3. Tasviriy san’at o’quv fani, uning maqsadi va vazifalari
Ma’lumki, Oliy va o'rta maxsus pedagogika o‘quv yurtlarida ta’lim mazmuni kunning eng dolzarb vazifalaridan biri boiib turibdi. Bu vazifani hal etish hozirgi davr o‘qituvchisini o‘z fani doirasida chuqur va keng bilimli, shuningdek, ijodkor va izlanuvchan bo’lishini talab qiladi. Shu maqsadda boshlangich ta’lim va tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida «Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» fani o‘qitiladi. Bu fanning asosiy maqsadi talabalarni boshlangich sinflardagi «Tasviriy san’at» darslarini o‘qitishga tayyorlash, tabiatdagi hamda tasviriy san’at asarlaridagi go'zallikni ko‘ra bilish va idrok etish, badiiy did, ko'rish xotirasi, rangni sezish, fazoviy tasawur, kuzatuvchanlik va badiiy ijodiy qobiliyatiami o‘stirishdan iborat. «Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» kursining asosiy vazifalari quyidagilar: - boiajak boshlangich sinf o‘qituvchilarida tasviriy san’at metodikasi bo‘yicha bilim va malakalami hosil qilish va o‘stirish; - boiajak boshlangich sinf o‘qituvchilariga tasviriy san’atning nazariy va amaliy asoslari (yonig‘, soya, perspektiva, kompozitsiya) haqidagi bilimlarni puxta egallashga yordam berish; - boiajak boshlangich sinf o'qituvchilarida rasm ishlash va badiiy ijod bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qilish; - o‘zbek va jahon xalqlari tasviriy, amaliy va me’morchilik san’ati bilan yaqindan tanishtirish va chuqur o‘rgatish; - tasviriy san'at o‘qitish metodikasining o‘ziga xos rivojlanishi tarixi, maqsad va vazifalari, nazariy asoslari haqida ma’lumot berish; - talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yoilari bilan tanishtirish.
Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi mashg'ulotlarida fanning nazariyasi va o'qitish usullari, shuningdek, tasviriy san’at asoslari hamda uning tarixi masalalariga alohida e’tibor berilgan. «Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» kitobi ketma-ketlik bosqichlari asosida tasvirlar chizish, mustaqil ravishda tasviriy va amaliy mavzularga kompozitsiyalar ishlash, loy va plastilindan har xil narsalar haykalchalarini yasash, rang xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish, tasviriy san’at tarixi asoslarini o‘rganish hamda umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida tasviriy san’at o‘qitish metodikasiga oid materiallami o‘z ichiga oladi. Talabalarga ta’lim berishning asosiy shakllari: ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar ishlari va mustaqil tayyorianish. Talabalar ma’ruzalarda tasviriy san’at fani va uni o‘qitish metodikasining nazariy asoslari, metodlari va uning tarixiy rivojlanishini o'rganadilar, tasviriashning nazariy asoslari, san’at tarixidan qisqacha ma’lumotlar hamda umumta’lim boshIang‘ich maktablarining tasviriy san’at bo‘yicha dasturlari mazmuni bilan tanishadilar. Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar qalam yordamida tasvirlashning oddiy asoslaridan boshlab murakkab narsalarni tasvirlashgacha boMgan chuqur bilim va amaliy malakalami o‘zlashtiradi, rangtasvir va kompozitsiya bo‘limlarida rang bilan ishlash xususiyatlarini amalda bajarish, badiiy asarlarga esa illyustratsiyalar ishlashni o‘rganadilar. Shuningdek, umumta’iim maktablarining boshlang‘ich sinf dasturlariga muvofiq talabalar mavzuli-tasvirli rejalar, dars turlariga ishlanmalar tuzadi, ularga didaktik materiallar tayyorlaydi hamda badiiy bezak san’ati va amaliy grafik ishlar, haykaltaroshlik bilan shug‘ullanish nazarda tutilgan. Rasm chiza bilish va hamma masalalarga ijodiy yondashish barcha sohalarda zarurdir. Ijodiy yondashish butunlay yangi g‘oyalar va iasawurlami vujudga. keltiradi, shaxsni badiiy rivojlantirishda muhim o‘rinni egallaydi. Metodika ta’lim-tarbiya jarayonida o'qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash usullarining mazmunining xususiyatlariga qarab chiqadi. Ma’lumki, maktabda o‘qitishning xilma-xil metodlari qoilaniladi. Bu yerda ta’lim usuli, o‘quv materiallarining joylashishi (o‘quv, reja, dastur), ta’lim prinsiplari va yana (so‘ngida), o‘quv tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim ahamiyatga egadir. «Metod» so‘zi grekcha boiib, «Tadqiqot yoii» «bilish usuli raa’nosini anglatadi. Pedagogik o'qitish metodlari deganda, maktab o‘quvchilaming bilim, mahorat va malakalarini egallashida, ulaming ijodiy qobiliyatlarini rivoj lantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda o‘qituvchilaming qoilagan ish usullari tushuniladi.
