Talabalar bilimini baholash
Daraja
|
Ballar
|
Reyting
|
A+
|
95-100
|
A’lo
|
A
|
90-94
|
A’lo
|
V+
|
85-89
|
Juda yaxshi
|
V
|
80-84
|
Juda yaxshi
|
S+
|
75-79
|
Yaxshi
|
S
|
70-74
|
Yaxshi
|
D+
|
65-69
|
Qoniqarli
|
D
|
60-64
|
Qoniqarli
|
F
|
59 dan past
|
Qonqarsiz
|
Ballar taqsimoti:
Sessiya oraliq nazorati - 30 ball
Joriy nazorat - 20 ball
Yakuniy nazorat - 50 ball
Jami 100 ball
Baholash mezoni:
“A+”, “A”, “B+” baho: talaba materiallarni mustaqil ravishda tez o’zlashtiradi: xatolarga yo’l qoymaydi; mashg’ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga to’liq va aniq javob beradi.
“B”, “C+”, “C” baho: talaba materiallarni yaxshi o’zlashtirgan, uni mantiqiy ifoda eta oladi; mashg’ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga to’liq va aniq javob beradi, biroq uncha jiddiy bo’lmagan xatolarga yo’l qoyadi.
“D+”, “D” baho: talaba asosiy materiallarni biladi, biroq aniq ifoda etishga qiynaladi; savollarga javob berishda aniqlik va to’liqlik yetishmaydi; materiallarni taqdim etishda ayrim xatoliklarga yo’l qoyadi; kommunikatsiya jarayonida qiyinchilik sezadi.
“F” (o’tmadi) baho: talaba materiallarni o’zlashtirmagan; savollarga javob bera olmaydi; mashg’ulotlarda ishtirok etmaydi.
Baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
- mashg’ulotlardagi ishtiroki (davomat);
- mashg’ulotlardagi faollik va ijodkorlik;
- asosiy va qo’shimcha o’quv materiallarini o’zlashtirish;
- mustaqil ta’lim boyicha topshiriqlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish;
- nazoratning barcha turlarinii o’z vaqtida va sifatli bajarish.
Referatni bajarish bo‘yicha uslubiy tavsilar:
Referatning xajmi 10 betdan iborat bo‘lishi kerak. Referat rejasi kirish, asosiy qism va foydalangan adabiyotlardan iborat bo‘lmog‘i lozim. Referatning titul varag‘i OTM nomi, fakultet, ta’lim yo‘nalishi, referat muallifi, ishni qabul qilib oluvi pedagogning F.I.Sh. hamda mavzu aks etmog‘i lozim. Betlarning elektron o‘lchamlari yuqorida ko‘rsatilgan talablar asosida bajariladi.
Barcha topshiriqlar bajarib bo‘lingach bir word hujjatga saqlanadi va 1 dan 5 gacha bo‘lgan tartibda topshiriqlar joylashtirib saqlanadi. Ishning titul varag‘ida OTM nomi, fakultet, ta’lim yo‘nalishi, ish muallifining F.I.Sh., ishni qabul qilib oluvi pedagogning F.I.Sh. ko‘rsatib o‘tiladi. Songi oltinchi topshiriq taqdimot himoya jarayoni video ko’rinishida yozib olinib You Tube ga joylanadi. Ssilka (xavola)si 5-topshiriqdan so’ng joylashtirib ko’rsatiladi.
ESLATMA:
Topshiriqlarni bajarish jarayonida internet yoki elektron shakldagi boshqa manbalardan foydalanish mumkin. Ammo, shundayligicha ko‘chirib olinib tahrir qilinmasdan platformaga yuklab qo‘yilgan ishlar baholanmaydi. Javoblarda aniq tarixiy fakt, sana va albatta shaxsiy fikr-mulohazalar bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, ko‘chirmakashlikka yo‘l qo‘yish mumkin emas. Ikkita va undan ortiq bir xil ishlar aniqlansa sessiya oralig‘i vazifalari bahalamaydi.
1-TOPSHIRIQ: Savollarga javob bering:
Ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning о‘rni.
Islom Karimov – О‘zbekistonning Birinchi Prezidenti.
Taraqqiyotning “О‘zbek modeli” va uning о‘ziga xos xususiyatlari.
О‘zbekiston Respublikasi Davlat ramzlarining qabul qilinishi.
О‘zbekistonda kо‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi, muammolar va ularning yechimi.
О‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ijtimoiy hayotdagi о‘rni.
Jahon moliyaviy inqirozi va uning oqibatlarini bartaraf etish yо‘llari О‘zbekiston misolida.
О‘zbekistonda 2020 yil "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"deb e’lon qilinishining mazmun va mohiyati.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning iqtisodiy islohotlar dasturi va uning mohiyati.
Prezident SH.Mirziyoyevning “beshta tashabbusi” va bu borada mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar.
2-TOPSHIRIQ: Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh yozing.
Monopoliya, byudjet, investitsiya, makroiqtisodiyot, oliy majlis, oppozitsiya, totalitarizm, prezident, suverenitet, bozor infratuzilmasi.
3-TOPSHIRIQ: Mavzuga doir (a,b,c,d) variantlaridan iborat 5 ta test tuzing. Testlarning ikkitasi murakkab, uchtasi sodda bo‘lishi kerak. Test savollarini yillar bo‘yicha tuzmang. Misol uchun Qachon, yoki nechanchi yilda... kabi savollar bilan boshlanmasin. Mavzu: SH.M.Mirziyoyevning 2017 yilda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi va uning mazmuni.
Murakkab testga namuna:
1) Orol fojiasiga quyidagi omillar sabab bo‘ldi:
1. tuproqning haddan tashqari sho'rlanishi;
2. dasht va cho'llarni o'zlashtirish paytida suvdan foydalanishda noto'g'ri boshqarish;
3. arpabodiyon o'simliklarining monokulturasi;
4. zaharli kimyoviy moddalar bilan zaharlanish;
5. er osti va er osti suvlarining ifloslanishi;
6. Sug'orish tizimlarini jadal qurish.
A) 1, 2, 4 B) 1.4.5 C) 2.4.6 D) 2.3.6
2) Shoirlarni va ularning taxalluslarini aniqlang:
1- Umarxon; 2- Muhammad Sharif; 3- Jahon Otin;
4- Mahlaroyim
A - Uvaysiy; b - Gulxaniy; v - Nadira; Janob Amiri
A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c В) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c
C) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
Содда тестга намуна:
I.A.Karimov mehnat faoliyatini qaysi korxonada boshladi:
A) "Toshxlopkomash"
C) "Tashavtomash"
C) "Tashselmash"
E) Toshkent aviatsiya zavodi
4-TOPSHIRIQ:
1. Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatni toping?
A) Afg’oniston B) Eron
C) Iroq D) Turkmaniston
2. Quyidagi davlatlarning qay biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar qatoriga kirmaydi?
A) Qozog’iston B) Ukraina
C) Qirg’iziston D) Tojikiston
3. Tog’ri javobni toping?
A) O’zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar bilan do’stlik, harbiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
B) O’zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar bilan irredentism siyosatini yuritish, hamkorlik aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
C) O’zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar bilan do’stlik, hamkorlik aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
D) O’zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar bilan birgalikda Rossiya va AQSH ta’siridan chiqish, dollar siyosatiga barham berish va harbiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
4. 1993-yil yanvar oyida Toshkentda tashkil etilgan uchrashuv mohiyatini sharhlab bering?
A) Uchrashuvda Qirg’iziston, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari harbiy blok tuzish haqida bitim imzolashdi
B) Uchrashuvda Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari Amudaryo suvini o’zaro bo’lib olish haqida bitim imzolashdi
C) Uchrashuvda Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari tashqi tomondan biron bir harbit hujumlar uyushtirilsa o’zaro betaraflikni saqlab turish to’g’risida bitim imzolashdi
D) Uchrashuvda Qirg’iziston, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari Hamdo’stlik haqidagi bitimga imzo chekishdi
5. 1993-yil yanvar oyida Toshkentda tashkil etilgan uchrashuvda qaysi tashkilot tuzildi?
A) Mustaqil davlatlar hamdo’stligi
B) Markaziy Osiyo Hamdo’stligi
C) Kollektiv xavfsizlik kengashi
D) Mintaqaviy xavfsizlik tashkiloti
6. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993-yilda qayerda Orol dengizi muommasiga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazdilar?
A) Qizil O’rda shahrida
B) Nukus shahrida
C) Toshhovuz shahrida
D) Turkmaniston prezidenti saroyida
7. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1999-yilda qayerda Orol dengizi muommasiga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazdilar?
A) Qizil O’rda shahrida
B) Nukus shahrida
C) Toshhovuz shahrida
D) Turkmaniston prezidenti saroyida
8. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1994-yilda qayerda Orol dengizi muommasiga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazdilar?
A) Qizil O’rda shahrida
B) Nukus shahrida
C) Toshhovuz shahrida
D) Turkmaniston prezidenti saroyida
9. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1995-yilda qayerda Orol dengizi muommasiga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazdilar?
A) Qizil O’rda shahrida
B) Nukus shahrida
C) Toshkent shahrida
D) Turkmaniston prezidenti saroyida
10. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1995-yilda qayerda Orol dengizi muommasiga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazdilar?
A) Qizil O’rda shahrida
B) Toshhovuz shahrida
C) Toshkent shahrida
D) Turkmaniston prezidenti saroyida
5-TOPSHIRIQ: Referat yozing. Mavzu: Prezident Sh.Mirziyoyev davrida O’zbekistonda “uchinchi renessans” poydevorining yaratish istiqbollari.
6-TOPSHIRIQ. Mustaqillik yillarida fan, ta’lim, maorif. Taqdimot bajarib bo‘lingandan so‘ng uning himoya jarayoni video sifatida yozib olinadi, so‘ngra video YouTube ga joylashtirilib silkasi beriladi. Taqdimotni himoya qilish jarayonini bandicam dasturi orqali yozib olish tavsiya etiladi. Namuna uchun ushbu ssыlkadan ko‘rib olishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/watch?v=bTu_3AINTkc
Do'stlaringiz bilan baham: |