta’minlash borasidagi islohotlarni davom ettirish yuzasidan ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Ushbu serqirra jarayon samaradorligini oshirish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va demokratik yangilanishni ta’minlashda jamoatchilik fikrini shakllantiradigan hamda aholining amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida faol ishtirok etishiga ko’maklashadigan ommaviy axborot vositalari muhim o’rin egallaydi. Taraqqiyotimiz yo’lida erishilayotgan yangi yutuqlar va marralar bilan bir qatorda mazkur sohada ham ijobiy o’zgarishlar ro’y bermoqda. O’n besh yil avval mamlakatimizda 475 ommaviy axborot vositalari mavjud bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda qariyb 1200 bosma va elektron ommaviy axborot vositalari ro’yxatga olingan. Ularning 60 foizdan ortig’i mamlakatimiz hududlarida faoliyat ko’rsatmoqda. Nodavlat ommaviy axborot vositalari soni ham tobora ko’payib borayotir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, ommaviy axborot vositalarining eng muhim vazifasi mamlakatimizda olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatni atrofimizda sodir bo’layotgan voqealarga nisbatan fikrlar va qarashlar rang-barangligi, jamiyatimizni yanada erkinlashtirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda, xolisona yoritishdan iborat. Shu munosabat bilan ommaviy axborot vositalari zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Birinchi navbatda, ular real hayotni, mamlakatimizda ro’y berayotgan ulkan o’zgarishlarni xolis va har tomonlama aks ettirishi, yuzaga kelayotgan muammolarni ko’tarib chiqishi, shu tariqa ularni hal etishga ko’maklashishi lozim. Istiqlol yillarida yangi ijtimoiy munosabatlarning samarali huquqiy mexanizmini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy demokratik davlat qurishning muhim institutlaridan biridir. Ushbu sohadagi davlat siyosati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yilgan so’z erkinligi prinsiplari va fuqarolarning axborot olish huquqini izchillik bilan to’liq amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga solish, ularni erkinlashtirish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha xalqaro normalarga to’liq mos keladigan, demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilish, ijtimoiy siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida ishtirok etishining huquqiy kafolatlarini ta’minlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi.
6. «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 3moddasiga muvofiq yoshlar yosh fuqarolar un turt yoshga tulgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslardir. Esh oila deganda, erxotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolgiz otadan yoki yolgiz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan, nikoxdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) tushuniladi. Esh mutaxassis deganda, oliy yoki o‘rta maxsus, kasbxunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz yoshdan oshmagan hodim tushuniladi. Yoshlar tadbirkorligi deganda esa, yuridik shaxs tashkil etmagan xolda yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 5moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ana shunday yo‘nalishlardan biri sifatida yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uyjoy va ijtimoiy maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish vazifasi belgilangan.Qonunning 9-moddasida yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari, madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlar, mehnat organlari, proko‘ratura organlari, ichki ishlar organlari, adliya organlari, mudofaa ishlari bo‘yicha organlar kirishi bilan bir qatorda, bu borada boshqa organlar va muassasalar ham qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etishi mumkinligi belgilab berilgan. SHundan kelib chiqib, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va uyjoy bilan ta’minlash maqsadida hududlarda «Kamolot» uylarini qurish va imtiyozli kredit asosida faol yoshlarga taqdim etish vazifasi belgilandi. Bunday uylar loyihasmeta hujjatlari asosida tijorat banklari kreditlari evaziga kuriladi. Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular zamonaviy uyjoylar bilan ta’minlanadi va ularga uzok Muddatl iipoteka kreditlari ajratiladi.