0 ‘qituvchi tasviriy san’at darslarining tashkilotchisi, rahbari va ilhomchisi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga dastur asosida o‘qitiladigan tasviriy san’at mashg‘ulotlari narsaning asliga qarab tasvir chizish; xotira va mavzu asosida tasvir chizish; dekorativ amaliy san’at va haykaltaroshlik; san’atni idrok qilish kabi turiarda olib boriladi. Quyida biz tasviriy san’at fanning turiarini ko‘rib chiqamiz. 0 ‘qituvchi tasviriy san’at darslarida o‘quvchilami dars mavzusiga aktivlashtirish uchun dars mavzusining mazmuni, hayotdagi ahamiyati va uni chizish qoidalarini tushuntirishi zarur. Ba’zida o‘qituvchilar tasviriy san’at darslarini tashkil etish uchun o‘quvchilarga dars mavzusi yuzasidan savollar berib, unga berilgan javoblami to‘Idirish kabi vositalardan foydalaniladi. 0 ‘quvchiíar dars va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda bajarayotgan ishlari vositasi bilimga, malakaga, ijodiy ko‘nikmaga ega bo'ldilar, o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilaming mustaqil ishlariga yordam berishi, rag‘batlantirish metodi asosida ilhomlantirish, yutuq va kamchiliklarini o‘z vaqtida ko‘rsatish, ulami o‘z kuchiga ishonchini mustahkamlashida rahbarlik qiladi. 1.2. Shaxsning badiiy madaniyati va ma’naviyatini rivojlanishida tasviriy san’atning o‘rni Insoniyat ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi san’atdir. U musiqa, teatr, kino, badiiy adabiyot, xoreografiya, tasviriy va amaliy bezak san’ati kabi boshqa turlarini o‘z ichiga oladi. San’atning har bir turi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni aks ettirishda har xil vositalardan foydalanadi, masalan, adabiyot - so'zdan, musiqa - tovushlardan, tasviriy san’at - rang va chiziqlardan va hokazo. Shu bilan birga, har bir san’at turi o‘z ichida yana xillarga va janrlarga bo‘linadi. San’atni tushunish, uning kishilar hayotidagi rolini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomida keskin bahs, tortishuvlarga sabab bo'lib kelgan. San’atning eng qadimiy va keng tarqalgan turlaridan biri - tasviriy san’atdir. Odatda real borliqni badiiy obrazlarda, mavjud predmetlami tabiiy shaklini o‘ziga o‘xshatib umumlashtirib ifodalaydi hamda predmetlaming hajmi, o‘zaro fazoviy joylashuvini va hokazolarda aks ettiradi. ..\ á S.Rahmetov. Istirohat bogMda kuz. San’atkor o‘z asarida voqea, hodisa, holatning ma’lum bir zumdagi ko‘rinishini ifodalab, u tasvir orqali rivojini, mohiyatini ochib berishga intiladi, kishilaming ma’naviy qiyofasi, psixologik holati va boshqa fikrlarni ilgari suradi va tasawur qiladi. Rassom biror shaxsni rasmini ishlar ekan, u hech vaqt uni faqat o‘ziga o‘xshatishga ishtilish bilan chegaralanmaydi. Rassom shu ishlayotgan tasvir orqali awalo o'zining fikr va tuyg'ularini tomoshabinga yetkazishga harakat qiladi. Ishlamoqchi boMgan tasvirida awalom bor g‘oyasiga mos mavzu, syujet tanlaydi, voqea kompozitsiyasini quradi, shu yo‘lda izlanadi, dastlab hayotni o‘rganib, naturani kuzatib, eskizlar chizadi, etyudlar yaratadi. Rassomlik san’atida predmetlaming shakli, hajmi, rangi, ulaming o‘zaro muvozanatini to‘g‘ri ko‘rsatishda rasmni aniq va to‘g‘ri ishlashning juda muhim ahamiyati bor. San’atkor o‘z asarida real borliqda uchraydigan, balki inson fantaziyasi mahsuloti bo‘lgan voqea va predmetlar ham aks ettirilishi, hayotda mavjud bo‘lgan hodisalarning ayrim jihatlari o‘zgartilib. 10 bo‘rttirib ko‘rsatishi ham mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, tasviriy san’at asarlari - insondagi ajoyib fazilat - borliqni bilish, uni o‘rganish va sirlarini ochishga bo‘lgan ehtiyojlami qondirishga ta’sir ko‘rsatadi. Tasviriy san’at inson ongiga tezda ta’sir etib, unda ezgu hislar uyg‘otadigan, kishini ruhlantirib, ma’naviy olamini boyitadigan san’at turiaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san’at inson shaxsining shakllanishiga va kamolatiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir. Pedagogika instituti va universitetlarining pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakultetlarida ta’lim oluvchi talabalar tasviriy san’atdan maxsus bilim va malakalarga ega boMishi o‘quvchilarni badiiy-ijodiy qobiliyatlarini, badiiy didni, rang sezishni, fazoviy tasavvurini, buyuk rassomlar asarlarini go‘zalliklarini ko‘ra bilishga va ulami hissiy idrok etishga olib keladi. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi bo‘yicha toia bilimlarga ega boiish, ayniqsa, 0 ‘zbekistonda va chet ellarda fanning o‘qitish tarixi, o‘quv fanning maqsad va vazifalari, ta’limning mazmuni, shakllar, usullari haqida chuqur bilimlarga ega bo‘lish tasviriy san’at o‘qituvchi faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, bugungi o‘quvchi kelajakda ishchi, xizmatchi, dizaynkonstmktor, muhandis, shifokor, o‘qituvchi, yurist yoki harbiy mutaxassis yoki biron bir sohani yaratuvchisi bo‘ladilar. Ulami har biri uchun rasm chizish, undan foydalanish lozim bo‘ladi. Hatto uy bekasi ham rasmni ko‘ra olishi, tushunishi, bu zamonning eng zarur faoliyatidir. Hozirgi davrda har bir erkak zoti mashina haydashni, texnika bilan shug‘ullanishiga, uy bekalarini esa dazmol, tikuv mashinasi, radio, televizor, kir yuvish mashinalari, muzlatgich, elektr plita, sut, qaymoq olish mashinalari kabi yuzlab texnik buyumlar bilan shug‘ullanadilar. Ularga bu asbob-texnika vositalarini ishlatish va ularni sozlash ucliun grafik bilim va malakalar darkor. Shu boisdan har bir kishi rasm chizishni, grafik tasvirlarini bilishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda har bir shaxsni grafik bilimga ega bo‘lishi uning o‘ziga ham, jamiyatga ham suvdek zarur. Shunga ko‘ra fransuz faylasufi Didro, bundan qariyb 300 yillar avvaldanoq, - «Qaysi bir mamlakatda rasm chizislini o‘qish-yozish kabi bilsalar edi, bu mamlakat barcha sohalarda har qanday mamlakatni quvib yetadi va oitda qoldiradi» - degan edi.'
Do'stlaringiz bilan baham: |