1-topshiriq: sivilizatsiya va shahar tushunchalarining mohiyati va mazmuni. Adabiyotlar



Download 33,63 Kb.
bet6/6
Sana29.12.2021
Hajmi33,63 Kb.
#84026
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asxodjayeva Z. shaharsozlik

Hindiston. Dvarka

Kambey bo‘g‘ozida arxeologlar tomonidan eramizdan avvalgi 7,5-yilga mansub bo‘lgan qadimgi shahar qoldiqlari topilgan. U 35 metr chuqurlikda yotadi. Cho‘kish sabablari tabiat hodisalari bilan bog‘liq.



Kuba. Yukatan bo‘g‘ozi

2000-yillarning boshida olimlar Kuba oroli qirg‘oqlarida qadimiy qoldiqlarni topishdi. Ularning yoshi 2 ming yildan oshadi degan fikr bor. U tarixchilar uchun noma'lum bo‘lgan sivilizatsiya tomonidan barpo etilgan.



  1. Qadimgi sharqning shaharmonand va qadimgi shaharlariga izoh bering

    Nomi

    Maydoni

    Mudofaa devori

    Ark-Qal’a

    Sanasi

    Joylashgan hududi

    Oltintepa

    25 ga

    balandligi

    *

    Miloddan avvalga III mingyillik

    Turkmaniston

    Namozgohtepa

    70 ga

    *

    *

    Miloddan avvalga III ming yillik о‘rtalari

    Turkmaniston

    Sopollitepa

    3 ga

    *

    *

    Miloddan avvalga II ming yillik I yarmi va о‘rtalari

    О‘zbekiston

    Jarqо‘ton

    100 ga

    *

    *

    Miloddan avvalga II ming yillik II yarmi

    О‘zbekiston

    Dalvarzin

    24 ga

    *

    *

    Miloddan avvalga II ming yillik oxirlari I ming yillik boshlari

    О‘zbekiston

    Chust

    5 ga

    *

    *

    Miloddan avvalga I ming yillik oxirlari

    О‘zbekiston

    Shahri Sо‘xta

    80 ga

    *

    *

    Miloddan avvalga III ming yillik II yarmi

    Eron

    Mehinjo-Doro

    260 ga

    *

    *

    Miloddan avvalga III ming yillik о‘rtalari

    Hindiston

    Mundigak

    70 ga

    *

    *

    Miloddan avvalga III ming yillik oxirlari II ming yillik boshlari

    Afg‘oniston

    Chjenchjou

    60 ga

    *

    *

    Miloddan avvalga II ming yillik о‘rtalari

    Xitoy

    Godin

    25 ga

    *

    *

    Miloddan avvalga II ming yillik I yarmi

    Eron

  2. Sivilizatsiyaning asosiy mezonlari haqida yozib tahlil qilib bering.

„Sivilizatsiya“ soʻzi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan maʼnolarni anglatadi. Bu tushuncha fanga fransuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt — ikki asr oldin kiritilgan boʻlib, tafakkur va erkinlik hukmron boʻlgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qoʻllanilgan. Umuman olganda sivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi. Jamiyat taraqqiyotini sivilizatsiya nuqtai-nazaridan oʻrganishda sivilizatsiyalarning almashuvi nazariyasi muhim oʻrin tutadi. Bu nazariya tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan iborat sivilizatsiyani ajratib koʻrsatadilar:

  1. davomiylik muddati 30-35 asrni oʻz ichiga olgan neolit davri;

  2. davomiylik muddati 20-23 asrni oʻz ichiga olgan sharqiy quldorlik davri (bronza asri);

  3. davomiylik muddati 12-13 asrni oʻz ichiga olgan antik davr (temir asri);

  4. davomiylik muddati 7 asrni oʻz ichiga olgan erta feodal davri;

  5. davomiylik muddati 4,5 asrni oʻz ichiga olgan industrlashishdan oldingi davr;

  6. davomiylik muddati 2,5 asrni oʻz ichiga olgan industrial davri;

  7. davomiylik muddati 1,3 asrni oʻz ichiga olgan yuqori industrlashish davri.

Bu qayd qilingan bosqichlardan koʻrinib turibdiki, ushbu nazariyada turli qarashlar va yondashuvlarni aralashtirish holatiga yoʻl qoʻyilib, jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini ajratishning aniq bir mezoni yoki belgisi mavjud emas.
8.Sivilizatsiyalarning vujudga kelishi haqida nimalarni bilasiz?

Tamaddun yoki sivilizatsiya — jamiyatning rivojlanganlik darajasini koʻrsatuvchi tushuncha, madaniyatfantexnikadin va hokazoni oʻz ichiga oladi. Tamaddun inson jamiyatining ongli ekanligiga urgʻu berib, uni boshqa har qanday ongsiz jamiyatdan farqlaydi.
9.Eng qadimgi sivilizatsiyalar haqida ma’lumot bering.

O`zbekiston xududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari Farg`ona vodiysidagi Selungur, Toshkent viloyatidagi Ko`lbuloq, Buxorodagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo`pol qurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo`lib ov qilish bilan shug`ullanishgan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojiz bo`lib, unda taiyor bo`lgan mahsulotlarni o`zlashtirganlar.

            Ilk paeolit, ya`ni ashel` davrining oxirlarida yashagan odamlarning manzilgohlari Qoraqalpog`istonning Ustyurt tekisligidagi Borsakelmas degan yerdan ham topib o`rganilgan.

            O`rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Ho`jakent, Samarqanddagi Omonqo`ton, Boysun tog`laridagi Teshiktosh makonlaridan topilgan. Mashhur yodgorliklarning biri Teshiktosh g`or makoni bo`lib bu yerdan turli-tuman qurollar va hayvon suyaklaridan tashqari, 9-10 yashar bolaning qabri qozib ochilgan.

            O`rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashdi. Eng muhimi, ibtidoiy to’dadan urug`chilik jamoasiga o`tish boshlanadi. Shimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Jamoa bo’lib ov qilish paydo bo`ldi.

            So’nggi paleolit  davriga oid makonlar Ohongarondagi Kulbuloq, Toshkentning g`arbidagi Buzsuv 1 hamda Samarqand shahridan topilgan.

            Bu davrga kelib odamlar faqat tog`li hududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutugi urug`chilik tuzumiga (matriarxat) o`tilishidir.

            Mezolit davri yodgorliklari Surxondaryodagi Machoy g`or-makonidan, Markaziy Farg’onaning ko`pgina yodgorliklaridan topib o`rganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga qaytadi. Hayvonat va o`simlik dunyosida katta o`zgarishlar sodir bo`ladi. Insoniyat o`z tarixidagi dastlabki murakkab moslama-o`q-yoyni kashf etadi.

            Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik xo`jaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.

            Qoraqalpog`istonda mezolit davri makonlari Orol dengizi atrofidagi Ustyurt balandligida va Qizilqum cho`lida bor. Ustyurtdagi mezolit makonlari mil.avv. 8-6 ming yilliklarga oid. Qizilqum cho`lidan topilgan mezolit davri yodgorliklari mezolitning so`nggi bosqichlariga va o`rta tosh davridan yangi tosh davriga (neolitga) o’tish davriga tegishli.

            Neolit davriga kelib qadimgi qabilalar hayotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo`ladi. Bu davr odamlari baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik hamda qisman hunarmandchilik bilan shug`ullanganlar. Eng katta yutuqlardan biri kulolchilikning paydo bo’lishidir. Shuningdek, bu davrga kelib to’qimachilik va qayiqsozlik ham paydo bo’ladi. Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab quydagi madaniyatlarga bo`linadi: Jaytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor madaniyati

            Joytun madaniyati. Janubiy Turmaniston xududiagi mil.avv. VI-V ming yilliklarga oid madaniyat. Bu yerdan O’rta Osiyodagi birinchi paxsa uylar qoldiqlari, sopol idishlar na’munalari aniqlangan. Aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan shug`ullangan.

            Kaltaminor madaniyati. Qoraqalpogistonning janubidan topilgan bo`lib mil.avv.V-IV ming yilliklarga oiddir. Kaltaminor qabilalari baliqchilik, ovchilik va qisman hunarmandchilik bilan shug`ullangan.

            Hisor madaniyati. Asosan, Xisor-Pomir tog`laridan topilgan. Mil.avv.V-IV ming yilliklarga oid.

            Qoraqalrog`istonda yangi tosh (neolit) davri odamlari faqat dare sohillarinigina emas, balki Kizilkumning va Ustyurtning ichki xududlarini ham o`zlashtira boshlaganlar.

            Qoraqalpog`istondagi yangi tosh (neolit) davri yodgorliklari Amudaryoning qadimgi Oqchadarem del`tasida (hozirgi To`rtkul tumani xudidan boshlab Taxtakupir tumani hududigacha bo`lgan oraliqda) va Ustyurt balandligida saqlangan.

            Eneolit-mis-tosh davrida odamlar dastlabki metal bilan tanishdilar.


  1. Qadimgi madaniy aloqalar haqida yozib tahlil qilib bering.

IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo mintaQasida madaniyat yuksalishi parvoz bosQichga chiQQanligi to‘g‘risida gap borar ekan, ayni shu hudud jahonni hayratga solgan buyuk mutafakkirlarni yetishtirib berganligi, ilm-ma’rifat, betakror kashfiyotlar beshigi- tarixda «Musulmon madaniyati», «arab madaniyati» deb nomlangan tushunchalar bilan baholangani bejiz emas. o‘rta asr tarixchilari va sayyohlari ushbu davrda Markaziy Osiyoda iQtisod, savdo o‘sganligi, ko‘rkam shaharlar Qad ko‘targanligi, ilm-ma’rifat gurkirab rivojlanganligi haQida ma’lumot beradilar. Monumental me’morchilik, tasviriy san’at, musavvirlik va musiQa san’ati beQiyos darajada rivojlangan, kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan4 . O‘sha paytda «Buxoroda baland tosh devorlar bilan o‘ralgan saroylar, turli rasmlar bilan bezatilgan mehmonxonalar, mohirlik bilan barpo etilgan bog‘lar, hiyobonlar, hovuzlar» mavjud bo‘lganligi haQida manbalarda Qayd etiladi. Abdul Vafo al Buzjoniy o‘zining «Geometrik Qoidalarning hunarmandlarga kerakli tomonlari haQida» asarida turli geometrik usullar yordamida har xil naQshlar, bino bezaklari yasash yo‘llari, Quruvchi ustalarning tajribalari, badiiy usullari haQida hikoya Qiladi. BoshQa manba’larda bu davrdagi tasviriy va musvvurlik san’ati, hususan portret chizish haQida ma’lumotlar keltiradi
11. О‘rta Osiyodagi dastlabki shahar markazlari va о‘choqlari qaysi davrlarga bо‘linadi va bu davrlarga izoh bering?
12.О‘rta Osiyo qadimgi manzilgohlari rivojlanishining voha tartibini Qadimgi Sharq hududlari bilan qiyosiy tahlil asosida yozib tahlil qilib bering.

Arxeologik topilmalar shuni ko’rsatmoqdaki, miloddan avvalgi 2-ming yillik o’rtalarida O’zbekiston (Surxon vohasi)da qadimgi dehqonchilik madaniyati rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o’tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishining o’ziga xos xususiyat va qonunlarga ega edi.

Ilgarigi o’quv qo’llanmalari va darsliklarda ilk davlatlarning shakllanishini ekspluatatsiyaning paydo bo’lishi yoki boshqa kishilar mehnati bilan yaratilgan mahsulotni o’ziniki qilib olishning vujudga kelishi natijasida jamiyatning bir-biriga dushman sinflarga bo’linishi bilan bog’lab tushuntirilar edi. Aslida, turli manbalar ilk davlatchilikka o’tishda boshqacha tarixiy vaziyatni ko’rsatmoqda.

Dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan erlar va sug’orish tizimi maydoni bilan chegaralangan nisbatan kichik hududda, ya’ni zich o’zlashtirilgan, xo’jalik va ishlab chiqarish maqsadida keng foydalaniladigan qadimgi sug’orma dehqonchilik vohalarida paydo bo’lgan. Bunday vohalar aholisi uchun tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar va manzilgohlar hududini mudofaa qilish, sug’orish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib turish masalalarni echish muhim va hayotiy zaruriyat edi.


13.Qanday shart - sharoitlar ilk shaharlar paydo bо‘lishi uchun asosiy va muhim о‘rinda turadi?

Ibtidoiy davr shaharsozligi va me’morchiligi tarixi odamzod ongi va hissiyotini anglashi va rivojlanishidan boshlab dunyoda birinchi davlatlarning paydo bo’lishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ibtidoiy jamoa davridan bizgacha yetib kelgan tarixiy dalillar - mehnat va ov qurollari, uy - anjom va bezak buyumlari, odamlar yashash manzil bo’laklari shaharsozligning moddiy va ma’naviy manbalari, ibtidoiy jamoaning shaharsozligi madaniyati haqida tasavvur hosil qilishga ko’maklashadi. Ona zaminimiz bag’ridagi madaniy va moddiy yodgorliklar, odam va hayvonlar jasadining suyak qoldіqlari g’or va yerto’la devorlariga ishlangan rasm va bo’rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri shaharsozligi va memorchiligi tarihini o’rganishning asosiy manbalaridan hisoblanadi. Shaharsozlig va me’morchilik ibtidoiy davr kishilari hayotida mehnat jarayonida paydo bo’ldi va shakllanib bordi. Sayyoramizda birinchi shahar qayerda va qachon paydo bo‘lgan degan savol haligacha javobsiz qolmoqda. Insonlar hayoti uchun zarur bo’gan turar - joylarni paydo bo‘lishi va shakllanishi asrlar davomida hozirgi zamongacha davom etib kelmoqda va shu asosda shaharsozligi rivojlanmoqda.

14.Ilk shaharlar paydo bо‘lishining asoslari nimalardan iborat?

Dastlabki shaharlar hunarning inson faoliyatining asosiy bo’lagi sifatida shakllana boshlagan davrda, jamiyatda mehnat taqsimoti vujudga kelishi natijasida rivojlanadi. Shaharni rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi tashqi omillardan himoyalash uchun harbiy istehkomlar (qal’a shaharlar) paydo bo’la boshladi. Mustahkam himoyaga ega bo’lgan shaharlarda savdo, hunarmandchilik, san’at, me’morchilik shakllana boshladi. Shaharlar asrlar davomida rivojlanishi jamiyatning talab va extiyojlaridan kelib chiqib o’z ko’rinishini, sifatini, shaklini o‘zgartirib borgan. Shakllangan shahar jamiyatning hayot tarzi va hayot kechirishi uchun qulay bo’lgan sharoitlarda rivojlanib brogan. Ijtimoiy va funktsional sharoitlar bilan bir qatorda geografik muhit va iqlim ham shahar shakllanishi va rivojlanishining muhim omiliga aylandi.


15.Shaharlar paydo bо‘lishining ahamiyati va bu jarayonlarning sivilizatsiya bilan bog‘liqligi haqida nimalarni bilasiz?

Sayyoramizda birinchi shahar qayerda va qachon paydo bo‘lgan degan savol haligacha javobsiz qolmoqda. Insonlar hayoti uchun zarur bo’gan turar - joylarni paydo bo‘lishi va shakllanishi asrlar davomida hozirgi zamongacha davom etib kelmoqda va shu asosda shaharsozligi rivojlanmoqda. Dastlabki shaharlar hunarning inson faoliyatining asosiy bo’lagi sifatida shakllana boshlagan davrda, jamiyatda mehnat taqsimoti vujudga kelishi natijasida rivojlanadi. Shaharni rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi tashqi omillardan himoyalash uchun harbiy istehkomlar (qal’a shaharlar) paydo bo’la boshladi. Mustahkam himoyaga ega bo’lgan shaharlarda savdo, hunarmandchilik, san’at, me’morchilik shakllana boshladi


16.Tadqiqotlar natijalarini ilmiy —siyosiy tahlil qilish natijasida О‘rta Osiyodagi dastlabki shahar markazlari va o’choqlar rayonlashuvini quyidagi davrlarga ajaratib tahlil qiling:

I davr — mil. avv. III —II ming yillik birinchi yarmi — Janubiy Turkmaniston (Oltintepa, Namozgoz), Yuqori Zarafshon (Sarazm), Janubiy О‘zbekiston (Sopollitepa);

Eramidan oldingi III minginchi yillarda Oltintepa va Namozgohtepa qarorgohlarida 500—10000 aholi yashagan, ohangarlik va sopolsozlik markazlari vujudga kelgan. Bu davrga kelib ikki qatorli xumdonlar va sopolsozlik charxi paydo bo’ladi. O’rta Osiyoda Qadimgi sharqning o’ziga xos ilk jamiyatlari tashkil topa boshlaydi. Bu esa davlat shakllanishidan dalolat beradi. Asta-sekin diniy dunyoqarash shakllana boshlaydi. Masalan Oltintepada balandligi 12m va uzunligi 28m bo’lgan to’rt bosqichli (oshyonalik) minora bir qarashda Mesopotamiya bosqichli minoralari — zikkuratlarini eslatadi. Umuman olib qaralganda Oltintepa madaniyati juda katta badiiy xususiyatga ega. Xuddi shu davrda hozirgi Afg’oniston yerlaridan O’rta Osiyoga qalay olib kelinadi va bronza (brinji-jez) qotishmasini hosil qilish yo’llari izlab topiladi hamda uning misdan ko’ra mustahkamroqligi aniqlaniladi. Turkmanis- 15 tonda ilk shaharlarning vujudga kelishi III ming yillikning oxiri II ming yillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. Oltintepa manzilgohi qadimgi butun Sharq madaniyati beshiklaridan bo‘lgan. Unda qadimgi Mesopotamiya madaniyati va qadim Hind sivilizatsiyasi bo‘lgan Xarappaning ko‘rinishlari namoyan bo‘lgan. Qadimgi bu Oltintepa manzilgohi III ming yillik oxiri – II ming yillik boshiga tegishli bo‘lib, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadigan manzilgoh bo‘lgan

II davr — mil. avv. II ming yillikning о‘rtalari Janubiy Turkmaniston (Gonur), Janubiy О‘zbekiston (Jarqо‘ton);

Gonur I maydoni 20 ga dan ziyodroq hajmdagi ilk shahar bo‘lib, bu yerda ark – “kreml”, u bilan bog‘liq aholi yashash xonalari hamda hunarmandlar kvartallari, turli shakldagi muhrlarning topilishi bundan guvohlik berib turibdi. U Gonur vohasining markazi bo‘lgan. Bunga qo‘shimcha qilib shuni qayd qilish lozimki, Gonur I atrofida olib borilgan dala tadqiqot ishlari tufayli yana 14 ta o‘rtamiyon hajmdagi qishloqlar qalamga olingan va qisman tekshirilgan bo‘lib, bu makonlar o‘z davrida Gonur I markazga tobe bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Gonur I ning shu davrga taaluqli boshqa yodgorliklardan kattaligi, uning shu muzofot, balki butun mamlakatning poytaxti bo‘lganligiga shubha yo‘q. Modomiki shunday ekan, bu shahar Gonur vohasi balki butun Margush mamlakatining poytaxti bo‘lgan bo‘lishi mumkin. mil. avv. II ming yillikda an'anaviy o‘troq dehqonchilik markazi Janubiy Turkmanistondan Murg‘ob daryosining qadimgi o‘zani bo‘ylab o‘zlashtirilib, Bexustin yozuvlarida qayd etilganidek, gullab yashnagan “Margush mamlakati”ga aylanadi. Jarqo‘ton ilk shahri va boshqalarning manbalarini atroflicha tahlil qilish tufayli bu sarhadlarda sodir bo‘lgan ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari oydinlashtirildi va ma'lum bo‘ldiki, bu jarayon o‘z navbatida mintaqalarda tashkil topgan ilk shaharlarning Qadimgi Sharqdagi «nom»lari kabi vohalarda kichikkichik davlatlarning siyosiy, iqtisodiy, diniy, mafkuraviy markazlari sifatida shakllanganligi aniqlandi. Demak, ilk shaharlarning tug‘ilishi ilk shahar va davlatchilik madaniyatining shakllanishi yagona dialektik jarayon ekanligi boy manbalar asosida isbotlandi.

III davr — mil. avv. II ming yillik oxiri — I ming yillikni о‘rtalari — Surxondaryo, Kashqadaryo, Xorazm, Farg‘ona va Toshkent vohasi



SHarqiy Qashqadaryo (Kitob-SHahrisabz vohasi) hududlaridan so‘nggi yillarda mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmi va o‘rtalariga oid shaharsozlik madaniyati haqida yangi ma’lumotlar olindi. Bu hududlardagi Sangirtepa va Uzunqir yodgorliklari Qashqadaryo o‘rta oqimidagi SHo‘robsoy daryosi bo‘yida vohaning eng yirik va qadimiy madaniy-xo‘jalik hududida joylashgan. Sangirtepadagi arxeologik-stratigrafik tadqiqotlar natijasida yodgorlikning shakllanish tarixi, uning o‘zlashtirilishi va tashlandiq holga kelish bosqichlari aniqlangan. YOdgorlikning ilk shakllanish davri mil. avv. IX-VIII asrlarga oiddir. Ushbu davrda bu erda mustahkam paxsa devor bilan o‘ralgan yirik inshoot qad ko‘taradi. Uzunqir ko‘hna shahrining dastlabki tashqi devori bo‘rtib chiqqan, to‘g‘ri burchakli burjlarga, burjichi xonalariga, yarim ustunlarga, jangovar va «soxta» shinaklarga ega bo‘lgan. Bunday tuzilishiga ega bo‘lgan devorlar Janubiy O‘zbekistonning mil. avv. VIII-VI asrlarga oid birorta yodgorligida uchramaydi (ular boshqa yodgorliklarda biroz keyingi davrlarda paydo bo‘ladi). Lekin, Old Osiyo yodgorliklari bilan ko‘pgina umumiy jihatlarga ega. Masalan, Bobilning (mil. avv. VII-VI asrlar) va ba’zi Mesopotamiyadagi boshqa yirik shaharlarning mudofaa devorlari burjlar bilan mustahkamlanib, yarim ustunlarga ega bo‘lganki, bu hol Uzunqir me’morlari tomonidan Old Osiyo an’analari qo‘l-lanilganidan dalolat beradi. Uzunqirdagi arxeologik tadqiqotlar uning hududida hayot mil. avv. I ming yillik boshlarida paydo bo‘lganligidan dalolat beradiki, yodgorlik markaziy qismidagi shurfdan topilgan va qadimiy manzilgoh bo‘lganligidan dalolat beruvchi mil. avv. VIII asrga oid sopol siniqlari majmuasi shuni ko‘rsatadi. Mil. avv. VII asrga kelib esa manzilgoh mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘rab olinadiki, bu shaharsozlikning yorqin namunasidir. Uzunqir shaklidagi ilk shaharlarning paydo bo‘lishini O‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlatlarning vujudga kelishi jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Ilk temir davrida So‘g‘diyona hududlari qadimgi Baqtriya tarixiy-madaniy viloyati tarkibiga kirgan. SHuning uchun ham So‘g‘diyonaning yirik shahar markazlari (Af-rosiyob, Ko‘ktepa, Buxoro, Uzunqir, Erqo‘rg‘on) va aynan Baqtriya markazlarining (Baqtr, Oltindilyor, Qiziltepa) me’morchiligi, hunarmandchiligi va moddiy madaniyati birbiriga ancha yaqin bo‘lib, umumiy tarixiy madaniy jarayonlar ta’sirida rivojlangan. So‘nggi yillarda Sangirtepada tadqiqot ishlarini davom ettirgan M.Xasanov xulosalariga ko‘ra, Sangirtepada mil.avv.IX-VIII asrlardan V-IV asrlargacha bo‘lgan Baqtriyadagi Kuchuktepa uchala davri (I-II-III) sopol majmualari kuzatiladi. SHuningdek, bu erdan So‘g‘d hududlarida birinchi bo‘lib zardo‘shtiylik ibodatxonasining markaziy zali ochildi. So‘nggi yillarga qadar O‘zbekiston hudularida ilk shahar madaniyatining shakllanishi miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalari deb kelinar edi. Asoslari neolit va eneolit davrlariga borib taqaladigan So‘g‘diyona shaharsozligi miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi choragidayoq shakllana boshlaydi. Afrosiyob, Ko‘ktepa, Erqo‘rg‘on, Uzunqir kabi ko‘hna shaharlar mil. avv. I ming yillik o‘rtalarida mustahkam mudofaa inshootlariga ega edi. Tadqiqotlar natijalariga qaraganda ularning yoshi 27 asrdan kam emas. Bu ko‘hna shaharlar yuqori darajada rivojlanib ko‘p hollarda dehqonchilikka asoslangan vohalarda shakllandi va taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi. SHuningdek, bu ko‘hna shaharlarda hunarmandchilik, o‘zaro almashinuv va savdo-sotiq gurkirab rivojlanadi. Xullas, So‘g‘diyona O‘zbekistonda dastlabki shaharsozlik madaniyati paydo bo‘lgan hududlardan biri deyishga jiddiy ilmiy asoslar bor

17. Talaba lug‘ati:

1. Sivilizatsiya-lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan maʼnolarni anglatadi. Bu tushuncha fanga fransuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt — ikki asr oldin kiritilgan boʻlib, tafakkur va erkinlik hukmron boʻlgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qoʻllanilgan

2. Uzunqir yodgorliklari - Qashqadaryo o‘rta oqimidagi SHo‘robsoy daryosi bo‘yida vohaning eng yirik va qadimiy madaniy-xo‘jalik hududida joylashgan. Sangirtepadagi arxeologik-stratigrafik tadqiqotlar natijasida yodgorlikning shakllanish tarixi, uning o‘zlashtirilishi va tashlandiq holga kelish bosqichlari aniqlangan.

3. Tamaddun - jamiyatning rivojlanganlik darajasini koʻrsatuvchi tushuncha, madaniyatfantexnikadin va hokazoni oʻz ichiga oladi. Tamaddun inson jamiyatining ongli ekanligiga urgʻu berib, uni boshqa har qanday ongsiz jamiyatdan farqlaydi.
18. Muhim sanalar:

              1. 1996 yil - Gvatemala. Samabax shahri topigan. Qadimiy mayya xalqining shahar qoldiqlari taxminan 2 ming yil avval Atitlan ko‘lining suvi ostida qolgan.

              2. mil. avv. II ming yillik - qadimgi O’zbekistonning dehqonchilik vohalarida o’troq qabilalar rivojlanib aholinining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar - o’troq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o’zaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning kuchayish davri.

              3. IX-VIII asrlar - Sangirtepadagi arxeologik-stratigrafik tadqiqotlar natijasida yodgorlikning shakllanish tarixi, uning o‘zlashtirilishi va tashlandiq holga kelish bosqichlari aniqlangan. YOdgorlikning ilk shakllanish davri

19. Ijodiy yondashuv natijasida о‘rganilgan qо‘shimcha materiallar.

Бобоёров Г.Б. Ғарбий Турк хоқонлигини давлат тузуми: Тарих фанлари докт. ... дисс-я. Т., 2012.



Шониёзов К.Ш. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. Т., 2001. - 141-150-б

Хатамова М. Ўзбекистон шаҳарлари. (VI-VIII асрларда). Тошкент. 2017.
Download 33,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish