2-TOPSHIRIQ
Monopoliya - atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.
Byudjet - (qadimiy Fransuzcha „baguete“-karmon, sumka) — bu davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shaklidir.
Investitsiya — (nemischa „Investition“, lotincha „Investio“) soʻzidan olingan boʻlib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qoʻyilmalar sarfi, yaʼni xarajatlar yigʻindisi deb talqin etilgan. Investitsiya — foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, davlat, xuquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanmagan extiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli soxalariga maʼlum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklardir.
Makroiqtisodiyot - (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Oʻzbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning umumiy, teng , toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. 1-chaqiriq Oliy Majlis koʻp partiyalilik asosda 3 turda — 1994-yil 25-dekabr, 1995-yil 8- va 22-yanvarda boʻlib oʻtgan saylovlarda saylangan va 1995—99 yillarda faoliyat koʻrsatgan. 2-chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar 1999-yil 5 va 19 dek.da boʻlib oʻtgan va u 2000— 2004-yillarda faoliyat koʻrsatgan. Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish davri muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega boʻldi. 2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllab quvvatlandi. 2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvarda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, 2005-yil 17—20-yanvarda Oliy Majlis Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis 2 palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palatadan) iborat qilib shakllantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |