1-topshiriq ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning о‘rni


O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta’minlash chora tadbirlari



Download 79,97 Kb.
bet15/16
Sana13.05.2022
Hajmi79,97 Kb.
#602823
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1,2,3,4,5-topshiriq

O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta’minlash chora tadbirlari.
Ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning hozirgi asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 

  1. Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish. Qishloq, o’rmon va boshqa xo’jalik tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli kimyoviy moddalarni qo’llash ustidan qattiq nazorat o’rnatish. Havo va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar bilan ifloslantirishni to’xtatish. 

  2. Qayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqarishning tabiiy ravishda kengayishini ta’minlagan hamda qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat’iy mezon asosida iste’mol qilgan holda tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan oqilona foydalanish darkor. 

  3. Katta-katta hududlarda tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan samarali va kompleks foydalanishni ta’minlaydigan darajada aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy asoslangan tarzda o’zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni bir havzadan ikkinchisiga tashlash, yerning namini qochirish, suv chiqarish tadbirlarini va boshqalarni amalga oshirish) lozim. 

  4. Jonli tabiatning butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar va hayvonlarning yangi turlarini ko’paytirish hisobiga boshlang`ich baza sifatida saqlab qolish kerak. 

  5. Shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimini joriy etish yo’li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlarida aholining yashashi uchun qulay sharoit yaratish zarur. 

  6. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan holda jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish lozim. Orol muammosi bugungi kunda chinakam keng ko’lamli, butun sayyoramizga daxldor muammo bo’lib qolganligini, uning ta’siri hozirning o’zidayoq biologik muvozanatni buzayotganligini, bepoyon hududlarda aholining genofondiga halokatli ta’sir ko’rsatayotganligini nazarda tutish lozim. 

Endi ekologik xavf jarayoni globallashib borayotgan hozirgi asrimzda har bir davlat oldida ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalasi chuqur mulohaza bilan qaralsa ekologik xavsizlik-ekologik barqaror rivojlanishning tub mohiyatidir. Lekin hozirgacha ko‘plab tadqiqotchilar ekologik xavfsizlikni alohida, ekologik barqaror rivojlanishi tadbirlarini, loyihalarini alohida tadqiqot mavzusi qilishmoqda. Asl mohiyati bir bo‘lgan bu masalani alohida-alohida ko‘rib chiqilayotganligiga sabab ekologik barqaror rivojlanishga ko‘p hollarda sayyoraviy (umumiy) izoh berayotganligidadir. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash har bir geografik tabiiy mintaqada bu mintaqaning geografik, ekologik holatda ko‘rib chiqilmog‘i va ekologik xavfsizlikni ta’minlashning uzoq muddatli konsepsiyasi yaratilishini talab qiladi.
Ekologik xavfsizlik konsepsiyasi esa alohida davlatlarning o‘zida yaratilmaydi. Masalaga bu jihatdan qaralsa ko‘pgina qiyinchiliklar yuzaga chiqadi. Masalan Markaziy Osiyo davlatlari Orol dengizi muammosini shu regiondagi davlatlarning tashabbusini halqaro hamjamiyat bilan birgalikda hal qilishi mumkin. Suv resurslari bilan bo‘lgan muammolar ham xuddi shunday yondoshishni talab qiladi.
Ekologik xavfsizlikni O‘zbekistonda ta’minlashda qayd qilingan global ekologik masalalarga nisbatan respublikamiz uchun hududiy bo‘lgan ekologik muammolarni dastlabki o‘rinlarga qo‘ysak to‘g‘ri bo‘ladi. Bular quyidagilar:

  1. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda yer, suv resurslarining ekologik, agrotexnik imkoniyatlarini hisobga olish;

  2. Sanoatni zamonaviy texnologiya bilan jihozlash;

  3. Yerdan tabiiy geografik, iqlimiy omillarni hisobga olib foydalanish;

  4. Kon-qazlov ishlarida ekologik monitoring talablarini ustivor qo‘yish;

  5. Ekologik ekspertiza talablarini, nazoratini butun ishlab chiqarishimizda, tabiiy resurslardan foydlanishimizda ustivor qo‘yishi.

  6. Aholining ekologik savodxonligini oshiirishda boshlang‘ich va oliy ta’limda mukammallashtirilgan ekologik o‘qitish konsepsiyasini ishlab chiqish.

  7. Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatimizning barcha qonunlari va qarorlariga hammaning amal qilishini ta’minlash.

Ekologik xavfsizlikga ekologik xavf-xatar va ekologik muammolarni bartaraf qilganimizda erishamiz. Ekologik vaziyatlarning qay holatdaligi yuqorida aytib o‘tishdi. Mutloq yoki nolinchi xavfsizlikni yaratishga erishish mumkin emas. Chunki mutloq ishonchli texnologik tizim, mutloq zararsiz oziq-ovqat ham bo‘lmaydi. Bunda zararsizlikni faqat inson uchun xavfsizroq darajaga tushirish9 mumkin. Bu holatda ekologik xavfsizlik jarayonini «Inson+Tabiat+Jamiyat» tizimda belgilab qo‘yish va bu shiorga amal qilish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu shior ekologik iqtisodiy barqaror rivojlanishni xalqaro miqyosda amalga oshirishni talab qiladi. Halqaro hamkorlikdan alohida bu masalani yechish mumkin emas. Insoniyatning yashab qolish sharoitini insonning o‘zi yaratishi kerak. Ulof Polmaning komissiyasi xalqaro xavfsizlik konsepsiyasini yaratdi. Bu tizim insoniyat oldidagi jamiki xavfni o‘z tarkibiga olgan. Uning eng muhim tamoyili «Xavfsizlik – bo‘linmasidir» Bu shior yoki hamma uchun teng bo‘ladi yoki umuman bo‘lmaydi. Mamlakatimizda ekologik xavfsizlik ancha tahlikali, og‘ir darajada. Mavjud ekologik xavfsizlikni isbotlangan ekologik dasturlar yaratib bu dasturlarni izchillik bilan bajarish zarur. Ekologiyada yuzaga kelgan xavflarni qandaydir siyosiy sabablar bilan keng ommadan sir saqlash kelajakda ekologik halokatlarni keltirib chiqaradi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda Respublikaning foydali qazilmalaridan oqilona foydalanish-dolzarb masala. U atrof muhitni muhofaza qilishning bosh omillaridan biridir. Foydali qazilmalarni olish va qayta ishlash chog`ida katta isrofgarchiliklarga yo’l qo’yilmoqda. Boshlang`ich xom ashyodan to’liq foydalanmaslik hollari mavjud. Eskirgan uskunalarni almashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ayrim sexlar, uchastkalar va butun boshli zavodlarni rekonstruksiyalash asosida foydali qazilmalarni sanoat usulida yanada to’liq va oqilona qazib olish muhim vazifa bo’lib turibdi. Atrof muhitni muhofaza qilish nuqtai nazaridan qaraganda, tog`-kon sanoatining chiqindilarini o’zlashtirishni yanada kengaytirish hamda buzilgan yerlarni qayta yaroqli holga keltirish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 
Undan tashqari qishloq xo’jalik ekinlarini, eng avvalo, g`o’zani sug`orishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish muhim ahamiyatga ega. Kollektor-zovur suvlarini daryolar va suv omborlariga tashlashni tartibga solish va oqava suvlarni chiqarib yuborishni batamom to’xtatish zarur.
Atrof muhitni muhofaza qilish borasidagi yuqorida tilga olingan ta’sirchan chora-tadbirlarni ro’yobga chiqarish yaqin vaqt ichidayoq oldingi tizimdan yosh respublikaga meros bo’lib qolgan ekologiya sohasidagi ko’pgina illatlar, kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Shuningdek, keng ko’lamdagi ekologik tanglik tahdidini barham toptirish, respublika aholisi uchun, jismonan sog`lom yosh avlodning dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar hamda ekologiya jihatidan musaffo hayotiy muhit massalalari ustuvor vazifalar sirasida hisoblanadi.
Bu o’rinda xalqaro tuzilmalarning zaxiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini ana shu muammolarni hal qilishga jalb etish - birinchi darajali vazifadir. 

Download 79,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish