1. Tilning oldida paydob o’luvchi tovushlarni toping.
A)v,f B) b,p C)d,t D) ch,k
2. Tilning eng orqa qismida paydo bo’luvchi undosh tovushlar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A)q,x B)g’, k C) h,g D) y,n
3. Og'zaki nutqi yaxshi bo'lgani uchun davraga boshlovchilik qilish unga topshirildi. Berilgan gapda necha so'z fonetik qoida asosida yozilgan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
4. ng tovushi so`z tarkibida ikki unli tovush o`rtasida kelgan bo`lsa, ular qay tarzda bo`g`inlarga ajratiladi?
ng birinchi unli bilan bo`g`in hosil qiladi.
ng ikkinchi unli bilan bo`g`in hosil qiladi.
n birinchi, g ikkinchi unli bilan bo`g`in hosil qiladi.
ng bo`linmay, birinchi yoki ikkinchi unli bilan bo`g`in hosil qiladi
5. Qaysi qatordagi so'zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi?
A) shu'la, ba'zan B) qat'iy, jur'at
C) Is'hoq, as'hob D) mo'jiza, mo'tadil
6. Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so'zlar berilgan?
abadiy, telpak, qadriyat
odob, botiq, qichitqi
dudutlatdi, qobihyat, qorabayir
tekintomoq, qanoat, vazifa
7. Qator undoshli so'zlar berilgan javobni belgilang.
traktor, paxta, chaqqon
ikki, million, metall
stol, do'st, daraxt
paxta, nimcha, osimlik
8. Bilim mehnat bilan, tilak gayrat bilan aziz.
Ushbu gap qanday unlilarda tuzilgan?
til oldi lablanmagan
til oldi, lablangan
til orqa, lablangan
til o’rta, lablanmagan
9. Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlar ishtirok etgan so’zlar mavjud ?
A) Odob, botiq B) taroq, mirza
C) lavozim, narvon D) pochcha, tansiq
10. Qator kelgan undoshlarni toping.
A) kaptar B) metall
C) to'rtta D) kata
11. Qo'sh undoshlardan biri tushirilganda, so'zning lug'aviy ma'nosi o'zgaradigan qatorni toping.
grammatika, zarra, taraqqiyot
issiq, do'ppi, qattiq
ellar, sodda, nonning
jajji, yolla, million
12. Qaysi so'zlarda faqat o'rta keng unlilar bor?
elak, gulbeor
bardam, shod
tugma, non
erk, kel
13.Berilgan so'zlarning qaysi birida birinchi bo'gin ochiq bog'in hisoblanadi?
1) dengiz; 2) shtanga; 3) singlim;4) ko'ngil
A) 1,2, 3, 4 B) 2,3 C) 1, 4 D) 1,3, 4
14.Quyidagi so`zlarni ma`nolari bilan juftlab ko`rsating. 1)tamaddun 2)kongress 3)matbaa
a) yig`ilish b)bosmaxona c) madaniyat
1 — b 2 — a 3 — c
1 — c 2 — a 3 — b
1 — a 2 — b 3 — c
1 — b 2 — c 3 — a
Quyidagi matnni o`qing va savollarga javob bering.
Baxt
Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo'qligida orzu qiladi. Baxtli odam “Men baxtliman” deb olamga jar solmaydi. Inson hech qachon baxtga to'ymagan, “baxtliman” degan emas. Aslida, hayotda birorta maqsad bilan yashashning o'zi — baxt. Maqsadsiz yashash shunday korgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin! Kishida maqsad bo'lsa, unga erishish yo'lida kurashish, mashaqqat chekish, ta'na-dashnomlar eshitib, kuyib- yonib yurish ham baxt.
Men kinochi bo'lsam, “Baxtiyorlik lahzasi” degan film yaratgan bo'lar edim. Bu film baxt lahzalari majmuasidan iborat bo'lar edi. Unda marraga yetgan sportchining g'alaba dan charaqlagan ko'zlarini, yerga qongan kosmonavtning kulgisini, she'r yozib tugatgan shoir quvonchini, chet eldan qaytayotgan sayohatchining mamlakatimiz chegarasini kesib o'tgandagi his - hayajonini, uzoq judolikdan so'ng bolasiga yetishib quchoqlagan onaning sevinch yoshlarini, o'z mehnat samarasini ko'rib mamnun bo'lgan kishi sevinchini… suratga tushirgan bo'lardim.
(Erkin Vohidov)
15. Baxt shunday narsaki, borligida kishi uni … , yo'qligida … .
Nuqtalar o'rniga kerakli so'zlarni qo'ying.
sezmaydi, orzu qiladi;
yo'qotadi, topadi;
qadrlamaydi, xohlaydi;
sevmaydi, orzu qiladi.
16. Ijodkorning fikricha, baxt nima?
kuyib-yonib yurish;
mashaqqat chekish;
biror maqsad bilan yashash;
boy-badavlat bolish.
Do'stlaringiz bilan baham: |