O‘zbekiston Prezidentining xalqimiz o‘rtasida, ayniqsa yoshlar orasida kitobxonlik an’anasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng e’tibor qaratish bo‘yicha amalga oshirayotgan say-harakatlari dikkatga sazovordir. Ana shu yo‘lda 2017 yilning sentabr oyida o‘quvchi yoshlarning mafko‘raviy immunitetini mustaxkamlash maqsadida ta’lim muassasalarida «Men sevib ukigan kitob» va «Eng yaxshi kitobxon» tanlovlari tashkil etiladi. Buning uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar va xayriya mablag‘lari hisobidan 160 million sum ajratish ko‘zda tutilgan. Bunday tadbirlar vositasida o‘quvchi yoshlar turli yot g‘oya va mafko‘ralardan himoya qilinadi, ularning mafko‘raviy immuniteta mustahkamlanadi hamda jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirishga xissa kushiladi.2017 yil davomida aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual va ma’naviy extayojlarini yanada to‘larok kondirish maqsadida «Adabiyotga e’tibor ma’naviyatga, kelajakka e’tibor» shiori ostida Respublika «Kitob bayrami» an’anaviy tadbiri va uning doirasida «Kitob millatning bebaho ma’naviy va madaniy merosi» mavzusida ilmiyamaliy konferensiya va «Bolalar kitoblari» an’anaviy respublika festivali tashkil etiladi va o‘tkaziladi. Har bir tuman markazida kitob dukonlari ochiladi va ular yangi asarlar bilan boyitiladi. 40 ga yaqin nomdagi o‘zbek mumtoz va xozirgi zamon adabiyoti, jahon mumtoz adabiyoti durdonalari nashr etiladi va hududlarda, xususan, respublika axborotresurs markazlarida ularning taqdimoti o‘tkaziladi. Bunday ezgu ishlarni amalga oshirishdan adabiyot orkslixalqma’naviyatini yuksaltirish, on.te i i kitob ukssh an’analarini kengtargib kslish, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, yoshlarni intellektual rivojlangan va ma’nan barkamol qilib voyaga etkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatsha, kitobmutolaasi madaniyatiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish maqsad qilib olingan.
7. Bozor infratuzilmasi bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham Bozor infratuzilmasi alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi. Bozor infratuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui. Bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari quyidagilar:
Birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy rasmiylashtirilgan vositachiligi;
Kimochdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari tashkiliy vositachilik shakllari;
Kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya banklari;
Aholi bandligini boshqarish tizimi, davlat va nodavlat bandlikka yordam koʻrsatish markazlari (mehnat birjalari);
Axborot texnologiyasi va ishbilarmonlik aloqalari vositalari;
Soliq tizimi va soliq inspeksiyalari;
Tijoratxoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari;
Maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;
Savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma)lari;
Bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari;
Konsalting (maslahat) kompaniyalari;
Ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari;
maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqalar.Bozor infratuzilmasi ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar, yaʼni haridor va sotuvchilarni bir-birlariga uchrashtirish, bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi oldi-sotdi operatsiyalarini oʻtkazish, ularning oʻzaro hisob-kitoblari, shuningdek bozordagi doimiy hamkorlik va mijozlik aloqalarini oʻrnatish, ish kuchi topish va boshqalarda yordam beradi. Bozor infratuzilmasi davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi.
8. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash borasida asos solgan yangi tizim – Xalq qabulxonalari instituti ijtimoiy adolatni ta’minlash borasida o‘zbekona hayot falsafasi va milliy davlatchilik maktabiga xos barhayot an’analarning yangi taraqqiyot bosqichi bo‘lish bilan birga, mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish yo‘lidagi strategik maqsadlarga erishishning qudratli vositasiga aylanmoqda1. Kengashli to‘y tarqamas Xalqimizda ezgu bir an’ana bor: har qanday ishni boshlashdan avval maslahat qilinadi. Bunda kayvoni-yu keksalardan, yoshlardan ham fikr so‘raladi. Turli mulohazalar tinglanadi, munosabatlar hisobga olinadi. Har bir qarash, taklif chuqur muhokama qilinadi – do‘ppini boshdan olib qo‘yib, atroflicha kengashiladi. Aql – tarozi, ko‘ngil qozi bo‘ladi: ko‘riladigan tadbirning foydasi va zarari taroziga qo‘yilib, obdon tortiladi. Aqlli tadbirlar taqdirga mos keladi: eng to‘g‘ri qaror, adolatli yechim ana shunday muhokamalar asnosida tanlanadi. Bu – haqiqat bahslarda tug‘iladi, degani. Bunday qadriyatlar yo‘q joydan o‘z-o‘zicha paydo bo‘lib qolmagan, albatta. Zero, har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qadriyatlari aniq tabiiy, tarixiy va ijtimoiy omillar negizida vujudga keladi, rivoj topadi. Shu ma’noda jamoa bo‘lib yashash tuyg‘usi xalqimiz uchun umr qoidasiga aylanib ketgani bejiz emas. Ya’ni, zaminimizda istiqomat qiladigan odamlarning bir oila, bir mahalla, bir xalq bo‘lib yashashi obyektiv zarurat – tabiatning o‘zi, hayotning o‘zi bizni shu ruhda tarbiyalagan. Bunday hayot tarzi, tabiiyki, o‘zaro muloqotga, muloqot esa qizg‘in muhokama – kengashga, har bir masalada adolatli va oqilona hukmga yo‘l ochadi. Xalqimiz bunday qadriyatlarga asoslanib, avvalo, ijtimoiy adolatga intilib kelgan. Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Xalq qabulxonalari haftada besh kun 9.00 dan 18.00 gacha tanaffussiz faoliyat ko‘rsatadi. Ayni paytda Xalq qabulxonalari joylardagi eng zamonaviy binolarda ish boshladi. Bu yerda jismoniy va yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, kutish va fuqarolarni qabul qilish zallari, ish kabinetlari, Ona va bola, tibbiyot xonalari mavjud. Qabulxonalar huquqiy adabiyotlar, zarur ma’lumotlar va axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan. Prezidentimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bevosita tanishar ekan, tashkiliy jihatlarga yuqori baho berdi. Endi uni mazmunan boyitish, ichki madaniyatni mustahkamlash zarurligini, hokimlar, prokurorlar, ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari va boshqa mutasaddi rahbarlar bu yerda xalq bilan muloqot qilishi, har bir murojaat o‘z yechimini topishi, adolat ta’minlanayotganini odamlar sezishi, bir so‘z bilan aytganda, bu maskanda adolat ovozi jaranglab turishi kerakligini ta’kidladi.
9.O’zekiston mustaqillikka erishganidan keyingi dolzarb muammolaridan biri yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. Bu o’z navbatida bir necha o’n yillar mobaynida sinfiy-partiyaviy mafkura tomonidan ta’qiqlangan o’zbek xalqinng ma’naviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochishi kerak edi.Darhaqiqat, O’zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikkni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo’lmasligini hayotning o’zi ko’rsatadi. Shuning uchun ham mamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytlaridanoq bu borada zarur choralar ko’rildi. O’zbekiston rahbarligiga saylangan I.A.Karimov O’zKP XXII sezdida (1990 yil iyun) shunday degan edi:“Yaqindagina o’zbek adabiyotining klassigi Boburni baholashda tor sinfiy yondashuv ro’y berdi. Adib ijodining milliy va umuninsoniy ahamiyati kamsitildi. O’zbekiston Kompartiyasi markaziy qo’mitasining 1986-yildabo’lgan uchinchi plenumida Bobur shaxsi tahqirlanib u ma’rifatli zolim” deb tilga olindi.Xalqimiz Markaziy Qo’mita Jumhuriyat Navoiy, Uliug’bek, Bobur, Mashrab, Furqat, Qodiriy va boshqa xalqimizning buyuk farzandlari yubileylarini o’tkazish to’g;risida qarorni juda ruhlanib kutib olingani bejiz emas. Ularning merosi O’zbekiston xalqlari umuminsoniy qadriyatlarning ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan edi va bundan buyon ham xizmat qildi. Biz ularning bebaho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga yetkazish uchun barcha ishlarni qilamiz”.O’zbekiston yangi rahbariyatning bunday pozitsiya respublikada ma’naviy poklanish, yangilanish davrining boshlnganligini bildirar edi.Shundan so’ng adib P.Qodirovning Bobur va boburiylar haqida hikoya qiluvchi “Yulduzli tunlar” romani e’lon qilindi, Boburning “Boburnoma ”si yangitdan nashr qilindi. “Sharq yulduzi ” jurnalida “Temur tuzuklari”ning to’la e’lon qilinishi keng jamoatchilikni behad quvontirdi. Bular albatta, yurtimiz tarixida o’chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimiz shaxsiga yangicha munosabatlar qaror topayotganligini ko’rsatar edi.Endilikda mamlakat istiqloliga erishganidan so’ng, asrlar davomida ota-bobolarimiz yaratgan bu boyliklarini e’zozlash, avaylab-asrash, o’rganish va ko’paytirish imkoniyatiga ega bo’lindi. 1991 yil A.Navoiy tavalludining 550 yilligi barcha hurfikrli kishilar tomonidan keng nishonlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan 1994-yil Ulug’bek yili deb qilindi va uning 600 yilligi mamlakat va jahon miqyosida keng nishonlandi. Bu tadbirlar buyuk alloma qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir. Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqa ko’plab ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shgan allomalar sifatida xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldi. Samarqand, Buxoro va Xiva butun insoniyat uchun ziyoratgohga aylandi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga binoan 1998-yil 24-oktabr kuni Farg’onada Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi, 1999-yil 5-noyabrda Xorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga, 1999-yil 17-dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 1999-yil 18-dekabr kuni Nukusda Ajiniyoz Qosiboy o’g’li tavalludining 175 yilligi keng nishonlandi. Bulardan tashqari, mustaqillik yillarida Fitrat, Cho’lpon, Bexbudiy, Berdaq, Fayzulla Xo’jayev singari madaniyat va jamoat arboblari yubileylarini o’tkazish yuzasidan ko’rilgan chora tadbirlar ham ma’naviy hayotdagi muhim qadamlardir.
10. O‘zbekiston va MDH davlatlari. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o‘zaro hamkorligi Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda, mintaqa ko‘lamida integratsiyani rivojlantirishda sobiq ittifoq tarkibida bo‘lib, endi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar ham alohida o‘rin tutadi.
Sobiq ittifoq barham topgach, 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahrida Rossiya federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya davlatlari tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga asos solindi.
21 dekabrda Almatida o‘tgan uchrashuvda MDH bitimini jami 11 davlat imzolab, MDHga a’zo bo‘lib kirdi. Ular bu bitmda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘ tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.
MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi:
tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muhofaza qilish;
umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumevropa, Yevroosiyo bozorini shakllantirish;
iqtisodiy islohot o‘tkazish;
bojxona siyosatini birga olib borish;
transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;
ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash.
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
O‘tgan yillar MDH mamlakatlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma munosabatlari doirasida teng huquqli sherikchilik asosida o‘zaro foydali hamkorlik ishlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini tasdiqladi. Bunday hamkorlik hamdo‘stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan bog‘langanligina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar va mintaqaviy aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo‘ldi.
Mintaqamiz xalqlarining yaqinlashuvi – tabiiy kechayotgan jarayon. Bu yaqinlik sobiq Ittifoq mavjud bo‘lganligidan qat’iy nazar hamma vaqt bo‘lib kelgan. Bu haqiqiy integratsiya bo‘lib, sun’iy ravishda joriy etiladigan integratsiyadan farq qiladi. Unga sovetlardan keyingi davlatlarning birortasi qarshi emas, ayni chog‘da ularning birortasi ham o‘z mustaqilligidan voz kechmoqchi emas. Biz uchun masalaning mohiyati mustaqillik yoki integratsiyani tanlash emas, balki bu ikki yo‘nalishni uyg‘unlashtirishdan iboratdir. O‘zbekiston rahbariyati MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko‘rishni istadi.
Biroq, dastlabki yillarda MDH a’zo davlatlari munosabatlarida bir qator muammolar ham bo‘lib turdi. Jumladan, bu tashkilot o‘z kengashlarida barcha a’zo davlatlar taraqqiyoti uchun muhim hujjatlar qabul qilar, biroq ularning bajarilishi sekin kechar edi. Ayrim kelishuvlar esa barbod bo‘lar edi. O‘zbekiston davlati doimo bu tashkilotning muntazam ishlab turishi, uning qabul qilgan qarorlarining bajarilishi tarafdori bo‘lib keldi. Prezident I.Karimovning bu tashkilot kengashlariga qatnashuv oldidan ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida aynan shu muammolar o‘z ifodasini topdi.
O‘zbekiston Respublikasi MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikka kirishar ekan, doimo ularning mustaqilligiga dahl qilmaslikka intildi va bunga amal qildi.
1992 yil may oyida MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi MDH doirasidagi davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichiga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 1993 yil MDH davlatlari bilan imzolangan “Iqtisodiy ittifoq” haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o‘zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.1994 yil 21 oktyabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat boshliqlarining kengashida 10 ga yaqin masalalar muhokama qilinib, asosiy e’tibor MDH mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalalarga qaratildi. MDH davlatlari o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi. Kengashda iqtisodiy ittifoqning davlatlararo iqtisodiy qo‘mitasi tuzildi. Mazkur kegashda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 50 yilligini tantanali nishonlash haqida kelishib olindi. MDHni mustahkamlashda bu uchrashuv muhim rol o‘ynaydi.1995 yil 10 fevralda Almatida MDH mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. MDH davlatlari a’zolari bo‘lgan mamlakatlar chegaralarini qo‘riqlashda hamkorlik qilish konsepsiyasi muhokama qilindi. Ammo masalaning xarakteri va mazmuni haqida bir-biriga mos bo‘lmagan turli fikrlar bildirildi.Mustaqillikning birinchi o‘n yilligi davrida MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olish uchun davlatlararo iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to‘laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlar bilan imzolab, o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.2001 yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Moskvada MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit bo‘lib, unda o‘tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va o‘zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko‘paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar, xo‘jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Sammit ishtirokchilari MDH tuzilganligining o‘n yilligi munosabati bilan hamda Afg‘onistondagi vaziyatga doir “Bayonot”ga imzo chekdilar.Bugungi kunda ham O‘zbekiston Respublikasi MDHga ko‘p tomonlama hamkorlik uchun shart-sharoit yaratishdan manfaatdor suveren mamlakatlar birlashmasi sifatida qaraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |