1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. Affiksal morfemalarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari haqida ma’lumot bering? Antonimlik hodisasi affikslarga xos xususiyatmi? Bu to‘g‘rida tilshunos olimlarning qarashlari



Download 22,59 Kb.
bet3/7
Sana14.05.2020
Hajmi22,59 Kb.
#51529
1   2   3   4   5   6   7
2. Sinonim affikslar shaklan har xil umumiy ma’nosi bir xil bo‘lgan qo‘shimchalardir. Masalan: -li\-dor: unumli-unumdor. Affikslar sinonimligi qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra barcha turlari doirasida uchraydi: 1) so‘z yasovchilarda 2) shakl yasovchilarda: 3)so‘z o‘zgartuvchilarda

3. Antonim affikslar bir-biriga zid ma’noli qo‘shimchalardir. O‘zbek tilida qo‘shimchalarning zid ma’noligi boshqa yondosh hodisalarga nisbatan ancha kam uchraydi. Ular ko‘proq sifat yasalishida ko‘zga tashlanadi. Masalan: kuchli- kuchsiz, mazalibemaza, g‘ayratli-serg‘ayrat.

4. Ko‘p ma’noli affikslar birdan ortiq leksik va grammatik ma’noni shakllantiruvchi qo‘shimchalardir. Masalan, - chi qo‘shimchasi: temirchi (asosdan anglashilgan kasbga ega bo‘lgan shaxs oti), hasharchi, ijarachi, pudratchi (o‘zakdan anglashilgan faoliyat ishtirokchisi bo‘lgan shaxs oti) kabi yasama so‘zlardagi - chi ko‘p ma’nolidir. Affikslarning ko‘p ma’noligi shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchilarga ham xos hodisadir. Xususan,-lar affiksining bolalar – sof ko‘plik ma’nosida, unlar- tur, nav ma’nosida, dadamlar - hurmat ma’nosida ishlatilishi, ularning nutqiy ko‘p ma’noligidan dalolat beradi.

2-savol javobi

Antonimik munosabat asosan belgi anglatuvchi leksemalarda mavjud, ayniqsa sifat leksemalarda, ravish leksemalarda ko‘p: yaxshi- – yomon-, och- – to‘q-, yaqin- – uzoq- kabi. Fe'l leksemalarda u qadar ko‘p emas: ol- - ber-, kir- - chiq- kabi. Ot leksemalarda esa antonimik munosabat asosan belgiholat otlarida, biror belgisiga ko‘ra zidlash mumkin bo‘lgan voqelikni anglatuvchi otlarda mavjud: tinchlik- – urush-, mehr- – nafrat-, aka- – uka-, opa- – singil-, amaki- – tog‘a- kabi. Antonimik munosabat ba'zi turkumlarda (masalan, son, olmosh turkumlarida) umuman yo‘q. Ko‘rinadiki, barcha leksemalar (leksosememalar) antonimik munosabat hosil etavermaydi. Semema anglatadigan leksik ma'no o‘z ziddiga ega bo‘la olsa-gina, antonimik munosabat voqe bo‘lishi mumkin. Masalan, kitob-, soat-, ko‘z- leksemalarining leksik ma'nolarida bunday zidlanuvchi ma'no munosabati hosil etish imkoniyati yo‘q; toza-, arzon-, avval- leksemalarining leksik ma'nolarida esa bunday imkoniyat bor: toza- – iflos-, arzon- - qimmat-, avval- – keyin- kabi. Antonimlar ifoda jihatiga ko‘ra har xil bo‘lishi lozim: sog‘- - kasal- kabi. Antonim leksemalar bir asosdan yasalgan bo‘lishi mumkin, bunda leksema yasovchi affikslar o‘zaro antonim bo‘ladi: ongli- - ongsiz- kabi. Demak, antonimlar boshqa-boshqa leksema bo‘lishi kerak. Oddiy inkorning o‘zi hali antonimlik emas. Masalan, ayt- - aytma-, aytar- – aytmas- kabilar biri ikkinchisining inkori, lekin ularni o‘zaro antonim deb bo‘lmaydi. Asli bular – ikki leksema emas, balki bir leksemaning ikki (bo‘lishli va bo‘lishsiz) shakli. Antonimik munosabat esa ikki leksema orasida voqe bo‘ladi, bunda inkor etish yangini nomlash orqali yuz beradi. Masalan, shirin- – achchiq- leksemalari biri ikkinchisini o‘zi anglatadigan ma'nosi bilan, yangini nomlash bilan inkor etadi. Demak, antonimik munosabat hosil etuvchi leksemalar biri ikkinchisini yangini nomlash orqali inkor etishi, leksik ma'nolar biri ikkinchisining ziddi bo‘lishi lozim. Masalan, dono- va ahmoq-, bir- va ming-, yiqil- va tur- leksemalari o‘zaro antonim emas, chunki bular yuqoridagi shartlarga javob bermaydi. Dono- leksemasiga nodon- leksemasi, ahmoq- leksemasiga aqlli- leksemasi antonim. Tur- leksemasining bosh (to‘g‘ri) ma'nosiga yot- leksemasining bosh (to‘g‘ri) ma'nosi antonim, lekin yiqil- leksemasiga antonim yo‘q.



3-savol javobi

So‘z yasovchi va shakl yasovchilar doirasida: -ma: bo‘g‘ma- (ilon) sifat yasovchi, qatlama -ot yasovchi, ketma – fe’lning bo‘lishsiz shakli. so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartuvchilar doirasida:-im: qultum-ot yasovchi, kitobim-egalik qo‘shimchasi. Ba’zan o‘zakdosh so‘zlar ham omonim affiks qabul qilib shakldoshlikka ega bo‘lishi mumkin. Masalan, qatla fe’liga so‘z yasovchi va shakl yasovchi omonim qo‘shimcha –ma qo‘shilishi bilan qatlama (ot) , qatlama (fe’lning bo‘lishsiz shakli) kabi shakldosh so‘zlar hosil bo‘ladi.




Download 22,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish